Yoqasi yo’q kuylaklarda yoqa o’mizi mag’izining ichki qirqimlari maxsus mashinada yo’rmaladi yoki 0,5 -0,7sm bukib, universal mashinada tikiladi. Tayyor mag’iz, uning on’gini kiyimning o’ngiga qaratib o’miz chetiga qo’yiladi va 0,7sm kenglikdagi ag’darma chok bilan tikiladi. Mag’iz kiyimning teskarisiga ag’darib o’tqazilib, ag’darma chok tog’rilanadi va keyin mag’izga bostirma chok bilan tikiladi. Bunda bahyaqator ag’darma chokdan 0,2-0,3sm masofada bo’ladi. Mag’izning ikki chetlari qo’lda qaviq solib yoki yashirin bahyali maxsus mashinada puxtalab chatib qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |