Qarshi davlat universiteti tarix va ijtimoiv lanlar fakulteti



Download 297,72 Kb.
bet9/33
Sana01.06.2022
Hajmi297,72 Kb.
#626660
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33
Bog'liq
majmua skaner (1)

Axloq tuzatish ishlari— bu maxkumni sud hukmi bilan belgilangan muddatga majburiy ravishda mehnatga jalb qilib, uning ish xaqidan davlat foydasiga muayyan miqdordagi foiz undirish tariqasidagi jazo chofasi.
Bu jazo voyaga yetmaganlami mehnatga jalb qilish bilan tuzatish va qayta tarbiyalashga qaratilgandir.
Voyaga yetmaganlarga nisbatan ahloq tuzatish ishlarini qo‘llashning quyidagi shartlari mavjud:

  1. subyektiv tarkibning qatiy cheklanganligi;

  2. jazoni qo‘llash muddati.

Ahloq tuzatish ishlari faqat mehnatga layoqatli shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi. Mehnat layoqati - bu shaxsning mehnat qila olish qobiliyatiga ega ekanligidir. Umumiy qoidaga ko‘ra shaxsl6 yoshga to‘lgandan so‘ng mehnatga layoqatli hisoblanadi.16 yoshga to‘lmaganlar quyidagi xollarda mehnat shartnomasi asosida mehnatga jalb qilinishi mumkin:

  1. o‘n besh yoshga to‘lgan shaxlar ota-onasidan birini yoki ular o‘mini bosuvchi shaxsning yozma roziligi bilan ishga qabul qilinishi;

  2. yoshlami mehnatga tayyorlash maqsadida umum talim maktablari, hunar-texnika bilim yurtlari va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini o‘n to‘rt yoshga to‘lganlaridan keyin ota-onasidan birining yoki ular o‘mini bosuvchi shaxsning roziligi bilan bolalaming sog‘lig‘iga ziyon yetkazmaydigan va talim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishlami o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida bajarish uchun ishga qabul qilinishiga yo‘l qo‘yiladi.

Jinoyat kodeksi 83 moddasiga muvofiq axloq tuzatish ishlari faqat 16 yoshga to‘lgan mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga nisbatan bir oydan bir yilgacha muddatga tayinlanadi. Jazoni o‘tash muddatiga dam olish, bayram, shuningdek, maxkumning kasal bo‘lgan kunlari ham kiradi.
Voyaga yetmaganlarga nisbatan qo‘llaniladigan axloq tuzatish ishlarining o‘ziga xosligi quyidagilarda ko‘rinadi:

  1. Axloq tuzatish ishlariga xukm qilingan shaxs ish xaqining bir qismi davlat byudjetiga o'tkaziladi;

  2. Axloq tuzatish ishlari tayinlangan shaxsning ishlagan vaqti mehnat stajiga kiritilmaydi.

  3. Axloq tuzatish ishini o‘tash davrida uzluksiz mehnat uchun beriladigan qo‘shimcha ish xaqi to‘lanmaydi.

Voyaga yetmaganlarga nisbatan qo‘llanadigan ahloq tuzatish jazosi jazoni o‘tash joyiga
ko‘ra:

  1. voyaga yetmagan maxkumning ish joyida;

  2. jazoning ijrosini nazorat qiluvchi organ belgilab beradigan lekin voyaga yetmagan maxkum yashaydigan joyda o‘taladi.

Qoidaga ko‘ra, voyaga yetmagan shaxsga axloq tuzatish ishini o‘zi ishlab turgan joyda o‘tash belgilanadi. Voyaga yetmagan maxkumni tarbiyalash nuqtai nazaridan axloq tuzatish ishini u ishlab turgan joyda o‘tashni belgilash maqsadga muvofiqdir.
Agar aybdor xech qayerda ishlamasa, jazo ijrosini nazorat qiluvchi organ belgilab bergan, lekin o‘zi yashaydigan hududdagi boshqa joyda o‘taladi va ish xaqining o‘n foizidan o‘ttiz foizigacha davlat daromadiga ushlab qolinadi.
Agar maxkum yashash joyiga ega bo‘lmasa bunday holda hukm chiqarilgan hududdagi jazoni ijro etish inspeksiyasi belgilab bergan ish joyida jazoni o‘taydi.
Axloq tuzatish jazosi voyaga yetmagan maxkumning moddiy va mehnat manfaatlarini ma’lum darajada cheklab qo‘yadi, maxkumning ish xaqidan o‘n foizidan o‘ttiz foizigacha davlat daromadiga undiriladi, uzluksiz mehnat uchun beriladigan qo‘shimcha ish xaqi to‘lash jazoni o‘tash davrida to‘xtaliladi.
Umumiy qoidaga ko‘ra ahloq tuzatish ishlari muddati mehnat stajiga qo‘shilmaydi. Jinoyat protsessual kodeksining 545-moddasiga ko‘ra axloq tuzatish ishlari o‘talgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qo‘shish to‘g‘risidagi masala jamoat birlashmasi yoki jamoa iltimosnomasi bo‘yicha, jazoni o‘tab chiqqan shaxs mehnatga qobiliyatsiz bo‘lgan taqdirda esa, uning iltimosnomasi bo‘yicha ham mazkur shaxs turgan joydagi tuman yoki shahar sudining sudyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Axloq tuzatish ishlari o‘talgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qo‘shish to‘g‘risidagi masala sudya tomonidan ko‘rib chiqilayotgan vaqtda iltimosnoma kim tomonidan berilgan bo‘lsa, shu shaxsning, shuningdek, iltimos qilgan jamoat birlashmasi yoki jamoaning vakili qatnashishi shart.
Axloq tuzatish ishlari o‘talgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qo‘shish to‘g‘risidagi iltimosnoma yuzasidan sudya chiqargan ajrim ustidan shikoyat berilishi mumkin.
Voyaga yetmagan shaxs axloq tuzatish ishlarining o‘ndan bir qismidan ko‘prog‘ini o‘tashdan bo‘yin tovlasa, sud bu jazoning o‘talmagan qismini axloq tuzatish ishlarining xar uch kunini qamoqning bir kuniga tenglashtirgan holda hisoblab qamoq jazosi bilan almashtiradi. Ammo bu muddat uch oydan oshmasligi kerak.

  1. MAVZU: JAZONI O‘TASH MUDDATIDAN ILGARI SHARTLI RAVISHDA OZOD
    QILISH


Voyaga yetmaganlaming jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilishning umumiy turi Jinoyat kodeksi XII va XIII boblarida belgilangan. Jinoyat kodeksi 12 bobida javobgarlikdan ozod qilishning turlari belgilangan bo‘lib, ular quyidagilar:
javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish (JK 64-m); qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish (JK 65-m); aybdor o‘z qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish (JK 66-m); yarashilganligi munosabati javobgarlikdan ozod qilish (JK 661-m); kasalligi tufayli javobgarlikdan ozod qilish (JK67-m); amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilish (JK 68-m).
Jazodan ozod qilishning esa quyidagi umumiy turlari mavjud: jazoning ijro etish muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish (Jinoyat kodeksi 69-m); shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotish munosabati bilan uni jazodan ozod qilish (Jinoyat kodeksi 70-m); aybdomi chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish (Jinoyat kodeksi 71-m); shartli hukm qilish (Jinoyat kodeksi 72-modda); kasalligi yoki mehnatga qobiliyatini yo‘qotishi oqibatida jazodan ozod qilish (Jinoyat kodeksi 75-modda); amnistiya akti yoki avf etish asosida jazodan ozod qilish (Jinoyat kodeksi 76- modda).
Voyaga yetmagan shaxsni javobgarlik va jazodan ozod qilishning quyidagi maxsus turlari mavjud:

  1. voyaga yetmaganlaming ishlami voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi komissiyaga topshirish orqali jazodan ozod qilish;

  2. majburlov chorasini qo‘llash orqali jazodan ozod qilish Voyaga yetmaganlami jinoiy javobgarlikdan ozod qilish orqali faqat ishni voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug'ullanuvchi komissiyaga topshirish orqali attialga oshirilishi mumkin. Bunday qarorga kelish uchun Jinoyat kodeksi 87-moddasi 1-kismida ko‘rsatilgan shartlar:

  1. jinoyat sodir etish vaqtida shaxsning 18 yoshga to‘lmaganligi;

  2. ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan bo‘lishi;

  3. sodir etilgan qilmishning xususiyatlari, aybdoming shaxsi va ishning boshqa holatlari mavjud bo'lishi lozim.

Yuqorida ko‘rsatilgan uchta shartning xammasi bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘lganida voyaga yetmagan shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi.
Voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug‘illanuvchi komissiyalari zimmasiga:
14 yoshdan 16 yoshgacha bo'lgan davrda ular uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilmagan, jamiyat uchun xavfli xatti-harakatlar sodir etgan;
14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan davrda jinoyat alomatlari bo‘lgan xatti-harakatlar sodir etib, ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atish rad qilingan yoki jinoiy ish to‘xtatilgan;
16 yoshgacha boTgan davrda yo‘l harakati qoidalarini buzgan; jamiyatga qarshi boshqa xatti-harakatlar sodir etgan;
umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalarida (umumiy ta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida) o‘qishdan bosh tortgan;
jamiyat uchun katta xavf boTmagan jinoyat sodir etganida tergovchi yoki prokuroming qarori yoxud sud ajrimi asosida javobgarlikdan ozod qilingan;
O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida nazarda tutilgan tartibda ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan voyaga yetmagan shaxslar to‘g‘risidagi ishlami ko'rib chiqish vazifasi yuklanadi.
14 yoshga to‘lmasdan turib jamiyat uchun xavfli xatti-harakatlar sodir etgan, 13 yoshga to‘lgandan keyin og‘irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o‘ldirgan voyaga yetmaganlar bundan mustasno;
Voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi komissiya voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan quyidagi ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llashi mumkin:

  1. voyaga yetmaganga jabrlanuvchidan uzr so‘rash majburiyatini yuklash to‘g‘risida tuman (shahar) sudiga taqdimnoma kiritishi;

  2. ogohlantirib qo‘yishi;

  3. 15 yoshga to'lgan voyaga yetmagan shaxs zimmasiga, agar u mustaqil ish haqiga ega bo‘lsa va zarar miqdori belgilangan eng kam oylik ish haqidan ortiq bo‘lmasa, moddiy zaraming o'mini qoplash yoki uni bartaraf etish majburiyatini yuklashi yoki belgilangan eng kam oylik ish haqidan ortiq bo‘lmagan moddiy zarami o‘z mehnati bilan qoplash majburiyatini yuklashi;

  4. 16 yoshga to‘lgan va mustaqil ish haqiga ega bo‘lgan voyaga yetmagan shaxsga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida, Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat hokimiyati va boshqaruvining oliy organlari chiqargan hujjatlarda, viloyatlar va Toshkent shahar davlat boshqamvi organlari qarorlarida ko‘zda tutilgan hollarda va miqdorlarda jarima solishi;

  5. voyaga yetmagan shaxsni o‘z ota-onasi yoki ular o‘mini bosuvchi shaxslar yoxud jamoat tarbiyachilari nazoratiga, shuningdek ulaming roziligi bilan mehnat jamoasi yoki jamoat tashkiloti kuzatuviga topshirishi;

  1. voyaga yetmagan shaxs jamiyat uchun xavfli xatti-harakatlar qilgan yoki ijtimoiy axloq qoidalarini qasddan va muntazam ravishda buzib kelgan taqdirda komissiya ichki ishlar organlari bilan birgalikda voyaga yetmaganni maxsus o‘quv-tarbiya muassasasiga yuborish masalasini ko‘rib chiqishni suddan iltimos qiladi. llyoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxs maxsus maktab-intematga yuborilishi, 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxs esa maxsus kasb-hunar kollejiga yuborilishi mumkin.

Har bir aniq holat bo‘yicha qabul qilingan ta’sir choralari to‘g‘risida komissiyalar voyaga yetmaganning yashash, o‘qish yoki ish joyi bo‘yicha huquqni buzishlaming oldini olish bo‘linmalari tomonidan voyaga yetmaganlaming oldini olish ishlarini ta’minlash uchun ichki ishlar organlarining tegishli hududiy organlarini xabardor qilishga majburdir. Ta’sir ko'rsatish choralari qo‘llanilayotganida tuman (shahar) komissiyasi huquqbuzarlik holatining xususiyatini va sabablarini, voyaga yetmagan shaxsning yoshini va uning hayot tarzi, oilaviy sharoitlarini, uning huquqbuzarlik qilishda qay darajada ishtirok etganligini, shuningdek, uning turmushdagi, maktabdagi va ishdagi xulq-atvorini, albatta, hisobga olishi lozim.
Komissiyaning voyaga yetmaganlar shaxsini ogohlantirish to‘g‘risidagi qarori bir yil mobaynida amal qiladi. Bashafti ta’sir ko‘rsatish chorasi qo‘llanilgan voyaga yetmagan shaxs ana shu muddat ichida yangi huquqbuzarlik sodir etmasa, ta’sir ko‘rsatish chorasi tugallangan deb hisoblanadi. Ta’sir ko‘rsatish chorasini qoTlagan komissiya o‘z qaroriga binoan, basharti ana shunday ta’sir ko‘rsatish chorasi qoTlanilgan voyaga yetmagan shaxs namunali axloqi bilan o‘zining tuzalganligini ko‘rsatgan taqdirda, jazoni bir yil o‘tmasdan ham olib tashlashi mumkin.
Komissiyaning voyaga yetmagan shaxsni o‘z ota-onasi, ular o‘mini bosuvchi shaxslar yoki jamoat tarbiyachilari nazoratiga yoxud mehnat to‘g‘risidagi kodeksida, QoraqalpogTston Respublikasining davlat hokimiyati va boshqaruvining oliy organlari chiqargan hujjatlarda, viloyatlar va Toshkent shahar davlat boshqamvi organlari qarorlarida ko‘zda tutilgan hollarda va miqdorlarda jarima solishi;

  1. voyaga yetmagan shaxsni o‘z ota-onasi yoki ular o‘mini bosuvchi shaxslar yoxud jamoat tarbiyachilari nazoratiga, shuningdek ularning roziligi bilan mehnat jamoasi yoki jamoat tashkiloti kuzatuviga topshirishi;

5) voyaga yetmagan shaxs jamiyat uchun xavfli xatti-harakatlar qilgan yoki ijtimoiy axloq qoidalarini qasddan va muntazam ravishda buzib kelgan taqdirda komissiya ichki ishlar organlari bilan birgalikda voyaga yetmaganni maxsus o‘quv-tarbiya muassasasiga yuborish masalasini ko‘rib chiqishni suddan iltimos qiladi. 11 yoshdan 14 yoshgacha boTgan voyaga yetmagan shaxs maxsus maktab-ihtematga yuborilishi, 14 yoshdan 18 yoshgacha boTgan voyaga yetmagan shaxs esa maxsus kasb-hunar kollejiga yuborilishi mumkin.
Har bir aniq holat bo‘yichh qabul qilingan ta’sir choralari to‘g‘risida komissiyalar voyaga yetmaganning yashash, o‘qish yoki ish joyi bo‘yicha huquqni buzishlaming oldini olish boTinmalari tomonidan voyaga yetmaganlaming oldini olish ishlarini ta’minlash uchun ichki ishlar organlarining tegishli hududiy organlarini xabardor qilishga majburdir. Ta’sir ko'rsatish choralari qoTlanilayotganida tuman (shahar) komissiyasi huquqbuzarlik holatining xususiyatini va sabablarini, voyaga yetmagan shaxsning yoshini va uning hayot tarzi, oilaviy sharoitlarini, uning huquqbuzarlik qilishda qay darajada ishtirok etganligini, shuningdek, uning turmushdagi, maktabdagi va ishdagi xulq-atvorini, albatta, hisobga olishi lozim.
Komissiyaning voyaga yetmaganlar shaxsini ogohlantirish to‘g‘risidagi qarori bir yil mobaynida amal qiladi. Basharti ta’sir ko‘rsatish chorasi qoTlanilgan voyaga yetmagan shaxs ana shu muddat ichida yangi huquqbuzarlik sodir etmasa, ta’sir ko‘rsatish chorasi tugallangan deb hisoblanadi. Ta’sir ko‘rsatish chorasini qoTlagan komissiya o‘z qaroriga binoan, basharti ana shunday ta’sir ko‘rsatish chorasi qoTlanilgan voyaga yetmagan shaxs namunali axloqi bilan o‘zining tuzalganligini ko‘rsatgan taqdirda, jazoni bir yii o‘tmasdan ham olib tashlashi mumkin.
Tarbiya koloniyasidan ozod boTib qaytgan voyaga yetmagan shaxs istiqomat qilayotgan joydagi komissiya mazkur shaxs 18 yoshga yetgunga qadar uni ishga yoki o‘qishga joylashtirish choralarini ko‘radi va uning axloqini nazorat qilib boradii
Ozod boTgan voyaga yetmagan shaxsning o‘z ota-onasi yoki ular o‘mini bosuvchi shaxslar huzuriga qaytishiga ulaming yo‘qligi yoxud ota-onalik huquqidan yo vasiylik huquqidan mahrum etilganligi munosabati bilan imkon boTmasa, ozod boTgan ana shu voyaga yetmagan shaxsning ilgari yashab kelgan joyidagi komi$siya koloniya ma’muriyatining taqdimi bilan uni ixtisosiga muvofiq keladigan ishga yoki o‘qishga joylashtirish, shuningdek unga tegishli uy-joy bilan ta’minlash va maishiy sharoitlar yaratib berish choralarini ko'radi.
Tarbiya koloniyasidan ozod boTgan voyaga yetmagan shaxsni tarbiyasi nuqtai-nazaridan ilgarigi istiqomat joyiga yuborish maqsadga muvofiq emas, deb topilgan favqulodda hollarda uni ishga joylashtirish koloniya ma’muriyatining taqdimi bilan shu tarbiya koloniyasi joylashgan komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Komissiya koloniyadan ozod boTgan voyaga yetmagan shaxsni u yordam so‘rab murojaat qilgan kundan boshlab 10 kun muddatdan kechiktirmay ishga yoki o'qishga joylashtirish masalasini hal qilishi shart.

  1. MAVZU: AXLOQI BUZILGAN O‘SMIRLAR BILAN PROFILAKTIK ISHLAR OLIB BORISH

Har qanday davlatning kelajagi undagi yosh avlodning tarbiyasi, ta’lim olishi, salohiyati, sog‘lig‘i bilan bog‘liqdir. Shu tufayli O‘zbekistonda ham yosh barkamol avlodni tarbiya qilishga katta e’tibor berilmoqda. Yoshlami sog‘lom, barkamol bo‘lib tarbiya olishlari, o‘sib- ulg‘ayishlariga sharoit yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan bir qancha qarorlar, Oliy Majlis tomonidan qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar albatta O‘zbekistonda yosh barkamol avlodni tarbiyalash, ulami moddiy va ma’naviy qo‘llab quwatlash, yordamga muhtoj yoshlami davlat himoyasiga olishiga va ulami jamiyat uchun kerakli insonlar qilib tarbiyalashga qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi hamda qonunlarida yosh avlodning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, huquqiy manfaatlarini kafolatlash uchun shart-sharoitlami yaratish davlat faoliyatining ustuvor yo‘nalishi ekanligi belgilangan.
Mamlakatimizdagi barcha davlat va jamoat tashkilotlarining, jumladan voyaga yetmaganlar muammolari bilan shug‘ullanuvchi idoralaming amaldagi tuzulmalari o‘zgartirilib, yangidan shakllantirilmoqda.
Voyaga yetmaganlar deb, Konstitusiya va boshqa qonunlarda ko‘rsatilgan fuqarolaming huquq va majburiyatlarini bajarish uchun belgilangan yoshga to‘lmagan shaxslar nazarda tutiladi. Bu toifadagi jinoyat ishlarini yuritish qonunning alohida bobida ko‘rsatilgan, chunki ularga nisbatan o‘zga meyorlar qo‘llaniladi. Voyaga yetmaganlaming jinoyat ishlarini yuritishda ulaming ijtimoiy-mhiy holatlarini hisobga olish e’tiborga molikdir.
Voyaga yetmaganlar tomonidan qonun buzilish hollarini keltirib chiqarayotgan sabablami aniqlash va o‘z vaqtida bartaraf etish, ulaming manfaatlarini himoyasini ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari prokuratura idoralarining eng muhim vazifalaridan biridir.
Hokimliklar tarkibidagi voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi komissiyalar va ichki ishlar bo‘limlari nozirliklari faoliyatida qonunchilikka rioya qilinishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish, ular faoliyatiga ko‘maklashish, qonuniy yo‘l-yo‘riqlar berish, birgalikda tadbirlar tashkil etish, bolalar va o‘smirlarga nisbatan ma’muriy va boshqa ta’sir choralari ko‘rish hamda profilaktik ro‘yxatga olish haqidagi qarorlaming asosliligi, voyaga yetmaganlami ichki ishlar idoralariga olib kelish va hisobga olinishining qonuniyligini buyruq buyicha har chorakda kamida bir marta tekshirib turilishi kerak.
Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklaming profilaktikasi - voyaga yetmaganlaming nazoratsizligi, qarovsizligiga, ular tomonidan huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilishiga imkon beradigan sabablar va shart- sharoitlami aniqlash hamda bartaraf etishga qaratilgan, yakka tartibdagi profilaktika ishi bilan birgalikda amalga oshiriladigan ijtimoiy, huquqiy, tibbiy va boshqa chora-tadbirlar tizimidir.
Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklaming profilaktikasiga doir faoliyatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Voyaga yetmaganlar nazoratsizligi, qarovsizligi, ular tomonidan huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, ularga imkon beradigan sabablar va shart-sharoitlami aniqlash hamda bartaraf etish;
voyaga yetmaganlaming huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash;
voyaga yetmaganlarda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini shakllantirish;
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga yetmaganlar va oilalami ijtimoiy-
pedagogik reabilitatsiya qilish;
voyaga yetmaganlami huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlami sodir qilishga jalb etish hollarini aniqlash va ularga barham berish.
Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklaming profilaktikasiga doir faoliyatning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
insonparvarlik;
tizimlilik;
oilani qo‘llab-quwatlash va u bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga yetmaganlaming tarbiyasiga yakka tartibda yondashish.
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek fuqarolar:
prokuratura organlarini - voyaga yetmaganlaming huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida;
voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalami - voyaga yetmaganlaming huquqlari, erkinliklari vaqonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida, shuningdek voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklaming profilaktikasini amalga oshimvchi organlar hamda muassasalar faoliyatida yo‘lqo‘yilgan kamchiliklar to‘g‘risida;
vasiylik vahomiylik organlarini - yetim bolalar, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoxud hayoti yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘diradigan yoxud ta’minlash, tarbiyalash va ta’lim berish talablariga javob bermaydigan sharoitda bo‘lgan bolalar to‘g‘risida;
fuqarolaming o‘zini o‘zi boshqarish organlarini - ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lganhamda davlatning ijtimoiy yordamiga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmaganlar va oilalar aniqlanganligi to‘g‘risida;
ichki ishlar organlarini - ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga yetmaganlar va oilalar, huquqbuzarliklar yoki boshqa g'ayriijtimoiy xatti-harakatlami sodir etgan voyaga yetmaganlar to‘g‘risida, shuningdek voyaga yetmaganlami huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlami sodir etishga jalb qilayotgan yoxud ularga nisbatan boshqa g‘ayrihuquqiy qilmishlar sodir etayotgan ota-onalar va o‘zga shaxslar haqida;
sog'liqni saqlashni boshqarish organlari va sog'liqni saqlash muassasalarini - muntazam ravishda spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga ta’sir etuvchi boshqa moddalami iste’mol qilishi oqibatida tibbiy tekshimvga, kuzatuvga yoki davolanishga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmaganlar to‘g‘risida;
ta'limni boshqarish organlari va ta'lim muassasalarini - ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarini yoki boshqa bolalar muassasalarini o‘zboshimchalik bilan tark etgan yoxud ta’lim muassasalaridagi mashg‘ulotlarga uzrli sabablarsiz kelmayotgan yoki muntazam ravishda qatnashmayotgan hamda davlatning ijtimoiy yordamiga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmaganlar to‘g‘risida zudlik bilan xabardor qiladi.
Ota-ona yoki ota-ona o‘mini bosuvchi shaxslar bolalarini ta'minlash, tarbiyalash va ularga ta’lim berish bo‘yicha majburiyatlarini bajara borib, ulaming xavfsizligini, hayoti va sog‘lig‘i muhofaza qilinishini, nazoratsizligi va huquqbuzarliklarining profilaktikasini ta’minlash maqsadida:
ta'lim muassasalarida o‘qiyotgan voyaga yetmaganlaming o‘qish vaqtida restoranlar, kafelar, barlar, klublar, diskotekalar, kinoteatrlar, kompyuter zallari, Intemet tarmog‘idan foydalanish xizmatlarini ko‘rsatish uchun jihozlangan xonalarda yoxud boshqa ko'ngilochar (dam olish) joylarda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, bundan mazkur muassasalarda ta’lim faoliyati yoki ta’lim muassasasi tomonidan o‘tkaziladigan tadbir doirasida bo‘lishi mustasno;
voyaga yetmaganlaming spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql- iroda faoliyatiga ta’sir etuvchi boshqa moddalami iste'mol qilishiga, chekishiga yo‘l qo'ymaslik; voyaga yetmaganlaming huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar
sodir etishiga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini ko‘radi.
Ota-ona yoki ota-ona o‘mini bosuvchi shaxslar voyaga yetmaganlaming restoranlar, kafelar, barlar, klublar, diskotekalar, kinoteatrlar, kompyuter zallari, Intemet tarmog‘idan foydalanish xizmatlarini ko‘rsatish uchun jihozlangan xonalarda yoxud boshqa ko‘ngilochar (dam olish) joylarda tungi vaqtda ulardan birining kuzatuvisiz bo‘lishiga yo‘l qo'ymaslik chora- tadbirlarini ko‘radi.
Ota-ona farzandini ruhiy-jismoniy, ma’naviy- axloqiy hamda aqliy sog‘lom voyaga yetishini astoyidil istaydi. Bolani kelajakda qanday kasb egasi bo‘lishi ham ota-onani befarq qoldirmaydi. Boladagi xohish-istaklaming shakllanishi va o‘sishi , qaysidir ma’noda undagi fazilatlaming nish ura boshlashidan darak beradi. Ayni paytda ota- ona o‘z farzandining bo‘y - basti , chiroyi, aql - zakovati hamda boshqa xususiyatlarini tengqurlari bilan o'ynashi va muloqotda bo‘lishi sharoitida qiyoslaydi. Ammo, bola o‘zi haqida qanday fikrda va o‘z- o‘zini qay darajada anglaydi? O‘zining faoliyatiga to‘g‘ri baho bera oladimi? degan savol nafaqat ota-onani, balki o‘qituvchilami ham befarq qoldirmasligi lozim.
O‘quvchini oilada, maktabda eshitgani , ko‘rgani bilan hayotda eshitgani va ko‘rgani bir-biriga to‘g‘ri kelmasa yoki bir-birini to‘ldirmasa , bilingki oila va maktabda berilgan tarbiyaga ishonch yo‘qola boshlaydi. Haqiqat qiyoslashda yuzaga chiqadi degan gap bor. Ammo tarbiyada qiyosiy tahlil metodining o‘mi talablar darajasida emas desak o‘rinli bo‘ladi. Aksariyat muallimlar bolaga “Falonchini qaragin qanday yaxshi o‘qiyapdi”, “ Falonchi dars qoldirmaydi, aytganingni bajaradi, senga nima bo‘ldi?“, “Oynaga bir qaragin , aftingni qandayligini ko‘rasan , bet va bo‘yinlaring ham yuviqsiz, kir, kiygan kiyimingni qara, umuman dazmol ko'rmagan “kabi tanbehlami tez-tez berishadi.
O‘z navbatida oilada ham bolani kamsituvchi (landavur , lapashang, isqirt, xomkalla, oshqavoq kabi) so‘zlar aytilsa , kesatiq gaplarbilan jismoniy jazolash tez - tezbo‘lib tursa , bola qo‘rqoq va o‘z kuchi hamda imkoniyatlariga ishonmaydigan bo‘lib qoladi. Bola begonalar oldida uyaltirilsa yoki jismonan jazolansa, o‘ziga nisbatan bo‘layotgan hurmatsizlikdan qattiq eziladi. Dilidagini tiliga chiqara olmay xo‘rlanadi.Bolada ota-onaga nisbatan emotsional sovuqlik paydo bo‘ladi.
Farzandga bo‘lgan munosabat jihatidan avtoritar, liberal va demokratik yondashuvchi ota- onalar farqlanadi. O‘qituvchi- tarbiyachilar misolida ham shunday xulosaga kelish mumkin. Yuqorida biz ko‘rib o‘tgan munosabatlar aytilgan avtoritar munosabatlarga kiradi. Qiyosiy tahlil nuqtai nazaridan qaraladigan bo‘lsa, metod sifatida bu jarayonning ilmiy mohiyati pedagogikada atroflicha o‘rganilmagan . Chunki, oilada er - xotin munosabati ham avtoritar yo‘sinda bo‘lsa, uning nuqsi albatta farzandlarga ko‘chadi. Bolani erkalatish, mehr berish, ko‘ngliga qarash, uni himoya qilish, u bilan maslahatlashish, liberal va demokratik yondashuvli oilalarda ko‘zga tashlanadi. Bunday oilalarda ko‘proq o‘zaro kelishuvchilikga yo‘l qo‘yiladi. Bolaning ozgina yutug‘ini ko‘rib ota - ona suyunadi, uni rag‘batlantiradi. Boladagi yuzaga chiqishi mumkin bo'lgan imkoniyatlarga tegishli sharoit yaratib beradi. Ammo, bu yondashuvlarga xos kamchilliklar bola ehtiyojlarini ko‘proq, ba’zan ortiqcha qondirilishida ko‘zga tashlansa, ba’zan bolaga keragidan ziyod erkinlik berish hamda o‘z holiga tashlab qo‘yish kabi holatlarda kuzatiladi. Yana bir jihat shulki, bu jarayonda bola “o‘zim bilaman” deb , o‘z kuchiga ko‘proq ishonib, tajribasizligi tufayli o‘zi va ota - onasini qiyin ahvolga solib qofyishi mumkin. Nima bo‘lganda ham bolani o‘ziga xos imkoniyatlarini ota - ona va muallim bilgan holda , uni qo‘lidan kelmaydigan, qurbi yetmaydigan topshiriqlami bermasligi kerak.
Avtoritar yondashuvdagi oilada bola uchun ko‘proq “ bilmayman”, “ xabarim yo‘q” , “xohlamayman “, “ bajara olmayman “ , “ qo'limdan kelmaydi” , “bormayman”, “ qo'rqaman” kabi himoya reaksiyalarining kelib chiqishiga zamin yaratiladi. Bola o‘zini ehtiyot qilish maqsadida ba’zan yolg‘on gaplar ham ishlata boshlaydi. Chunki, bola yolg'onni ko‘proq ota -onasidan , atrof - muhitdan o‘rganadi. Endigi tarbiyaviy jarayonda ota-ona bolani tobora o‘zidan uzoqlashib borayotganini kuzatadi. Haqiqat qanchalik achchiq va yoqimsiz bo‘lmasin , baribir yolg‘ondan yaxshida .Bu o‘rinda aksariyat ota -ona xatosini tushunib yetsada, bo‘yniga olgisi kelmaydi. “Men; ota -onaman, farzand meniki, farzandim men kutgandek bo‘lishi lozim”, - degan fikrda qolishadi.Bolani taqqoslab tarbiyalash o‘rinli emasligini xar doim xam tushunib yetishmaydi. Chunki, bolani o‘zidan kuchli, doim muvaffaqiyat qozonadigan tengdoshi bilan qiyoslashsa, bola kamgap va tortinchoq, o‘z-o‘ziga nisbatan ishonchsizlik kayfiyatida o‘sadi. Hatto sinfdoshlari bilan bo'ladigan muloqotda ham qiynaladi. Bunday holatda tengqurlari uning ustidan kulishi, hatto kamsitishi ham mumkin. Oila va maktabda bolaning kuchli jihatlari aytilib, o‘rinli maqtalsa, bolada o‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonch ortadi. Unda ichki xotiijamlikpaydo bo‘ladi.Bola o‘ziga qanday munosabatda bo‘lsa, atrofdagilar ham unga shunday munosabatda bo‘lishadi.
Har bir bola shaxs sifatida o‘zining xulq-atvori, aqliy potensiali, qobiliyati, ruhiy- jismoniy kuch-quwatiga ega. Shu ma’noda bola o‘zining kamsitilishi yoki past baholanishini istamaydi. Ammo, maktabda tarbiyaviy darslarda ibrat-namuna metodiga muvofiq boshqa o‘quvchilarni qanday qilib a’lochilar safiga ko‘tarilganligini, uning asosida izlanish, mutolaa yotganligini va a’lochilar safiga qo‘shilish uchun qanday tavsiyalar kerakligi, mutaxassis tomonidan aytib o‘tilsa, bolaga o‘rgatilsa, uning ta’sir kuchi boshqacha bo‘ladi. Bolalami nimanidir olishga va xulosa chiqarishiga asos bo‘ladi. Ammo, sinfda hammani baravar jazolab yoki rag‘batlantirib bo‘lmaydi. Bu holda tarbiyaning ta'sir kuchi ham bo‘lmaydi. Ayniqsa,sust o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar yoki tartib -qoidani buzadigan bola birinchi galda “ muallim hammaga teng gapiradiku yoki hammani barobar jazoladiku, menga nima”, degan xulosaga keladi.
“Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huqukbuzarliklaming profilaktikasi to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasining qonunida ( 2010 y. 28 avg.) nazoratsiz- ota -ona yoki ota —ona o‘mini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmaganni ta'minlash, tarbiyalash va unga ta’lim berish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishidan bo‘yin tovlaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik oqibatida xulq - atvori nazoratsiz qolgan voyaga yetmagan; Qarovsiz - aniq yashash joyi bo lmagan nazoratsiz qolgan voyaga yetmagan;
Yuqoridagi sifatlarga ega o‘quvchilami “ tarbiyasi og ir deb aytishga hali erta. Balog'at yoshining o‘ziga xos ruhiy- fiziologik xususiyatlari ta'sirida bola atrofga ko‘proq tanqidiy ko‘z bilan qarovchi, izzat talab, o'zini kattalardek tutishga harakat qiluvchi, ancha - muncha to‘g‘ri gaplami “ menga aytilayotgan nasihat” deb qarovchi , o‘zini ko‘p narsani biladigan, o‘z kuchi qudratiga ortiqcha ishonadigan , ammo oyoq ostiga qarab ish yuntuvchi, istiqbolni ko‘p ham o‘ylab o‘tirmaydigan yosh davri hisoblanib, bunda Ota- ona va pedagoglami hamkorlikda, kelishib faoliyat olib borishlari talab etiladi. Ayniqsa, Ota- onalar bu sohada o‘ziga xos pedagogik bilim va tajribaga ega bo'lishlari lozim. Bola bilan buyruq ohangida emas, ko‘proq maslahat ohangida , ota- ona ham, o‘qituvchi ham o‘ziga yaqin olib muloqatda bo‘lishlari maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ushbu qonunnig 3- moddasida voyaga yetmagan - o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxs;-ekanligi ko‘rsatib qo‘yilgan. Shunday ekan, bu yosh davri ayni paytda bola hisoblanib, mustaqil fikri, bilimi, hayot tajribasi ham shakllanish bosqichida ekanligi nazarda tutiladi.Xulq - atvori pedagogik - psixologik nazoratni talab etadigan o‘quvchilar toifasini tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish orqali nazoratsizlik va qarovsizlikdan qaytarib qolish mumkin. Oilada va maktabda bolaning tarbiyasiga bir oz bo‘lsada e’tiborsizlik bilan qarash bolani bema'ni xatti -harakatlar qilishiga olib kelishini unutmaslik lozim.
Demak, bema’ni bolalami xam “qarovsiz qolib ketgan” yoki “tarbiyasi ogir “demaslik maqsadga muvofiq hisoblanadi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida “bema’ni” so‘zi odob-qoida doirasidan tashqari; ma’nosi, mazmuni yo‘q; bo‘lmag‘ur; nojo‘ya ; kabi ma'nolami anglatishi keltirilgan Ba’zan “ bema’nida nama’ni” so‘zining ishlatilishi ham bejiz emasligiga e'tibor bersa bo‘ladi.

  1. MAVZU: VOYAGA YETMAGAN SHAXSNIJINOYATNING SUBYEKTI DEB TOPISHNING ZARURIY BELGISI

Jinoyat huquqi nazariyasiga ko‘ra har qanday ijtimoiy xavfli qilmish sodir qilgan, qonunda belgilangan yoshga yetgan va aqli raso jismoniy shaxslar jinoyatning subyekti bo‘ladi.
Jinoyat subyekti jinoyat tarkibining zaruriy elementidir, ya’ni jinoyat sodir qilgan shaxs bo‘lmasa, o‘z-o‘zidan jinoyat ham bo‘lmaydi.
Jinoyat subyektining asosiy belgilaridan yana biri qonunda belgilangan yosh bo‘lib, muayyan yoshga to‘lgan shaxslargina jinoiy javobgarlikka tortiladi. So‘zsiz insonda ma’lum yoshga yetgandan keyingina atrofdagi vokealami qabul qilishi, o‘z harakatlariga to‘g‘ri baho berishi va o‘z xohishini kerakli yo‘nalishga yo‘naltira olish qobiliyati shakllanadi. Inson ma'lum bir yoshga yetgandan keyin muayyan bir jinoyat qonuni bilan man qilingan harakatlar uchun javobgarlik yuzaga kelishini to‘g‘ri anglay oladi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 17-moddasiga muvofik 16 yoshga to‘lgan, aqli raso shaxslar jinoyatning subyekti hisoblanadilar. Bu yoshda usmir har bir vokeani to‘g‘ri kabul kiladi, uning dunyokarashi va huquqiy fikrlashi shu darajaga yetadiki, u o‘z qilmishining xavfli ekanligini to‘g‘ri baholay oladi. Birok, ba'zi bir alohida jinoyatlar uchun qonunda javobgarlik yoshi 14 yosh deb belgilangan.
Javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatda qasddan odam o‘ldirish uchun esa 13 yosh belgilangan (97-moddaning 2-qismi).
Jinoyatchi shaxsi - awalo jinoyat subyektining shaxsidir. Jinoyat qonunchiligiga binoan jinoyat subyekti uni aynan subyekt deb topish uchun zarur ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi lozim. Bunday ko‘rsatkichlar uchta: jismoniy shaxs (jahonning ba’zi bir mamlakatlarida yuridik shaxslami ham jinoyat subyekti deb topish imkoniyati nazarda tutilganki, bunga qo'shilish qiyin), shaxsning muayyan yoshga toTganligi (MDHning bir qancha mamlakatlari qonunchiligiga ko‘ra 14, 16, 18 yosh, jahonning ba’zi bir mamlakatlari jinoyat kodekslariga binoan esa - bundan ham kichikroq yosh) va aqli rasolik.
Ammo jinoyatchi shaxsini tavsiflash uchun jinoyat subyekti-ning faqat jinoyat-huquqiy belgilari yetarli emas. Muayyan subyektning jinoyat sodir etishi faqat jinoyat sodir etgan odam shaxsi mavjudligini e’tirof etish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Jinoyat subyektining shaxsi odamning asosan jinoiy xulq-atvor xususiyatlari bilan bog‘liq boTgan boshqa har xil ko‘rsatkichlarini ham qamrab oladi. Jinoiy xulq-atvor eng avvalo odamni qurshagan borliq, muhit bilan belgilanadi. Lekin, ayni vaqtda, u shaxsning muayyan mayllari, intilishlari, xulq-atvor motivlari va maqsadlarini ham aks ettiradi. Tabiiyki, odamga qanday salbiy xususiyatlar xos boTmasin, agar u jinoyat sodir etmagan boTsa, uni jinoyatchi deb hisoblash mumkin emas.
Jinoyat sodir etganlik holati muayyan odamni g‘ayriijtimoiy shaxs sifatida tavsiflaydi, lekin uning mazmun-mohiyatini to‘liq tushuntirib bermaydi.
Jinoyatchi shaxsini to‘laqonli tavsiflash va baholash uchun uning ham ijobiy, ham salbiy xulq-atvorini belgilovchi barcha xislatlari va xususiyatlarini, unga xos bo‘lgan barcha xislatlar tizimida ijtimoiy salbiy xossalar ulushini hisobga olish zarur.
Ijtimoiy borliq hodisasi sifatida, jinoyatchilik ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qilgan shaxslaming o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Har bir muayyan jinoiy harakat ana shu xususiyatlami aks ettiradi. Pirovardida jinoiy qilmish sodir etgan shaxsda uning ijtimoiy munosabatlar - jinoiy tajovuz obyektiga salbiy munosabatini belgilovchi dunyoqarashi ham o‘z aksini topadi.
Jinoyat subyektining shaxsi uch darajada: jinoyatchi shaxsi umumiy tushunchasi nuqtai nazaridan, har xil toifaga mansub jinoyatchilaming belgilarini aniqlash nuqtai nazaridan va muayyan jinoyat sodir etgan shaxs (masalan, o‘g‘rilik, odam o‘ldirish, nomusga tegish, avtomobilni olib qochish va hokazo jinoyatlar sodir etuvchi shaxslar) darajasida o‘rganilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligiga muvofiq voyaga yetmagan shaxsni jinoyat qilishga jalb etish jinoyatining subyekti 18 yoshga to‘lgan har qanday aqli raso jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin. Subyektni tavsiflovchi belgilar, jinoyat subyekti tavsifi bilan bog‘liq muammolar har doim tadqiqotchilar markazidadir. Chunki ular jinoiy javobgarlik asoslarini belgilash va qilmishning jazoga sazovorligini aniqlash bilan uzviy aloqadordir. Jinoyat subyekti jinoyat tarkibining bir qismi bo‘lib alohida o‘rganishni taqozo etadi.
Voyaga yetmagan shaxsni jinoyat qilishga jalb etganlik uchun faqat 18 yoshga to‘lgan aqli raso jismoniy shaxs jinoyatning subyekti bo‘lishi mumkin. Bunda yosh chegarasi qoidasiga asosan aybdoming 18 yoshga to‘lganligini aniqlash muhim ahamiyatga ega, chunki shaxs qonunda belgilangan yoshga yetmay turib jinoyat sodir etgan bo‘lsa, bu holda u jinoyat subyekti hisoblanmaydi va jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas. JKning 1994 yil 22 sentabrda qabul qilinganida ushbu jinoyatning subyekt yoshini 18 yoshdan belgilangan edi.
Jinoyat qonuni yosh tushunchasini aks ettimvchi maxsus normaga ega emas. U faqat, shaxs jinoyat sodir etganda, jinoiy javobgarlikni vujudga keltiruvchi yosh chegaralarini ko‘rsatadi.
Ayni vaqtda, shuni e’tiborda tutish kerakki, shaxs tug‘ilgan kunidan boshlab emas, balki tug‘ilgan kuni o‘tganidan so‘ng, ya’ni ertasi kunning nol soatidan boshlab jinoyat uchun javobgarlik boshlanadigan yoshga to‘lgan deb hisoblanadi.
Bugungi kunda voyaga yetmagan shaxsning boshqa bir voyaga yetmagan shaxsni jinoyat qilishga jalb etishi jinoyatda ishtirokchilik sifatida baholanishi mumkin. Bunda agar jinoyat qilishga jalb etilayotgan shaxs jinoiy javobgarlik yoshiga yetgan bo‘lsa, jinoyat qilishga jalb etuvchi voyaga yetmagan shaxs jinoyatni sodir etishda ishtirok etmasa, tashkilotchi yoki dalolatchi sifatida namoyon bo‘ladi; agar jalb etilgan shaxs jinoiy javobgarlik yoshiga yetmagan bo‘lsa yoki aqli noraso shaxs bo‘lsa yoxud jalb etuvchi shaxs o‘zi xam bevosita jinoyatda ishtirok etsa bajaruvchi sifatida namoyon bo‘ladi.
Kriminologik tadqiqotlaming ko‘rsatishicha 57,9% jalb etuvchi va jalb etilayotgan voyaga yetmagan shaxsning yoshi o‘rtasidagi farq 5 yildan ortmaydi. Ko‘p hollarda jalb etuvchi shaxs va jinoyatga jalb etilgan voyaga yetmagan shaxsning madaniyati, ma’lumoti va rivojlanish darajasi o‘rtasida sezilarli farqlar mavjud emas.
Bir qator davlatlar, shu jumladan, Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, sodir etilgan qilmish va jinoyatchining shaxsini inobatga olgan holda sud 18 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga nisbatan voyaga yetmaganlar jinoiy javobgarligi xususiyatlari bobida keltirilgan qoidalami qo‘llashi mumkin. Bu holatda biz tahlil etayotgan jinoyat borasida Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksiga muvofiq (90-, 92-moddalar) voyaga yetmagan shaxsni va’da berish, aldash, tahdid yoki boshqa usulda jinoyat qilishga jalb etgan 18- 20 yosh oralig‘ida bo‘lgan shaxslar, bu jinoyatni ilk bor sodir etgan bo‘lsalar jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin, takroran sodir etilganda, agar tarbiyaviy ta’sir choralari bilan ulami axloqan tuzatish imkoni mavjud bo‘lsa jazodan ozod etilishi mumkin.
Har bir jinoyatning subyektiv belgilari sifatida jinoyat subyekti va subyektiv tomonini tavsiflovchi belgilari tushuniladi. Jinoyatni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish sodir etilgan jinoyatning barcha belgilarini to‘g‘ri aniqlashni taqozo etadi, bunda subyektiv tomon belgilarini aniqlashda muayyan qiyinchiliklar yuzaga keladi. Zero subyektiv tomon jinoyatning mhiy mazmunini ta'riflab, u jinoyat tashqi ko‘rinishi, ya’ni obyektiv tomoni bilan chambarchas bog‘langan. Agar jinoyatning obyektiv tomoni - bu tashqi ko‘rinishi bo‘lsa, subyektiv tomoni esa, teskarisi - ichki mazmuni bo‘ladi.
Subyektiv tomon o‘zida jinoyat tarkibining muhim elementini ifodalaydi. Subyektiv tomonning yo‘qligi esa, qilmishni jinoyat sifatida tan olinishini istisno etadi, subyektiv tomnning to‘g‘ri belgilanishi esa, aybdoming xatti-harakatlari to‘g‘ri va asosli kvalifikatsiya qilinishini ta'minlaydi. Umumiy qoidaga ko‘ra, jinoyatning subyektiv tomoni deyilganda, «aybdoming aybi, motivi, maqsadi va hislarida ifodalangan uning ongi va irodasida kechayotgan ichki mhiy jarayonlar»63 tushuniladi. Jinoyat obyektiv tomonining subyekt mhiyatidagi o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida, turli jinoyatlaming subyektiv tomoni bir-biridan farqli mazmunga va shaklga ega bo‘lishi mumkin64. Ayb shakli va uning mazmunini aniqlash huquqni muhofaza qiluvchi organlaming asosiy vazifasi bo‘lib, jinoyat va jinoyat protsessual huquqining ko‘plab prinsiplariga rioya etilishi, ana shu vazifaning nechog‘lik tugal va to‘g‘ri bajarilganligiga bog‘liqdir.
Jinoyat qonunchiligida aybdoming o‘z qilmishiga bo‘lgan ruhiy munosabati xarakteriga ko‘ra, jinoyat tarkibining subyektiv tomoni o‘z ichiga ayb, motiv, maqsad va his-tuyg‘u kabi belgilami oladi.
Voyaga yetmagan shaxsni jinoyatga jalb etish formal tarkibli jinoyat bo‘lganligi bois, jalb etishning oqibatlari jinoyatning obyektiv tomoniga kirmaydi va bundan kelib chiqadiki, jinoyatning subyektiv tomoni xususida so‘z borganda subyektning jinoyat oqibatiga bo‘lgan munosabati xususida to‘xtalib o‘tish talab etilmaydi, chunki jinoyatning subyektiv tomoni uning obyektiv tomoni bilan mutanosib bo‘lishi lozim. Boisi subyektiv tomon - bu, awalo, jinoyat obyektiv tomonining subyekt ongida aks etishidir.
Voyaga yetmagan shaxsni jlnoyat qilishga jalb etishda shaxs o'z harakatlarining ijtimoiy xavfliligini anglaganligi yoki anglamaganligi quyidagi me’zonlarga asosan aniqlanadi, ya’ni, birinchidan, jalb etilayotgan shaxsning yoshi bilan, ikkinchidan, jinoyat sodir etgan shaxs harakatlarining tavsifi; uchinchidan, voyaga yetmagan shaxs jalb etilayotgan harakatlar tavsifi bilan. Ushbu belgilar, aybdor shaxs ongida ifodalanib, JKning 127-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatning subyektiv tomonini tashkil etadi.
Yuqorida bayon etilganlarga asosan aytish mumkinki, aybdomi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 127-moddasi 3-qismi bilan javobgarlikka tortish uchun u jalb etilayotgan shaxsning 18 yoshga to‘lmaganligini bilishi talab etiladi.
Aybdor shaxs jinoyat qilishga jalb etilgan shaxsning 18 yoshga to‘lmaganligini anglaganligi yoki anglamaganligining tavsifi dastlabki tergov va sud muhokamasi davrida aniqlanishi lozim.
O‘rganilgan ishlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, ishni 127-modda 3-qismi bilan kvalifikatsiya qilishda sud va tergov organlari aksariyat holda aybdoming jalb etilayotgan shaxsning voyaga yetmaganligidan xabardor bo‘lganligiga asoslanadilar. Ushbu tavsiyaga asoslangan holda ko‘plab huquqshunos olimlar aybdomi jalb etilayotgan shaxs yoshini anglashning har qanday bosqichida javobgarlikka tortish mumkinligi xususida fikr bildirganlar.
2000 yil 15 sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining «Voyaga yetmaganlaming jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida»gi Qarorida ham ko‘rish mumkin va unga asosan —... agarda katta yoshdagi kishi shaxsni g'ayriijtimoiy xatti- harakatlarga jalb qilsayu, uning voyaga yetmaganligini bilmasa yoki bilishi mumkin bo‘lmasa, bu holda JKning 127-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortish mumkin emas, deyiladi.
Shuni alohida qayd etish joizki sud amaliyotida ham aybdor jinoyatga jalb etilayotgan shaxsning yoshini anglaganligini aniqlash masalasi turlicha hal etiladi. Aksariyat holatlarda sudlar aybdor shaxs jalb etilayotgan shaxsning yoshini aniq bilganligini emas, balki voyaga yetmagan shaxs ekanligidan xabardorligini aniqlash zarurligi fikrini yoqlaydilar.
Voyaga yetmagan shaxsni jinoyat qilishga jalb etishda aybdoming jalb etilayotgan shaxsning 18 yoshga to‘lmagan shaxs ekanligini bilishi jinoyat subyektiv tomonining zaruriy belgisi hisoblanadi. Oliy Sud Plenumining 2000 yil 15 sentabrdagi «Voyaga yetmaganlaming jinoyatlari haqidagi ishlar bo'yicha sud amaliyoti to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq, agarda katta yoshdagi kishi shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilsayu, uning voyaga yetmaganligini bilmasa yoki bilishi mumkin bo'lmasa, bu holda JKning 127-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortish mumkin emas deb ko‘rsatilgan qoidaga asosan uning qilmishini 127- modda 3-qismi bilan kvalifikatsiya qilib bo‘lmaydi. Biroq shuni qayd etish joizki jinoyat bu g‘ayriijtimoiy harakat emas, balki ijtimoiy xavfli qilmishdir. Bundan kelib chiqib, ayni plenumning 7 bandiga tegishli qo‘shimcha kiritgan holda —...agarda katta yoshdagi kishi shaxsni g‘ayriijtimoiy xatfi-harakatlar yoki jinoyat qilishga jalb qilsayu, uning voyaga yetmaganligini bilmasa yoki bilishi mumkin bo‘lmasa, bu holda JKning 127-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortish mumkin emas.

  1. MAVZU: VOYAGA YETMAGANLAR O‘RTASIDA NAZORATSIZLIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING PROFILAKTIKASINI AMALGA OSHIRUVCHI

ORGANLAR HAMDA MUASSASALAR VA ULARNING VAKOLATLARI
O‘zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklaming profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2010 yil 12 avgustda qabul qilingan, Senat tomonidan 2010 yil 28 avgustda ma’qullangan bo‘lib, Ushbu Qonunning maqsadi voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklaming profilaktikasi sohasidagi munosabatlami tartibga solishdan iborat.
Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklaming profilaktikasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklaming profilaktikasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: voyaga yetmagan — o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxs;

Download 297,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish