Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti iv-kurs



Download 0,71 Mb.
bet7/8
Sana23.06.2022
Hajmi0,71 Mb.
#696014
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Azizbek hisobot7979

Bank depozitlari


2021 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, bank tizimidagi depozitlarning umumiy hajmi 114,7 trln. so‘mni tashkil etdi, shundan 27,4 trln. so‘m (24 foiz) – jismoniy shaxslar depozitlari, 87,3 trln. so‘m (76 foiz) – yuridik shaxslarning depozitlari. Jismoniy shaxslarning depozitlari ulushi bank tizimidagi jami depozitlar hajmining atigi 24 foizini tashkil etadi. Biroq, so‘nggi yillarda aholi depozitlarining o‘sish sur’atilari sezilarli darajada tezlashdi. Xususan, milliy valyutadagi aholi omonatlarining o‘sish sur’ati 2018 yilda 38,2 foizni, 2019 yilda 45,2 foizni, 2020 yilda 31,7 foizni tashkil etdi. Xorijiy valyutadagi depozitlar hajmi 2018 yilda 2 foizga, 2019 yilda 40,1 foizga, 2020 yilda 27,7 foizga o‘sdi.
Bank sektori depozitlari



Jismoniy shaxslar depozitlari



Xulosa:


So‘nggi 5 yilda bankning kapitallashuv bazasi keskin oshirildi, mahalliy va xorijiy resurslarni jalb qilish, iqtisodiyot tarmoqlarini faol kreditlash imkoniyatlari kengaydi.
O‘tgan 2021 yilda bank tomonidan iqtisodiyot tarmoqlarini moliyalashtirish, tadbirkorlik harakatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 25,4 trln.so‘mlik kreditlar ajratildi va bu ko‘rsatkich 2020 yilga nisbatan 3,5 trln. so‘mga yoki 116 foizga oshdi.
Shundan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 125 mingta mijozga 3,2 trln. so‘m, hududlarni iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida 1 266 ta 4,2 trln. so‘mlik loyihalar moliyalashtirildi. 2021 yilda xalqaro moliya institutlari kredit liniyalari hisobidan 126 ta loyihalarga 311 mln.dollar miqdorida kredit mablag‘i ajratildi. Paxta to‘qimachilik klasterlarning 18 ta 404,3 mln.dollarlik loyihalari moliyalashtirildi. 2021 yilda aktivlar 39,9 trln.so‘mni, kredit qo‘yilmalar 32,3 trln.so‘m tashkil qilib avvalgi yilga nisbatan mos ravishda 129 foizdan va 128 foizga oshdi.2022 yilda iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish uchun jami 32 trln.so‘m kredit ajratish va o‘tgan yilga nisbatan o‘sishni 7 trln. so‘m yoki 126 foizga yetkazish rejalashtirilgan.Shundan, oilaviy tadbirkorlik bo‘yicha 3,9 trln. so‘m kreditlar ajratiladi. Hududlarda jami 807 ta loyihalarni moliyalashtirish uchun 4,9 trln.so‘mlik kredit mablag‘i yo‘naltirish ko‘zda tutilgan. Ushbu maqsadda paxta va g‘alla hosilini yetishtirish uchun 2021 yilda jami 8,0 trln. so‘mlik imtiyozli kreditlar, shuningdek, 3 974 ta qishloq xo‘jalik korxonalariga 130 ming gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilish uchun qariyb 3 trln. so‘mlik kredit mablag‘lari ajratildi.
“Agrobank” ATB transformasiyasini amalga oshirish maqsadida OTB va KPMG kompaniyalari jalb qilinib, bank rivojlantirish strategiyasi va bank biznes modeli ishlab chiqildi. Bank strategiyasidan kelib chiqib yetakchi marketologlar bilan hamkorlikda yangi brend joylashuvi amalga oshirildi. Qishloq xo‘jaligida zamonaviy bilimlarni joriy qilish maqsadida yurtimizning bir qator oliy o‘quv yurtlari bilan birga 5 ta hududda “Fermerlar maktabi” tashkil qilindi. Maktablarda qishloq xo‘jaligi, dehqonchilik, o‘simliklarni himoyasi, biznes, moliya va huquqiy savodxonlik bo‘yicha darslar berilmoqda. 2021 yil noyabrdan respublika bo‘yicha 15 mingga yaqin fermer xo‘jaliklari rahbar va ishchilari o‘qitildi. 2022 yil yakuniga qadar yana 65 mingta fermerlar o‘qishlarga jalb qilinadi. 2021 yilda fermerlar va tomorqa yer egalari uchun qishloq xo‘jaligida“100 ta kitob” to‘plam loyihasin ham amalga oshirildi. Ushbu to‘plamdan 10 mingta chop etib tarqatildi. Elektron shaklda agrobank.uz sayti, telegram boti orqali foydalanish imkoniyati yaratildi. 
O‘simliklarni himoya qilish yo‘nalishida 40 turdagi o‘simliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish bo‘yicha kitoblar to‘plami tayyorlandi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va xizmatlarini sotib olish va sotishga ixtisoslashgan “AgroZamin” platformasi yaratildi. 2022 yilda aholi tomorqalari va qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha Agroxizmatlar markazlari tashkil qilinayapti. 
Tumanlarda “Agrolab” o‘simliklarni himoya qilish faoliyati xizmati tashkil etiladi. Bu shoxobcha orqali ko‘chma va karantin laboratoriyasi, tadqiqot uchun issiqxona va yer dalasi, umumiy amaliyot xonasi, tayyor mahsulotlarni sotish do‘koni, yuk avtomobillari hamda agregatlar bazasi tashkil etiladi. “Agrobank” ATB tomonidan kichik va o‘rta biznes, jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatishga yo‘nalishida mijozlar uchun 30 ga yaqin yangi xizmatlar joriy qilinib, ko‘rsatilayotgan masofaviy xizmatlari hajmi oshirildi. 
Xususan, yuridik va jismoniy shaxslar uchun mobil ilova orqali onlayn kreditlar joriy qilindi. Bu yo‘nalishda Rossiya (Transkapitalbank), Janubiy Koreya (Xanabank) banklari bilan birgalikda joriy qilingan onlayn xalqaro pul o‘tkazmalari xizmatlari yo‘lga qo‘yildi.
Joriy yil yanvar oyidan xorijda mehnat faoliyati olib borayotgan vatandoshlarmiz va ularning oila a’zolari uchun “Madad” mobil ilova orqali onlayn mikroqarz joriy qilindi. Endi xalqaro pul o‘tkazmasi amalga oshirgan mijozga 10 mln. so‘mgacha masofadan kredit ajratiladi. Shuningdek, bank 2021 yilda Chakana.uz marketpleysini ishga tushirildi. Bu platforma orqali mijozlar maishiy texnika va jihozlarni bankka kelmasdan masofadan kreditga sotib olishlari mumkin. Bank Respublikamizda birinchilardan bo‘lib Kartomat qurilmasini tatbiq qildi. Bu qurilma orqali mijoz bank kartasini olish uchun “Face-ID” tizimi orqali identifikasiya qilinadi va karta avtomat tarzda rasmiylashtirib beriladi. Bugungi kunda bankning hududiy filiallarida 44 ta kartomat qurilma o‘rnatildi. 2022 yil davomida esa barcha filiallarga (jami 170 ta) bunday qurilmalar o‘rnatilishi reja qilingan.
Bank transformasiyasi jarayonida IT texnologiyalarni yangi pog‘onaga olib chiqish uchun xorij banklari (Rossiya Sberbanki va Turkiya Ziraatbanki) o‘rganildi. Bunda, ushbu yo‘nalishda bank tomonidan joriy yilda amalga oshiradigan loyihalar aniqlab olindi va axborot tizimini rivojlantirish bo‘yicha dunyoda yetakchi konsalting kompaniyalari bilan birgalikda bankning IT strategiyasini ishlab chiqildi.2022 yilda ham bu boradagi ishlar jadallashtirilib, yangi “Smart ofis” loyihasini amalga oshiriladi. Aholi gavjum joylarda tashkil qiladigan ushbu ofislar orqali mijozlar bank xodimi ishtirokisiz bank amaliyotlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Bu ofislar 24/7 rejimida ishlaydi. Shuningdek, bankning xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish maqsadida yangi raqamli “Fresh” filiali faoliyatini rivojlantiriladi.Bankni transformasiya jarayonida Xorijiy nufuzli kompaniyalar bilan birgalikda tavakkalchiliklarni boshqarish tizimi, skoring modelining dastlabki bosqichi yo‘lga qo‘yildi. Xorijiy ekspert tavsiyalari asosida stress-test ssenariylari o‘tkazilishi takomillashtirildi. Bankning operasion risklarini oldini olish bo‘yicha indikatorlar ishlab chiqildi. Jumladan, likvidlilik va bozor risklarini boshqarishda likvidlilik ko‘rsatkichlarini, bankning depozit bazasi va majburiyatlarining konsentrasiyasi, GEP-tahlil, VaR hisoboti, foiz stavkalari o‘zgarishini bank foydasiga ta’siri va valyuta pozisiyasini aniqlash hamda baholash va monitoring qilishni yo‘lga qo‘yildi.






















Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish