Garb psixologiyasining, asosan amerikaparast psixologiya–ning yana bir nazariy yunalishi «Insonparvarlik
psixologiyasi» bir karashda psixoanaliz nazariyasiga zid bulib kurinsada aslida bir biriga yakin. Karl Rodjers (1902–
1987), A. Maslou Abraxam Xarold (1908–1970), Olport Gordon (1897–1967) va boshkalar shaxs faolligining asosiy
sababi kelajakka, uzligini namoyon kilishga intilishdir deb xisoblaydilar.
Dunyoni odamlarning uzlari uzgartiradilar, lekin buni ongli ravishda amalga oshirish uchun dastavval uni
uzgartirishda, uni kurishda ishtirok etishga yunaltirilgan bulishi kerakki, bu ish jarayonida shaxsning uzi xam
uzgaradi. Xozirgi zamon ilmiy–psixologiyasi kishi uz faolligini faoliyat jarayonida va eng avvalo, birgalikdagi
faoliyat jarayonida namoyon kilishi tugrisidagi koidani kabul kiladi. Shaxs faolligini va faoliyatini yunaltirib
turadigan va mavjud vaziyatlarga nisbatan boglik bulmagan barkaror motivlar majmui kishi shaxsining
yunaltirilganligi deb ataladi. Motivlar oz yoki kup darajada anglangan bulishi yoki umuman anglanilmagan bulishi
xam mumkin. Shaxsning yunaltirilganligida anglangan motivlar asosiy rol uynaydi.
Kishi faoliyat natijasini xayolan oldindan belgilab beradigan maksadning uzigina emas, balki ushbu maksad
axamiyatiga molik obyektda ruyobga chikishining realligi xam anglanilgan bulsa, bu xol shaxsning istikboli deb
karaladi. (Perspektiva).
Istikbolni anglash kishiga tabi xiralik, uz kechinmalariga karama-karshi ruxsizlik, tushkunlik xolatini keltirib
chikarishi frustratsiya deb ataladi. Bu kishining maksadiga erishishi yulida real tarzda bartaraf etib bulmaydigan deb
xisoblangan yoki shunday deb idrok etiladigan tuskinlikka, govlarga duch kelgan xollarda yuz beradi. Frustratsiya
shaxsning xulk atvorida va uning uzini anglashida turli xil uzgarishlarga olib keladi.
Shaxs yunaltirilganligi uning kizikishlarida, e’tikodi va dunyokarashida namoyon buladi. Kizikish – biron
soxada tugri muljal olishga, yangi faktlar bilan tanishishga, vokelikni ancha tula va chukur aks ettirishga yordam
beradigan motivdir.
Kizikishlar bilishning doimiy kuzgatuvchi mexanizm sifatida namoyon buladi. Kizikishlar mazmuniga,
maksadlariga, mikyosi va barkarorligiga karab belgilanadi (ijobiy yoki salbiy). Kizikishlar–shaxs faoliyatini
asoslashning birdan bir emas, lekin muxim shartidir. Xulk atvorning muxim motivlaridan biri e’tikoddir. E’tikod–
shaxsni uz karashlariga, prinsiplariga, dunyo–karashiga muvofik tarzda ish kurishga da’vat etadigan motivlar
tizimidir. Bu bilimlar nuktai nazarlarning tartibga solingan va ichki uyushgan tizimini (falsafiy, estetik, axlokiy,
tabiiy-ilmiy) tashkil etgan takdirda kishining dunyokarashi sifatida talkin kilinishi mumkin. Dunyokarash sinfiy
xarakterga ega.
Psixologiyada shaxsning yul–yuriklari uning u yoki bu extiyoji kondirilishiga yordam berishi mumkin bulgan
faolitga tayyorligining, moyilligining uzi tomonidan anglanilmaydigan xolatini belgilaydi. Buni N. D. Uznadze
ustanovka deb atagan.Psixologik tadkikotlar yul – yurikning tuzilishi uchta tarkibiy kismdan iboratligini kursatdi.
Bular kishining bilib olishga va idrok etishga tayyorligidan iborat bulgan kognitiv (lotincha bilish) kichik tuzilish,
yul–yurik obyektiga nisbatan xayrixoxlik va xush kurmaslik xislatlari kompleksidan iborat bulgan – xissiy baxolash
kichik tuzilishi, yul–yurik obyektiga nisbatan irodaviy kuch– gayratni safarbar etishga shaylikdan iborat bulgan xulk
atvor kichik tuzilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: