Ko’tarmasi bilan qaytarmasi yaxlit bichilgan yoqani tikish va uni yoqa o’miziga o’tqazish.
Ustki yoqaga yoqa qattiqroq bo’lishi uchun qotirma material yopishtiriladi yoki qo’shimcha qatlam qo’yiladi.
Qaytarmasi bilan ko’tarmasi yahlit bichilgan yoqa, ag’darma chok bilan tikib olingandan keyin qo’shimcha qatlamga yoqa qaytarmasining ko’tarmaga o’tish chizig’i bo’ylab, yoqa uchlariga 3-4sm yetmaydigan qilib yelim uqa qo’yiladi.Burchak joylarda 0,3sm chok haqi qoldirib, ortiqchasi kesib tashlanadi. Yoqa o’ngiga ag’dariladi va uning uchlari maxsus moslama yordamida to’g’rilanib, ustki yoqa tomondan 0,1sm ziy chiqarib dazmollanadi.
Ustki yoqa qo’shimcha qatlam bilan birga yoqa o’miziga o’tqaziladi. Ostki yoqaning pastki cheti 0,7sm buklanadi va ustki yoqa o’tqazilgan chokni yopadigan qilib, buklangan ziyidan 0,1sm masofada bostirib tikiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |