Yoqa o’mizi mag’iz chok bilan tikiladigan bo’lsa, bunga qo’yiladigan mag’iz bir yoki qo’sh qavat bo’lishi mumkin. Mag’iz bir qavat bo’lganda, uning o’ngi pastga qaratilib yoqa o’mizining o’ngi ustiga qo’yiladi va 0,5-0,7sm ag’darma chok bilan tikiladi. Mag’izni o’miz atrofiga o’rab, kiyim teskarisiga o’tkaziladi, chok to’g’rilanadi va kiyim o’ngidan ag’darma chok yonida bahya qator yuritiladi.
Agar mag’iz qo’sh qavat bo’lsa, uning ochiq qirqimlari o’ngi tomoni bilan yoqa o’mizi on’giga qo’yib, 0,5-0,7sm ag’darma chok bilan tikiladi. Qolgan ishlar xuddi bir qavat mag’izni yoqa o’miziga tikishdek davom ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |