4. Davlat byudjetida soliqlarning ulushi va uning tahlili.
Iqtisodiyotda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash sharoitida to’g’ri soliqlarning mohiyati, soliq munosabatlaridagi ahamiyati, soliq tizimida va davlat byudjetining daromadlaridagi salmog’ini nazariy va amaliy ma’lumotlarga tayangan holda tahlil etish va o’rganish bugungi kun talabi hisoblanadi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek to’g’ri soliqlar tarkibiga daromaddan va mulk va yer egaligidan hamda resusrlardan foydalanganlik uchun soliqlar kiradi. Bu soliqlardan daromadlar byudjet daromadlari tarkibida alohida o’rin tutadi. Aniqroq ma’lumotlarga ega bo’lish uchun bevosita soliqlarni daromdidan undiriladigan va mulk va resusrlardan undiriladigan soliqlarga bo’lib tahlil qilamiz.
Jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliq to’g’ri soliqlar ichida salmoqli o’rinni egallaydi. Soliq Kodeksiga muvofiq soliq solinadigan daromadga ega bo’lgan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i to’lovchilari hisoblanadilar.
Jismoniy shaxslarning jami daromadiga quyidagilar kiradi:
mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar
mulkiy daromadlar
moddiy naf tarzidagi daromadlar;
boshqa daromadlar.
O’zbekiston Respublikasining soliq qonunchiligiga ko’ra, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i stavkalari quyidagi guruhlarga bo’linadi:
jismoniy shaxslarning ish haqi, mukofotlar va boshqa daromadlariga solinadigan tabaqalashgan progressiv soliq stavkalari;
jismoniy shaxslarning dividend va foiz tariqasida oladigan daromadiga soliq stavkasi (10%);
norezident jismoniy shaxslarning daromadlariga to’lov manbaida solinadigan soliq stavkalari (faoliyat va daromad manbaiga qarab tegishlicha 6%; 10%; 10%; 20%);
imtiyozli soliq stavkalari38.
1998-1999 yillarda jismoniy shaxslar daromadlaridan soliq besh pog’onali 15%, 25%, 35%, 40% va 45% shkala bo’yicha olingan bo’lsa, 2001-2014 yillardan boshlab uchta pog’onali shkala bo’yicha undirilgan. 2015 yilning 1 yanvaridan e’tiboran respublikamizda to’rt pog’onali soliq stavkalarini qo’llash tartibi joriy etilib, bu jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini hisoblashda eng kam ish haqining bir baravarigacha bo’lgan eng quyi pog’onadagi miqdoriga «0» darajali stavkani qo’llash tartibini nazar tutadi. Boshqacha aytganda, fuqarolarning eng kam ish haqining bir baravari (118400 so’m)gacha daromadlari soliqqa tortilmaydi. Hozirda esa jismoniy shaxslarning daromad solig’i stavkasini 12 foiz miqdorda qoldirish ko’zda tutilmoqda.
To’g’ri soliqlar ichida 2 o’rinda yuridik shaxslardan foyda solig’i turadi. Foyda solig’i to’lovchi yuridik shaxslar quyidagilardir:
O’zbekiston Respublikasining rezidentlari;
O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan yoki hosil bo’lish manbai O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan daromadlarni oladigan O’zbekiston Respublikasi norezidentlari.
Quyidagilar yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i to’lovchilar bo’lmaydi:
notijorat tashkilotlar. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotganda notijorat tashkilotlar o’zi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olingan foydadan soliq to’lovchi bo’ladi;
soliq kodeksiga muvofiq soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar.
Yuridik shaxslarning jami daromadga quyidagilar kiradi:
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar;
boshqa daromadlar.
O’zbekiston Respublikasidagi to’lov manbaida soliq solinadigan dividendlar va foizlar jami daromaddan chegirib tashlanadi. Soliq solinadigan baza jami daromad bilan soliq kodeksiga asosan chegirib tashlanadigan xarajatlar o’rtasidagi farq, shuningdek foydaning kamaytirilish summalar hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan imtiyozlarni inobatga olgan holda belgilanadi.
Quyidagi rasmda foyda va daromadlarni soliqqa tortish stavkalari keltirilgan.
Yillar sayin o’zgarayotgan soliq stavkalari mkammal holatga kelgunga qadar yana bir qancha islohotlar o’tkazilishi lozim va jahon tajribalaridan foydalanagan holda, o’z milliy iqtisodiyotimizga mos va maqbul bo’ladigan yo’nalishni tanlashimiz darkor.Shuning uchun ayni damda boshqa mamlakatlardagi foyda solig’i miqdoriga nazar tashlasak:
O’zbekistonda kichik korxonalarni soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimining joriy etilishi shartli ravishda 4 bosqichga ajratish mumkin:
1997 yildan 1998 yilning 15 apreliga qadar;
1998 yilning 15 aprelidan 2002 yilning 15 iyunga qadar;
2002 yilning 15 iyunidan 2005 yil 1 iyuliga qadar;
2005 yil 1 iyulidan hozirgi kunga qadar.
Mustaqillik yillarida sоliq tizimi islоhоti rivоjlanishini to’rt bоsqichga bo’lib o’rganish mumkin.
Birinchi bоsqich 1991-1994 yillar - O’zbеkistоnning o’z sоliq tizimini tashkil etish va sоliqlarning хazinaviy ahamiyatini оshirish bоsqichidir. Sоliq islоhоtlarining ikkinchi bоsqichi sоliqlarni bоzоr iqtisоdiyoti talablariga mоslashtirish va kоrхоnalarning ishlab chiqarishni rag’batlantirishga qaratish davridir. Bu davr 1995-1997 yillarni o’z ichiga оladi. Sоliq islоhоtining uchinchi bоsqichi 1998 -2004 yillarni o’z ichiga оladi. Bu bоsqichni sоliq tizimida sоliqlarni iхchamlashtirish kоntsеptsiyasining bоshlanish davri dеb atash mumkin. Sоliq islоhоtining to’rtinchi bоsqichi 2005 yildan 2018-yilgacha bo’lgan davr. Bu bоsqichni sоliq tizimida tadbirkоrlik sub’yеktlarini har tоmоnlama rag’batlantirish, ular faоliyatini qo’llab quvvatlash, sоliq tizimini sоddalashtirish, sоliq ma’murchiligini takоmillashtirish davri dеb atash mumkin.
2005 yil 1 iyuldan boshlab kichik kichik korxonalarning ba’zi toifalari uchun yagona soliq to’lovi joriy qilindi va u birxillashtirilgan bo’lib, quyidagi majburiy to’lovlarni to’lash o’rniga joriy qilinadi:
yagona soliq;
byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi, respublika yo’l jamg’armasi va
maktab ta’limi jamg’armasiga majburiy ajratmalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |