192
Ma’ruza-№21. Tindirgichlar.
Reja:
1.
Umumiy tushunchalar.
2.
Uzlukli ishlaydigan tindirgich.
3.
Qiya to`siqli, yarim uzluksiz tindirgich.
4.
Eshkak aralashtirgichli, uzluksiz ishlaydigan tindirgich.
5.
Ko`p qavatli tindirgich.
6.
Emulsiyalarni uzluksiz ajratish tindirgichi.
Tayanch so’zlar va iboralar:
Suspenziyalar,
emulsiyalar, cho‘ktirish,
filtrlash, sentrifugalash,
suyuqlik yordamida ajratish, cho‘kish tezligi, Stoks
tenglamasi, tindirish uskunalari, neftushlagich.
Cho‘ktirish
usuli suspenziya, emulsiya va changli gazlarni ajratish uchun
ishlatiladi. Cho‘ktirish tezligi kichik bo‘lgani sababli,
bu usul asosan turli jinsli
sistemalarni birlamchi ajratish uchun qo‘llaniladi. Cho‘ktirish jarayoni changli
gazlar, suspenziya va emulsiyalar tarkibidagi mayda qattiq zarrachalarning og‘irlik
kuchi ta’sirida uskuna tubiga cho‘kishiga asoslangan. Og‘irlik kuchi ta’sirida
cho‘ktirish jarayoni tindiruvchi uskunalarda olib boriladi.
Cho`ktirgichda suspenziya harakati tufayli cho`ktirish jarayoni sodir bo`ladi:
qattiq zarrachalar qurilma tubiga cho`kadi va cho`kma qatlami hosil qiladi.
Odatda, cho`ktirgichlarni hisobi o`z ichiga
eng mayda zarrachalarni
cho`ktirishni ko`zda tutadi.
Cho‘kish tezligini aniqlash.
Buning uchun alohida olingan sharsimon qattiq
zarrachaning suyuqlik muhitida erkin cho‘kishini tekshiramiz. Bunda zarrachaga
og‘irlik kuchi G, ko‘tarish kuchi A va muhitning qarshilik kuchi R ta’sir qiladi (1-
rasm). Cho‘kish jarayonining harakatlantiruvchi kuchi rolini og‘irlik va ko‘tarish
kuchlari o‘rtasidagi farq, ya’ni zarrachaning suyuqlikdagi og‘irligi bajaradi:
P=G-A=
6
3
d
g (
q
–
m
),
(1)
Muhitning qarshiligi R zarracha yo‘nalishiga qarama-qarshi bo‘lib,
ishqalanish va inersiya kuchlaridan tarkib topgan.
Laminar oqimda ishqalanish
kuchlari inersiya kuchlariga nisbatan katta bo‘ladi. Stoks qonuniga ko‘ra, laminar
rejimda sharsimon zarrachaning cho‘kishida muhitning qarshilik kuchi R quyidagi
tenglama bilan topiladi:
R = 3 πdμW
e
,
(2)
bu yerda, μ – muhitning dinamik qovushoqligi, Pa·s; W
e
–
zarrachaning erkin
cho‘kish tezligi, m/s.
193
Cho‘kayotgan zarracha dastlab tezroq cho‘kadi, bir oz vaqt o‘tgach,
muhitning qarshilik kuchi harakatlantiruvchi kuchga tenglashganda, o‘zgarmas
tezlik bilan bir xilda cho‘ka boshlaydi. Shu o‘zgarmas tezlik cho‘kish
tezligi
deyiladi.
Demak, zarracha o‘zgarmas tezlikka ega bo‘lganda P=R bo‘lib qoladi. P va
R ning qiymatlarini tenglashtirib quyidagilarni olamiz:
6
3
d
g (
q -
m
) = 3 πdμW
e
,
bu yerdan cho‘kish tezligi
W
e
=
18
)
(
2
м
к
g
d
.
(3)
(3) ifoda Stoks tenglamasi deb yuritiladi va Re≤2 bo‘lganda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: