Qarshi davlat universiteti


§. Rahbar xotin-qizlar faoliyatining o`sib borishi va ularning g`labaga qo`shgan hissasi



Download 289 Kb.
bet3/3
Sana11.01.2017
Hajmi289 Kb.
#88
1   2   3

3 §. Rahbar xotin-qizlar faoliyatining o`sib borishi va ularning g`labaga qo`shgan hissasi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida butun mamlakat xotin-qizlari singari O`zbekistonlik ayollar ham barcha sohalarda mehnat qilishlari bilan birgalikda ular o`rtasida tashkilotchi, targ`ibotchi, rahbar xotin-qizlar ham anchagina edi. Ularning tashabbusi va sa’y-harakatlari oqibatida O`zbekiston iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy hayotida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Birinchi o`rinda O`zbekistonlik xotin-qizlar jangchilar, harbiy xizmatda bo`lganlarning oilalariga g`amxo`rlik qilish, moddiy tomondan yordam ko`rsatish tashabbusi bilan chiqishdi. Frontga ketganlarning bolalarini bog`chalarga, yaslilarga joylashtirishda, ularga bepul ovqatlar berishni tashkil qilishda ham yetakchi xotin-qizlar o`z hissalarini qo`shdilar.

1941 yil oktyabr oyida Toshkent tumani xotin-qizlari O`zbekistonda birinchi bo`lib, frontdagi jangchilar oilasiga ixtiyoriy ravishda yordam berish tashabbusi bilan chiqishdi. Shu tuman partiya komiteti sekretari Nazira Jamilovaning tashabbusi bilan 100 dan ortiq harbiy xizmatchilarning uylarini remont qilish, ularga 850 sarjin o`tin g`amlash, 40 tonna g`alla va sabzavot mahsulotlarinidan iborat oziq-ovqat fondi tayyorlash, jangchilarning bolalariga poyafzal tikishga qaror qilishdi.1 Bu tashabbus esa respublikadagi boshqa xotin-qizlar tomonidan ham qo`llab-quvvatlandi. Farg`ona viloyati xotin-qizlari ham bu ishda jonbozlik ko`rsatishdi. 1941-1942 yillarda farg`onaliklar 4733 uyni remont qilib, 16165 oilaga g`amlab berishdi. Front ishtirokchilarining 8 mingdan ortiq bolalari kiyim-kechak, 4140 oila oziq-ovqat va sabzavot mahsulotlari bilan ta’minlandi, 8 ming bola bolalar bog`chasi va yaslilarga joylashtirildi. Toshkent viloyati Yangiyo`l tumanidagi U.Yusupov nomli dehqon xo`jaligi a’zolari frontchi oilalar yordam fondiga 26 ming so`m pul, 17 qo`y, 1,5 tonna guruch, bir tonna g`alla, 4,5 tonna sabzavot va boshqa narsalar to`plab, frontga jo`natishga qaror qildilar.2 Bunday harakatlar Qashqadaryo hududida ham amalga oshirildi. Qarshi tumani Yertepa qishloq kengashining “Alanga”, Yusupov, Mirmiron qishloq kengashidagi Oxunboboyev, Xudoyzot qishloq kengashidagi “Qizil Askar”, “Harakat”, “Vostok”, “Oktyabr 15 yilligi” kabi dehqon xo`jaliklari frontchi oilalarga yordam uyushtirishda namuna ko`rsatdilar.3 “Qizil Askar” dehqon xo`jaligi a’zolari 2 sentner bug`doy, 5 sentner sabzavot, 2 ming so`m pul, 10 g`aram o`tin, Kat qishloq kengashidagi “Maqsad” dehqon xo`jalik a’zolari 40 g`aram o`tin tayyorlab berdilar. 5 ming so`m to`plab topshirdilar.4 Ayniqsa front yoqasidan vaqtincha zaruriyat oqibatida ko`chirib keltirilgan oilalarga yordam uyushtirish namunali tashkil etildi. Ular uy-joy, yoqilg`i bilan ta’minlandi. Qarshi tumanidagi birinchi va ikkinchi MTS jamoalarida frontchilarning oilalariga yordam uyushtirish ommaviy tus oldi.5 Frontchi oilasi Krivyanina uy-joy bilan ta’minlangach unga elektropayvandchilikni, Lopachevaga tokarlikni, Cho`liyevaga avtogenchilik kasbi o`rgatildi.1

Ma’lumki, urush davrida fashistlar Germaniyasi tomonidan mamlakat hududining bosib olingan joylaridan ota-onasiz qolgan bolalar O`zbekistonda evakuatsiya qilindi. Shu munosabat bilan Toshkent xotin-qizlari O`zbekistonning barcha xotin-qizlariga murojaat qilib, evakuatsiya qilingan bolalarga, oilalarga g`amxo`rlik qilishga, ularni bag`riga olishga da’vat qildi. Toshkent xotin-qizlarining bu tashabbusini butun o`zbek xalqi yakdillik bilan qo`llab-quvvatladi. Shundan so`ng, O`zbekiston xotin-qizlari orasida yangi vatanparvarlik harakati boshlanib ketdi. Minglab ayollar urush tufayli mehribon ota-onalaridan ayrilib qolgan bolalarni o`z tarbiyasiga olishga shoshildilar. 1942 yil 1 fevralga qadar evakuatsiya qilinagan bolalarni o`z tarbiyasiga olishni so`rab ariza berganlarning soni 3474 kishiga yetdi. Qisqa vaqt ichida respublikaga 78 ta bolalar uyi ko`chib keldi. Unda 10 mingga yaqin bolalar tarbiyalandi. Ana shu bolalarni joylashtirish, ularni tarbiya qilishda ham xotin-qizlar jonbozlik ko`rsatdilar. Bolalar uchun maxsus yordam fondlari tashkil etildi. Evakuatsiya qilingan bolalar uchun respublikaning ko`pgina tarmoqlaridan oziq-ovqatlar, pullar kiyim-kechaklar kelib turdi. Masalan, qisqa vaqt ichida aktiv xotin-qizlarning yordami bilan Buxoro viloyati komissiyasi 525 ming so`m pul, 207 sentner oziq-ovqat, 20547 bolalar ust-boshlari yig`ildi. Andijon viloyati Paxtaobod tumanida jamoatchi ayollar yordam fondiga 3 tonna sholi, 2,5 tonna bug`doy, 82 ming dona bolalar kiyimlari topshirildi. Toshkent viloyatiga evakuatsiya qilingan bolalarga 36210 bolalar buyumlari va 54400 so`m pul yig`ildi. Bunday misollarni ko`plab keltirish mumkin. Ana shunday sa’y-harakatlarga asosan xotin-qizlar boshchilik qildilar. Aholi o`rtasida yurib targ`ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirdilar. Shuningdek, mazkur amaliy ishlar bilan bir vaqtda O`zbekiston xotin-qizlari orasida yetim qolgan bolalarni o`z tarbiyasiga olish harakati ham keng avj oldi. Samarqandlik Laylo Saidova va Xayri Mahsumovalar rus bolalarini, Malohat Qodirova esa yahudiy bolasini asrab olib, o`z farzandlari singari tarbiya berdilar.

Namanganlik ayollardan Tojixon Mirzaolimova, Umidaxon Otaboyeva, Onaxon To`xtaboyeva, Manzuraxon Ermatova, Zubayda Qahramonova, Xosiyatxon Raimberdiyeva, O`lmasxon Jo`rayeva va boshqalar turli millat bolalarini o`z tarbiyalariga olishdi.

Toshloq tumanidagi Telman nomli kollektiv xo`jaligining 14 kolxozchi ayollari bittadan bola olishdi. Ba’zi ayollar esa bir nechta bolalarni o`z qaramog`lariga olib o`zlarining insoniylik fazilatlarini namoyish etdilar. Jumladan, Samarqandlik Fotima Qosimova 6 millat bolalarini tarbiyalashni o`z zimmasiga oldi. Qo`qonlik Bahri opa esa turli millat bolalaridan 10 tasini tarbiyalash uchun o`z bag`riga oldi. Toshkentlik Bahri Shomahmudovaning urush yillarida evakuatsiya qilingan bolalarga ko`rsatgan g`amxo`rligi butun mamlakatga tarqaldi. Ular turli mamlakatlarga mansub bo`lgan 14 bolani o`z tarbiyasiga oldi1. Shuningdek urush yillarida butun O`zbekistonda bo`lganidek, Qashqadaryo hududiga ham urush girdobida qolgan aholini ko`chirib keltirish ishlari amalga oshirildi. Ularni uy-joy, oziq-ovqat, kiyim-bosh bilan ta’minlashda ham aktiv xotin-qizlar jonbozlik ko`rsatdilar. Jumladan, Beshkent tumani hududida aynan shu masala yuzasidan uchlik komissiyasi tuzildi.2 Ushbu komissiya a’zolari uch kishidan iborat bo`lib, ularning ikki nafari xotin-qizlar edi. Jumladan, Beshkent tumani ichki ishlar xalq komissariatidan Xanchayeva, tuman sog`liqni saqlash bo`limidan Anna Ilichevalar aynan ana shu masala bilan shug`ullandilar.3

Ma’lumki, urushning og`ir sinov kunlari minglab erkaklar, rahbar xodimlar frontga ketgan edi. Bu holat esa xalq xo`jaligini yangi rahbar kadrlar bilan ta’minlashni talab etardi. Shu sababdan ilg`or xotin-qizlarni qishloq xo`jaligi va boshqa sohalarning rahbarlik lavozimlariga tayinlash maqsadga muvofiq topildi. Shu sababdan ishlab chiqarishga kadrlar, rahbar xodimlar tayyorlash maqsadida O`zbekistonning barcha viloyat va tumanlarida kolxoz raisi, rais o`rinbosari, brigadir, hisobchi va boshqa mutaxassislar tayyorlovchi kurslar ochildi.

1942 yilda Andijon viloyatida 2000 dan ortiq ilg`or tashkilotchi xotin-qizlar kolxoz raisi, brigadiri qilib saylandi. Birgina Jalolquduq tumanida 43 xotin-qiz kolxoz raisi, rais o`rinbosari vazifasiga ko`tarildi. Shu yilning o`zida Qashqadaryo viloyati xo`jaliklarida 1400 nafar xotin-qizlar paxtachilik, g`allachilik bo`yicha zveno boshliqlari lavozimlariga ko`tarildi. Viloyatning Chiroqchi tumanida 45 nafar ayol xo`jaliklar raisi o`rinbosari va 72 ayol hosilot kengashining raisi qilib saylandi. Ba’zi tumanlarda xo`jalik rahbarlarining barchasi xotin-qizlardan iborat edi. Masalan, Samarqand tumaniga qarashli “Dehqonittifoq” xo`jaligining raisi va uning a\zolarining barchasi xotin-qizlar bo`lib, Toshbibi Ahmadjonova xo`jalik partiya tashkiloti sekretari edi.

Toshkent viloyati O`rta Chirchiq tumanida 52 nafar ayollar rais o`rinbosari, 150 ayol brigadir va 400 ayol zveno boshliqlari qilib saylandi. 1943 yilda Xorazm viloyatida 81 nafar xotin-qizlar kolxoz raisi, 334 ayol rais o`rinbosari, 133 nafar xotin-qiz ferma mudiri, 77 nafar ayol brigadir, 144 nafar ayol zveno boshliqlari vazifalariga ko`tarildi. Shuningdek, Qashqadaryo viloyatida 581 nafar ilg`or ayollar, Samarqand viloyatida 1936 nafar ayollar rais o`rinbosarlari, 207 nafar ayol esa brigadirlar qilib tayinlandi1. 2

Buxoro viloyatida 3688, Surxondaryo viloyatida 927, Toshkent oblastida 635, Qashqadaryo viloyatida 581 ilg`or ayollar rahbarlik vazifalarida ishladilar.

1943 yilda O`zbekiston bo`yicha hammasi bo`lib 15 ming tajribali, tashkilotchi xotin-qizlar xo`jalik raisi, rais o`rinbosari va brigadir, 48772 qishloq ayollari zveno boshliqlari bo`lib ishlashdi.

Shuningdek yuqorida ta’kidlashganidek respublikada xotin-qizlardan rahbar kadrlar tayyorlash masalasiga ham doimiy ravishda e’tibor qaratib kelindi. Masalan, 1942-1943 yillarda O`zbekiston bo`yicha kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarini 6 ming xo`jalik raislari, 27883 nafar suvchilar, 21 mingga yaqin paxtachilik brigadirlari, 4 mingga yaqin chorvachilik xodimlari, 34 ming zveno boshliqlari, 5 mingga yaqin buxgalter va hisobchilar bitirib chiqdi. 3

1944 yilda O`zbekistonda paxtachilikni rivojlantirish uchun boshlangan umumxalq kurashi respublikamizda ko`plab xo`jalik sohasi kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash masalasiga alohida ahamiyat berishni talab qildi. Shu sababdan 1944 yilda 76584 kishi kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarini bitirib chiqishdi. Shundan 1987 kishi xo`jalik raisi, 1468 dala brigadirlari, 4606 zveno boshliqlari, 3195 chorvachilik fermalarining mudirlari, 3784 hisobchilar va boshqalar edi.1 Jami bo`lib respublikada 80120 kishi kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarida ta’lim olishdi. Ularning asosiy qismi xotin-qizlar edi. Agar 1941 yilda respublika qishloq xo`jaligida band bo`lgan xotin-qizlarning soni 52 foizni tashkil etgan bo`lsa, 1944 yilga kelib bu ko`rsatkich 75 foizga ko`tarildi.2

Xotin-qizlar orasidan mexanizatorlik kasbini egallaganlar ham ko`pchilikni tashkil etardi. Ular mexanizatorlik kurslarida o`qib chiqdilar. 1942 yilning oxirida mexanizatsiya maktablari 21 ming nafar traktorchi ayollarni tayyorlab bergan bo`lsa, 1943 yilda esa 12 ming nafar ayol har xil ixtisosdagi mexanizatorlik kasbini egalladi.1 3 Bu jarayonda ham xotin-qizlar mehnat qilib, shu ishlari tufayli g`alabaga o`z hissalarini qo`shdilar.

Urush davomida O`zbekiston mamlakatiga 4 mln 806 ming tonna paxta, 122000 tonna don, 482000 tonna kartoshka va sabzavot, 57444 tonna meva va uzum, 36000 tonna quruq meva, 159000 tonna go`sht, 22300 tonna jun, 54067 tonna pilla va boshqalar yetkazib berdi.2 4 Ana shu mahsulotlarni yetishtirish, ularni yig`ib-terib olishda xotin-qizlar fidokorona mehnat qildilar.

Xullas, urush yillarida xotin-qizlar barcha sohalarda yetakchilikni o`z yo`llariga oldilar. Har tomonlama g`alaba uchun ko`mak berib turuvchi bo`g`inga aylandi. Ayniqsa, tashkilotchi, yetakchi qizlar barcha sohalarda oldingi o`rinlarda turib, mehnat qildilar. Rahbarlik lavozimlarida ishlagan xotin-qizlar mehnatlari ham samaralai bo`ldi.

Xulosa

Ikkinchi jahon urushida O`zbekiston xotin-qizlarining g`alabaga qo`shgan hissasi mavzusini o`rganish quyidagi umumlashma xulosalarni chiqarish imkonini beradi:

- Ikkinchi jahon urushini agressiv kuchlarning dunyoga hukmron bo`lishi uchun intilishlaridan keltirib chiqardi. Urushni fashistlar Germaniyasi va Italiyasi hamda Yaponiya boshladi. Ikkinchi jahon urushining dastlabki davrida G`arbiy va Markaziy Yevropa davlatlari bosib olindi. Millatlar ligasi harakatdan to`xtadi.

- Germaniya harbiy, iqtisodiy resurslarni qo`lga kiritib, sovet davlatiga bostirib kirdi. Germaniya bilan birga Italiya, Finlyandiya, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya ham sobiq sovet davlatiga qarshi urushga kirdi. Sovet hukumati urushning boshlanishi bilan mamalkat aholisiga murojaatnoma ishlab chiqdi va e’lon qildi. Butun mamlakat urush girdobiga tortildi.

- O`zbekistonda ham safarbarlik e’lon qilindi. O`zbekistonliklar ham boshqa qardosh respublikalardagi singari urushning birinchi kunidanoq vatan himoyasi uchun urushga otlandi. O`zbekiston hukumati va vatanparvar kuchlar milliy harbiy qo`shilmalar turizm tashabbusi bilan chiqdilar.

- Urush yillarida O`zbekistonda mehnat safarbarligi e’lon qilindi. Front orqasini mustahkamlash, xo`jaliklarni harbiy izga tushirish, barcha odamlarni mehnatga safarbar etish, jangovar texnika, qurol-aslaha, o`q-dorilar ishlab chiqishni yo`lga qo`yish bo`yicha tadbirlar ishlab chiqildi.

- Urush yillarida O`zbekistonga ko`plab sanoat korxonalari ko`chirib keltirildi. Sanoat korxonalari jangovar texnika, qurollar, o`q-dori ishlab chiqarishga moslashtirildi. Sanoat korxonalarda ishlash uchun xotin-qizlar jalb qilindi. Shaxtalar, zavod va fabrikalarda xotin-qizlar fidokorona mehnat qildilar.

- O`zbekistonlik xotin-qizlar o`z xohishlari bilan frontga ketdilar. Xotin-qizlar jang maydonlarida jasorat ko`rsatib, g`alabaga o`z hissalarini qo`shdilar. Tibbiyot sohasidagi xotin-qizlar urush ishtirokchilariga katta yordam ko`rsatdi.

- Front orqasida mehnat safarbarligi e’lon qilindi. Safarbarlikda ham xotin-qizlar to`liq ishtirok etib, o`z fidoiyliklarini namoyish etdilar. Ishlar smenali ravishda tashkil etildi. Front orqasidagi asosiy ish xotin-qizlar zimmasiga tushdi. O`zbekiston front uchun xom-ashyo yetkazib beruvchi hududga aylantirildi.

- Madaniy-ma’rifiy muassasalardagi xotin-qizlar respublika aholisi orasida tashviqot-targ`ibot ishlarini olib bordi. O`zbekistonlik xotin-qizlardan ansambllar tuzilib, frontdagilar uchun konsertlar uyushtirildi.

- Rahbar xotin-qizlar jamoasi shakllantirildi. Kolxoz raislari, brigadirlar, turli xildagi lavozimlarda xotin-qizlar fidokorona mehnat qildilar. Qishloq xo`jaligi sohasini rivojlantirish, paxtachilik, ipakchilik, g`allachilik, chorvachilikni yaxshilashda xotin-qizlar o`z hissalarini qo`shdi.

- Ikkinchi jahon urushi yillarida O`zbekistonga urush bo`layotgan hududlardan oilalar, bolalar evakuatsiya qilindi. O`zbek oilalari ularga katta g`amxo`rlik ko`rsatdi. Ular orasida xotin-qizlar ham bor edi. Ikkinchi jahon urushi g`labasiga o`zbekistonlik xotin-qizlar ham munosib hissa qo`shdi.



Foydalanilgan adabiyotlar.


  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T., ”O‘zbekiston”, 2010.- 36 b.

  2. Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida.T.,”O‘zbekiston”, 2011.-169 b.

  3. Karimov I.A . Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. T., “Ma’naviyat”, 2008. – 171 b.

  4. Karimov I.A. Tinchlik uchun kurashmoq kerak. T.,-O`zbekiston, 2001- 290 b.

  5. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T.,Sharq, 1998 - 31 b.

  6. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. Maqolalar, nutqlar, suhbatlar. T.,- O`zbekiston, 1995- 251-252 betlar.

  7. O`z. Resp. Prezidenti Farmoni. 1941-1945 yillardagi urushda fashizm ustidan qozonilgan g`alabaning 50 yilligiga tayyorgarlik ko`rish va uni nishonlash to`g`risida. 1994 yil 16-17 mart.// Xalq so`zi.

  8. Abdurahmonov E. O`rta Osiyo respublikalari olimlarining frontga qo`shgan hissasi. T.,Fan, 47 b.

  9. Adham Rahmat. Shinelli qizlar. T.,1970 - 264 b.

  10. Ibragimova A. Развитие хлопподства в Узбекистане на завершающем этапе Великой Отечественной войны // Общественные науки в Узбекистане. 1984, № 5, с 11.

  11. Inoyatov H. G`alabaga qo`shilgan hissa. T., Fan, 1975, 92 b.

  12. Jasoratnoma. T., 1990, 144 b.

  13. Jo`raqulov O.,Ergasheva J. Qashqadaryo sanoati tarixi. Qarshi, Nasaf, 1996 - 91 b.

  14. Jo`rayev T. O`zbekiston jangchilari ulug` Vatan urushi frontlarida, T., Fan, 1975, 60 b.

  15. Jo`rayev T.J. Moskva uchun bo`lgan janglarda. T., Fan, 1977, 48 b.

  16. Mahmudov B. Qashqadaryo xalq ta’limining taraqqiyot yo`li. Qarshi, Nasaf, 1999, 128 b.

  17. Nasanov V. Qashqadaryoliklar Vatan uchun janglarda. T., 1970, 38 b.

  18. O`zbekiston tarixi, T., Yangi asr avlodi, 2003, 662 b.

  19. O`zbekistonlik shifokorlar. T.,1991, 210 b.

  20. O`zbekistonning yangi tarixi. II-jild. O`zbekiston mustamlakachiligi davrida. T.,Sharq, 2000, 688 b.

  21. Oblomurodov A. O`zbekistonning fashistlar akkulatsiyasidan zarar ko`rgan rayonlarga yordami. T.,Fan, 1985, 52 b.

  22. Po`latov I. Buyuk g`alabada O`zbekiston hissasi. T., O`zbekiston, 1974 , 146 b.

  23. Qosimov Y. Ulug` Vatan urushi yillarida O`zbekiston xalqlarining suv uchun kurashi tarixidan. T., Fan, 1983, 98 b.

  24. Rahmatullayev T. Qo`rg`on sadosi. Qarshi, Nasaf, 1999, 144 b.

  25. Sultonova T. «Трудовой подвиг – женщин хлоппоробов Узбекистана в годы войны» T.,1974, S-117.

  26. Turdiyev S. Jasorat unutilmaydi. Qarshi, 1997 y., 174 b.

  27. Ulug` Vatan urushi. Savollar va javoblar. T.,O`zbekiston, 1967 y.,215 b.



1 Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. 1. – T., 1996. 77- bet.

1 Usmonov Q, , Sodiqov M. O’zbekiston tarixi. T.: sharq,2001. -6. 132.

1 Usmonov Q, , Sodiqov M. O’zbekiston tarixi. T.: sharq,2001. -6. 132.

2 O’sha joyda.

1 Karimov. I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T- III. T., 1996. 80-bet.

1 Adham Rahmat. Shinelli qizlar. –T., 1970. B. 33

2 Adham Rahmat. Shinelli qizlar. –T., 1970. B. 34

3 O’sha joyda B 40

4 O’sha joyda B 41

1 Jo’rayev T. O’zbekiston jangchilari Ulug’ Vatan urushi frontlarida. –T. ; Fan 1975. B 32

1 Jo’rayev T. O’zbekiston jangchilari Ulug’ Vatan urushi frontlarida. –T. ; Fan 1975. B 32

2 Adham Rahmat. Shinelli qizlar. –T., 1970. B. 86

3 O’sha joyda.

1 Adham Rahmat. Ko’rsatilgan asar. 98-102 betlar.

2 O’sha joyda B. 103


1 O’zbekiston Respublikasi ensiklopediyasi. –T.: QBT, 1997-B 173

2 O’sha joyda.

1 Po’latov I. Buyuk g’alabada O’zbekiston hissasi. –T.: O’zbekiston, 1974. B-57.

2 O’sha joyda.

1 Po’latov I. Buyuk g’alabada O’zbekiston hissasi. –T.: O’zbekiston, 1974. B-59.

2 O’sha joyda.

3 Usmonov Q . , Sodiqov M. O’zbekiston tarixi. –T.: Sharq, 2001 B-144

4 Jo’raqulov O., Ergasheva J . Qashqadaryo sanoati tarixi. Qarshi ,. “ Nasaf” 1996 B-44

1 O’sha joyda. B-45

2 O’sha joyda. B-50

3 Inoyatov H. G’alabaga qo’shilgan hissa. –T.: Fan, 1975 B-50

4 O’sha joyda. Ko’rsatilgan asar. B-52

1 O’sha joyda

1 D.A. Salomov,. V.I. Shapobalenko, L. G. Peshtenova. “ O’zbekistonda ishchilar sinfi tarixi”. Toshkent-1985 yil. 2, bet 100

2 Qashqadaryo viloyati hokimligi arxiv bo‘limi. F 1, op 1, delo 17, bet 34.

3 O’zbekiston tarixi. –T.: 2003. B-483

4 O’zbekiston tarixi. –T.: 2003. B-483

1 Jo’raqulov O., Ergasheva J. Qashqadaryo sanoati tarixi. Qarshi, Nasaf. 1996. B 48

2 O’sha joyda.

1 O’zbekistonning yangi tarixi. K.I. O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. –T.: Sharq, 2000 B.442

2 O’zbekistonning yangi tarixi. K.I. O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. –T.: Sharq, 2000 B.442.

1 Usmonov Q., Sodiqov M. Ko’rsatilgan asar. B 158

2 O’sha joyda.

3 Usmonov Q., Sodiqov M. Ko’rsatilgan asar. B 158

1 O’zbekiston Respublikasi Ensiklopediya. – T.: QBT, 1997. B 175.

2 O’sha joyda.

3 Turdiyev S. Jasorat unitilmaydi. Qarshi, Nasaf 1997 B-144

4 Turdiyev S. Jasorat unitilmaydi. Qarshi, Nasaf 1997 B-144

1 O’sha joyda.

2 Hurmuhammedova M. O’zbekistonda madaniy-ma’rifiy ishlar.-T.: O’qituvchi, 1993. B 62

1 O‘sha joyda.

2 O’zbekiston Respublikasi Ensiklopediyasi.-T.: QBT 1997, B-176

3 O’sha joyda.

4 O’zbekiston tarixi. –T.: Yangi asr avlodi. 2003 B- 493

1 Turdiyev S. Ko’rsatilgan adabiyot B-155.

2 O’zbekistonning yangi tarixi. K. I. O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. -T.: Sharq, 2000. B-499

3 O’sha joyda.

4 Adham Rahmat. Shinelli qizlar. –T., 1970 B-249

5Adham Rahmat. Shinelli qizlar. –T., 1970 B-249


1 Po’latov. I. Buyuk g’alabaga O’zbekiston hissasi. –T.: O’zbekiston, 1974. B-108

2 O’sha joyda.

3 Po’latov. I. Buyuk g’alabaga O’zbekiston hissasi. –T.: 1974. B-80

4 O’sha joyda.

1 Inoyatov X, G’alabaga qo’shgan hissa. –T.: Fan, 1975 B-51

2 O’sha joyda.

1 O’zbekiston tarixi. -T.: Yangi asr avlodi, 2003. B-489

2 O’zbekiston tarixi. -T.: Yangi asr avlodi, 2003. B-489

1 O’zbekistonning yangi tarixi. O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. _ T.: Sharq, 2000. B-449

2 O’sha joyda.

1 Usmonov Q. Sodiqov M.

2 O`sha joyda.

3 O`zbekiston tarixi, T., O`qituvchi, 1994, B-234

1 O`sha joyda.

2 O`sha joyda.

1 Qosimov Y. Ulug` Vatan urushi yillarida O`zbekiston xalqlarining suv uchun kurashi tarixidan. T–Fan, 1983, B-15

2 Rahmatullayev T.Qo`rg`on sadosi, Qarshi, “Nasaf”, 1999-B 72.

3 Qosimov Y.Ko`rsatilgan asar.-B - 55

4 Qosimov Y. Ulug` Vatan urushi yillarida O`zbekiston xalqlarining suv uchun kurashi tarixidan. T–Fan, 1983, B-15

5 O`sha joyda

1 Usmonov Q., Sodiqov M., O`zbekiston tarixi, T., Sharq, 2001, B-152

2


3


1 Raxmatullayev T. Ko`rsatilgan asar, Qashi, “Nasaf 1999-B-73.

1 Inoyatov H. G`alabaga qo`shilgan hissa, T.,Fan,1975,-B. 51

2 Turdiyev S. Jasorat unutilmaydi.1941-1945 urush yillarida Qarshiliklar, Qarshi, 1997, B 82.

3Turdiyev S. Jasorat unutilmaydi.1941-1945 urush yillarida Qarshiliklar, Qarshi, 1997, B 82.

4 Turdiyev S. KO`rsatilgan adabiyot, B-82.

5 O`sh joyda.

1 O`sh joyda.

1 Rahmatullayev T. Qo`rg`on sadosi. Qarshi, Nasaf. 1999-B-75.


2 Rahmatullayev T. Qo`rg`on sadosi. Qarshi, Nasaf. 1999-B-75.

3 O`sha joyda

1 Султонова Т. Трудовой подвиг-женщин хлопкоробов Узбекистана в годы войны. –Т., 1974. –С34.

2


3


1


2


31 Султонова Т. Трудовой подвиг-женщин хлопкоробов Узбекистана в годы войны. –Т., 1974. –С34.

42 Qosimov Y.Ulug` Vatan urushi yillarida O`zbekiston xalqlarining suv uchun kurashi tarixidan-T.Fan.1983. B-102

Download 289 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish