QARSHI DAVLAT UNIVERSITETIDA O’QIYDIGAN TALABALAR UCHUN MUSTAQIL ISHNI BAJARISH BO‘YICHA TAVSIYALAR:
1. Mustaqil ish quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishi kerak:
Titul varaq (Namunasi 1-ilovada keltirilgan);
Mundarija: (Namunasi 2-ilovada keltirilgan);
Kirish. (kamida 1 bet)
Asosiy qism. (kamida 3 ta bo’lim va 10 bet)
Xulosa. (kamida 1 bet)
Foydalanilgan adabiyotlar va ta’lim saytlari ro‘yxati. (kamida 10 ta darslik va o’quv qo’llanmalar ro’yxati va kamida 5 ta ta’lim saytlari manzili)
Ilovalar (mavjud bo‘lsa).
2. Mustaqil ishning kirish qismi quyidagilarni o‘z ichiga olishi shart (ketma ketligi o‘zgartirilmasin va so‘zlari almashtirilmasin):
mustaqil ishning maqsadi va vazifalari;
mustaqil ishning nazariy va amaliy ahamiyati;
mustaqil ish tuzilmasining tavsifi.
3. Mustaqil ishning Asosiy qismi kamida 3 ta paragrafdan iborat bo’lishi va ular hajm jihatidan o‘zaro mutanosib bo‘lishi lozim.
4. Mustaqil ishning Xulosa qismida mavzu bo‘yicha umumlashtirilgan xulosa, fikr, taklif hamda tavsiyalar qisqa va aniq ko‘rsatilsin (kamida 1 bet bo‘lisin).
5. Mustaqil ishning oxiriga uning mazmunini bayon etish uchun bevosita zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan materiallar ilova qilinishi ham mumkin.
6. Mustaqil ishni tayyorlashda mualliflarning bir-biridan ko’chirishiga yo‘l qo‘yilmaydi, agar ko’chirilganligi aniqlansa barcha ishlar qoniqarsiz baholanadi.
7. Mustaqil ishning Asosiy matni standart (A4) varaqda yozilgan bo‘lishi va unda quyidagi talablarga qat’iy rioya etilishi nazorat qilinishi lozim:
chap tomondan 3 sm, yuqori, past va o’ng tomonlardan 2 sm;
xatboshilar 1,25 sm (ya’ni, bitta Tab).
Ishning Asosiy matnini Misrosoft Word matn muharririda, Times New Roman shrifti, 14 pt kattaligida va qatorlar oralig‘i-1,5(stroki)da yozish talab qilinsin.
8. Mustaqil ishning hajmi titul varaq, mundarija, kirish, xulosa, adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan tashqari 10 sahifadan kam bo‘lmasligi tavsiya etiladi.
1-ilova:
Titul varag‘i (A4 formatda)
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
___________________________________________ fakulteti, ____________________________________ (kunduzgi, sirtqi) ta’lim yo’nalishi,
___ - kurs, ___________ - guruh talabasi,
__________________________________________ ning
_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
MAVZUSIDA TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI
O’qituvchi: ________________
Talaba: _________________
QARSHI-2020
2-ilova:
MUNDARIJA:
I. KIRISH
II. ASOSIY QISM.
2.1. Variatsion va proyeksion usullar haqida (misol uchun).
2.2. Ikkinchi tartibli chiziqli chegaraviy masalani variatsion masalaga keltirish (misol uchun).
2.3. Rits usuli bilan eng sodda chegaraviy masalani yechish (misol uchun).
III. XULOSA
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA TA’LIM SAYTLARI RO‘YXATI
Do'stlaringiz bilan baham: |