62
o’simliklar kam bo’lgan yillarga to’g’ri keladi. Aftidan uzoq qurg’oqchilik
davridan keyin kam sonda kelgan oziq o’simliklar oziq moddalarga boy bo’ladi.
Demak, iqlim omillarining muayyan majmuasi migrasiya uchun birinchi turtki
bo’ladi. Chunki bu paytda mahalliy populyasiya zichligi oshib dastlab yakka holda
yashovchi individlardan iborat populyasiyada to’da hosil bo’la boshlaydi. To’da
davridagi individlar tez ko’paygani va to’dalanish xususiyatiga ega bo’lgani uchun
populyasiya tez o’sadi, va migrasiya boshlanadi. Migrasiya natijasida chigirtkalar
juda katta va uzoq maydonlarga tarqaladi. to’da davri va migrasiya hosil
bo’lishining biologik mohiyati kirilib ketishdan saqlanish va ko’payish uchun
yangi qulay muhitni topishdir. Shunday qulay joy migrasiya davrida topilsa
to’daning o’lchamlari haddan tashqari yuqori darajaga ko’tarilib ketishi mumkin.
Masalan, 1957 yilda Somaliga uchib kelgan to’dada individlar soni 1,6x10 taga,
og’irligi esa 50,000 tonnaga yetgan. Agar har bir chigirtka sutkasiga o’z
og’irligicha teng oziqani ist’mol qilishni nazarda tutsak, ofat chegarasini tasavvur
qilish qiyin emas.
O’z - o’zini boshqarish konsepsiyasi yaratilishi bilanoq ko’pchilik
kemiruvchilarda xos bo’lgan populyasiya soni davriy o’zgarishlarini tushuntirish
uchun qo’llaniladi. Populyasiyaning har bir to’lqinlanish davri 3-4 yil ba’zan 5-6
yilgacha, quyonlarda 10 yilgacha cho’zilib, o’sish maksimum, kamayish va
dipressiya davrlarini o’z ichiga oladi. Maksimum davrida populyasiya zichligi
dipressiya davridagiga nisbatan yuz martagacha yuqori bo’lishi mumkin. Bunday
davriy o’zgarish ayrim turlar va ayrim populyasiyalar uchungina xosdir. Davriy
o’zgarishlar haqida ko’pgina ma’lumotlar bo’lsada uning sababi haqida yagona
umumiy nuqtai nazar yo’q. Faqat bir qator farazlargina mavjud.
O’z - o’zini boshqarish konsepsiyasi doirasi populyasiya soni o’sishini
tormozlaydigan 3 ta faraziy mexanizmni ko’rsatish mumkin. Birinchidan,
populyasiya zichligi oshganda va binobarin, individlarning bir-biriga to’qnash
kelishi oshganda, stress holatining yuzaga chiqishi imkoniyati oshadiva bu
tug’ilishning kamayishiga hamda o’limning keskin oshishiga olib keladi.
Ikkinchidan, populyasiya zichligi oshganda individlarning yangi yashash muhitiga
migrasiyasi oshadi. Bu muhitda turli omillarning ta’sirida o’lim yuqori bo’ladi.
Uchinchidan, populyasiya zichligi oshganda uning genetik tarkibi o’zgarishi
mumkin, jumladan tez ko’payadigan genotip o’rnini sekin ko’payadigan va
migrasiyaga qodir genotip egallaydi. Bu mexanizmlarning har biri bir oz kechikishi
bilan ishga tushadi va shuning uchun populyasiya sonida tebranishlar sodir bo’lib
turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: