Qarshi davlat universiteti zologiya va fi ziologiya kafedrasi zoogeografiya fanidan



Download 7,35 Mb.
bet3/81
Sana18.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#561100
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Bog'liq
магистр)

Zoogeografiya fanining maqsadi, vazifalari, boshqa fanlar bilan aloqasi. Ma’lumki biogeografiya fani hayvonlar va o‘simliklarning o‘tmishda va hozirgi sharoitda biosferada geografik taqsimlanishi qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan sifatida biologiya, geografiya fanlari tizimida o‘ziga xos mavqega ega. Bu fan hozirgi davrda oliy ta’limning universitet darajasidagi biologiya, ekologiya va tabiatdan foydalanish, geografiya yo‘nalishlarida muhim fan sifatida o‘qitilmoqda. Tegishli yo‘nalishlar, mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavr. magistrlarni tayyorlash tizimida biogeografiyanipg ahamiyati salmoqlidir. O‘qivchining dunyoqarashini shakllantirishda, uni keng, chuqur, ishonchli bo‘lishini ta’minlashda planetamizdagi hayvonot olamini hisobga olish, uning xilma-xil zaxiralarini o‘rganish va ulardan to‘g‘ri foydalanishni tatkil etishda, nodir hayvon turlarini asrab qolish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni belgilash, uni monitoringini ta’min etish, amalga oshirishda biogeografiyaning boy dalillari, qonuniyatlari muhim manba xizmatini o‘taydi.
Biogeografiya – o‘simliklar va hayvonlarning geografik taqsimlanishini, ularning sayyoramizda qadimda va hozirgi paytdagi tarqalishini hamda bu tarqalishning umumiy qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir. Biogeografiya biologiya va geografik fanlariga mansub. Bu fan nisbatan yosh fandir. Uning rivojlanish davri va eng muhim kashfiyotlari X1X-asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi.
Biogeografiyaning asosiy ob’ekti fauna va arealdir. Biogeografiya fanining vazifalari: zamonaviy biogeografiyaning asosiy masalalaridan biri - tabiiy va antropogen omillar ta’sirida flora va fauna o‘zgarishining xilma-xil sabablarini va yo‘nalishlarini aniqlashdan iborat.
Zoogeografiya o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:

  1. Hayvonlarning Yer sharida zamonaviy taqsimlanishini o‘rganish, yaxlit flora va fauna yoki alohida turlarning tarqalish va taqsimlanish sabablarini tushuntirish hamda qonuniyatlarini aniqlash;

  2. Hayvonlarning hududiy komplekslarini o‘zgarishi
    va shakllanishi sabablarini hamda yo‘llarini tahlil etish, jumladan xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq holda Yerning faunistik rayonlashtirilishini o‘rganish;

  3. Turli hududlarda hayvonlar guruhi, flora va faunasini o‘rganishga, ya’ni o‘simlik va hayvonlarning tur, ekologik tarkibi va uning mavsumiy dinamikasi, zichligi (umumiy soni) va muhim turlar sonini, o‘simlik va hayvonlar guruhining hududiy tarkibini, ularning landshaftning boshqa elementlari bilan aloqasini, jamiyatdagi turli faoliyatlar ta’siri ostida hayvon guruhlari va faunaning o‘zgarishini o‘rganish;

  1. Kelajakda o‘simlik va hayvonot dunyosining o‘zgarishini bashoratlash.

Zoogeografiyaning asosiy yo‘nalishlari:
Zoogeografiyani registratsion (ro‘yhatga olish), solishtirma va kauzal biogeografiya qismlariga bo‘lish qabul qilingan:
I. Registratsion biogeografiya - har qanday floristik va faunistik kompleksni o‘rganishga kirishishda dastlab uning tarkibidagi barcha turlarni imkon darajasida ro‘yhatga olish lozim;
2. Solishtirma biogeografiya - turlar ro‘yhati aniqlangandan
so‘ng bir hudud flora va faunasining turlar tarkibi boshqa qo‘shni yoki birmuncha uzoq flora va fauna bilan solishtiriladi. Natijada har bir faunistik kompleksning o‘ziga xos xususiyatlarini oydinlashtirish imkoniyatlari yaratiladi. Bunday yo‘l tutish keyichalik faunaning yoshi, uning o‘tmishda va hozirda boshqa flora va faunalar bilan aloqasini saqlashda qo‘l keladi.
3. Kauzal biogeografiya (lot. sausa - sabab). Yer sharidagi muayyan hududlarning u yoki bu floristik va faunistik komplekslar bilan egallanishi sabablarini mazkur hududda mavjud muhit omillari bilan belgilash mumkin. Bunday omillarga iqlimiy sharoitlar, rel’ef, o‘simliklarning tiplari va boshqalarni kiritish mumkin. Tirirk organizmlar bilan munosabatda bo‘ladigan bunday omillarni kauzal biogeografiyaning hayvonlarning tarqalishiga muhitning ta’sirini tekshiruvchi bo‘limi - ekologik biogeografiya o‘rganadi.
Hayvonot dunyosining tarqalishidagi barcha xususiyatlarni hozirda mavjud bo‘lgan sharoitlar bilan tushuntirish qiyin. Floristik va faunistik komplekslar uzoq muddatda rivojlanadi. Kauzal biogeografiyaning o‘simlik va hayvonlar tarkalishiga o‘tmishda ta’sir etgan sabablarni tushuntirishga urinuvchi bo‘limi - tarixiy yoki genetik biogeografiya deyiladi. Bunday sabablarga o‘tmishda materiklarning o‘zaro bog‘liq iqlim va o‘simliklar qoplamining o‘zgarishi va boshqalarni kiritish mumkin.
Zoogeografiya fanining yo‘nalishlarini ikki guruhga ajratish mumkin:

  1. Biogeografik tadqiqotlar yo‘nalishi. Mazkur yo‘nalish juda turli-tumandir; arealografiya - areallarning tiplari, ularning tarkibi va paydo bo‘lishi haqidagi ta’limot; floristika va faunistika – flora va faunaning tur tarkibini qiyosiy jihatdan o‘rganish; geografik biogeografiya - alohida sistematik birliklarning (masalan: kaktuslar, vereshatniklar, ilonlar, kemiruvchilar va boshqalar) tarkalishini o‘rganish; geozoologiya va geobotanika – landshaftdagi o‘simlik va hayvonlar kompleksini o‘rganish (mazkur yo‘nalish tadqiqot uslubi sifatida miqdoriy hisoblarni keng qo‘llaydi turli amaliy tadbirlar uchun asos bo‘la oladi); ekologik va tarixiy biogeografiya yo‘nalishi (biogeografiyaning mazkur tadkiqot yo‘nalishlari hakida yuqorida aytib o‘tilgan).

  2. Zoogeografiyaning asosiy rivojlanish yo‘nalishlari. Alohida turlar va birmuncha yirik taksonlarning areallarini o‘rganishni kelajakda davom ettirish (areallarning hozirgi chegaralarini, ularning tarkibini, xo‘jalik axamiyatiga ega kam sonda uchrovchi va yo‘qolib borayotgan turlar sonining o‘zgarishidagi qonuniyatlar va sabablarni aniqlash); o‘simlik va hayvonlar guruhining geografiyasini o‘rganish, ya’ni alohida hududdagi turlar majmuasining mavjudligi va paydo bo‘lishi qonuniyatlarini, bu majmuaning o‘zgarishiga olib keluvchi (tur tarkibini, sonini va organizmlar massasini) sabablarini o‘rganish; kelajakda faunistik komplekslarning hududiy taqsimlanishini aniqlash, ularning shakllanish yo‘llari va sabablarini, dinamikasini, ichki tuzilishini, tarkibidagi o‘zgarishlarni va insonning ta’sirini o‘rganish; tirik organizmlar va landshaftning o‘zaro munosabatlarini o‘rganish.

Zoogeografiyaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Biogeografiya oldiga qo‘ygan vazifalarni bajarishda o‘z uslublaridan tashqari qator fanlarning yutuqlaridan, tadqiqot uslublaridan ham foydalanadi. Biogeografiya o‘simlik va hayvonlar sistematikasi bilan yaqindan aloqadadir. 1936 yilda atoqli olim V.G. Geptner «sistematikasiz biogeografiya ham bo‘lishi mumkin emas» deb yozgan edi. Mikroevolyusion jarayonlarni o‘rganish biogeografik g‘oyalarni tushunish uchun material bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababli biogeografiya evolyusion nazariya ma’lumotlari va g‘oyalaridan foydalanadi. Paleozoologiya va paleobotanika materiallari o‘tmishda o‘simliklar va hayvonlarning tarqalishini aniqlashda eng qulay asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘simliklar geografiyasi (fitogeografiya) fani biogeografiya bilan juda chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularni yagona fanning (biogeografiya) qismlari sifatida qarash lozim. O‘simlik va hayvonlarning taqsimlanishi bir xil omillar ishtirokida amalga oshadi, ularning evolyusiyasi esa bir xil qonunlarga bo‘ysunadi. Fitogeografiyaning fan sifatida rivojlanish tarixi biogeografiyata qaraganda ancha oldin boshlangan. Biogeografiya ekologiya, iqlimshunoslik, landshaftshunoslik, geologiya, paleogeografiya, tarixiy geologiya, paleoiqlimshunoslik, tarix, arxeologiya va boshqa fanlar hamda sohalar bilan uzviy aloqada rivojlanmoqda.
Zoogeografiyaning nazariy ahamiyati quyidagilardan iborat:

    • hayvonot dunyosining sayyoramizda tarqalishi to‘g‘risida tushuncha hosil qiladi;

    • yer sharining turli hududlaridagi flora va faunalar o‘rtasida mavjud farqlarning sababini ochib beradi;

    • hayvonlarning kelib chikish markazlaridan tarqalishlarini boshqargan yoki boshqarayottan qonuniyatlarni ochib beradi.


Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish