11
Ko’pincha hodisalarning sabablarini ochib berish reduksion yo’l bilan amalga
oshiriladi. Murakkab jarayonlar biroz oddiyroq tarkibiy jinslarga ajratiladi.
Masalan, populyasiya dinamikasini mexanizmlarini o’rganishda asosiy ko’rsatkich
sifatida sonining o’zgarish tezligi emas, balki uni tashkil etuvchi mexanizmlar
tug’ilishi va o’lishdan foydalaniladi. Tug’ilishi dinamikasini tahlil qilishda
tadqiqotchi tug’ilish o’zgarishini tashqi muhit faktorlari bilan bog’laydi.
Har bir hodisani (populyasiyada) sababini qidirish turli darajada bo’lishi
mumkin. Masalan, bulbullarning kuzda uchib ketishiga necha sabab ko’rsatish
mumkin. U yoki bu sababini ko’rsatishdan oldin, ekolog tadqiqot qaysi darajada
olib borilayotganini yaxshi tushinish kerak. Masalan, laborotoriyada achitqilar, un
qo’ng’izi va sichqonlar ustidagi tajribada, har uch organizm populyasiyada
individlar soni ma’lum darajaga yetgandan keyin, kamaya boshlaydi. Bu
hodisaning sababi, bir xilga o’xshab ko’rinadi. Lekin achitqilarda - oziq muhitidagi
etil spirtning ko’payib ketishi natijasida kannibalizm kuchayadi va o’sish to’xtadi.
Sichqonlarda - sonining ko’payib ketishi fiziologik o’zgarishlar yuz beradi va nasl
qoldirish qobiliyati pasayadi.
Demak tashqi ko’rinishdan bir hodisaga turli xil mexanizmlar sabab bo’lishi
mumkin. Ekologik tadqiqotlarda hodisalarning faqat sabab - oqibat mexanizmlarini
ochib berish bilan birga bu mexanizmlarning kelib chiqishini tushunib olish kerak.
Populyasiyalarni tadqiq qilishda shuni nazarda tutish kerakki, ba’zi
tadqiqotchilar fikricha populyasiya-yuqori darajada tuzilgan birlik bo’lib, muhit
o’zgarishiga ayrim olingan organizm kabi javob beradi. Boshqa tadqiqotchilar
fikricha populyasiya - aniq mavjud birlik emas, balki natijalarimizni qulay
ko’rsatuvchi tushuncha (tasavvurimizdagi ideal obyekt).
Bunday qarashlarning mavjudligiga birinchidan tadqiqotchining fikrlash
formasi sabab bo’lsa, ikkinchidan - populyasiyalarning xilma-xilligidir, ya’ni ba’zi
populyasiyalarda yuqori tuzilgan bo’lib, o’z-o’zini boshqarish xususiyatiga ega
bo’lsa, boshqalari yuqori darajada tuzilmagan, Individlar o’zaro ta’siri yaxshi
ifodalangan va o’z - o’zini boshqarish mexanizmi rivojlanmagan.
Populyasiyaning ba’zi ko’satkichlari ayrim oldingi individlar orqali
aniqlanadi. Masalan, organizmlarning og’irligi o’lchanganda, har bir individ
o’lchanib, o’rtacha o’iymat chiqariladi.
Lekin ba’zi ko’rsatkichlar faqat populyasiyaga xos bo’lib, ayrim individga
xos emas: masalan, tug’ilish, o’lish.
Do'stlaringiz bilan baham: