Trilon B ning tayyorlangan eritmasi normalligini aniqlash. Konussimon kolbaga pipetka bilan kalsiy nitratning 0,05 N standart eritmasidan 25 ml solinadi, ustiga 50 ml suv qo’shiladi. So’ngra 25 ml ammiakli bufer eritmadan solinadi, ustiga quruq; xromogen qora indikatorining natriy xlorid kristallari bilan 1:200 nisbatdagi aralashmasidan 20—30 mg solinadi. Kolbadagi tayyorlangan aralashmani byuretkadagi trilon B eritmasi bilan titrlanayotgan eritma rangi qizil tusdan ko’k tusga kirguncha titrlanadi. Trilon B eritmasining konsentratsiyasi (normalligi) quyidagi formula yordamida xisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |