Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti innovatsion iqtisodiyot kafedrasi


III bob. O`zbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy yo`nalishlari



Download 50,8 Kb.
bet7/9
Sana01.06.2022
Hajmi50,8 Kb.
#625231
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti innovatsion iqtisodiyot

III bob. O`zbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy yo`nalishlari
3.1 O’zbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirish bosqichlari
Davlat mustaqilligining qo`lga kiritilishi O`zbekistonda bozor munosabatlariga o`tish uchun qulay sharoit va keng imkoniyatlar yaratildi.
O`zbekistonning boy imkoniyatlari, geopolitik sharoitidan foydalanib, o`zimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo`limizni belgilash dastlabki kunlarning eng muhim vazifasi bo`lib qoldi. O`zbekiston tanlagan islohot yo`li ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodini shakllantirishga qaratildi. Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning asosiy yo`nalishlari Prezident I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilib, dunyodagi rivojlangan mamlakatlarning yirik mutaxassislari, davlat arboblari tomonidan tan olindi va o`zining hayotiyligini namoyish etmoqda. Bu tamoyillarning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat:
— iqtisod siyosatdan ustun turib mafkuraviy taziyqlarsiz, o`ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanmog`i kerak:
— davlat bosh islohotchi o`rnida bo’lib, u islohotlarning ustuvor yo`nalishlarini belgilab berishi va ularni izchillik bilan amalga oshirishi lozim:
— bozor munosabatlariga o`tish qonun ustuvorligini talab qiladi. Butun xalq tomonidan qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarga amal qilinishi shart.
— bozor munosabatlarni joriy etish bilan bir vaqtda aholini himoya qilishning kuchli ijtimoiy siyosatini o`tkazish:
— ijtimoiy islohotlarning rivojlanib borishi va yo`nalishini belgilab beruvchi tamoyillardan biri bozor iqtisodiyotiga o`tish evolutsion yo`l bilan bosqichma-bosqich amalga oshirilishi zarur.
Yangi iqtisodiy munosabatlarga o`tish tamoyillari asosida g`oyat mas`uliyatli va murakkab vazifa-iqtisodiy islohotlar strategiyasi ishlab chiqildi. Iqtisodiy strategiyaning boshlang`ich nuqtasi ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlarning pirovard maqsadini belgilab olishdan iboratdir.
Bu vazifa markazlashtirilgan, ma`muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga, bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga o`tishdan iboratdir.
Bozor islohotlarini amalga oshirish dasturiga qo`ra ustuvor vazifalar bosqichma-bosqich hal qilinadi.
Birinchi bosqichda totalitar tizimdan hozirgi zamon bozor munosabatlariga o`tish davridagi bir-biriga bog`liq ikki vazifani bir vaqtda hal qilishga to`g`ri keldi:
Ma`muriy buyruqbozlik tizimining og`ir oqibatlarini tugatib, iqtisodni barkororlishtirish va bozor munosabatlarining negizini shakllantirish. Bu bosqich jarayonida iqtisodiy islohotning g`oyat muhim yo`nalishlari O`zbekiston Prezidenti tomonidan belgilab beriladi:
— o`tmish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarining qonuniy-huquqiy bazasini mustahkamlash va rivojlantirish:
— qishloq xo`jaligida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish:
— ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish.
Bozor munosabatlariga o’tishning asosiy shartlaridan biri-mulkni davlat tassarufidan chiqarish va xususiylashtirish amalga oshirildi. Bu bilan davlat monopoliyasi tugatilib, ma`muriy buyruqbozlik tizimi buzildi va bozor iqtisodiyotiga asos solindi, xususiy mulkdorlarning keng qatlami shakllantirildi. Mulkni xususiylashtirish va iqtisodni shakllantirish O`zbekistonda o`ziga xos yo`l bilan birinchi bosqichda 1992-1993 yillari amalga oshirildi.Bu davrda asosan maishiy hizmat va savdo korxonalari, transport va qurilishning kichik korxonalari, davlat san’at va mahsulot qayta ishlash korxonalari mulk shaklini o`zgartirdi. Bular mulkning ijara, jamoa va aktsiyadorlik shakliga aylantirildi. Uy joylar keng miqyosda xususiylashtirilib, aholining ayrim qismiga tekin, boshqa qismiga esa arzon narxda xususiy mulk etib beriladi.
Davlat mulkini xususiylashtirishning ikkinchi bosqichi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1994 yil 21 yanvardagi iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirishning chora-tadbirlari to’g`risida qarori asosida olib borildi.
Bu davrda ochiq shakldagi aksiyadorlik jamiyat qurish, korxonalar aktsiyasini chiqarish, auktsion (kim oshdi) savdosi oqlash davlat mulkini shaxslarga yuborish qimmatbaho qog`ozlarni chiqarish va xususiylashtirshini yoppasiga olib borish uchun sharoit yaratish ishlari amalga oshirildi.
Aloqa, transport, geologiya qidiruv yoqilg`I – energetika komplekslari xususiylashtirilmadi. Ayrim sohalarda kimyo, oltin qazish, paxta tozalash, tog`-kon sanoatida — 51% aktsiya davlat ixtiyorida qoladigan bo`ldi.
Jahon bozorida raqobatga bardosh bera oladigan va aholining iste`mol talablarini qondiradigon mahsulot ishlab chiqarishni tashqil qilish zarur edi. Prezident I.A.Karimov — Barqarorlashtirish siyosati, eng avvalo, bu makro iqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishning keskin darajada pasayishiga va ommaviy ishsizlikka yo`l qo`ymaslikdir — deydi Iqtisodiy o’sish iqtisodiyotning barcha sohalarida ishlab chiqarish hajmi oshgani bilan ifodalandi. Bu ko`rsatkich 1990 yil bilan qiyoslaganda sanoatda 106,5, qishloq xo`jaligida 105,8, qurilishda 102,6, savdoda 112,7, aholiga pullik xizmat ko`rsatish sohasi 121.3, foizini tashkil etdi. Xalq iste`mol mollarini ishlab chiqarish bir yilda 112 foizga ko`paydi.Mamlakatimizning yoqilg`i mustaqilligiga erishish siyosati izchillik bilan amalga oshirildi. Istiqlolga erishgan O`zbekiston tarixda ilk bor 1995 yilda neft mustaqillgiga erishdi.
O`zbekistonning jahondagi ko`plab mamlakatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalari kengayib mutahkamlanib bormoqda. Endilikda jahonning 35 mamlakati bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik to’g`risida bitim tuzilgan.
1999 yil 1 yanvar holatiga ko`ra O`zbekistonda 3.592 qo`shma korxona ro’yxatga olingan Endilikda jahondagi eng yirik korxonalardan hisoblangan qizilqumning oltin va uran boyliklari mamlakatimiz tarakkiyotiga hizmat qilmoqda. O`zbekistonning istiqlol mashinasozlik sanoatini, ayniqsa uning muhim tarmog`i-avtomobilsozlikning rivojlannishiga bog`liq. 1992 yilning avgust oyida janubiy Koreya Respublikasi bilan O`zbekiston o`rtasida tuzilgan bitim asosida O`zDEU avto qo`shma korxonasi tashkil etildi va Asaka shahrida yengil avtomashinalar ishlab chiqarishga kirishildi. 1996 yilning mart-iyul oylarida O`zDEU avtokorxonasi TIKO, NEKSIYA DAMAS yengil avtomashinalarini chiqara boshladi.
1993 yilda GFR dagi Mersedes Bents AG korporatsiyasi bilan Xorazmda yuk avtomashinasini chiqarish uchun shartnoma tuzildi. 1994 yili Do’stlik avtomobil zavodida datlabki 350 Mersedes Bents yuk avtomobili ishlab chiqildi. 1995 yili O`zavtosanoat uyushmasi bilan Turkiyaning mashhur Kochxolding kompaniyasi o`rtasida tuzilgan shartnoma asosida Samarqandning Sug`diyona mavzesida qad ko’targan avtobus zavodi 1999 yil mart oyida o`zining mahsulotini bera boshladi.
Iqtisodiy islohotlarning hal qiluvchi bo’g`ini o’tkazish, uni jadal rivojlantirishga alohida e`tibor beriladi.
Qishloq xo’jaligida islohotlarni amalga oshirishda eng ustuvor masala sifatida elga mulkchilik masalasi hal qilindi. O`zbekiston Respublikasida sug`oriladigan yerlarning kamligini hisobga olib, yer xususiy mulk qilib sotilishi mumkin emasligi, balki uni uzoq muddatli ijara shartlari bilan topshirish mumkinligini huquqiy hujjatlarda qayd etildi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1-chaqiriq X sessiyasi (dekabr ,1997-yil) agrar va iqtisodiy munosabatlarni tubdan o`zgartirish yuzasidan qator qonunlar qabul qildi. Yer kodeksi, Qishloq xo`jaligi kooperativi (shirkat xo`jaligi) to`g`risida Dehqon xo`jaligi to`g`risida, Yer kadastri to`g`risidagi qonunlar qishloq xo`jaligining huquqiy asoslarini mustahkamladi.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab bozor munosabatlariga mos pul-kredit tizimi shakllantirildi.
1991-1996 yillar davomida O`zbekiston Respublikasi hukumati milliy bank va moliya tizimi yuzasidan bir qancha qarorlar qabul qildi.
1994-yilning 1-iyuldan boshlab iqtisodiy mustaqillikning zaruriy sharti tariqasida O`zbekiston Respublikasining pul birligi so’m muomalaga kiritildi. Milliy valyutaning muomalaga kiritilishi iqtisodiyotni barqarorlashtirish, korxonalar va tarmoqlar moliyaviy ahvolini mustakamlash, aholi va mamlakat iste`mol bozorini muhofaza qilishda katta o`rin tutdi. Mustaqil O`zbekiston xazinasini to`ldirivchi iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli o`tkazishning asosiy manbai soliqdir. Shuning uchun soliq tizimini takomillashtirishga dastlabki kunlardan boshlab katta e`tibor beriladi. Iqtisodiy islohotlarning yutuqlari mamlakatda iqtisodiy barqororlikni ta`minlamoqda. O`zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi dolzarb muammolardan biri-xalqimizning ma`naviy merosini tiklash va uning yanada kamol topishi uchun keng imkoniyatlar ochish edi. O`zbekiston Prezidenti I.A. Karimov o`zining O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li kitobida O’zbekistonning milliy-madaniy jihatdan g`oyat rang-barangligi, milliy o`zligini aglash va ma`naviy qayta tiklanishning kuchayib borishi bilan uzviy birlikda jamiyatni yangliash, uni ochiq jamiyatga aylantirish uchun qudratli omil bo`lib hizmat qiladi va ruspublikaning jahon hamjamiyatiga ko`shilishi uchun qulay sharoitlarni vujudga keltirada, deb ko`rsatgan edi. (Karimov I.A. O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqqiyot yo`li. T, 1992y, 13 bet)
O`zbekiston suveren davlat sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotda ma`naviy yangilanish jarayonini amalga oshirmasdan mustaqillikni har tomonlama mustahkamlash uchun xalqni safarbar qilib bo`lmaydi.
Mustaqillik yillarida ma`naviy sohada yuz bergan o`zgarishlarni eng muhimi xalqning uzoq yillar mobaynida to`plagan boy tarixiy-madaniy merosiga e`tiborning kuchayishi bo`ldi.
Madaniy-ma`rifiy ishlarning rivojlanishi uchun davlat tomonidan katta mablag`lar ajiratildi.



Download 50,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish