Qarshi davlat universiteti



Download 289 Kb.
bet1/3
Sana11.01.2017
Hajmi289 Kb.
#88
  1   2   3
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI

O‘ZBEKISTON TARIXI КАФЕДРАСИ



Yorbozorova Zamira Yusupovna
“5220200 - Tarix” (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini olish uchun

Ikkinchi jahon urushi yillarida O’zbekiston xotin-qizlari faoliyati mavzusida yozgan


Ilmiy rahbar: t.f.n. M . To‘rayeva

“Himoyaga tavsiya etildi”

Tarix fakulteti

dekani _______t.f.n. F.Raxmonov.

“_____”____________ 2013 yil




Qarshi shahri - 2013 yil


Kirish……………………………………………………………….

I bob. Urushning boshlanishi va O’zbekiston xotin-qizlarining vatanparvarlik harakatlari.
I.1. O’zbekiston xotin-qizlarining urush janggohlaridagi

jasoratlari…………………………………………………………….

I.2. Urush yillarida O’zbekiston sanoat korxonalarida

xotin-qizlar faoliyati………………………………………………… .

I.3. Ma’daniy-ma’rifiy sohalarda xotin-qizlarning vatanpar-

varlik, insonparvarlik harakatlari………………………………….…


II bob.Urush yillarida xotin-qizlarining qishloq xo‘jaligi sohalaridagi mehnat jasoratlari.
II.1.Paxtachilikni rivojlantirishda O’zbekiston xotin-qizlari

ning fidoiyliklari……………………………………………………….

II.2.O’zbekiston xotin-qizlarining ipakchilik, g’allachilik va chorva-

chilikni rivojlantirish uchun ko’rsatgan jasoratlari…………………….

II.3. Urush yillarida rahbar xotin-qizlar faoliyatining o’sib borishi

va ularning g’alabaga qo’shgan hissasi………………………………..



Xulosa…………………………………………………………….……

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……..............................…….....................

Tavsiyalar…………………………………………………….....................……..

Ilovalar…................................................................................................................


Kirish.

Mavzuning dolzarbligi. Yaqin o’tmishimizning sobiq sovet hokimiyati hukumronlik qilgan davri mamlakatimiz tarixida o’ziga xos o’rin egallaydi. Bu davr garchi tarixan qisqa bo‘lsada, lekin o’zining murakkabligi va ziddiyatliligi bilan ajralib turadi.

Jahon tarixida misli ko’rilmagan darajada katta va dahshatli, butun insoniyat boshiga og’ir kulfatlarni solgan urush bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov ta’kidlab o’tganlaridek, “ Bizning xalqimiz voqealarga boy ko’p ming yillik tarixi davomida ko’p narsalarni boshdan kechirdi, madaniyat, ilm-fan, o’z davlatchiligi yutuqlari nashidasini surdi, o’zaro nizolar, begonalar asorati alamini tortdi, eng yaxshi o’g’il qizlaridan judo bo’ldi.” Lekin “ tarixning o’yini ham, omonsiz jang-u jadallari ham, tabiiy ofatlar va ochlik ham xalqimizning insoniylik tabiatiga dog’ tushirolmaydi”.1 Ikkinchi jahon urushining g’alaba bilan yakun topishida ham O’zbekistonliklarning jumladan o’zbek xotin-qizlarining xissalari juda katta bo’ldi.

1939 yilning 1 sentabr kuni fashistlar Germaniyasi qo’shinlarining Polshaga bostirib kirishi bilan boshlangan bu urush 61 mamalakatni, Yer shari aholisining 80 foizini, ya’ni 1,7 milliard kishini o’z girdobiga tortdi. Insoniyat ushbu urushda o’lganlar hisobidan 50 mln. dan ortiq kishidan ajraldi. Bu birinchi jahon urushida o’lganlardan 5 barobar ko’pdir. Vayronagarchilikdan ko’rilgan zarar va urush olib borish uchun sarflangan mablag’lar miqdori 4 trillion dollarni tashkil qildi.

Urushni asosiy agressiv davlatlar fashistlar Germaniyasi va Italiyasi hamda Yaponiya boshladi. Ular orasida Germaniya uyushtiruvchi, yetakchi rol o’ynadi.

O’zbekistonliklar ikkinchi jahon urushi frontlarida ona yurtlari uchun olib borilgan ayovsiz janglarda, kuchli va makkor dushmandga qarshi qonli urushda o’zbek xalqiga xos bo’lgan qahramonlik va mardlik, qo’lda qurol bilan jonajon zaminini himoya qila olishlik butun qudrati bilan namoyon bo’ldi.

Ikkinchi jahon urushining g’alaba bilan yakun topishida O’zbekistonlik xotin-qizlarning ko’rsatgan jasoratlarini ko’rsatib berish bitiruv malakviy ishning dolzarbligini belgilaydi.



Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari.

Ushbu mavzuni o’rganishdan ko’zlangan asosiy maqsad, Ikkinchi jahon urushida O’zbekiston xotin-qizlarining g’alabaga qo’shgan hissasini manbalar, adabiyotlar asosida batafsil yoritib berish hisoblanadi. Shundan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilab olindi.

- Ikkinchi jahon urushining boshlanishi va O’zbekiston xotin-qizlarining vatanparvarlik harakatlarini ko’rsatib berish;

- O’zbekiston xotin-qizlarining urush ochib berishi,

- O’zbekiston sanoat korxonalarida faoliyat olib borgan xotin-qizlarning mehnat jasoratlarini yoritib berish;

- Madaniy-ma’rifiy sohalarda xotin-qizlarning vatanparvarlik, insonparvarlik harakatlarini tahlil qilish;

- Urush yillarida xotin-qizlarning qishloq xo’jaligi sohasidagi mehnat jasoratlarini misollar asosida yoritib berish;

- Paxtachilikni rivojlantirishda xotin-qizlarning fidoiyliklarini ko’rsatib berish;

- Xotin-qizlarning ipakchilik, g’allachilik va chorvachilikni rivojlantirishi uchun ko’rsatgan jasoratlarini tahlil qilish;

- Urush yillarida rahbar xotin-qizlar faoliyatining o’sib borishi va ularning g’alabaga qo’shgan hissasini misollar tariqasida asoslash;

- Mavzuga oid manbalarni o’rganish va tahlil qilish natijasida xulosalar chiqarish, foydali taklif va tavfsiyalar berish.



Bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati.

Ikkinchi jahon urushining boshlanish sabablari, O’zbekistonning ham urush girdobiga tortilishi, xotin-qizlarning frontga va front orqasida ko’rsatgan qahramonliklari, mehnat jasoratlarini, adabiyotlar, risolalar va boshqa manbalardan kompleks ravishda foydalanib yoritib berilganligidir. Urushda ishtirok etgan va front orqasida mehnat qilgan xotin-qizlar nomlarining keltirilishi ham bitiruv malakaviy ishning yangiligini ko’rsatuvchi xususiyatlardan biridir.

Mazkur ishda yoritilgan masalalar O’zbekistonning 1941-1945 yillar tarixini o’rganishda, shuningdek xotin-qizlar faoliyatiga bog’liq mavzularni yoritishda muhim qo’llanma bo’lib xizmat qiladi. Ishda keltirilgan ma’lumotlardan Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida, Qashqadaryo vohasining shu davrdagi tarixini yozishda foydalanish mumkin.

Ishning aprabasiyasi. Bitiruv malakaviy ish Qarshi davlat universiteti Tarix fakulteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi qoshidagi “Yosh o‘lkashunoslik” to‘garagida ma’ruza qilingan va kafedra yig‘ilishlarida muhokamadan o‘tgan.

Bitiruv malakaviy ish Kirish, ikki bob, oltita fasl, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati va ilovalardan iborat.

Ibob. Urushning boshlanishi va O’zbekiston xotin-qizlarining

vatanparvarlik harakati.

I.1. O’zbekistonning urush girdobiga tortilishi va xotin-qizlarning

urushdagi ishtiroki.
Ikkinchi jahon urushi jahon tarixida misli ko’rilmagan darajada katta va dahshatli, butun insoniyat boshiga og’ir kulfatlarni solgan urush bo’ldi. 1939 yil 1 sentabr kuni fashistlar Germaniyasi qo’shinlarining Polshaga bostirib kirishi bilan boshlangan bu urush 61 mamlakatni, Yer shari aholisining 80 foizini, ya’ni 1,7 milliard kishini o’z girdobiga tortdi.

Ikkinchi jahon urushini yirik davlatlar o’rtasidagi ixtiloflar, agressiv kuchlarning dunyoga hukumron bo’lish uchun intilishlari keltirib chiqardi. Urushni asosiy agressiv davlatlar fashistlar Germaniyasi va Italiya hamda Yaponiya boshladi. Ular orasida Germaniya uyushtiruvchi, yetakchi rol o’ynadi.

Fashizm o’ta agressiv, o’ta uyushqoq siyosiy kuch, siyosiy partiya sifatida birinchi jahon urushi tugashi bilanoq Italiya va Germaniyada vujudga keladi. Fashistik kuchlarni birinchi jahon urushi yakunlaridan norozi bo’lgan, dunyoni qaytadan bo’lishga va dunyoda hukmron bo‘lishga intiluvchi yirik moliya-sanoat korxonalari egalari, harbiylar har tomonlama qo’llab-quvvatladilar. Fashistlar bu ikki jahon urushi o’rtasida o’tgan 20 yil davomida ildiz otib, kuchayib boradi va nihoyat Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlarda siyosiy hokimyatni egallaydilar.

Ikkinchi jahon urushining 1-davrida -1939 yil 1 sentabrdan 1941 yil 22 iyungacha bo’lgan davrda fashistlar Germaniyasi G’arbiy va Markaziy Yevropada hukumronlikni qo’lga kiritdi. Germaniya va Italiya Yevropadagi 10 davlatni- Polsha, Chexslovakiya, Yugoslaviya, Belgiya, Gollandiya, Lyuksemburg, Daniya, Norvegiya, Avstriya, Fransiyani bosib oldi.1

Germaniya G’arbiy Yevropaning harbiy, iqtisodiy resurslarini qo’lga kiritgach, 1941 yil 22 iyun kuni hujum qilmaslik to’g’risidagi shartnomani buzib, urush e’lon qilmasdan sobiq SSSR ga xoinnona hujum boshladi.1 Germaniyaning bu urushi harakter jihatidan bosqinchilik, adolatsiz urush edi. Germaniya bilan hamkorlikda uning ittifoqchilari - Italiya, Ispaniya, Finlyandiya, Vengriya, Rumeniya, Bolgariya ham SSSR ga qarshi urushga kirdilar.2

Sovet hukumati 22 iyun kuni urushning boshlanishi munosabati bilan mamlakat xalqiga murojaatnoma ishlab chiqdi va o’sha kuni radio orqali e’lon qilindi. Bu murojaatnoma xalqni g’alabaga erishish uchun mustahkam jipislashishga, uyushqoqlik va fidokorlik ko’rsatishga chaqirdi.

Sobiq SSSR davlati tarkibiga kirgan barcha respublikalar, muxtor viloyatlar, milliy okruglar, shu jumladan O’zbekiston xalqi ham urush girdobiga tortildi. O’zbekiston xalqining boshiga og’ir sinovlar tushdi. O’zbekistonning barcha shahar va tumanlarida, korxona va muassasalarida mitinglar va yig’ilishlar bo’lib o’tdi. Ishchilar, xizmatchilar, dehqonlar, ziyolilar, talaba yoshlar o’z Vatanlarini himoya qilishga otlandilar.

Vaziyat butun mamlakat hayotini urush davri talablariga moslab qayta qurishni, butun kuch va vositalarini safarbar etishni talab qilar edi. 23 iyn kuni VKP(b) MQ Siyosiy byrosi partiya va sovet organlari urush sharoitiga moslab qayta qurish to’g’risida qaror qabul qildi.Partiya va sovet hukumatining harbiy holat to’g’risida, harbiy xizmatga majbur bo’lgan kishilarni qizil armiyaga safarbar etish no’g’risida, qurol aslaha ishlab chqarish bo’yicha safarbarlik rejasini joriy etish to’g’risida qarorlari e’lon qilindi. Urushning birinchi oyidayoq harbiy komissariyatliklarga 32 mingdan ko’p o’zlarini frontga jo’natishini so’rab ariza berdilar.

Sobiq SSSR tarkibiga kirgan barcha respublikalar, muxtor viloyatlar, milliy okruglar, shu jumladan, O’zbekiston xalqlari ham urush girdobiga tortildi. O’zbekiston xalqlarining boshiga ham og’ir sinovlar tushdi.

1941 yilda O’zbekiston aholisi jami 6,5 million kishini tashkil etgan, ularning yarmini bolalar va keksalar tashkil etgan bo’lsa, yaroqli odamlarimizning 50-60 foizi, aniqrog’i 1.433.230 kishi urushga safarbar bo’ldi. Eng yangi tarixiy tadqiqotlarning ko’rsatishicha, Ikkinchi jahon urushida O’zbekistondan 1 mln. 433230 kishi qatnashdi. ” Bir qaraganda- deb ta’kidlaydilar I.A. Karimov, - bu raqam uncha katta tuyulmasligi mumkin.” Lekin “ 1941 yilda O’zbekiston aholisi bor-yo’g’i … 6,5 million kishi ekanini eslasak, respublika xalqi boshiga tushgan sinovning naqadar katta ekani yaqqol ko’rinadi.”1 Keltirib o’tilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, Ikkinchi jahon urushi frontlarida O’zbekiston aholisining 22 foizi jang qilgan. Agar aholining yarmini ayollar, bolalar va keksalar tashkil etishini hisobga olinadigan bo’lsa, mehnatga yaroqli aholining 40-42 foizi frontda jang qilganligi aniq bo’ladi. Kurashuvchilarning bunday yuqori salmog’i faqat fashizmga qarshi koalizatsiyadagi cheklangan miqdordagi ishtirokchi mamlakatlar uchungina xos bo’lgan. Bosqinchilarga qarshi qo’lga qurol olib jang qilgan O’zbekistonlik jangchilarning umumiy tarkibidan 263005 kishi halok bo’lgan, 132670 kishi bedarak yo’qolgan, 60452 vatandoshimiz nogiron bo’lib qolgan.

Ikkinchi jahon urushining g’alaba bilan yakunlanishida O’zbekistonlik xotin-qizlar ham katta hissa qo’shdilar. Ularning ba’zilari urushda ishtirok etish uchun frontga jo’nab ketgan bo’lsalar, qolgan qismi esa front orqasida mehnat qildilar. Urushning dastlabki yillarida O’zbekiston sanoatida xotin-qizlar salmog’i 29 foizni tashkil etgan bo’lsa 1943 yilga kelib 63,5 foizga yetdi. Ana shuncha aholi o’rtasida xotin-qizlar ham ko’pchilikni tashkil etar edi. Dastlabki yillarda xotin-qizlar frontga ketgan otalari, akalari, turmush o’rtoqlari, farzandlari o’rniga mehnat qilishga kirishdilar. Front uchun kerakli bo’lgan xom-ashyolarni, oziq –ovqat mahsulotlarini yetkazib berishda qattiq mehnat qildilar. Shuningdek ikkinchi jahon urushi yillarida frontga borish istagida bo‘lgan xotin-qizlar ham bor edi.

Birgina Shahrisabz tumanidan urushning bir necha kuni ichida 1148 kishi harakatdagi armiyaga ixtiyoriy jo’nadi, ularning 10 tasi xotin-qizlar edi.

Shunday qizlardan biri Muqaddam Ashrapova edi. U Toshkent Miditsina institutini tamomlagan yili urush boshlanib qoldi. Qaroqchiqum qishlog’ida vrach bo‘lib ishlagan Muqaddam Ashrapova armiya safiga ko’ngilli bo’lib yozildi.1 U frontning oldingi uchastkalariga yetib kelib, Bryansk, G’arbi-shimoliy , birinchi Ukraina va boshqa frontlarning jangchilari bilan birga Moskvadan Karpat tog’lariga qadar bo’lgan og’ir va mashaqqatli yo’lni bosib o’tdi. Muqaddam Ashrapova urushda harbiy gospitalda vrach bo’lib ishladi. U ko’plab bemorlarni xirurgik yo’l bilan operatsiya qilib, ularning hayotini saqlab qoldi. 1941 yili Muqaddam bilan birga institutning davolash fakul’tetini tamomlagan dugonalaridan Anvara Muharramova, Po’latoy Qodirova, Sobira Majidova ham frontga ko’ngilli sifatida yozilib, urushda ishtirok etdilar.2 Ular ham dugonalari Muqaddam Ashrapova singari yaralangan kishilarni davolash ularning hayotini saqlab qolish bilan shug’ullandilar. Bunday O’zbekistonlik qizlar jasoratini unutib bo’lmaydi. Ikkinchi jahon urushi tugagandan keyin ular O’zbekistonga qaytib kelishdi, va tibbiyot sohasida nomzodlik, doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilishib, el salomatligini saqlashga o‘z hissalarini qo’shdilar. Urushga ko’ngillilar bo’lib ketgan qizlar orasida Buxorolik Soliha Davronova, Rahima Olimova, Salomat Sanginova, Xosiyat Usmonova, Qosimovalar ham bor edi.3 Ular 1942 yilning bahorida urushga jo’nadilar. Soliha Davronova dastlab qismga sanitariya instruktori, keyinroq esa yosh komandirlikdan ofitserlik darajasiga ko’tarildi. U janglarda ko’rsatgan qahramonligi uchun “Jasurligi uchun” medali bilan mukofotlandi.4 U Chexslovakiya, Ruminiya, Vengriya va Avstriya xalqlarini fashizm asoratidan saqlab qolishgacha bo’lgan hamma janglarda ajoyib mardlik va qahramonlik ko’rsatdi.

Soliha Davronova urush yillarida ko’rsatgan xizmatlari uchun “II darajali Vatan urushi”, “ Qizil yulduz” ordenlari va bir necha medallar bilan mukofatlandi. O’zbekistonlik jasur qizlardan biri Azizaxon Qalandarova edi. Azizaxon meditsina hamshiralari tayyorlash kursini tugatgach, 1941 yilning sentabrida armiya safiga chaqiriladi. U olti oy davomida zenitchilikni emas, hatto stanokli pulemyotdan otishni ham yaxshilab o’rganib oldi. Qisqa muddatli mashqlar davomida navodkachi bo’lib yetishdi. 1943 yilning yozida Kursk shahri atrofidagi o’rmonga eshilon keladi. Ana shu eshilonda 30 dan ortiq rus, ukrain, turkman qizlari bilan birga o’zbek qizi Azizaxon ham bor edi.

1943 yilning 7 iyulida navodkachi Azizaxon raschyoti fashistlarning uchta bombardimonchi samaliyotini urib tushiradi. 8 iyuldagi janglarda bataliyonning zenitchilari dushmanning bombardimonchi sakkiz samaliyotini urib tushiradi. Uning birinchisini Azizaxon Qalandarova raschyoti nishonga oladi. Ana shu qahramonliklari tufayli u “Qilzil yulduz” ordeniga tafsiya etiladi. Toshkentning Chig’atoy dahasida joylashgan bolalar uyida tarbiyalangan Aziza Qalandarova Oryol, Kursk, Ukraina, Ruminiya hududlarida jang olib boradi. Urush tugagandan so’ng u Toshkentga qaytib keldi. Azizaxon Qalandarova o’zbek xalqining bahodir qizi sifatida urush yillarida soldatlikdan ofiserlik darajasiga o’sib chiqdi. Urush yillarida qahramonlik ko’rsatgan o’zbek qizlaridan yana biri Roza Ibrohimova edi. Roza Ibrohimova Xorazm viloyati, Shovot tumanida tug’ulldi. U Toshkent meditsina texnikumini tugatib, urushga ketdi. 1943 yilning yoz oyida Roza O’zbekistondagi aloqachilik maktabini bitirib chiqqach Moskva shahri yaqinidagi radiodivazonga borib tushdi. U urushda razvedkachi sifatida ishtirok etdi va ko’p qahramonliklar ko’rsatdi. Roza Ibrohimova Berlinni ishg’ol qilish uchun bo’lgan janglarda ham ishtirok etdi. Ana shunday qahramon, jasur qizlardan yana biri G’ijduvonlik Rayhon Hamroyeva edi. Uning otasi Rahmat Hamroyev urushda halok bo’ladi. Shundan so’ng Rayhon Hamroyeva ko’ngilli bo’lib frontga ketish uchun ariza berdi. O’sha paytda uning yonida G’ijduvonlik qizlardan Qumri va Saida ismli dugonalari ham bo’lib, ularning uchalasi ham urushga jo’nab ketadilar.1 Urushga kelgan Rayhon bilan Qumri sanitariya instruktorlari tayyorlash kursida o’qiydilar. Urush tugagach serjant Rayhon Hamroyeva sanitariya instruktori vazifasini o’tash uchun Gomel yonidagi front uchastkalaridan biriga yuborildi. Rayhon Hamroyeva urush jangohlarida yarador jangchilarga katta yordam ko’rsatdi. Ko’plab jangchilarning hayotini saqlab qoldi. Janglarning birida uning o’zi ham yaralandi va G’ijduvonga qaytarib yuborildi. Unga janglarda ko’rsatgan qahramonligi uchun “ Jasurligi uchun” medali berildi.1

Ukraina uchun olib borilgan janglarda Buxorolik qizlardan Rahima Alimova ham qatnashdi. U o’qchi rotaning sanitariya instruktori bo’lib xizmat qildi. 1943 yilning 18 iyulidan 28 iyuligacha Shimoliy Dones daryosi qirg’oqlarida Donbassni ozod qilish uchun o’n kunlab jang bo’ldi. Ana shu vaqtda Rahima Alimova pulemyot hamda minomyot o’qi ostida 97 nafar yarador jangchi va ofetserga shoshilinch meditsina yordami ko’rsatib, ularning ko’pchiligini jang maydonidan xavfsiz yerlarga olib chiqishda jonbozlik ko’rsatdi. Undan keyingi janglarda u o’z qahramonliklarini namoyon etdi. Rahima Alimova urushda ko’rsatgan harakatlari uchun “ Jasurligi uchun” va “ Qizil bayroq” ordenlari bilan mukofotlandi.2

“Jangovor xizmatlari uchun’’ medali bilan mukofotlangan o’zbekistonlik qizlardan biri Ruqiya Ismoilova edi. U 1942 yili meditsina institutini tamomlab Qo’qon tumanidagi kasalxonada vrach bo’lib ishladi. Ko’plab yarador jangchilarga yordam ko’rsatdi. 1943 yilning yanvar oyida esa u bir guruh vrachlar bilan Volga bo’yida turgan qo’shinlar safiga kelib qo’shildi. Ana shu yerda Ruqiya Ismoilova o’z qahramonliklarini namoyish etdi. Urush jangohlaridagi jangchilarga juda katta yordam ko’rsatdi.3 U urushdan qaytib kelgach , Farg’ona shahridagi bolalar shifoxonasida xizmat qildi.

1942 yilning iyun oyida Buxorolik 21 nafar qiz vatan ozodligi uchun urushga ketish haqida ariza berdilar. Ularning 11 nafari o’zbek qizlari edi. Ulardan biri Xosiyat Halimova bo’lib, u ham ko’ngilli sifatida frontga jo’nab ketdi. Xosiyat aloqachilar kursini tamomlagandan so’ng 90-o’qchilar brigadasida, so’ngra tank korpusida aloqachi bo’lib xizmat qildi. Xosiyat Halimova juda ko’p jangovar topshiriqlarni bajarishga muvaffaq bo’ldi. U uzilgan aloqa simlarini ulash, aloqani tiklashda qahramonliklar ko’rsatdi. Urushda yaralandi. Janglarda ko’rsatgan qahramonliklari uchun Xosiyat Halimovaga “ Jasurligi uchun” va “ Jangovor xizmatlari uchun” va boshqa medallar bilan mukofotlandi.1

Urush yillarida ikkinchi Ukraina frontidagi 132 – o’qchi polk sostavi bilan birga Xarkov, Praga va Budapesht shaharlarini ozod qilish uchun bo’lgan janglarda, Chexoslovakiya, Avstriya, Karpat tog’lari hamda Ruminiya uchun bo’lgan janglarda yuzlarcha jangchilar hayotini saqlab qolgan Samarqandlik Xanifa Mamatkazina ham vatan oldidagi xizmatlari uchun ikki marta “ Qizil bayroq” ordeni, “ III darajali Shuhrat” ordeni hamda ikki marta “Jasurligi uchun” medallari bilan mukofotlandi.2 Yuqorida nomlalri keltirilgan qizlar singari Ulug’ Vatan urushida qahramonlik ko’rsatgan ayollar nomlarini ko’plab keltirish mumkin.

Toshkentlik Umri Umarova, meditsina hamshirasi Yangiyo’llik Manzura Mastonova, Kogonlik hamshira Muhtarama Saidjonova, G’ijduvonlik hamshira Saida Ro’ziyeva, Bouxorolik Salomat Sanginova, Toshkent meditsina instituti sobiq talabalari Sobira Majidova, Nuri Shokirova, P’olatoy Qodirova, Vasila Sayfullina, yosh tomoshabinlar teatri aktyori Matlab Muxtorova, uning jangovor dugonalari Xosiyat Usmonova, Saida Kamolova, Soliha Davronova, Bashorat Xo’jayeva, Buxorolik Munira G’iyosova uning singlisi Rosiya G’iyosova kabi urush jangohlarida jasorat ko’rsatgan qizlar O’zbekistonliklar faxri bo’lib hisoblandi. Ularning deyarli barchasi ko’ngillilar sifatida urushga ketib, erkaklar bilan bir safda dushmandga qarshi kurash olib bordilar. Barchalari o’zlarining ko’rsatgan jasoratlari va mehnatlariga yarasha Vatanimiz orden va medallari bilan mukofotlandi. Eng asosiysi esa ularning o’z Vatanlari oldidagi burchlarining bajarishi bo’ldi. 1945 yilning 9 mayida 4 yil davom etgan urush g’alaba bilan tugadi.

Xullas, urush yillarida O’zbekistonlik xotin-qizlar ham fidokorona ishtirok etib, misli ko’rilmagan qahramonliklarni amalga oshirdilar. Bu esa O’zbekistonlik xotin-qizlarning g’alabaga qo’shgan katta hissasi edi.

2§. Urush yillarida O’zbekiston sanoat korxonalarida

xotin-qizlar faoliyati.
Urush respublika sanoat tarmoqlarining yo’nalishini ham, sanoat xodimlarining ishini ham tubdan o’zgartirdi. Ko’pgina sanoat va qishloq xo’jalik rayonlarining bosib olinganligi xalq xo’jaligini og’ir ahvolga solib qo’ydi. Ana shunday sharoitda Volgabo’yi, Ural, G’arbiy Sibir, Qozog`iston, O’rta Osiyo hududlari bo’yicha 1941 yilning oxiri va 1942 yilga harbiy-xo’jalik rejasi qabul qilindi. Bu rejada umumittifoq miqyosida mamlakat Sharqining ahamiyati keskin ortganligi qayd qilindi va shu yerda nihoyatda qisqa muddatda sanoat qurilishini avj oldirish, harbiy mahsulotni ishlab chiqarishni ko’paytirish, frontga umumxalq yordamini uyushtirish ko’zda tutildi.

O’zbekiston iqtisodiyoti ham harbiy vaziyatdan kelib chiqib zudlik bilan front manfaatlariga bo’ysundirildi. Front yaqinidagi hududlarda joylashgan sanoat korxonalarini O’rta Osiyo va Qozoqiston respublikalriga evakuatsiya qilish boshlandi. Ushbu hududlarga keltirilgan 308 korxonaning 100 ortig’i O‘zbekistonga joylashtirildi.1 “Lentekstilmash”, “Rostselmash”, “Krasniy Aksay”, “Suma Kompressor va Dnepropetrovek karborund zavodlari”, Moskva ‘’Podmyomnik”, “Elektrostanok” zavodlari shular jumlasidandir.2 Keltirilgan korxonalarni nihoyatda qisqa muddatlarda ishga tushirishga erishildi. 1941 yilning oxirigacha shunday korxonalardan 50 tasi ishga tushirildi. 1942 yilning birinchi yarmida esa barcha sanoat korxonalari to’liq quvatda ishlab mudofaa uchun mahsulot chiqara boshladi.

Evakuatsiya qilingan zavod va fabrikalarni tiklashda talabalar, o’quvchilar, uy bekalari, fan va madaniyat xodimlari, xizmatchilar va kolxozchilar quliga belkurak, ketmon, lom olib mehnat qildilar. Urushdan oldingi vaqtda yillar mobaynida qilinadigan ishlar bu vaqtda kunlar va oylar mobaynida bajarildi. Chunonchi, “Rossel’mash” zavodi 25 kunda, “Qizil Oqsoy” zavodi bu erga etib kelgandan keyin oradan 29 kun o’tganda mahsulot isshlab chiqara boshladi. 1941 yil dekabrga kelib evakuatsiya qilingan korxonalarning qariyib 50 tasi ishga tushirildi. 1942 yilning o’rtalariga kelib respublika industriyasi mamalakat sharqidagi harbiy sanoat bazasini tarkibiy qismi bo’lib qoldi. Respublikada harbiy mahsulotlar ishlab chiqarishning rivojlanib borishi bilan bir qatorda xom-ashyo va yoqilg’i energetika bazasini kengaytirish vazifasi ham keskin bo’lib turdi.

Urush rangli metallar qazib chiqarishni jadallik bilan ko’paytirishni zarur qilib qo’ydi. Shuning uchun ham 1942 yilda Langar molibden konini foydalanishga topshirish sohasidagi ishlar tez suratlar bilan boshlanib ketdi. Bu yerda misli ko’rilmagan qisqa muddatda molibden fabrikasi barpo etildi. Ayni vaqtda Qo’ytosh konining ishlab chiqarish quvvati va Qoratepa rangli metallar konining quvvati keskin oshirildi.

Sanoat qurilishida o’lka aholisining barcha qatlamlari faol ishtirok etdi. Mehnat resusrlarining eng yirik bazasini tashkil etgan qishloq mehnatkashlari bu ishga ayniqsa salmoqli hissa qo’shdilar. Faqat 1941 yilning ikkinchi yarmida harbiy obyektlar qurilishiga qariyib 500 ming kolxozchi jalb qilindi. Ularning orasida xotin-qizlar ham ko’pchilikni tashkil etdi.

Og’ir urush davrida rivojlanayotgan sanoatni ishchi kuchi bilan ta’minlash vazifasi ayniqsa keskin bo’lib turdi. Ko’p minglab tajribali ishchilarning frontga ketishi natijasida vujudga kelgan juda katta yetishmovchilik sanoat korxonalariga yangi kelgan va tajribaga, mehnat malakasiga ega bo’lmaganlarni g’oyat qisqa muddat ichida turli ishlab chiqarish kasblariga o’rgatish va o’qitish yo’li bilan to’ldirib borildi. Shuningdek, O’zSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1942 yil 13 fevraldagi farmoni bilan urush davrida ishlamayotgan mehnatga layoqadli aholi- xotin-qizlar, o’smirlar, nafaqaxo’rlarni safarbar qilish hisobiga ishchilar safi kengayib bordi.

Sanoat ishlab chiqarishiga xotin-qizlar ayniqsa faol jalb qilindi. Agar 1940 yilda sanoatda ishchilar orasidagi xotin-qizlar salmog’i 34,0%ni tashkil etgan bo’lsa, 1942 yilga kelib bu ko’rsatgich o’sib 63,5 % ga yetdi.

Urush yillarida qurilish materiallari sanoati, to’qimachilik va poyabzal sanoati, oziq-ovqat sanoati, mahalliy asnoat tarmoqlarini rivojlantirish tadbirlari amalgam oshirildi. Faqat 1943 yilda 12 ta yog’ zavodi, 3 ta paxta tozalash zavodi, 4 ta qand va 4 ta konserva zavodlari qurilib ishga tushurildi.

Sanoat korxonalarining kengayishi, yangi qurilgan zavod- fabrikalarning ishi, muvaffaqiyati ularni malakali ishchilar bilan ta’minlashga bog’liq edi. Yuz minglab kishilarning, xususan, tajribali xodimlarning frontga safarbar etilishi katta qiyinchiliklar tug’dirardi. Keksalar, ayollar, ayniqsa armiyaga chaqirish yoshiga yetmagan o’smirlar va qizlar korxonalarga jalb etildi, ularga hunar o’rgatildi, respublikada 100 mingdan ko’proq malakali ishchilar tayyorlandi.

Urushgacha tinch ishlayotgan sanoat korxonalari qisqa vaqt ichida samolyot va tanklarga zapas qismlar, minomyot va avtomatlar hamda boshqa harbiy qurollar ishlab chiqarishga kirishildi. Masalan, Toshkentdagi qishloq xo’jaligi mashinasozligi zavodi urushgacha faqat qishloq xo’jalik mashinalari va unga kerakli ehtiyot qisimlar chiqarar edi, urush davrida uning bir qancha sexlari harbiy qisimlar chiqara boshladi.1

Andijon sharidagi “ Kommunar”, “ Stroymashina” zavodlarida samolyot va tanklarga kerakli detallar chiqarila boshlandi. Shuningdek, Andijondagi Volodarskiy, Qo’qon shahridagi Oxunboboyev nomli tikuvchilik fabrikalari harbiy kiyimlar tikadigan korxonalarga aylandi.2 Umuman O’zbekistonda qisqa muddat ichida 230 sanoat korxonasi faqat harbiy mahsulotlar beradigan bo’lib qoldi. Chirchiq, Qo’qon ximiya zavodlari esa front topshiriqlarini bajarishga to’la moslashtirildi. Katta miqdordagi sanoat korxonalari uchun ishchi kuchi masalasi hal qilinishi muhum bo’lgan holatlardan biri edi. O’zbekiston rahbariyati bu masalada o’zbek xalqiga murojaat qilib, ularni sanoat korxonalarini ishchi kuchi bilan ta’min etishga davat etdi. Bu chaqiriqqa birinchi o’rinda o’n minglab xotin-qizlar uy-ro’zg’or ishlari bilan shug’ullanuvchi ayollar javob berdi. Bir necha kun ichida Toshkent shahridan 150 kishi sanoat korxonalarida ishlash uchun ariza berdi. Ularning asosiy qismi xotin-qizlar edi. Toshkent shahrida sanoat korxonalarida ishlash istagini bildirgan xotin-qizlar qisqa muddat ichida o’qitildi. 1941 yilning 15 oktabrgacha 7620 nafar kishi ana shunday kadrlar sifatida tayorrlanib bo’lindi. Ularning 65 protsenti xotin-qizlardan iborat edi.1 Faqat “Selmash” zavodining o’zida 2624 ishchi tayyorlandi, ularning 52,6 % ayollar tashkil qildi. “Krasnaya zarya” fabrikasida 270 kishiga hunar o’rgatildi. Ularning 90 % ayollar edi.2

Toshkent viloyati rahbaryati bu masalani har tomonlama o’rganib chiqib, 1941 yilning 5 noyabrigacha xotin-qizlardan yana 5000 ishchi tayyorlash vazifasini qo’ydi. Ayniqsa Toshkent to’qimachilik kombinati uchun o’zbek ayollaridan ishchilar tayyorlashga alohida e’tibor berish lozimligi haqida ko’rsatmalar berildi. Shu munosabati bilan Toshkent shahar sanoat korxonalarida ayollardan 20 mingdan ziyod malakali ishchilar-tokarlar, frezerovshchiklar va boshqalar tayyorlandi. Respublikaning boshqa viloyat shaharlarida ham malakali ishchilar tayyorlash, ayniqsa ayollarni ishga ko’proq jalb etishga zo’r berib e’tibor berildi. 1941 yilning 10 oktabrigacha O’zbekiston bo’yicha sanoat korxonalrida ishga jalb etilgan ishchilarning 45% ayollar tashkil etdi.

1941 yilning oxiriga kelib respublika bo’yicha 300 sanoat korxonasi faqat harbiy mahsulot bera boshladi.3 Mazkur yilda O’zbekiston sanoatida xotin-qizlar salmog’i 29% oshdi. Mazkur yilda Qashqadaryo viloyatida ham urush sharoitidan kelib chiqib mahalliy sanoat tarmoqlarini qayta qurib, harbiy izga solish masalalari ko’rib chiqildi. 1941 yilning 15 dekabrida Qarshi shahar ijroiya qo’mitasining yig’ilishida “Yangi hayot”, “Pshkuvchi”, “Ittifoq”,“ Uchqun”, “ Mehnat” artellarining ish rejalari muhokama qilindi. Urushning og’ir damlariga qaramay, shahardagi “ Ittifoq” arteli jamoasi yillik rejani 112 foizga, “ Uchqun” arteli 95 foizga, “Mehnat” arteli 88 foizga bajardilar.4 Badiiiy hunarmandchilik buyumlari ishlab chiqaradigan “ Ittifoq” arteli beqasam to’qishni 228 foizga, palos gilamlar to’qishni 109 foizga, “ Guliston” arteli 132,2 foizga ado etdilar.1 Sanoat korxonalarida urushga ketgan erkaklar o’rnini ayollar, yosh bolalar egalladilar.2

1941 yilda Qashqadaryodagi 48 ta yirik sanoat korxonalarida 3015 kishi mehnat qildi. Ushbu korxonalarda 27763 ming so’mlik yalpi mahsulot ishlab chiqarildi. Ushbu korxonalarda mehnat qilganlarning asosiy qismi xotin-qizlar edi. Mazkur yillarda sanoat korxonalarida mehnat qilayotgan xotin-qizlar orasida musobaqalar uyushtirildi. Musobaqa shartlarida kundalik normani bir necha marta ortig’i bilan bajarish vazifasidan tashqari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatli bo’lishi, tejamkorlik, ish vaqtini qisqartirish va boshqalar asos qilib olindi. Ixtirochilik harakati faqat erkaklar o’rtasida emas, balki ayollar orasida ham keng yoyildi. Masalan, Toshkent to’qimachilik kombinatining yigiruvchisi Elunina yigiruv dastgohida momiq tutqich o’rnatish, Koritnikova esa gazmollarni qirqish usulini o’zgartirish to’g’risida kiritgan taklifi katta iqtisodiy samara berdi.3 Shu kombinatning kimyogari Blyashkaning so’ndirilmagan ohak o’rniga suv ishlatish to’g’risida kiritgan taklifi tufayli yiliga 350 mimg so’m mablag’ tejab qolindi.

Ixtirochilik takliflari tufayli respublika miqyosida tejab qolingan bir necha o’n million so’mlik mablag’ front ehtoyojlarini qoplash uchun sarf qilindi. Masalan, 1941-1945 yillarda O’zbekistonda 9293 ta ixtirochilik taklifi ishlab chiqarishga joriy etildi va buning natijasida 40848 ming so’m iqtisod qilindi.

1942 yilga respublikada ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot urushdan ilgariga nisbatan 2 marta ortdi. 1943 yilda esa sanoat ishlab chiqarish ko’lami xalq xo’jaligining 75 protsentini tashkil etdi.4 Harbiy zavod va fabrikalar shu yili front uchun qariyib 5 ming avtomat, 7600 dona mina, 250 ming patron, 600 samolyot, 120 ming aviatsiya bombalari, 3 ming tonna dinamit hamda ko’p miqdorda azot kislotasi, ammiak selitrasi, parashutbop shoyi, poyafzal va boshqa mahsulotlar ishlab chiqardi.1 Ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishda erkaklar bilan birga xotin-qizlar ham samarali mehnat qildilar. Ayniqsa fabrika, artellarda mehnat qilganlarning barchasi xotin-qizlar edi.

1942 yilning mart oyida Toshkent shahrida Umumshahar xotin-qizlarning yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilish qatnashcgilari butun respublika mehnatkashlariga qarata murojaat qabul qildi, murojaat respublika va viloyat gazetalarida bosilib chiqdi. Murojaat mehnatkashlarning yig’ilishlarida keng va har tomonlama muhokama qilindi. Ayniqsa, farxod GES I quruvchilarining murajaati ishlab chiqarilgandan keyin ishlab chiqarishga keluvchilar soni o’sib bordi. Muhokama davrida mexnatkashlar ayniqsa yoshlar qurilishlarga borib ishlash istagini bildirdilar. Rezerv ishchi kuchlarini ishlab chiqarishga kelishi natijasida ishchi kuchiga bo’lgan talab to’la bo’lmasada, har xolda qondirib borildi.

Urushning eng qizg’in pallasida viloyat sanoat korxonalarida 22275 ishchi va xizmatchi ishlagan bo’lsa, ularning 10788 tasi xotin-qizlar edi. 2797 kishi hunarmandchilik va nogironlar kooperatsiyasida ishlardi. Ishchilarning asosiy ko’pchiligi xotin-qiz, keksa va o’smirlarni tashkil etdi. Sanoat korxonalari uchun kadr tayyorlashning qisqa muddatli kurslari orqali, shogird tushish, yakka tartibda kadrlar tayyorlash metodi bilan birga fabrika-zavod maktablari, temir yo’l va hunar bilim yurtlari orqali malakali kadrlar tayyorlash ham amalgam oshirilgan edi. Respublika hukumati fabrika-zavod ta’limi maktablarida, hunar bilim yurtlarida davlat rezervlari tayyorlash masalasini qarab chiqdi. Malakali ishchi kadrlar tayyorlovchi maktablarning shaxobchalari kengaytirildi.

Urush davlat mehnat rezervi tayyorlash tizimini kadrlar tayyorlash uchun kurashning birinchi chizig’iga chiqardi. Bu maktablarning tarmoqlari kengaytirildi, ularning talabalari o’qish bilan bir vaqtning o’zida sanoat, transport, qurilishlarda fidokorona mehnat qildilar. 1942 yilda O’zbekistonda 31 ta FZO maktabi tashkil etildi.1 Bu maktablar talabalarning katta qismi o’g’il-qiz , yoshlar edi. Urush yillari davomida tayyorlangan 52 ming kadr rspublika sanoat korxonalarida , qolgan qismi esa O’zbekiston xududidan tashqarida mexnat qildi.

1941 yilning avgust oyida Qarshi temir yo’l stansiyasida temir yo’l maktabi tashkil etilpdi. Bu maktab temir yo’lchi kadrlar tayyorlashda munopsib xissa qo’shdi. Bu maktabning Kogonda bo’limi ham tashkil etildi. Bu maktabda 1941 yilda 300 o’g’il-qiz qilingann bo’lsa, 1943 yilda undagi o’quvchilar soni 600 kishiga yetdi. Maktab rejadan tashqari 399 ( Qarshi 167ta, Kogonda 232) ta mutaxassis kadr yetishtirildi.2 Kasb o’rganishni ishlab chiqarish bilan birga qo’shib olib borgan maktab jamoasi o’zaro musobaqaga faol qatnashib, respublikadagi maktablar tarmoqlari orasida 1942 yilda uchinchi, 1943 yilning ikkinchi choragida ikkinchi, uchinchi choragidan boshlab birinchi o’rinni egalladi va ” O’zbekistonning eng yaxshi temir yo’l maktabi” degan nomni olishga muyassar bo’ldi.

Sanoat korxonalarining uzluksiz ishlab turishi uchun ularni yetarli miqdorda xom-ashyo, elektr energiyasi va yoqilg’i ta’minlab turish zarur edi. Urush yillarida Respublikada 15 ta yirik gidroelektr stansiyasi, shuningdek ham quvvatga ega bo’lgan o’nlab gidroelektr stansiyalari va issiqlik elektr stansiyalari ishga tushirildi. Ayniqsa, O’zbekistonning eng yirik gidroelelktrstansiyasi bo’lib qolgan Farxod GES I qurilishi umumxalq qurilishiga aylantirilib, 10 oy ichida Sirdaryo to’silib, GES ishga tushirildi.3 Respublikada ko’mir, neft konlaridagi ish sur’atlarini ko’paytirish, yangi konlarni ochish borasida ham samarali ishlar olib borildi. Natijada ko’mir qazib olish sur’ati ham o’sdi.4

Sanoat korxonalari soni oshib borgani sayin ularni ishchi kadrlar bilan ta’minlash masalasi qiyinlashib bordi. Shu sababdan respublikada xotin-qizlar bilan birgalikda 15-16-17 yoshli o’spirinlarni ham sanoat korxonalarida ishlashni yo’lga qo’yish uchun FZ0 maktablari tashkil etildi. Bunday yoshdagilar orasida qizlar ham bor edi. Masalan, 1942 yilda Qashqadaryo viloyatida FZ0 maktablarida hunar o’rganish uchun jami 85 ta ariza tushgan bo’lsa, ularning 40 foizi qizlardan iborat edi.1 Shu bilan birga mahalliy sanoat korxonalarida yakka tartibda shogird tushish yo’li bilan va brigada tariqasida hunar o’rganish va ikkinchi ixtisoslikni egallash ham yo’lga qo’yildi. Ishchilar safida xotin-qizlar soni ko’paydi, ishlab chiqarishdagi barcha og’irliklar ular zimmasiga tushdi. Shunga qaramay xotin-qizlar og’ir dastgohlar yonida kechayu-kunduz mehnat qilib, kunlik ish normalarini ortig’i bilan bajarishga harakat qildilar. Ayniqsa Qarshi shahri sanoat korxonalarining ishchilaridan Bo’riyeva kunlik normalarini 203 foizga, Jo’rayeva 260 foizga, Norboyeva 303 foizga, Rasulova 253 foizga yetkazdilar.2

Frontdagi jangchilarni kiyim-kechak bilan ta’minlash maqsadida viloyat markazida tikuv va poyabzal fabrikasini barpo etish boshlandi. 1943 yil 19 iyulda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 3 soni “ Qarshi tikuv va poyabzal fabrikasini tashkil etish to’g’risida” gi qaroriga asosan Qarshi shahrida tashkiliy ishlar qo’mitasi o’z faoliyatini boshladi. Korxona uchun qurilish materiallaridan 20 kub yog’och ajratildi, ishlab chiqarish uskunalari yasash uchun 16 kub taxta berildi. Viloyat maxalliy sanoati tomonidan fabrika uchun 52 dona taburetka , 8 dona 4 qavatli stelaj, 56 dona stul oyoqlari, 13 dona oyoq yopib turuvchilar tayyorlandi. Fabrika qisqa muddat ichida qurilib maxsulot ishlab chiqarish ikki ko’rinishda oilaviy va yakka tarzda ishlab chiqarishga kirishildi. Fabrikada ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar asosini erkaklarning issiq kiyimi, kurtka, kastyum-shim, o’zbek milliy kiyimlari, ichki kiyimlardan iborat bo’lib ular tayyor maxsulot sifatida viloyat mehnatkashlariga va frontga yuborildi.

Frontga ketgan jangchilarning oilalariga moddiy yordamlar uyushtirildi. Qarshi shahridagi mehnat arteli ishchilari 1944 yilda jangchilarning oilalari uchun 15 ta bolalar ko’ylaklarini , 3ta issiq ko’rpa “ Uchqun” arteli 20 ta bolalar ko’ylagi, 25 ta ayollar ko’ylagi, 30 ichki kiyim,” Tikuvchi” arteli 15 juft ayollar oyoq kiyimi, 10 juft bolalar opyoq kiyimlarini pulsiz tarqatib berdilar.

1943 yilga kelib sanoat korxonalrida mehnat qilayotgan xotin-qizlar salmog’i 63,5 foizni tashkil etdi. Bu ko’rsatgich albatta o’tgan yillarga nisbatan ancha yuqori edi. Ular korxonalarda turli xil ishlarga jalb etildi.

Urush yillarida qurilish materiallari sanoati, to’qimachilik va poyafzal sanoati, oziq-ovqat sanoati, mahalliy sanoat tarmoqlarini rivojlantirish tadbirlari amalga oshirildi. Faqat 1943 yilda 12 ta yog’ zavodi, 3 ta paxta tozalash zavodi, 4 ta qand va 4 ta kanserva zavodlari qurilib, ishga tushirildi.1 Ushbu zavodlarda turli xildagi oziq-ovqat, xom-ashyo mahsulotlari ishlab chiqarilib, frontga yuborildi. O’zbekiston sanoat korxonalarida g’alaba uchun zarur hisoblangan qurol-yarog’lar front uchun kerakli bo’lgan aslaxalar ishlab chiqarildi va g’alabani ta’minlashda katta yordam berdi.

O’zbekiston frontga 2090 samolyot, 17342 avtomator, 2318 ming avtobomba, 1,7 mingdan ortiq minomyot, 22 ming dona mina, 560 ming snaryad, milliontacha granata, 330 ming dona parashut, harbiy ehtiyojlar uchun 100 km dan ortiq maxsus sim, 125 ming km telefon kabillari va boshqa mahsulotlar yetkazib berildi.2 Og’ir urush yillarida O’zbekiston sanoatining salohiyati ancha ortdi. 1941 yildan to 1945 yilgacha industriyaning barcha sohalariga taaluqli bo’lgan 280 ta yangi sanoat korxonasi qurildi.

Xullas, Ikkinchi jahon urushi yillarida O’zbekistonga ko’plab sanoat korxonalari evakuatsiya qilindi. Ushbu korxonalarni joylashtirish, ularda ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, va mahsulotlarni tayyorlab chiqarishda xotin-qizlar fidokorona mehnat qildilar. Mavjud sanoat korxonalrining asosiy ishchi kuchi xotin-qizlar bo’lib hisoblandi. Bu bilan ular birinchi o’rinda g’alabaga o’zlarining munosib hissalarini qo’shdilar.




Download 289 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish