Bort qotirmasini tikib tayyorlash. Bort qotirmasining uloqlarini va vitachkalarini universal mashinada yoki siniq baxyaqatorli maxsus mashinada, qo’yma chok bilan yoki tagiga ip gazlama parchasi qo’yib, tutashtirma chok bilan tikiladi. Vitachkalari qotirmaning yuqori qirqimidan boshlab tikiladi. Vitachka qo’yma chok bilan tikilganda, chokning kengligi vitachka qirqimining yuqori uchidan 1sm bo’lib boshlanib, pastki uchidan 1sm o’tib yo’q bo’lib ketadi. Bort qotirmasini qil qatlam hamda yelka taglik qo’yib bort qotirmasining ko’krak atrofidagi asosiy qismidan belgilangan joylarga qil bo’ylama, qil qatlam qo’ygandan keyin yelka taglik qo’yib, shu taglikning oval qirqimidan 0,5sm masofada bostirib tikiladi. Qotirmaning qil qatlamli tomoni pastga qaratilib, baxyaqator yuritiladi. birinchi baxyaqator yelka qirqimidan 4-5 sm narida, qil qatlamning o’rtasiga tushiriladi, qolgan baxyaqatorlar birinchisiga parallel qilinib, bir-biridan 1-2 sm oraliqda yuritiladi, bunda qil qatlam bort qotirmadan ko’ra bo’shroq tutib tikiladi. (47 - rasm)
Qil qatlam chetlariga ip gazlama,(cheklama) uning o’rtasiga qil qatlam qirqimlariga to’g’rilanib, bostirib tikiladi. Bunda bort qotirmasining ko’krak qismi bo’rtib turishi uchun, qil qatlamning yon qirqimlari 0,5 - 0,7 sm solqi qilinib, cheklama qirqimlaridan 0,2 sm narida baxyaqator yuritiladi.
Bort qotirmasi qil qatlam tikilayotganda ,uning yuqori qismiga yelka taglik qo’yib, universal mashinada siniq baxyaqator yuritib, bostirib tikiladi. Bunda baxyaqator yelka qirqimi bilan yeng o’mizi qirqimiga 4 sm, yoqa qirqimi o’mizi qirqimiga esa 6 sm yetkazilmaydi, siniq baxyaqatir uchlari orasidaqi masofa 2 sm ga teng bo’lishi kerak. Keyin bort qotirmasiga dazmolda yoki maxsus yostiqlari bor pressda namlab– isitib ishlov beriladi.
Dazmolda ishlov berishda, o’ng va chap tomon bort qotirmalari ularning qil qatlamlari ichkariga qaratib juftlanadi. Keyin namlab, ikkala qotirma tomonidan kirishtirib dazmollanadi, shunda ikkila bort qotirmasi simmetrik bo’lib chiqadi va ularning hosil qilingan shakllari turg’un bo’lib qoladi.
47 – rasm. Bort qotirmasini tikish
a – qil qatlam va yelka taglik qo’yib tikiksh
|
b – qil qatlam va ikkinchi qotirma qatlam qo’yib tikish
|
в – yelka taglik qo’yib qil qatlamsiz tikish
|
Pressda ishlov berishda ikkala bort qotirmasi, ularning qil qatlamlari ichkariga qaratib juftlanadi. Press ostki yostig’ining bo’rtgan joyiga bort qotirmalarining bo’rtgan joyi to’g’rilab qo’yiladi. Keyin presslansa, bort qotirmasining mo’ljallangan shakli hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |