38.
Biofilli element
(yunoncha bios – hayot va filio – sevaman) - tirik organik moddalarda
yig’iladigan elementlar (biosferada) masalan: uglerod, fosfor, yod (5-bob
).
39.
Biotsenoz
(yunoncha bios – hayot va koinos - umumiy) – ma‘lum bir uchastkada
quruqlik yoki suv havzasida yashaydigan, bir-biri bilan aniq munosabatlarini
tavsiflaydigan va atrof muhit sharoitlariga moslashgan mikroorganizmlar, hayvonlar va
o’simliklar yig’indisi (masalan: ko’l, cho’l, o’rmon, tog’.. biotsenozi), (2-bob).
40.
Bitumlar
(lotincha bitumen-tog’ mumi)- uglevodorodning suyuq suvda eriydigan yoki
qattiq (ko’pincha qora rangli) aralashmasi, ular kislorodli, oltingugurtli, azotli, tabiiy va
sun‘iylari bo’ladi (5-bob).
41.
Bor
(lotincha borum) –V, III-guruhdagi kimyoviy element. Juda qattiq modda. Odatdagi
haroratda kimyoviy inertli bo’ladi (5-bob).
Do'stlaringiz bilan baham: |