Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti "axborot texnologiyalari" kafedrasi "TEXNIK TIZIMLARDA axborot texnologiyalari"



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/105
Sana26.03.2022
Hajmi2,19 Mb.
#510793
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   105
Bog'liq
ma`ruza matni 2018

Funksiya bu
 – C++ tilida masala yechishdagi kalit elementlaridan biridir. 
Funksiya parametrlari va argumentlari. 
Dasturda ishlatiladigan har qanday funksiya e’lon qilinishi kerak. Odatda funksiyalar 
e’loni sarlavha fayllarda e’lon qilinadi va #include direktivasi yordamida dastur matniga 
qo‘shiladi. Funksiya e’lonini funksiya prototipi tavsiflaydi (ayrim hollarda signatura deyiladi). 
Funksiya prototipi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: 
 (
); 

Bu yerda - funksiya ishlashi natijasida y tomonidan 
qaytaradigan qiymatning turi. Agar qaytariladigan qiymat turi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, kelishuv 
bo‘yicha funksiya qaytaradigan qiymat turi int deb hisoblanadi,
- vergul 
bilan ajratilgan funksiya parametrlarining turi va nomlari ro‘yxati. Parametr nomini yozmasa 
ham bo‘ladi. Ro‘yxat bo‘sh bo‘lishi ham mumkin. Funksiya prototiplariga misollar: 
int almashsin(int,int); 
double max(double x, double y); 
void func(); 
void chop_etish(void); 
Funksiya prototipi tushirib qoldirilishi mumkin, agar dastur matnida funksiya aniqlanishi 
uni chaqiradigan funksiyalar matnidan oldin yozilgan bo‘lsa. Lekin bu holat yaxshi uslub 


hisoblanmaydi, ayniqsa o‘zaro bir-biriga murojaat qiluvchi funksiyalarni e’lon qilishda 
muammolar yuzaga kelishi mumkin. 
Funksiya aniqlanishi – funksiya sarlavhasi va figurali qavsga (‘{‘,’}’) olingan qandaydir 
amaliy mazmunga ega tanadan iborat bo‘ladi. Agar funksiya qaytaruvchi turi void turidan farqli 
bo‘lsa, uning tanasida albatta mos turdagi parametrga ega return operatori bo‘lishi shart. 
Funksiya tanasida bittadan ortiq return operatori bo‘lishi mumkin. Ularning ixtiyoriy birortasini 
bajarish orqali funksiyadan chiqib ketiladi. Agar funksiyaning qiymati dasturda ishlatilmaydigan 
bo‘lsa, funksiyadan chiqish uchun parametrsiz return operatori ishlatilishi mumkin yoki umuman 
return ishlatilmaydi. Oxirgi holda funksiyadan chiqish – oxirgi yopiluvchi qavsga yetib kelganda 
ro‘y beradi. 
Funksiya dasturning birorta modulida yagona ravishda aniqlanishi kerak, uning e’loni esa 
funksiyani ishlatadigan modullarda necha marta yozilishi mumkin. Funksiya aniqlanishida 
sarlavhadagi barcha parametrlar nomlari yozilishi shart. 
Odatda dasturda funksiya ma’lum bir ishni amalga oshirish uchun chaqiriladi. Funksiyaga 
murojaat qilganda, u qo‘yilgan masalani yechadi va o’z ishini tugatishida qandaydir qiymatni 
natija sifatida qaytaradi. 
Funksiyani chaqirish uchun uning nomi va undan keyin qavs ichida argumentlar ro‘yxati 
beriladi: 
(
1
>,
2
>,...,
n
>); 
Bu yerda har bir - funksiya tanasiga uzatiladigan va keyinchalik hisoblash 
jarayonida ishlatiladigan o‘zgaruvchi, ifoda yoki o’zgarmasdir. Argumentlar ro‘yxati bo‘sh 
bo‘lishi mumkin. 
Funksiyalar ham o‘z tanasida boshqa funksiyalarni, o‘zini ham chaqirishi mumkin. O‘z 
tanasida o‘zini chaqiradigan funksiyalarga rekursiv funksiyalar deyiladi. 
Oldingi boblarda ta’kidlab o‘tilganidek, C++ tilidagi har qanqay dasturda albatta main() 
bosh funksiyasi bo‘lishi kerak. Ayni shu funksiyani yuklagich tomonidan chaqirilishi bilan 
dastur bajarilishi boshlanadi. 
Quyidagi rasmda bosh funksiyadan boshqa funksiyalarni chaqirish va ulardan qaytish 
sxemasi ko‘rsatilgan. 
1-rasm. 
Bosh funksiyadan boshqa funksiyalarni chaqirish va qaytish 
Dastur main() funksiyasini bajarishdan boshlanadi va “f1(x,y);” – funksiya chaqirishgacha 
davom etadi va keyinchalik boshqaruv f1(x,y) funksiya tanasidagi amallarni bajarishga o‘tadi. 
Bunda Radius parametrining qiymati sifatida funksiya x o‘zgaruvchi qiymatini, Symbol 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish