2-mаvzu:
Populyatsiyalаr
mohiyati.
Orgаnizmlаr
populyatsiyalаrini strukturа vа funksionаl xususiyatlаri
R e j а :
1. Populyatsiyalаr mohiyati.
2. Populyatsiyalаrning biologik аhаmiyati vа mаxsuldorligi.
3. Populyatsiyalar sutrukturа vа funksionаl xususiyati.
4. Populyatsiyalаr miqdori vа zichligi.
5. Populyatsiyanng umumiy soni,miqdori(tub vа bosh soni).
6. Tаmgаlаsh usuli vа uning аhаmiyati.
7. Populyatsiyalаr zichligi vа uning ifodаlаnishi.
Tаyanch iborаlаr:
Populyatsiya nimа; polimorf, monomorf turlаr;
populyatsiyalаrni biologik аhаmiyati; populyatsiyadа energiya о‘zlаshtirilishi;
populyatsiyaning xаrаkterli belgilаri; moslаshish imkoniyati; strukturа vа
funksionаl xususiyatlаri. Stаtik kо‘rsаtkich; umumuy soni; tub soni; bosh soni;
populyatsiyalаr soni, miqdorini аniqlаsh usullаri; tаmg‘аlаsh usuli; zichlik vа
uning ifodаlаnishi.
1. Populyatsiya mohiyati
Populyatsiya – tаshqi muhit о‘zgаrishlаrigа moslаshish reаksiyasigа egа
bо‘lgаn, о‘z-о‘zini ishlаb chiqаruvchi, bir-biri bilаn о‘zаro аloqа qiluvchi bir turgа
mаnsub hаr xil individlаri mаjmuаsidir. Bu о‘z-о‘zini regulyatsiya qiluvchi ochiq
sistemа bо‘lib tur mаvjudligining elementаr formаsidir.
Polimorf vа monomorf populyatsiyalаr.
Populyatsiyalаr ikki tipgа аjrаtilаdi.
А)
Polimorf turlаr
- bir-biridаn fаrq qiluvchi bir nechtа populyatsiyalаr
mаvjud bо‘lsа.
B)
Monomorf turlаr
- bittа populyatsiyasi mаvjud.
14
Ikkаlа turlаr populyatsiyasi hаm xаr xil yashаsh muhitining tа’siri tufаyli
sodir bо‘lаdi. Biologik polimorfizm qаnchаlik yaqqol kо‘zgа tаshlаnsа, individlаr
shunchа rаng-bаrаng bо‘lаdi vа tаshqi muhitning ritmik vа tаsodifiy
о‘zgаrishlаrgа oson moslаshаdi. Shu sаbаbli mu’tаdil mintаqаdа tаrqаlgаn turlаr,
tropik, ekvаtoriаl mintаqаdаgi turlаrgа nisbаtаn murаkkаb strukturаgа egа. Doimo
tor аreаldа yashovchi turlаrgа nisbаtаn keng doirаdа, аkvotoriyadа yashovchi
turlаr polimorf sаnаlаdi.
Organizmlarning qanday majmuasini populyasiya deyish mumkinligini
ustida har doim tortishuvlar bo’lib kelgan. Chunki birinchidan populyasiya
tushunchasi faqat ekologlargina emas, balki genetiklar va mikroevolyusiya
tadqiqotchilarini ham qiziqtiradi. Binobarin ular populyasiyani turlicha talqin
etishadi. Ikkinchidan populyasiya murakkab struktura bo’lib, u yanada kichikroq
birliklarga ajraladi. Ko’p hollarda ekologlar ham populyasiya tushunchasini
ma’nosi haqida o’ylamay u yoki bu territoriyada tarqalgan ma’lum tur
individlarning yig’indisi deb tushunadilar. Masalan. Ekosistemani tahlil qiluvchi
ko’pchilik tadqiqotchilar shunday tushunadilar. Populyasiya deganda ular
ekosistemaga
kirgan
bir
tur
individlarining
majmuasini
tushunadilar.
Populyasiyaning geterogen strukturasi - individlarning xilma - xilligi nazardan
chetda qoladi. Lekin populyasiyani o’rganuvchi ekologlar albatta uning geterogen
strukturasini ya’ni bir individning boshqasiga o’xshamasligini hisobga olishga
majburdirlar. Populyasiyaning genetik tarkibini bilish individlar sonining
o’zgarishi aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Genetiklar odatda populyasiya deganda u yoki bu darajada alohidalashgan
o’z - o’zini yarata oladigan o’zaro genetik bog’langan individlavr guruxini
tushunadilar. Dastlab genetika erkin chatishish yuz beradigan individlar guruxini
populyasiya deb qaraganlar. Lekin keyinchalik bunday individlar majmui tabiatda
juda kam uchrashi aniqlandi. Bundan tashqari tabiatda o’z-o’zidan changlangan
yoki faqat vegetativ yo’l bilan ko’payadigan turlar ham mavjud. Shuning uchun
genetiklar hozirgi vaqtda populyasiyaga ta’rif berganlarida erkin chatishtirish
haqida gapirmaydilar.
Ba’zi olimlar S.Shvars, A.B.Yablokov populyasiya terminini faqat uzoq vaqt
boshqa analogik guruhlar bilan aloqasiz yashay oladigan organizmlar majmuiga
nisbatan qo’llash mumkin deb talqin qiladilar. Lekin bunday holatni aniqlash juda
qiyin chunki tadqiqot va kuzatishlarning buncha uzoq davom ettirishning iloji
yo’q. Bundan tashqari populyasiyalar hayoti davomiyligini astronomik vaqt emas,
balki biologik soat bilan oddiyroq qilib, avlodlar soni bilan o’lchashimiz kerak.
Genetiklar va mikroevolyusiya mutaxassislari kichik guruhlarini populyasiya
deb atashdan o’zlarini tiyadilar, chunki genetik jihatdan bu guruhlarni yetuk deb
hisoblamaydilar, hamda bu guruhlar inbriding ta’siriga bardosh bera olmasligi
mumkin. Haqiqatdan ham populyasiyalar qanchalik kichik joyda tarqalgan bo’lsa,
ularda geterozeggotlik shunchalik kam bo’ladi.
Lekin kichik guruhlar ham ba’zan yetuk populyasiyalar berishi mumkin.
Masalan. Bir joydan ikkinchi joyga keltirilgan individlar ko’pincha yetuk
populyasiyalarga aylanadi. Bundan tashqari juda kichik genetik o’zgaruvchanlikka
ega turlar ham bor. Kichik guruhlarning uzoq vaqt mavjud bo’la olishi yoki nobud
15
bo’lmasligi faqat ularning genetik xilma - xilligiga emas, balki ekologik sharoitga
ham bog’liqdir. Keyingi vaqtlarda kichik guruhlar ham yetuk populyasiyalarga
aylanishi mumkinligiga ishonch ancha o’sdi. Chunki har qanday organizm neytral
mutatsiyalar orqali genetik o’zgarish imkoniyatlariga ega ekanligi aniq bo’lib
qoldi.
Ekologiyada ekosistemali yondashadigan ekologlar odatda populyasiya
deganda, ekosistema tarkibiga kirgan turning barcha individlari majmuini
tushunadilar. Bunday ta’rifning kamchiligi shuki, ekosistema chegarasini aniq
aytish qiyin. Lekin ba’zi hollarda bu qarash o’zini oqlaydi.
Populyasiyalarni o’rganuvchi tadqiqotchiga bu tushuncha yetarli emas.
Chunki birinchidan shunday holatlar ham borki bir tur individlari bir
ekosistemadan boshqasiga o’tib turishi mumkin. Maslan. Ninachilarning lichinkasi
suvda rivojlanadi, yetuk davri quruqlikda. Bunday hayotiy rivojlanish bosqichlarini
turli yashash muhitida o’tkazadigan bir tur individlari majmuini V.N. Beklemishev
gemipopulyasiya
lar deb atagan.
Ikkinchidan, bir ekosistemada genetik jihatdan alohidalashgan bir necha
populyasiyalr yashashi mumkin va ularning ekologik xususiyatlari turlicha bo’lishi
mumkin.
Populyasiyalarni talqin qilishda organizmni barcha hayotiy davridagi e’tibor
berish kerak, qaysi ekosistema tarkibiga kirishidan qat’iy nazar. Shundagina
populyasiyada yuz bergan hodisalarni tushunib olish mumkin. Masalan. Bentosda
yashaydigan dengiz yulduzi populyasiyasida vaqti-vaqti bilan yoppasiga ko’payish
yuz beradi. Ular marjon riflar bilan oziqlanadi. Uzoq va yoppasiga ko’payishning
sababi olimlarga qorong’i bo’lib keldi. Dengiz yulduzining lichinka stadiyasini
o’rganish natijasida bu savolga javob topildi. Aniqlanishicha uning lichinkalari
plankton holatida yashaydi va 3 yil rivojlanadi. Fitoplankton soni yuqori bo’lgan
yillarda lichinkalar yaxshi rivojlanar ekan va keyinchalik dengiz yulduzlarining
yoppasiga ko’payishi bentosda sodir bo’lar ekan.
Ba’zi hollarda ekologlar populyasiya deb hisoblovchi individlar majmui
genetik jihatdan bunday aniqlashga mos kelmaydi, chunki individlar o’rtasida gen
almashinish sodir bo’lmaydi. Masalan. Kichik suv havzasida yashaydigan
dafniyani genetik ta’sir qilish natijasida 5 ta partenogenez yo’li bilan ko’payadigan
klonlar aniqlangan. Agar ekologlarni ya’ni shu havzadagi dafniyaning zichligi,
konkurentlar bilan aloqasi qiziqtirsa, u bu klonlarning hammasini bitta populyasiya
deb qarashi mumkin.
Agar populyasiyadagi hodisalarning nozik mexanizmlari aniqlashi kerak
bo’lsa, bu majmuaning ichki strukturasiga ko’proq e’tibor berishga to’g’ri keladi.
Umuman turning arealida bir-biri bilan bog’langan turli guruhlarni ajratish
mumkin. Tadqiqotchi oldiga qo’yilgan aniq vazifaga bog’liq holda bu guruhni
populyasiya deb qarash yoki qaramaslik mumkin.
Shunday qilib, ekologik jihatdan populyasiyaga quyidagicha ta’rif berish
mumkin .
“Populyasiya – o’z - o’zini yaratishga qobiliyatli, shu turning boshqa
individlar majmuasidan makonda va zamonda alohidalashgan bir turga mansub
individlar majmuasidir”.
16
Populyasiya individlar majmuasi sifatida quyidagi belgilari yoki
ko’rsatkichlari bilan ta’riflanadi:
1. Populyasiya soni, miqdori - egallagan maydondagi individlarning umumiy
soni;
2. Populyasiya zichligi - maydon yoki hajm birligidagi individlar soni;
3. Tug’ilish - vaqt birligida ko’payish natijasida paydo bo’ladigan yangi
indivilar soni;
4. O’lim - ma’lum vaqtga nobud bo’lgan individlar soni;
5. Populyasiya sonining o’sishi - o’lim va tug’ilish o’rtasidagi farq;
6. O’sish tezligi - vaqt birligi ichida populyasiya sonining o’sishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |