Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti


 O‟zbekiston Respublikasi Konstituts iyasida  m ustaqillik



Download 0,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana03.02.2020
Hajmi0,72 Mb.
#38598
1   2   3   4
Bog'liq
hanafiylik mazhabida huquqiy qarashlar


        2.2. O‟zbekiston Respublikasi Konstituts iyasida  m ustaqillik,  

                   Demokraтk va inson huquqlari uyg‟unligi  

  Mustaqil  О‗zbekiston  insoni yat  ruhining  ulug‗vorligi  va  aql 

ziyosining  ramzi,  umumbashariyat  tafakkurining  beshiklaridan  biri 

bо‗lmish  diyordir.  Mustaqil  О‗zbekiston-noyob  madaniyat  va  yuksak 

ma‘rifat,  Sharq  turmushi  falsafasi,  insonparvarlik  ruhi  bilan 

yо‗g‗rilgan  adabiyot  va  nafis  sanat  mamlakatidir.  Mustaqil 

О‗zbekistonning  buyuk  tarixi  va  hozirgi  zamoni  о‗zaro  uzviy  bog‗liq. 

Uning  aql-ziyo  va  ma‘naviy-tarixiy  salohiyati  jahon  hamjami yatida 

munosib о‗rin egallaydi. 

XX  asrning  sо‗nggi  о‗n  yilligi  jahon  tarixiga  ijtimoiy  dun -

yoqarashda,  shuningdek  jahon  hamjami yatining  jо‗g‗rofiy-siyosiy 

(geopolitik)  tuzili shida  tub  о‗zgarishlar  davri  bо‗lib  kirdi.  Bu 

davrning о‗ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: 

Birinchidanyer kurrasiningturli mintaqalarida milliy -ozodlik va 

mustaqillik  harakatlari  ku chayib  bordi.  Mazlum  xalqlarning  istiqlol, 

erk uchun kurashi asrning g‗o yasiga aylandi. Mustaqillik u chun kurash 

"XX  asrning  eng  asosiy,  eng  muhim  ijtimoiy-siyosiy  tamoyili  sifatida 

ajralib turadi". 


 

 

54 



Ikkinchidan

sotsialistik 

lagerning 

yemirilishi, 

totalitar 

tuzumlarning  tugatili shi  natijasida  yosh  mustaqil  davlatlar  paydo 

bо‗ldi. Yer yuzining oltidan bir qismida tub islohotlar bo shlandi. 

Uchinchidan

endilikda 

butun 

dunyo 


yagona 

va  о‗zaro 

bog‗liqdk.  Davlatlar  va  xalqlar  о‗rtasida  yaqinlashuv  jarayonlari  va 

hamkorlikning  kuchayishi,  yaxlit  siyosiy  va  iqtisodiy  makonlarning 

vujudga  kelishi,  yagona  xalqaro  meyorlar,  qoidalarga  о‗tish  yaqqol 

namoyon bо‗lmoqda.  



Tо„rtinchidan,  aqidaga  aylanib  qolgan  "kapitalistik  olam"  va 

"sotsialistik  olam"  tu shunchalari  о‗rtasida  chegara  qolmaganligi 

tufayli  siyosiy-aqvdaviy  mafkuralardan  xoli  bо‗lgan  yangi  erkin 

tafakkurni shakllantirish zarurati yuzaga keldi. 



Beshinchidan,  ijtimoiy  va  tarixiy  ananalarning  о‗ziga  xosligiga 

tayanadigan  shakl  va  usullarning  xilma -xilligi  e‘tirof  qilindi.  har 

qanday  mamlakat  uchun  birday  tavsiya  eti shi  mumkin  bо‗lgan 

taraqqiyot  modellari  va  yо‗llarining  yо‗qligi  aniq -ravshan  bо‗lib 

qoldi. 

Oltinchidan,  har  qanday  davlat  tarixiy,  ijtimoiy -iqtisodiy, 

milliy-ruxiy,  diniy-demografik,  tabiiy-iqlim  va  boshqa  sharoitlarni, 

mintaqalarning  obektiv  farqini  hisobga  olgan  holda  о‗z  taraqqi yot 

yо‗lidan borishi tan olindi.  

Sobiq  sovet  mustamlakachiligi  davrida  milliy  tariximiz  bilan 

xalqimizni 

tanishtira 

olmadik. 

Tariximizga 

bо‗lgan 


bunday 

munosabatning sabablari turli cha. 



Birinchidansobiq Ittifoq tarkibiga kirgan xalqlardan slav yanlar, 

birinchi  navbatda  rus  xalqi  tarixnni  о‗rganish  va  un ing  ijobiy 

tomonlarini  haddan  tashqari  bо‗rttirib  kо‗rsatish,  Sharq  xalqlari,  shu 

jumladan,  uzbek  xalqi  tarixini  kamsitish,  uning  о‗tmi shini  asosan 

"qora  bо‗yoq"larda  kо‗rsatishga,  ijobiy  tomonlari  haqida  og‗iz 

ochirmaslikka  harakat  qilish  asosiy  tamoyilga   aylangan  edi.  Bu  sovet 



 

 

55 



imperiyasi  davrida  barcha  ijtimoiy  fanlarda  keng  tarqalgan  va  muhim 

о‗rin olgan "ovrupotsentizm"cha yondoshuvning natijasi edi. 



Ikkinchidanbu davrda xalqimizning faqat qо‗llariga emas, hatto 

tiliga  ham  kishan  solindi,  xalqniig  min g-ming  yillik  madani yati  va 

ma‘rifati  oyoq  osti  qilindi.  О‗zgalar  madani yati,  yozuvi,  tili,  urf-odati 

majburan 

olib 

kirildi. 



Milliy 

madani yatimizning 

zaiflashishi 

natijasida,  ayniqsa,  birlik,  hamkorlik,  hamdо‗stlik,  milliy  g‗urur 

an‘analari  unutila  boshlandi.  Pirovardida,  о‗tmish  bilan  hozirgi  kun 

о‗rtasida  keskin  uzilish  paydo  bо‗ddi.  Sharqning  buyuk  allomalari, 

xalqimiz  tarixi  va  fanida  о‗chmas  iz  qoldirganlarning  ayrimlarini 

bilsakda,  ularning  ilmiy  va  madaniy  meroslaridan  chetlashtirildik. 

Mazkur  omillarning  barchasi  millatimiz  ravnaqiga  va  istiqboliga, 

о‗zligimizni  anglab  olishimizga,  milliy  tilimiz  va  madani yatimiz 

rivojiga salbiy ta‘sir о‗tkazdi. 

Uchinchidan,  yakka  kommunistik  mafkura  hukmronligi  davrida 

sotsialistik  davlat  va  demokratiya,  sotsialisti k  huquq  va  qonunchilik, 

sotsialistik  odil  sudlov  va  huquqiy  tartibot,  umumba shariy  huquqiy 

qadriyatlarning  eng  oliy  va  sо‗nggi  namunasi  deb  kо‗klarga  kо‗tarib 

maqtaldi,  ularda  aslida  bо‗lmagan  xususi yatlar  va  jihatlar  haqida 

tinmay  gapirildi  va  yozildi.  1917  yilgi  Oktabr  davlat  tо‗ntari shigacha 

bо‗lgan  davlat  va  huquq  tarixi  esa  faqat  bir  tomonlama  yoritildi. 

Qadimgi, 

о‗rta 

asrlardagi, 



yangi 

davrdagi 

davlat -huquqiy 

institutlarning  reaksion  mohi yatini,  xalq  manfaatiga  zid  ekanligini  va 

cheklanganligini 

kо‗rsatishga  harakat  qilinib,  ularning  ijobiy 

tomonlari haqida lom-lim deyilmadi  

Tо„rtinchidan,  Sharq  xalqlari,  shu  jumladan  uzbek  milliy 

davlatchiligi  va  huquqi  tarixini  о‗rgani shgaturli  xil  yо‗llar  bilan 

tо‗sqinlik  qilib  kelindi.  Agar  darsliklarda,  о‗quv  dast urlari  va 

qо‗llanmalarida  uzbek  davlati  va  huquqi  tarixi,  yirik  davlat  arboblari, 

siyosiy  mutafakkirlari  tо‗g‗risida  u  yoki  bu  darajada  sо‗z  yuritshiga 


 

 

56 



tо‗g‗ri  kelgan  holda  ham  kо‗proq  davlatning  despotik  xususi yatlari, 

qrnunsizlik,  zо‗ravonlikning  hukm  surganligi,  shariat  va  islom 

huquqining  reaksiyaviy  deb  da‘vo  qilingan  mohi yaga,  podshohlar 

zulmi,  qonxо‗rligi,  bosqinchiligi,  ularga  qarshi  xalq  qо‗zg‗olonlari, 

xalq 

orasidan 



yetishib 

chiqqan 


allomalarning 

si yosiy-huquqiy 

qarashlari idealistik, diniy-mistik, xayotiy, xalq manfaatidan yiroq deb 

uqtirildi,  ularning  jahon  davlat chiligi  boshqaruvi  tajribasiga  va 

huquqiy madani yatiga qо‗shgan hissalari haqida og‗iz ham o chilmadi. 

Beshinchidan,  О‗zbekistonning  davlat  va  huquq  tarixi  oliy 

huquqshunoslik  bilim  yurtlarida  asosiy  fan  sifatida  emas,  balki 

ikkinchi  darajali  fan  sifatida  о‗qitib  kelindi.  Bu  fanlarni  о‗rganish 

uchun  juda  ham  kam  о‗quv  soati  ajratilardi.  XX  asrga cha  bо‗lgan 

О‗zbekiston  hududidagi  davlatlar  va  huquq  (xususan,  shariat)  tarixi 

bо‗yicha birorta mutaxassis tayyorlanmadi. 



Oltinchidan,  SSSR  davlati  va  huquqi  tarixi  fani  о‗quv  dasturlari 

va  darsliklarida  uzbek  davlat chiligi  va  huquqi  tarixi  haqida  de yarli 

hech  narsa  deyilmas  edi.  Bu  fanni  о‗qiti shda  butun  e‘tibor  rus  davlati 

va  huquqi  tarixini  о‗rganishga  qaratib  kelindi.  Mazkur  hodisa 

favqulodda  bir  hol  bо‗lmay,  balki  avvaldan  rejala shtirilgan 

ruslashtirish  siyosatining  natijasi  edi.  Maqsad  rus  xalqidan  bo shqa 

xalqlarni,  jumladan,  uzbek  xalqini  о‗z  davlati  va  huquqi  tarixidan 

ajratish,  gо‗yoki  bunday  tarix  bо‗lmagan  degan  fikrni  tug‗dirish  va 

singdirish  edi.  Shunday  yо‗l  tutishdan  asosiy  maqsad  kelajakda  milliy 

davlatchilik  va  huquq  tizimiga  barham  berib,  tom  ma‘nodagi  yagona 

davlatni tashkil qilish edi. 

Mustaqillik  tufayli  tarixga  bо‗lgan  munosabat  tubdan  о‗zgarish

Biz  о‗z  tariximizni,  jumladan,  ona  zaminimizda  tuzilgan  va  ravnaq 

toptan  davlatlar  va  huquqiy  tizimlar  tarixini  xolisona,  mafkuraviy 

aqidalarni  xolisona  о‗rganish  imkoniyatiga  ega  bо‗ldik.  Bu  borada 

sо‗nggi  yillarda  bir  qator  ijobiy  ishlar  qilindi.  Tariximiz,  dinimiz, 



 

 

57 



madaniyatimiz  va  ma‘naviy  о‗tmi shimizni  о‗rganishga  astoydil 

kirishdik. Borlig‗imizni, boyligimizni, qadri yatlarimizni dunyoga ayon 

qila boshladik. 

О‗zbekistonda  sharq  sivilizatsiyasi  va  inson  huquqlarini  chuqur 

bilishning asosiy sabablari 

Birinchidan,  о‗z  tarixini,  nasl-nasabini,  merosini  bilmagan 

millatning  kelajagi  b о‗lmaydi.  Chunki  har  bir  xalqning  tarixi  mavjud. 

О‗z  tarixini  bilmagan,  uning  ijobiy  va  salbiy  tajribalarini  о‗rganib, 

undan  tegishli  xulosa  chiqarmagan  xalq  о‗zining  bugungi  hayotini  va 

uning  muammolarini  tushunib  yeta  olmaydi,  о‗z  kelajagi  haqida  aniq 

tasavvurga, puxta i shlangan dasturga ega bо‗la olmaydi.  

О‗tmishdagi  tarixni  unutib,  endigi  tarixini  tuymagan  (his 

qilmagan)  millat qorong‗ulikda qolgan, qо‗lida t ayog‗i yо‗q kо‗r kishi  

kabi  qayoqqa  oyoq  qо‗yishini  bilmaganliqdan  du shman  yetakchisi 

ketidan ketishga majbur bо‗ladi. 



Ikkinchidan 

O`zbekistan 

davlati 


va 

huquq 


tarixini 

har 


tomonlama  chuqur  о‗rganish  faqat  ilmiy  va  ma‘naviy  ahami yat  kasb 

etib  qolmasdan,  tarbiyaviy  va  amaliy  ahami yatga  ham  egadir.  Ona 

zaminimizda  bir  necha  ming  yilliklar  davomida  shakllanib  va 

rivojlanib  kelgan  davlat chilik  va  huquq  tarixini  о‗rganish  va  uning 

sabsjlaridan  mustaqillikni  mustahkamlash  yо‗lida  foydalanish  kerak. 

Tarix  har  bir  inoonni  о‗z  Vataniga  muhabbat,  sadoqat,  о‗z  xalqining 

о‗tmishi  haqida  aniq  tasavvurga  ega  bо‗lish,  uning  hozirgi  Kuni  va 

kelajagi  bilan  g‗ururlanish  ruhida  tarbiyalashning  muhim  usullaridan, 

vositalaridan  biridir.  Biz  davlat chilik  tarixiy  tajribamizni  va  siyosiy-

huquqiy  merosimizni  atrofli cha,  xolisona  о‗rganish  milliy  huquqiy 

mafkurani  shakllantirishda  muhim  tayanch,  bitmas-tuganmas  bir 

tajriba, g‗oyaviy asos sifatida xizmat qiladigan manbalarga ega bо‗lish 

imkoniyatini yaratadi. 


 

 

58 



О‘zbekiston  konstitusiyasi  -  Mustaqillik,  demokratiya  va 

inson  huquqlari  asosi .  Mustaqil  О‗zbekiston -insoniyat  ruhining 

ulug‗vorligi  va  aql  ziyosining  ramzi,  umumbashariy  tafakkurining 

beshiklaridan  biri  bо‗lmish  di yordir.  Mustaqil  О‗zbekiston -noyob 

madaniyat  va  yuksak  ma‘rifat,  Sharq  turmush  falsafasi,  insonparvarlik 

ruhi  bilan  yо‗g‗rilgan  adabiyot  va  nafis  sanat  mamlakatidir.  Mustaqil 

О‗zbekistonning  buyuk  kо‗hna  tarixi  va  hozirgi  zamoni  о‗zaro  uzviy 

bog‗liq.  Uning  aql-ziyo  va  ma‘naviy-tarixiy  salohiyati  jahon 

hamjamiyatida munosib о‗rin egallaydi.  

Dunyoning  umumiy  si yosiy-ijtimoiy  jara yonlari  nuqtai  nazaridan 

qaraganda  О‗zbekistonning  davlat  mustaqilligiga  eri shuvi  tarixiy 

muqarrar  hodisadir.  Shuning  uchun  ham  1991  yilning  1  sentabridan 

boshlab  jahon  siyosiy  xaritasida  yangi  mustaqil  davlat-О‗zbekiston 

Respublikasining paydo bо‗lishi tasodiy  yoki favqulodda hodisa emas, 

balki u ona zaminimizda asrlar o sha o`zbek xalqi va o`zbek xalqi bilan 

yashab  va  mehnat  qilayotgan  mamlakatimiz  xalqlarining  asriy  orzusi 

rо‗yobga chiqishi, olib borilgan mashaqqatli, aksariyat hollarda fojeali 

kurashning mahsulidir. 

1990  yil  20  iyunda  "Mustaqillik  deklaratsi yasi",  1991  yil  31 

avgustda  "О‗zbekisgon  Respublikasining  davlat  mustaqilligi  asoslari 

haqida"  konstitusiyaviy  qonun  О‗zbekiston  parlamenti  tomonidan 

qabul  qilindi.  1  sentabr  О‗zbekiston  Respublikasining  Mustaqillik 

kuni deb e‘lon qilindi. Xalqimiz asrlar o sha qilib kelgan orzusi amalga 

oshdi. 

Har  bir  davlatning  davlat  sifatida  qaytarilmas  va  о‗ziga  xos 



xususiyatlarini  kо‗rsatuvchi  asosiy  hujjat  uning  Konstitusiyasidir. 

Jamiyatni  umumbashariy  huquqiy  qadriyatlar  asosida  tashkil  etishda 

Konstitusiyaning  ahami yati  beqiyosdir.  Asosiy  Qonun  о‗z  mohi yati 

e‘tibori  bilan  har  qanday  demokratik  jami yatning  bosh  belgilaridan 

biri  bо‗lib,  unda  inson,  shaxs  va  jamiyatning  huquqiy  jihatlari,  davlat 


 

 

59 



hokimiyatining tuzilishi va uning idoralari faoli yatini tashkil etishning 

mezoniy  qoidalari  ifoda  etiladi.  Bir  sо‗z  bilan  aytganda,  Konstitusiya 

davlatning  о‗ziga  xos  tanishtiruv  hujjati,  "pasporti"  desak  mubolag‗a 

bо‗lmaydi. 

Har  qanday  mustaqil  davlatning  yuzi,  obrо‗-e‘tibori  uning 

Konstitusiyasi  hisoblanadi.  Zotan,  Konstitusiya,  yо‗lbo shchimiz  haqli 

ravisha  ta‘kidlaganlaridek,  davlatni  davlat,  millatni  millat  sifatida 

dunyoga  tanitadigan  Qomusnomadir.  Shu  ma‘noda  Asosiy  Qonunimiz 

xalqimizning  irodasini,  ruhi yatini,  ijtimoiy  ongi  va  madani yatini  aks 

ettirdi.  Konstitusiyamiz  tom  ma‘noda  xalqimiz  tafakkuri  va  ijodining 

mahsulidir. 

Mustaqil  О‗zbekistonning  birinchi  Konstitusiyasi  qabul  qilingan 

kundan  buyon  о‗tgan  muddat  tarix  ummonida  bir  tomchidir,  xolos. 

Lekin  uning  boy  mazmuni  va  taqdirilomon  mohi yatini  hisobga  olsak, 

hozirgi  har  bir  kunimizning  yillarga  tatigulik  ekanligini  e‘tirof  etmoq 

zarur. 


О‗zbekiston  Konstitutsiyasi,  birinchidan,  tarixiy  va  hozirgi 

zamon 


ilg‗or 

jahon 


konstitutsiyaviy 

tajribasini 

о‗zida 

mujassamlashtirgan,  ikkinchidan,  milliy,  tarixiy,  axloqiy,  diniy, 



huquqiy  an‘analarimizni  jahon  konstitutsi yaviy  amaliyoti  bilan  uzviy 

ravishsda  bog‗lagan;  uchinchidan,  totalitar  tuzumdan  huquqiy  davlat 

va  demokratik  fuqarolik  jami yatiga  о‗tayotgan  yosh  mustaqil 

davlatning  Konstitutsi yasi  qanday  bо‗lishi  kerak  degan  savolga  javob 

beradi.  Shuning  uchun  ham  О‗zbekiston  Respublikasi  Konstitutsi yasi-

bu 


umumbashariy 

va 


milliy 

huquqiy 


qadri yatlarni 

о‗zida 


uyg‗unlashtirgan qoidalar va normalar majmuidir. 

Jahon  konstitutsiyaviy  tajribasi  о‗zaro  bir -biri  bilan  uzviy  bogliq 

uch  tarkibiy  qismdan  iborat.  Birin chidan,  Konstitutsiya  tо‗g‗risidagi 

g‗oyalar, qarashlar, ta‘limotlar. Bular о‗zining tarixiy kelib  chiqishiga 

kо‗ra  juda  qadimiydir.  ―Konstitutsiya"  iborasi  Qadimgi  Rim 


 

 

60 



respublikasida  paydo  bо‗lgan.  О‗rta  asrlarda  esa  u  yoki  bu  davlatning 

konstitusiyaviy  xarakterdagi  asosiy  qonunlari  asosan  "Xartiya"  deb 

yuritilgan.  Konstitutsi yaviy  xarakterdagi  qonunlar  jumlasiga  "Temur 

tuzuklari"  ham  kiradi.  U  turk  xalqlarining  birin chi  muayyan  tizimga 

solingan kodifikatsi yaviy aktidir. 

Ikkinchidan,  tarixiy  va  hozirgi  kunda  amal  qilina yotgan 

Konstitutsiyalar.  Konstitutsiya  yagona  huquqiy  hujjat  sifatida  1787  -

yilda  AKTPda  paydo  bо‗lgan,  ya‘ni  XVIII  asr  mahsulidir.  Taxminiy 

hisoblarga  qaraganda  shu  kungacha  jahonda  800  ga  yaqin  Konstitusiya 

qabul qilingan. 

Uchinchidan,  konstitutsiyaviy  amaliyot,  ya‘ni  Konstitutsi yaning 

amaliy  harakati,  qо‗llanilishi.  Konstitutsiya  har  bir  jami yat  va  davlat 

taraqqiyotining  huquqiy  asoslarini  yaratadi.  Konstitutsiya  iqtisodiy, 

siyosiy, huquqiy islohotlar, tin chlik, totuvlik, barqarorlik kafolatidir.    

O‘zbekiston 

jahon 


konstitutsiyaviy 

tajribasiga 

quyidagi 

yо‗nalishlarda 

amaliy 

hissa 


qо‗shgan. 

Birinchidan, 

jahon 

konstitutsiyaviy  ta‘limotiga  va  nazari yasiga.  Bu  hissa  avvalambor, 



Movarounnahr  fiqh  ta‘limoti  namo yondalarining  asarlarida  yaratilgan 

islom  huquqi  qadriyatlari  haqidagi  qarashlarda  namo yon  bо‗ladi. 

Misol  uchun,  Burhoniddin  Marg‗inoniyning  tо‗rt  jildli  f undamental 

"hidoya" asarini kо‗rsatish mumkin. 

Ikkinchidan,  О‗zbekiston  hududida  turli  tarixiy  davrlarda  qabul 

qilingan  Konstitusi yalar.  Bular  jumlasiga  "Temur  tuzuklari"dan  tortib 

sovet  davridagi  о‗ndan  ortiq  Konstitutsiya  kiradi.  О‗z  xarakteriga 

kо‗ra,  bu  Konstitutsiyalar  mustamlaka,  protektorat  davlat  Asosiy 

Qonunlari  edi.  Bunday  Konstitutsi yalar  XX  asrning  birin chi  yarmida 

Suriya, Livan, Misrda ham b о‗lgan. 

Uchinchidan,  о‗n  ikki  yillik  konstitutsi yaviy  amaliyotimiz  bir 

qator chet el davlatlari u chun tajriba о‗rganish obektiga aylanmoqda.  



 

 

61 



Jahon 

konstitutsiyaviy 

tajribasi 

quyidagi 

yо‗nalishlarda 

о‗rganilgan va hisobga olingan.  



Birinchidan,  konstitutsiyaviy  tartibga  solish  prinsiplari.  Bu -

insonparvarlik  va  inson  huquqlari,  hokimi yat  vakolatlarini  taqsimlas h, 

xalqaro  huquq  ustuvorligi,  Konstitutsiya  ustunligi,  Konstitutsi yaviy 

nazorat. 



Ikkinchidan,  Konstitutsiyaning  tarkibiy  tuzili shi,  ya‘ni  uni 

muayyan  tartibda  muqaddima,  b о‗lim,  bob  va  moddalardan  iborat 

joylashtirilishidir. 

Bunda 


asosiy 

mezon 


b о‗lib 

"Xalqchillik" 

hisoblanadi. 

Uchinchidan,  har  qanday  si yosiy  mafkuradan  voz  kechganlik, 

ya‘ni  bir  mafkuraning  yakka  hokimligiga  chek  qо‗yganlik.  Kо‗p 

fikrlilikning huquqiy asoslarining  yaratilganligi. 

Tо‘rtinchidan,  konstitutsiyaviy  kafolatlar.  Konstitusi yaning 

ustunligi,  Konstitusi yaviy  Sudning  tashkil  etilishi,  Prezidentning 

davlat  boshlig‗i  sifatida  barqarorlik,  tin chlik  va  inson  huquqlarining 

kafolatchisi  ekanligi,  Konstitutsi yaga  о‗zgartirish  va  qо‗shimchalar 

kiritishning 

alohida 


tartibining 

joriy 


kilini shi 

asosiy 


Qonun 

qoidalarining kafolatlanganligini k о‗rsatadi. 



Beshinchidan,  konstitutsiyaviy  tartibga  solishning  sharqona  va 

ovrо‗pacha  yondoshuvini  uzviy  uyg‗unlashganligi.  Inson,  oila, 

jamiyat,  davlat  manfaatlarining  muvofiqla shganligi  bunga  yaqqol 

misol bо‗la oladi. 



Oltinchidan,  Konstitutsiyaning  tili  ixchamligi,  lо‗nda  va 

ravonligi. 

Jami yatdagi 

eng 


muhim 

ijtimoiy 

munosabatlar 

konstitutsiyaviy darajada tartibga solinadi. 



Yettinchidan, 

Konstitutsiyamiz 

jahon 

konstitutsi yaviy 



taraqqiyoti  qonunlarini  о‗zida  aks  ettiradi.  Asosiy  maqsad:  totalitar 

tuzumdan fuqarolik jami yatiga, huquqiy demokratik davlatga  о‗tishdir. 



 

 

62 



О‗zbekiston  milliy  mustaqilligining  samarasi  bо‗lmish  birinchi 

konstitutsiya o‘zbek xalqi uchun eng buyuk yutuq hisoblanadi. 

Asrlar  mobaynida  di yorimizda  tartib  va  intizomga  e‘tibor  berish 

an‘anaviy  tus  olgan.  Qadimiy  hoqonliklar  davridan  tortib,  Temuriylar 

davrigacha  va  undan  keyin  vujudga  kelgan  davlatlarda  mamlakatning 

mustahkamligi  va  milliy  manfaatlarini  kо‗zlab  turli  qonun -qoidalar 

ishlatilgan. 

Bu  о‗rinda,  ayniqsa,  Sohibqiron  Amir  Temurning  'Tuzuk"lari  va 

davlatni  boshqarish  uchun  tuzgan  qoidalari  tarixiy  ahamiyatidir. 

O‘zbekiston  Konstitutsiyasi  О‗zbekiston  xalqining  mustaqilligi,  hur 

fikrligi,  barcha  insoniy  huquqlarga  tо‗la  eri shib,  о‗z  diyorida  huquqiy 

demokratik  davlat  qurish  imkoni yatini  ta‘minlash  uchun  buyuk  va 

e‘tiborli milliy-tarixiy vasiqa (hujjat) hisoblanadi. 

‖Shaxsan  men,  -  deb  yozadi  president  Islom  Karimov,-  ―Temur 

tuzuklari‖  ni  har  gal  o`qir  ekanman,  o`zimga  qandaydir  ruhiy  kuch -

quvvat topgandek bo`laman‖

12

 

О‗zbekiston  Asosiy  Qonunining  loyihasi  respublika  Prezident 



rahbarligida tayyorlanib, umumxalq muhokamasiga tavsiya etilgan edi. 

Bildirilgan  fikru  mulohazalar  To shkent  shahrida  1992-  yil  26-28 

noyabrda 

xalqaro 


miq yosida 

о‗tkazilgan 

"О‗zbekistonda 

konstitutsiyaviy  qurilish  va  huquqiy  davlat  muammolari"  mavzuidagi 

tajriba  almashuvlarda  inobatga  olinib,  mas‘ul  komissiya  tomonidan 

Konstitusiya mazmunini  yana boyitish uchun foydalanildi. 

О‗zbekistan  Konstitusiyasining  muqaddimasida  o‘zbek  xalqi 

nomidan: 

-  inson  huquqlari  va  davlat  suvereniteti  g‗o yalariga  sodiqlik 

e‘lon qilinadi; 

                                           

12

 Karimov.I.A “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” T.: 45 b 2008. 



 

 

63 



-  xalqaro  huquqning  umum  e‘tirof  etilgan  qoidalari  ustunligi  tan 

olinadi; 

- insonparvar demokratik davlat barpo eti shi kо‗zlanadi; 

-  fuqarolar  tinchligi  va  milli y  totuvligini  taminlash  maqsad  qilib 

quyiladi. 

Mazkur  muqaddimada  zikr  etilgan  bu  asosiy  prinsiplar,  bo shqa 

bir  necha  qoidalar  bilan  birga  О‗zbekiston  Asosiy  Qonunining  i chki 

mazmuni,  ruhi  va  mohi yatini  ifodalab,  unda  kiritilgan  128  moddaning 

yо‗nalishini belgilab beradi. 

Xulosa  qilib  aytganda,  mustaqil  О‗zbekistonning  birin chi 

Konstitutsiyasi  barcha  demokratok  qoidalar,  umuminsoniy  va  milliy 

qadriyatlarga  asoslanib,  Birla shgan  Millatlar  Tashkilotiga  a‘zo 

bо‗lgan  barcha  davlatlar  tomonidan  tasdiq  etilgan  in son  huquqlari 

umumjahon  deklaratsi yasining  barcha  qadriyatlarini  о‗zida  aks 

etdirgan milliy-tarixiy hujjatdir.  

Konstitutsiya  o‘zbek  xalqiga  milliy,  demokratik  huquqiy  davlat 

soyasida  yashash  uchun  huquqiy  sharoit  yaratib  berib,  ularni  bozor 

iqtisodiyotiga  va  bu  yо‗ldan  yanpi  hayot  ufqlari  tomon  yо‗llab  boradi, 

hamda  О‗zbekiston  Respublikasiga  jahon  miq yosida  demokratik 

davlatlar  qatorida  yuksak  va  e‘tiborli  о‗rin  tutish  u chun  yordam 

beradi. 

                                         XULOSA. 

Sharq  huquq  falsafasi  ko`p  qirrali  ilm  sifatida  turli  taraqqi yot 

bosqichlarini  bosib  o`tgan.  Ushbu  sodda  ko`rinishli,  biroq  ichki 

mazmun  va  mohi yati  jihatidan  g`oyat  murakkab  hamda  boy  bo`lgan  bu 

ilmni  har  tomonlama  o`zla shtirish  uchun  uning  uzoq  tarixga  ega 

o`tmishi,  teran  ildizlari,  asosiy  manbalari,  g`o yalari,  ustuvor 

yo`nalishlari va oqimlarini ilmiy uslubda tanqidiy tadqiq qilmoq zarur.  



 

 

64 



1.Sharq  huquq  falsafasi,  ya`ni  Qur`oni  Karim  va  Sunnaga 

asoslangan  fiqh,  ilmi  va  bo shqa  shariat  ilmlari,  tasavvuf  ahloq  (etika)  

ilmlari, ularning keng qamrovli atamalarini o`rganildi.  

2.Abu  Hanifa  turli  si yosiy  va  ijtimoiy  hodisalarga  tо‗la  bо‗lgan 

ikki  davr  -  Umaviylar  va  Abbosiylar  davrlarida  yashab,  ilmiy  faoliyat 

olib  borgan  va  davlat  hokimi yati  birinchi  suloladan  ikkinchi  sulolaga 

о‗tishining guvohi bо‗lganligini o`rganildi. 

3.Ushbu  ishni  yozishda  Islom  huquqi  shakllangandan  keyin 

hanafiy  mazhabi  ta‘limoti  Abu  hafs  Kabir  Buxoriy  (768 -832)  orqali 

tarqatildi.  U  bir  guruh  bu yuk  faqihlar,  jumladan  о‗z  о‗g‗li  Abu  Hafs 

Sag‗irni 

tarbiyalab, 

Buxoro 

shahrini 



fiqh 

ilmi 


markaziga 

aylantirganligini ko`rsatib berdik. 

4.О‗zbekiston  hududida  fiqh  ilmi  va  hanafiy  mazhabi  tarqalgan 

ikkinchi  markaz  Samarqand  shahri  edi.  Mashhur  faqih  va  muhaddis 

Abu 

Sulaymon 



Jо‗zjoniyning 

shogirdi, 

imom 

Abu 


Mansur 

Moturidiyning 

birinchi 

ustozi  Abu  Bakr  Jо‗zjoniy  hanafiy 

mazhabining  atoqli  vakili  sifatida  u shbu  ta‘limotni  tarqati shga  katta 

ulush qо‗shganligi aniqlandi. 

5.Islom  huquqi  -  nufuzli,  amalga  o shirish  zaruriy  bо‗lgan  yurish 

turish,  odob-axloq,  diniy,  huquqiy  qoid alar  majmuidir.  Islom  huquqi 

falsafani  о‗zida  mujassam  etgan,  qonun  etikasi  fiqh  ilmida  ka shf 

etilgan.  Fiqh  ilmi  ham  bu yuk  allomalar  va  huquqiy  tafakkur  egalari 

mehnatlari bilan rivojlangan ligini asoslandi. 

6.Tasavvuf  ta‘limoti  markazida  inson  mohi yatini  tushunib  olish, 

uni tubanliklardan qutqazib, ruhidagi ma‘naviy tomonlarni  yuksaltirish 

va komil inson maq omiga kо‗tgarish g‗o yasi yotadi. 

Mustaqillik  tufayli  tarixga  bо‗lgan  munosabat  tubdan  о‗zgari shi 

biz  о‗z  tariximizni,  jumladan,  ona  zaminimizda  tuzilgan   va  ravnaq 

toptan  davlatlar  va  huquqiy  tizimlar  tarixini  xolisona,  mafkuraviy 

aqidalarni xolisona о‗rganish imkoniyatiga ega bо‗ldik.  



 

 

65 



                                   Adabiyotlar royxati 

1.O`zbekiston Respublikasining Konstitu tsiyasi.T.:"O`zbekiston".2012  

2.  O`zbekiston  Respublikasiniig  "Vijdon  erkinligi  va diniy  ta shkilotlar 

to`grisidaiga  Qonuni  ( yangi  taxrir).  O`zbekistonni  yangi  Qonunlari.  - 

T. 19, T.: "Adolat", 1998.  

3.    Karimov.I.A  O`zbekiston  mustaqillikka  eri shish  ostonasida.  T.: 

2011.   

4.  Karimov  I.A.  Karimov  I.A.  Biz  kelajagimizni  о‗z  qо‗limiz  bilan 

quramiz. Asarlar 7 -jild. -T.:, «О‗zbekiston », 1999,  

5. Karimov I.A. Olloh qalbimizda,  yuragimizda. - T.: 1999. 

6.  Karimov  I.A.  "Islom  zi yosi-o`zbegim  siymosi"da  To shkent  Islom 

universiteti, 2005.   

7.  Karimov  I.A  Inson,  uning  huquq va  erkinliklari  hamda  manfaatlari  -

eng oliy qadri yat. T.: "O`zbekiston", 2005.  -48 b. 

8.  Karimov  I.A  O`zbek  xalqi  hech  qa chon,  hech  kimga  qaram 

bo`lmaydi. T.: "O`zbekiston", 2005.  

9.  Karimov  I.A  Bizning  bosh  maqsadimiz  -  jamiyat  demokratlshltirish 

va  yangiligi,  mamlakatni  modernizatsiya  va  isloh  eti shdir.  T.: 

"O`zbekiston".-96 5. 

10.  Qur`oni  Karim  ma`nolarining  tarjimasi.  Tarjima  va  izohlar 

muallifi  Abdulaziz  Mansur.  T.:  "To shkent  islom  universiteti" 

nashriyoti, 2001. 

11. "Avesto" kitobi tariximiz va ma`navi yatimizning ilk  yozma manbai 

mazmunidagi ilmiy-amaliy seminar materiallari.  T.: 2000. 

12. Abduhamedov A.E. Dinlar tarixi. T.: O`zMU, 2004. - 208 b. 

13. Azimov.A Islom va hozirgi zamon.  -T.: 1992. 

14.  Al-Buxoriy,  Abu  Abdullo h  Muxammed  ibn  Ismoil  Al -Jome  as-

sahih  (ishonchli  to`plam),  4  jildlik  T.:  Qomuslar  bosh  tahriri yati, 

1991-1999. 


 

 

66 



15.    At  -Termiziy.  Sahihat  -Termiziy.  A.Abdulla  tarjimasi.  T.: 

F.Gulom islomidagi Adabi yot va san`at nashriyoti, 1993.160 b. 

16. Ahmad Yassaviy Hikmatlari. T.: G`ofur G`ulom nomidagi adabi yot 

va san`at nashriyoti, 1991. -256 b. 

17.    Beruniy  Abu  Rayhon.  Qadimgi  xalqlardan  qolgan  yodgorliklar. 

Beruniy AR. Tanlangan asarlar. 1 tom. T.: 1968.  

18.  Buyug  siymolar,  allomalar:  O`rta  Osi yolik  mashhur  mutafaкirlar 

va donishmandlar. K. 1. T.: "O`zbekiston", 1995. - 101 b.  

19.  Diniy  ekstremizm  va  terrorizmga  qar shi  kurashning  ma`naviy  - 

ma`rifiy  asoslari.  "To shkent  Islom  universiteti"  na shriyoti  -  matbaa 

birlashmasi. T.: 2005. 

20.  Imom al- Buxoriy. Al,- Adab al -mufrad. T.: "O`zbekiston", 1990. 

21.    Isxoqov  M.M.  Xal  dahosining  qadimgi  ildizlari  va  ilk  kurtaklari 

(Zardushtiylik,  Zardusht  va  Avesto  haqida).  "Til  va  adabi yot  ta‘limi" 

jurnali, 2-son, 1992.  

22.  Komilov  N.  Tasavvuf    yoki  komil  inson  ahloqi  1  -  kitob.  T.: 

Yozuvchi, 1996.-272 b. 

23.  Maxmud,  Shayx  Ismoil.  Toshkentdagi  Usmon  musxafiyning  tarixi. 

T.: 1995. 

24. Maxmudov T. "Avesto" haqida. T.: 2000.  

25.  Muminov  A.  va  bo shqalar  Dinshunoslik  (darslik).  T.:  "Mehnat", 

2004. 


26.  Uvatov  U.    Buyuk  muhaddislar:  Imom  al  -Buxoriy,  Imom  Muslim, 

Imom at -Termiziy. T.:O`zbekiston Milliy ensiklopedi yasi. 1998. 

27.  Xasanov A.A  Makka va Madina tarixi. T.: 1992.  

28.    Xusniddinav  Z.M.  Islom  yo`nali shlari,  mazxablar,  oqimlar  T.: 

"Movarounnaxr", 2000. 

29.  Zaxrullo A. "G`o yalar kurashi". Toshkent Movarounnaxr, 2000. 

30.  Otamurodov  S,  Xusanov.S,  Ramatov.J.  Ma`navi yat  asoslari    T.: 

2002. 


 

 

67 



31.  Xoja  Ismatulloh  Abdulloh  Markaziy  Osi yoda  islom  madani yati.  T.: 

2008.  


32.  At  Termiziy  Sahih  at  Termiziy  A.Abdullo  tarjimasi  –  T.: 

G`G`ulom nomli ―Adabiyot va san‘at‖. 1993.   



Elektron ta’lim resurslar 

1. Jamiyat va boshqaruv jurnali - 

www.rzultacademvfreenet.uz

   


2. Moziydan sado jurnali - 

www.moziy.dostlink.net

  

3. Ziyonet - 



www.zivonet.uz

  

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish