4-Laboratoriya ishi
Kumush nitrat, ammoniy rodanid eritmalari tayyorlash va
bu eritmalar titrini aniqlash
Ishning maqsadi: Kumush nitrat eritmasini tayyorlash va uning titrini Mor usuli bo'yicha aniqlash.
Mor usuli (1856 y) – galogenid ionlarini indikator – kaliy xromat ishtirokida kumush nitrat eritmasi bilan bevosita titrlash. Cl-, Br- ni aniqlashda qo‘llaniladi. Lekin bu usul J- va NCS- aniqlashga imkon bermaydi, chunki titrlash vaqtida AgJ va AgNCS cho‘kmalari bilan birgalikda kaliy xromatni birgalashib cho‘kishi sodir bo‘ladi.
Mor usuliga xromat anioni bilan cho‘kma hosil qiluvchi Ba2+, Pb2+, Bi3+ kationlari, hamda kumush kationi bilan cho‘kma hosil qiluvchi PO43-, AsO43-, C2O42- va boshqa ionlar xalaqit qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |