Qarshi filiali “axborot – ta’lim texnologiyalari” kafedrasi



Download 2,21 Mb.
bet13/58
Sana03.06.2022
Hajmi2,21 Mb.
#632300
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   58
Bog'liq
O\'quv uslubiy majmua

Savollar
1. Ta'lim mazmuni dеb nima aytiladi?
2. O’quv rеja nima?
3. O’quv dasturi nima asosida tuziladi?
4. Darslik, o’quv qo’llanmalarga tavsif bеring
5. Ta'limning tashkil qilish shakllariga tavsif bеring
6. Sinf-dars shakliga kim asos solgan?

6-MARUZA.
Mavzu: O’zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimining xorijiy davlatlar bilan hamkorligi.
(4 soat)
Reja:

  1. Yangi professional ta’lim — yangi missiya.

  2. Yangi professional ta’lim muassasalarida ta’lim mazmuni, soni va sifati, ta’lim dasturlari, texnologiyalarining isloh qilinishi oqibatida quyidagi tarkibiy o‘zgarishlari.

Prezidentimizning “2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonida “Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari shiddat bilan rivojlanayotgani islohotlarni mamlakatimizning jahon sivilizatsiyasi yetakchilari qatoriga kirish yo‘lida tez va sifatli ilgarilashini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarga asoslangan holda amalga oshirishni taqozo etadi” deb alohida ta’kidlangan.


Harakatlar strategiyasida mehnat bozori mutanosibligini va infratuzilmasi rivojlanishini ta’minlash, mehnatga layoqatli aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini to‘liq amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish, ishchi kuchi sifatini yaxshilash, ishga muhtoj shaxslarni kasbga tayyorlash tizimini kengaytirish vazifalari belgilangan.
Shu asosda respublikamizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar fonida O‘zbekiston iqtisodiyotida sezilarli yuksalish kuzatildi, ko‘lam va sifat jihatdan jiddiy tarkibiy o‘zgarishlar yuz berdi.
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga zamonaviy innovatsion texnologiyalar jadallik bilan kirib kelmoqda. Sanoatda, qishloq xo‘jaligida, transport va xizmat ko‘rsatish sohalarida yuqori qiymat, yuqori hosildorlik, unumdorlik va tejamkorlikni ta’minlovchi intensiv texnologiyalar, ishlab chiqarish sohasida juda keng ko‘lamdagi zamonaviy innovatsiyalar joriy etilmoqda. Mazkur jarayonlarga milliardlab AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb qilinmoqda va minglab yangi texnologik ish o‘rinlari yaratilmoqda.
Birgina 2019 yilning o‘zida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan jami 220,7 trillion so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirildi, shundan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 189,9 trillion so‘m ekanligi va bu 2018 yilgi ko‘rsatkichlariga nisbatan 1,3 barobar o‘sganligi yaqin kelajakda mazkur loyihalar yuqori malakali professional kadrlarning yangi avlodi yetishib chiqishi zarurligini belgilab bermoqda.

Shu bilan birga, xalqaro mehnat bozori talablari, integratsion jarayonlarning jadallashuvi, raqamlashtirish, sanoatdagi texnologik inqiloblar davrida zamon talablariga mos malaka va ko‘nikmalarga ega raqobatbardosh o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlashni, kasb-hunar ta’lim sohasida yangi tizimni — xalqaro andozalarga mos professional ta’lim tizimini talab qildi.


Natijada kasb-hunar ta’limi sohasida ham davlat siyosati tubdan o‘zgardi.
Prezidentimiz tomonidan sohada tub islohotlarni amalga oshirish va zamonaviy professional ta’lim tizimini barpo etishning maqsad va ustuvor vazifalari, bir so‘z bilan aytganda, sohaning yangi missiyasi belgilab berildi.
Ushbu missiya mohiyati yangi sifat va formatda inson resurlarini rivojlantirish, yoshlarda ichki va tashqi mehnat bozori talab qilayotgan amaliy kvalifikatsiyalarni shakllantirish, ularning Vatanga muhabbatini, xalqiga sadoqatini yuksaltirishdan iboratdir.
Shu tariqa tizim oldiga quyidagi vazifalar qo‘yildi:
— hududlar va sohalar kesimida iqtisodiy taraqqiyotga munosib hissa qo‘sha oladigan o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash;
— yoshlarni malakali mehnat orqali o‘z hayot farovonligini ta’minlashga o‘rgatish;
— o‘z mehnat faoliyatiga innovatsion va kreativ yondashish, yaratuvchanlik, intellektual, madaniy, ma’naviy potensialni rivojlantirish kabi kompetensiyalarni shakllantirish metodologiyasini yaratish.
Ana shu missiya va maqsadlarni ko‘zlab, Prezidentimizning 2019 yil 6 sentyabrda “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Mazkur Farmon O‘zbekiston tarixida yangi professional ta’lim tizimini tashkil etishga asos bo‘lgan bo‘lsa, 2020 yil 24 yanvarda davlatimiz rahbari o‘z Murojaatnomasida “Joriy o‘quv yilidan boshlab, mutlaqo yangi professional ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yilib, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar tashkil etiladi” deb mazkur tizimning ahamiyatini yana bir bor alohida ta’kidladi.
Bunda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari barobarida tadbirkorlik, kichik biznes, oilaviy biznes, tomorqa biznesi, qurilish, xizmat ko‘rsatish, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik kabi tez sur’atlarda ravnaq topayotgan sohalar uchun ishchi kasblar bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlanishi ko‘zda tutildi.
O‘z navbatida, yangi tizimning barcha huquqiy-me’yoriy asoslari yaratildi. Jumladan, yaqinda “O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi hukumat qarori e’lon qilindi.
Qaror bilan uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim to‘g‘risidagi nizom, Boshlang‘ich professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan kasb-hunar maktablarining namunaviy ustavi, O‘rta professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan kollejlarning namunaviy ustavi hamda O‘rta maxsus professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan texnikumlarning namunaviy ustavi tasdiqlandi. Ushbu hujjatlar asosida o‘quv jarayoni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilgan ta’lim dasturlari asosida tashkil etiladigan 3 ta toifadagi ta’lim muassasalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Joriy etilayotgan yangi tizim xalqaro andozalarga to‘la mos bo‘lishi uchun 14 ta xalqaro tashkilot bilan hamkorlikda rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari o‘rganildi.
Germaniya, Shveysariya, Koreya, Turkiya va Xitoy hamda YuNESKO, Britaniya Kengashi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa ta’lim fondi, Turkiya hamkorlik agentligi, Xitoyning Universitetlar uyushmasi kabi qator xorijiy davlat va tashkilotlardan 200dan ortiq nufuzli xalqaro ekspertlar jalb etildi va ulardan salmoqli xulosalar olindi.
Yangi professional ta’lim muassasalarida ta’lim mazmuni, soni va sifati, ta’lim dasturlari, texnologiyalarining isloh qilinishi oqibatida quyidagi tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirildi:
Birinchidan, 2020/2021-o‘quv yilida professional ta’lim tizimida respublika bo‘yicha jami 725 ta ta’lim muassasasi, ya’ni 339 ta kasb-hunar maktabi, 200 ta kollej va 186 ta texnikum faoliyat ko‘rsatishi belgilandi.
1-toifa — kasb-hunar maktablarida ta’limning xalqaro standart tasniflagichining 3-darajasiga mos keluvchi 2 yillik ta’lim dasturlari asosida 9-sinf bitiruvchilari boshlang‘ich professional ta’lim oladi.
Kasb-hunar maktablarida ustuvor yo‘nalish sifatida oilaviy biznes, tomorqa biznesi, qurilish, xizmat ko‘rsatish, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik kabi iqtisodiyotimizda muhim o‘rin egallagan 200 dan ortiq ishchi kasblar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.
Kambag‘allikka qarshi kurash doirasida, avvalo, kam ta’minlangan oilalar farzandlarida tadbirkorlikka, biznesga, pirovard natijada daromad olishga yo‘naltiruvchi bilim, malaka va ko‘nikmalar hamda kompetensiyalar shakllantiriladi.
2-toifa — kollejlarda ta’limning xalqaro standart tasniflagichining 4-darajasiga mos keluvchi, kasblarning murakkablik darajasidan kelib chiqib, 2 yilgacha bo‘lgan muddatlar davomida o‘qitishga mo‘ljallangan ta’lim dasturlari asosida o‘rta professional ta’lim mutaxassislari tayyorlanadi.
Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tasarrufida faoliyat ko‘rsatadigan va shu sohadagi aniq ish o‘rni uchun mutaxassislar tayyorlaydigan ushbu kollejlarga maktablarning 11-sinf bitiruvchilari qabul qilinadi.
Kollejlarda Germaniya tajribasida yaxshi samara bergan “dual” ta’lim prinsiplari joriy etiladi: o‘quvchilar haftaning ma’lum kunlarida kollejda nazariy bilim oladi, boshqa kunlari korxonaning o‘zida biriktirilgan usta rahbarligida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelajakda ishlaydigan ish o‘rnida amaliyot o‘taydi.
3-toifa — texnikumlarda ta’limning xalqaro standart tasniflagichining 5-darajasiga mos keluvchi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bilan integratsiyalashgan, kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida kamida 2 yil muddatga mo‘ljallangan ta’lim dasturlari asosida 11-sinfni tugatgan yoshlar o‘qitiladi.
2 yillik tahsildan so‘ng bitiruvchilar oliy ta’lim muassasasida o‘qigan kasbi bo‘yicha suhbat asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin.
Bu tizim oliy ma’lumot olish niyatida bo‘lgan ko‘p sonli maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini yaqin kelajakda 50-60 foizga yetkazish uchun xizmat qiladi.
Ikkinchidan, kadrlar malakasini xalqaro mehnat bozori talablariga moslashtirish maqsadida milliy malaka tizimi ishlab chiqildi. O‘zbekistonda ilk bor Milliy kvalifikatsiya ramkasi, tarmoq kvalifikatsiya ramkalari, kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha professional standartlar hamda tabaqalashtirilgan ta’lim standartlari va dasturlari tasdiqlanib, joriy etilmoqda.
Uchinchidan, o‘qitish muddatlari o‘zgardi. Xususan, ilgarigi 3 yillik bir xil qolipdagi standartdan to‘liq voz kechildi. Mutaxassisliklarning murakkablik darajasidan kelib chiqib, tabaqalashtirilgan o‘qitish muddatlari joriy qilindi. Qo‘shimcha ravishda professional ta’lim muassasalarini tugatgan yoshlarimizga kelgusida oliy ta’limda o‘qishini davom ettirish va butun umr davomida o‘z malakasini oshirib borish imkoniyati berildi.
To‘rtinchidan, ta’lim dasturlari va shakllari o‘zgardi. Endi ta’limning xalqaro standart tasniflagichi (MSKO) darajalari bilan uyg‘unlashgan va mehnat bozori talablari asosida moslashuvchan kadrlar tayyorlash yangi professional ta’lim dasturlari asosida joriy etiladi.
O‘z navbatida, ishchi kasblar bilan o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlash tizimi bir-biridan to‘liq ajratildi va alohida o‘quv reja hamda dasturlar asosida o‘qitilishi belgilandi.

Kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shaklida 2 yilgacha muddatda o‘qitish tizimi joriy etiladi. Misol uchun, oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bilan integratsiyalashgan xalqaro “Associate degree” darajasida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha kamida 2 yil muddatga mo‘ljallangan ta’lim dasturlari amaliyotga joriy etiladi.


Ta’lim dasturlari yakunlari bo‘yicha bitiruvchilarga razryad ko‘rsatilgan sertifikat, guvohnoma va diplom beriladi.
Beshinchidan, ta’lim texnologiyalari o‘zgaradi. Bunda, yuqorida ta’kidlaganimizdek, avvalo, Germaniya tajribasida yaxshi samara bergan “dual” ta’lim prinsiplari joriy qilinadi.
Professional ta’limning sifat va samaradorligini ta’minlash maqsadida o‘quvchilar egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini bevosita kundalik hayotida qo‘llashga o‘rgatadigan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim dasturlari yaratildi va yangi o‘quv yilidan tadbiq etish boshlanadi.
Professional ta’lim muassasalari bazasida zamonaviy agrotexnologiyalarga o‘qitishni joriy qilish, “simulyasion markazlar” faoliyatini yo‘lga qo‘yish amalga oshiriladi.
Yana bir muhim jihat, bundan buyon professional ta’lim muassasalari va kasb-hunarga o‘qitish markazlari imkoniyatlaridan kelib chiqib, o‘quvchilarni jalb qilgan holda issiqxona, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik, quyonchilik, parrandachilik, bog‘dorchilik, limonchilik, sabzavot yetishtirish, ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohalarida tadbirkorlik va kichik biznes tarmoqlari tashkil etiladi.
Oltinchidan, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab, kollejlar va texnikumlar mehnat bozorining xususiyatlari, ish beruvchilarning texnologik jarayonlarini hisobga olgan holda ta’lim jarayonida foydalaniladigan fan (modul) va amaliyot dasturlarini ish beruvchilar bilan birga mustaqil ishlab chiqadi hamda amaliyotga joriy etadi. Bu degani, endi o‘rta bo‘g‘in mutaxassislari oldindan aniq ish o‘rniga ish beruvchi qo‘ygan malaka talablari asosida tayyorlanadi va kelgusida o‘sha ish o‘rniga borib joylashadi.
Shuningdek, O‘zbekistonda ilk marta joriy o‘quv yilidan boshlab, professional ta’lim muassasalarida tadbirkorlikka yo‘naltirilgan o‘quv rejalari tajriba sinov-tariqasida joriy etiladi.
Yettinchidan, davlatimiz rahbarining “Innovatsiya bo‘lmas ekan, hech bir sohada raqobat, rivojlanish bo‘lmaydi”, degan so‘zlaridan kelib chiqib, Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutida innovatsion muhit, yangi makon yaratildi.
Tizimda ishlaydigan xodimlarni islohotlar ijrosiga shay holatga keltirish, bilim, ong va tafakkurni rivojlantirish maqsadida innovatsion yondashuv asosida o‘quv kurslari tashkil etilmoqda. Ushbu yangi muhitda ta’lim muassasalari direktorlari va o‘rinbosarlari orasidan strategiya, innovatsiya va sifrovizatsiya mohiyatini anglagan, islohotlar ijrosini ta’minlashga, ongini o‘zgartirishga qodir bo‘lgan zaxira kadrlar, kuchli metodist o‘qituvchilar ma’lumotlar banki, portfoliolar banki yaratilmoqda.
Malaka oshirishning yangi 18 ta moduli joriy qilindi. Pedagogika prinsiplaridan androgogika prinsiplariga o‘tiladi.
Malaka oshirishga kelgan tinglovchilar uchun ta’limni innovatsion rivojlantirishga doir 17 ta taqdimot tayyorlanib, taqdim etildi. 200 dan ortiq vizuallashtirilgan va raqamlashtirilgan yangi elektron ta’lim resurlari bazasi yaratildi.
Bu muhitda o‘qish, anglash, tafakkur qilish, bunyod etish, yangi g‘oyalar, kreativlik, tashabbuskorlikka rag‘bat uyg‘otish uchun zarur shart-sharoitlar mavjud.
Sakkizinchidan, ta’lim tizimini jahon andozalariga to‘liq moslashtirish, ishchi kasblarning nufuzi va jozibadorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston “WorldSkills” xalqaro harakatiga qo‘shildi va ushbu tashkilotga a’zo bo‘ldi.
Ayni paytda “WorldSkills” O‘zbekiston assotsiatsiyasi faoliyatini yanada rivojlantirish choralari ko‘rilmoqda.
Bu tashkilot bilan hamkorlik yoshlarimizda zamonaviy kasbiy ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish hamda xalqaro mehnat bozorida tengdoshlari bilan barobar raqobat qilishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
Yana bir jiddiy o‘zgarish. Bugun butun dunyoda XXI asr kompetensiyalari sifatida talqin etilayotgan “yumshoq” (soft) kompetensiyalarni shakllantirishga alohida urg‘u beriladi.
Bu borada bir qator nufuzli xorijiy tadqiqot markazlari, jumladan, Butunjahon iqtisodiyot forumi tomonidan taqdim etilgan 2020 yil uchun eng muhim 10 ta kompetensiya, Yevropa uchun ustuvor tayanch kompetensiyalar, Yevropa standartlari doirasidagi Dublin deskriptorlari, Rossiya uchun ustuvor tayanch kompetensiyalar chuqur tahlil qilingan holda milliy mentalitetimizga xos va mos kompetensiyaviy yondashuv joriy etiladi.
Yangi tizim uchun yaratilayotgan o‘quv adabiyotlari, kitob va darsliklar, elektron ta’lim resurslari, innovatsion, raqamlashtirilgan ta’lim texnologiyalari, ochiq elektron resurslar tarmog‘i, o‘quv adabiyotlarini xorijiy davlatlardan olib kelish, qayta ishlash, chop etish va tarqatish, kelajak kutubxonalari, kelajak auditoriyalarini yaratish jarayonlarida shu kabi muhim vazifalar doimiy diqqat markazimizda bo‘ladi.
Professional ta’limning yangi tarmog‘ida faoliyat ko‘rsatadigan direktorlar, direktor o‘rinbosarlari, o‘qituvchi pedagoglar, ishlab chiqarish ustalarini saralash, tanlash, tayinlash, qayta tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish, ularning maqomini belgilash va mehnatini rag‘batlantirishning yangi tartiblari ishlab chiqiladi.
Professional ta’lim jarayoniga so‘nggi yillarda milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish natijasida O‘zbekistonda ishga tushirilgan innovatsion ishlab chiqarish quvvatlari, sanoat, ishlab chiqarish, agrar sohalaridagi yirik korxonalar, innovatsion biznes va tadbirkorlik sub’yektlari, AKT, turizm va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida zamonaviy texnologik liniyalarni boshqarishda katta tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar, ish yurituvchilar, injener-texnologlar, agronomlar va masterlar jalb etiladi.
Aytish kerakki, umuman, ta’lim tizimini takomillashtirish, uni yangilash uchun yana bir muhim omil yuzaga keldi. Bu — pandemiya. Endi biz ana shu sharoitda ta’lim tizimini masofaviy shaklga o‘tkazishga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishimiz lozim. Chunki yaqin kelajakda onlayn ta’lim nafaqat uzoq muddatli tendensiyaga, balki hayotimizning muhim qismiga aylanadi.
Koronavirus nafaqat bizdan, butun dunyo aholisidan ham mislsiz raqamli o‘zgarishlarni talab qilmoqda — onlayn hayotga moslashish, jumladan, konvergent onlayn/offlayn muhitda ishlashni taqozo etmoqda.
Albatta, to‘satdan boshlangan kasallik va karantin davrida butun mamlakat ta’lim tizimi onlayn o‘qitishga ommaviy o‘tishga tayyor emasdi. Ammo eng muhimi, pandemiya davrida biz shu yo‘l bilan o‘qituvchi va talabalarning koronavirus kasalligidan ishonchli himoyalanishiga erishdik.
Bugun esa onlayn ta’lim tizimiga o‘tishning barcha imkoniyati to‘liq o‘rganilmoqda. Endi biz xuddi internet magazindan onlayn xaridni amalga oshirganimiz kabi onlayn o‘qitish tartiblariga ham moslashishimiz vaqti keldi.
Ayniqsa, professional ta’lim sohasida biz ko‘proq o‘qishimiz va o‘rganishimiz talab etiladi. Chunki zamonaviy mehnat bozorida kadrlar malakasiga bo‘lgan talablar muttasil va tez o‘zgaruvchandir. Bu qo‘shimcha va mustaqil ta’lim olishni talab qiladi.
Umuman, bu davr ta’lim oldiga ham o‘ziga xos talablar qo‘ymoqda.
Birinchi navbatda, ta’limni to‘liq raqamlashtirish kerak. Bunda dars ishlanmalari, onlayn taqdimotlar, animatsion darslar, videoinstruktorlar kabi raqamli kontentlar yaratilishi lozim.
Ikkinchidan, bu kontentlarni joylashtirish va barchaga qulay bo‘lgan elektron platformalar yaratilishi kerak.

Uchinchidan, o‘qituvchilarda raqamli kontent bilan ishlash, uni boyitish, o‘quv dasturlariga moslashtirish, o‘quvchilarga yetkazish, ular bilan teskari aloqa o‘rnatish kabi yangi kompetensiyalarni shakllantirishni talab qiladi.


O‘quvchilarning internet tarmog‘iga ulanganligi holatida onlayn, internet tarmog‘iga ulanmagan o‘quvchilar kontingenti bilan offlayn rejimlarida saboqlar tashkil qilish lozim bo‘ladi. Bularning barchasi ta’lim muassasalarining moddiy texnika bazasining infrastukturasini takomillashtirish, jumladan, optik tolali aloqa, yuqori tezlikka ega internet trafiklari bilan ta’minlash kabi o‘ta dolzarb masalalarni yechishni talab qiladi. Ushbu vazifalarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi esa iqtisodiyotni taraqqiy ettirish, kambag‘allikni qisqartirish, yoshlar va xotin-qizlarning hayotda munosib o‘rin topishi, pirovard natijada xalqimiz turmush farovonligini oshirish masalalarining ijobiy hal etilishini ta’minlaydi.


Download 2,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish