Qarshi davlat universiteti tarix va ijtimoiv lanlar fakulteti


Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalar



Download 297,72 Kb.
bet13/33
Sana01.06.2022
Hajmi297,72 Kb.
#626660
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33
Bog'liq
majmua skaner (1)

Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalar
Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalar o‘z vakolatlari doirasida: voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklaming profilaktikasiga doir
chora-tadbirlami amalga oshiradi, ulaming huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi;
hududiy komissiyalar ishini nazorat qiladi va yo‘naltiradi, ulaming faoliyati tahlilini amalga oshiradi, ularga tashkiliy-uslubiy yordam ko‘rsatadi;
voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklaming profilaktikasini amalga oshimvchi organlar hamda muassasalarning ijobiy ish tajribasini umumlashtiradi va tarqatadi, ularga tashkiliy-uslubiy yordam ko‘rsatadi;
davlat organlari va tashkilotlaming voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik hamda huquqbuzarliklaming profilaktikasi, ulaming huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha chora- tadbirlar ko‘radi;
voyaga yetmaganlaming huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi, ulaming nazoratsizligi hamda huquqbuzarligi, ota-ona qaramog‘idan mahmm bo‘lgan bolalami aniqlash hamda joylashtirish bilan bog‘liq masalalami o‘rganadi va umumlashtiradi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi, voyaga yetmaganlaming huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha kelishilgan yondashuvlami ishlab chiqadi;
voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklaming profilaktikasiga oid normativ-huquqiy hujjatlaming amalga oshirilishini ta’minlaydi;
voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik, huquqbuzarliklar va boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlaming profilaktikasi bo‘yicha kompleks tadbirlami ishlab chiqadi, voyaga yetmaganlaming huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi, shuningdek ushbu tadbirlaming bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
o‘z vakolatiga kiritilgan muammolami hal etish bilan bog‘liq maqsadli dasturlar loyihalarini o‘rganadi;
voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlikka, qarovsizlikka, ular tomonidan huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilishiga imkon berayotgan sabablar va shart-sharoitlar tahlilini o‘tkazadi;
davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, ijtimoiy sheriklikni va fuqarolik jamiyati institutlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlarini ko‘radi;
voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklaming profilaktikasi, voyaga yetmaganlaming huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarinihimoya qilish masalalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
voyaga yetmaganlaming huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklaming profilaktikasini amalga oshirayotgan organlar hamda muassasalar faoliyatini o‘rganadi, bu faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
o‘z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlaming takliflarini ko‘rib chiqadi.
Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlami ham amalga oshirishi mumkin.
Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalaming tashkil etilishi va faoliyati tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Ichki ishlar organlari voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklaming profilaktikasini o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradi.
Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklaming profilaktikasini amalga oshimvchi maxsus bo‘linmalari voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklaming profilaktikasi bo‘linmalaridan hamda voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlaridan (bundan buyon matnda ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi deb yuritiladi) iboratdir. Ichki ishlar organlarining boshqa bo‘linmalari voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklaming profilaktikasida o‘z vakolatlari doirasida ishtirok etadi hamda zamr yordam ko‘rsatadi.
Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi «Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklaming profilaktikasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

  1. MAVZU: ICHKIISHLAR ORGANLARINING VOYAGA YETMAGANLAR 0‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING PROFILAKTIKASI BO‘LINMALARI

Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklaming profilaktikasi bo‘linmalari o‘z vakolatlari doirasida:
yakka tartibdagi profilaktika ishini olib boradi;
qidiruv e’lon qilingan voyaga yetmaganlami, shuningdek ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga yetmaganlami aniqlashga doir chora-tadbirlami amalga oshiradi hamda belgilangan tartibda ulami voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklaming profilaktikasini amalga oshimvchi tegishli organlarga yoki muassasalarga yuboradi;
voyaga yetmaganlami huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlami sodir etishga jalb qilayotgan yoxud voyaga yetmaganlarga nisbatan boshqa g‘ayrihuquqiy qilmishlar sodir etayotgan shaxslami, shuningdek voyaga yetmaganlami ta’minlash, tarbiyalash va ularga ta’lim berish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlayotgan yoki lozim darajada bajarmayotgan yoxud voyaga yetmaganlaming xulq-atvoriga salbiy ta'sir ko‘rsatayotgan yoki ular bilan shafqatsiz muomalada bo‘layotgan ota-onalami yoki ota-ona o‘mini bosuvchi shaxslami aniqlaydi hamda ularga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ta'sir choralarini qo‘llash to‘g‘risida tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlarga takliflar kiritadi;
voyaga yetmaganlaming, ulaming ota-onasi yoki ota-ona o‘mini bosuvchi shaxslaming, shuningdek boshqa shaxslaming voyaga yetmaganlaming huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishi bilan bog‘liq shikoyatlari va arizalarini ko‘rib chiqadi;
huquqbuzarliklar yoki boshqa g'ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etgan voyaga yetmaganlarga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ta'sir choralarini qo‘llash to‘g‘risida voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklaming profilaktikasini amalga oshimvchi tegishli organlar va muassasalarga takliflar kiritadi;
voyaga yetmaganlami ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlariga yoki ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalariga belgilangan tartibda joylashtirish uchun ularga taalluqli hujjatlami tayyorlaydi;
voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi, qarovsizligi, huquqbuzarliklari yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlari faktlari, shuningdek ularga imkon berayotgan sabablar va shart- sharoitlar to‘g‘risida tegishli davlat organlari hamda boshqa tashkilotlami xabardor qiladi;
huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etgan voyaga yetmaganlami, shuningdek nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlami qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda ichki ishlar organlariga olib boradi, bu haqda zudlik bilan bayonnoma tuzadi hamda voyaga yetmaganlar keltirilganligi haqida ulaming ota- onasini yoki ota-ona o‘mini bosuvchi shaxslami xabardor qiladi;
voyaga yetmaganlaming yashash, o‘qish (ish) joyidagi ta’lim, madaniy-ko‘ngilochar, sport-sog‘lomlashtirish muassasalarida, boshqa tashkilotlarda, to‘garaklar va klublarda voyaga yetmaganlar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlaming ahvolini o‘rganadi;
voyaga yetmaganlaming huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishiga imkon berayotgan sabablar va shart-sharoitlami bartaraf qilish to‘g‘risida tegishli davlat organlariga hamda boshqa tashkilotlarga takliflar kiritadi;
voyaga yetmaganlaming huquqbuzarliklari yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlari to‘g‘risidagi materiallaming tegishli organlar va muassasalar tomonidan ko‘rib chiqilishida ishtirok etadi;
voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar va boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlaming, voyaga yetmaganlami ta’minlash, tarbiyalash va ularga ta’lim berish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlayotgan yoki lozim darajada bajarmayotgan yoxud ulaming xulq-atvoriga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan yoki ular bilan shafqatsiz muomalada bo‘layotgan ota-onalar yoki ota-ona o‘mini bosuvchi shaxslaming hisobini yuritadi, shuningdek statistika hisobotini tuzish uchun zarur bo‘lgan axborotni yig‘adi va umumlashtiradi;
yetim bolalar hamda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalami joylashtirishda vasiylik va homiylik organlariga ko‘maklashadi.
Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklaming profilaktikasi bo‘linmalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlami ham amalga oshirishi mumkin.
Voyaga yetmaganlar orasida og‘ir, o‘ta og‘ir va ayniqsa giyohvandlik hamda ichkilikbozlik bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilishining oldini olishga qaratilgan keskin choralar ko'rilishida joylardagi prokurorlar o‘z nazoratidagi ichki ishlar organlari tomonidan mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yilmasligini chorasini ko‘rishlari shart.
Hokimliklar tarkibidagi voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi komissiyalar va ichki ishlar bo‘limlari nozirliklari faoliyatida qonunchilikka rioya qilinishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish, ular faoliyatiga ko‘maklashish, qonuniy yo‘l -yo‘riqlar berish, birgalikda tadbirlar tashkil etish, bolalar va o‘smirlarga nisbatan ma’muriy va boshqa ta’sir choralari ko‘rish hamda profilaktik ro‘yxatga olish haqidagi qarorlaming asosliligi, voyaga yetmaganlami ichki ishlar idoralariga olib kelish va hisobga olinishining qonuniyligini buyruq buyicha har chorakda kamida bir marta tekshirib turilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual Kodeksining 345-moddasi talablariga binoan, voyaga yetmaganlar sodir etgan barcha jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha dastlabki tergov ichki ishlar organlarining tergovchilari tomonidan olib boriladi.
Jinoyatlar profilaktikasining ijtimoiy subyektlari doirasiga faqat huquqni muhofaza qilish organ-lari kiradi. Bu, eng avvalo, ichki ishlar organlaridir. Ular mazmuni va yo‘nalishi har xil bo‘lgan profilaktika ishlarini amalga oshiradi, o‘z jinoyatlar profilaktikasi subyektlari-ning muayyan kichik tizimiga ega bo‘ladi.
Ichki ishlar organlari yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida juda muhim profilaktika ishlarini olib boradi.
Voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo'linmalarining xodimlari profilaktika faoliyatining asosiy maqsadiga erishish uchun quyidagi vazifalami bajarishi lozim:

  1. huquqbuzar o‘smirlami, o'smirlaming g‘ayrihuquqiy yo‘nalishdagi guruhlarini aniqlash, voyaga yetmaganlar jinoyat-larining oldini olish va ulami to‘xtatish, bunda ijtimoiy adaptatsiya va reabilitatsiya ishining shakl va usullarini, shu-ningdek fuqaroviy-huquqiy va ma’muriy ta’sir ko‘rsatish cho-ra-tadbirlarini qo‘llash;

  2. bolalar va o‘smirlar jinoyatchiligi, huquqbuzarligi va nazoratsizligiga imkoniyat yaratuvchi tashkilotchilar va dalo-latchilarni, ota-onalar yoki boshqa shaxslami aniqlash, ular- ning salbiy ta’sirini jinoyat, oila, fuqarolik qonunchiligi talablariga muvofiq to‘xtatish;

  3. voyaga yetmaganlaming jinoyatlari, huquqbuzarliklari va nazoratsizligi masalalarida ommaviy axborot vositalari orqali aholiga huquqiy yordam ko‘rsatish.

O‘z navbatida, ko‘rsatib o‘tilgan vazifalami bajarish uchun voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘linmalarining xodimlari:

  1. huquqbuzarlami aniqlash va ularning g‘ayriijtimoiy xulq-atvoriga qonun hujjatlariga muvofiq chek qo‘yish maqsa-dida bolalar va o‘smirlar ommaviy tarzda bo‘lib turadigan joylarda profilaktika ishlari va operatsiyalar tashkil etadi-lar va o‘tkazadilar;

  2. jinoiy qilmish sodir etgan o‘smirlami ushlaydilar va voyaga yetmaganlami jamiyatdan ajratish, adaptatsiya va reabili-tatsiya muassasalariga yetkazadilar;

v) jinoyat sodir etishga moyil o‘smirlar, bolalar va o‘smir-lar jinoyatchiligi, huquqbuzarligi va nazoratsizligiga imko-niyat yaratuvchi tashkilotchilar va dalolatchilar, ota- onalar yoki boshqa shaxslar haqida ma’lumotlarni tegishli organlar va mu-assasalardan so'rab oladilar va ularga nisbatan tegishli chora ko‘radilar;
g) ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan o‘smirlami jino-iy javobgarlik yoshiga to‘lgunga qadar maxsus yopiq o‘quv muassa-salariga yuboradilar;
d) voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlami fosh etish va tergov qilishda qatnashadilar;
уе) ozodlikdan mahrum qilish joylarida jazoni o‘tab qayt-gan voyaga yetmaganlar takroran jinoyat sodir etishining oldini olish maqsadida jinoyat-ijroiya tizimi muassasalari bilan hamkorlikda, tegishli idoralar va muassasalar orqali bunday shaxslarga ishga joylashish va jamiyatga moslashishda yordam be-radilar va hokazo.
Profilaktik ta’sir ko‘rsatish obyektlarining doirasiga ko‘ra, voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘linmalari faoliyati-ning uch asosiy yo‘nalishini farqlash mumkin:

  1. barcha voyaga yetmaganlarga nisbatan o‘tkaziladigan umumiy profilaktika;

  2. voyaga yetmaganlaming muayyan guruhlari yoki toifalariga nisbatan o‘tkaziladigan maxsus (gruppaviy) profilaktika;

v) muayyan voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan o‘tkaziladigan individual profilaktika.
Umumiy profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirishda voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘linmalari eng awalo ijti-moiy munosabatlaming turli sohalarida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan kriminogen holatlami aniqlash va bartaraf etish bi-lan shug‘ullanadi.
Voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘linmalariga tushadigan kriminogen holatlar haqidagi axborot manbalari quyidagi-lardan iborat:

  1. bo‘linma xizmat ko‘rsatadigan hududda sodir etilgan huquqbuzarliklar holati, tarkibi va dinamikasi to‘g‘risidagi ma’lumotlami tahlil qilish va umumlashtirish materiallari;

  2. fuqarolar, jamoat yoki davlat tashkilotlarining xabar-lari;

v) ichki ishlar bo‘limlari tergov qilayotgan muayyan jinoyat ishlarining materiallari;
g) sudlardagi fuqarolik ishlariga oid materiallar;
d) maxsus tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida olingan materiallar;
ye) ommaviy axborot vositalari: televideniye, matbuot, radio xabarlari va h.k.
Voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘linmalari o‘z faoliyatini umumiy profilaktika
tadbirlari rejalariga asosan amalga oshiradi. Mazkur rejalar barcha mavjud materiallami puxta va har tomonlama o‘rganish asosida har chorakda yoki har oyda tu-ziladi. Rejalarda doim quyidagi asosiy tadbirlar aks ettiri-lishi lozim:

  1. voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo'linmalari xodimlari-ning o‘zi bevosita o‘tkazuvchi tadbirlar;

  2. ichki ishlar bo‘limlarining xodimlari boshqa davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda o‘tkazuvchi tadbirlar;

v) voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘linmalari ichki ishlar organlarining boshqa bo'linmalari yoki xizmatlari bilan ham-korlikda o‘tkazuvchi tadbirlar.
Maxsus (gruppaviy) profilaktika voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘linmalarining mansabdor shaxslari tomonidan voyaga yetmaganlaming muayyan gumhlari yoki toifalariga nisbatan amalga oshiriladi. Bunda voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘linmalarining mansabdor shaxslari:

  1. o‘smirlar mast holatga kelishiga sabab bo‘lgan yoki ulami ichkilikbozlik, jinoiy faoliyat, tilanchilik qilish, qimor o‘ynash, prostitusiya bilan shug‘ullanishga majbur qilgan, giyoh-vandlik vositalari yoki psixotrop moddalar iste’mol qilishga jalb etgan shaxslami;

  2. huquqbuzar o‘smirlar g'ayriijtimoiy gumhlarga mansub-ligini, ushbu gumhlaming sardorlari va faol ishtirokchila-rini, ular yig‘iladigan joylami va ular jinoyat sodir etuvchi obyektlami;

v) g‘ayriijtimoiy xulq-atvori boshqa shaxslami ularga nisbatan jinoyat sodir etishiga turtki berishi mumkin bo‘lgan o‘smirlami;
g) bolalar bilan shafqatsiz muomalada bo‘ladigan, ulami kaltaklaydigan yoki voyaga yetmaganlarga nisbatan boshqa g‘ay-rihuquqiy harakatlar sodir etadigan ota-onalami yoki boshqa shaxslami;
d) o‘smirlar tomonidan o‘g‘irlangan mol-mulkka o‘xshash bu-yumlami egallash holatlarini, shuningdek voyaga yetmaganlar spirtli ichimliklar, boshqa buyum va ashyolar xarid qilishga sarflagan pul mablag‘larining manbalari to‘g‘risidagi ma’lu-motlami aniqlaydilar.
Voyaga yetmaganlar o'rtasidagi jinoyatlar, huquqbuzarliklar va nazoratsizlikning individual profilaktikasi voyaga yetma-ganlar bilan ishlash bo‘linmalarining mansabdor shaxslari tomonidan barcha voyaga yetmaganlarga, shuningdek umumiy ta’lim maktablarining o‘quvchilariga nisbatan amalga oshiriladi.
Ichki ishlar organlari
Ichki ishlar organlari yoyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklaming profilaktikasini o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradi.
Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklaming profilaktikasini amalga oshiruvchi maxsus bo‘linmalari voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklaming profilaktikasi bo‘linmalaridan hamda voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlaridan (bundan buyon matnda ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi deb yuritiladi) iboratdir. Ichki ishlar organlarining boshqa bo‘linmalari voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklaming profilaktikasida o‘z vakolatlap doirasida ishtirok etadi hamda zarur yordam ko‘rsatadi.

Download 297,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish