Psixologiya aniq metodlarni ishlab chiqish shu fan tomonidan ilgari suriladigan nazariy holatlar va metodologik tamoyillarga asoslanadi. Tadqiqotchi tomonidan tanlab olingan yoki loyihalashtirilgan metod u yoki bu nazariyani aks ettirib, tadqiqot ob’ektini tanlashni, qo’lga kiritilgan natijalarni tahlil qilish usullarini belgilaydi.
Psixologik tadqiqotlarda konkret metodlarni qo’llash avvalom bor shu tadqiqot maqsadlaridan va o’rganilayotgan ob’ektning xususiyatlaridan kelib chiqadi. Bunda psixologiya metodlarining kim tomonidan qo’llanilishi ham juda muhim hisoblanadi.
Psixologik axborotning aniqligi tadqiqotchi tomonidan qo’llanilayotgan metodikalarning uni qiziqtirayotgan xususiyatlarni o’rganishga mosligi bilan belgilanadi.
Har qanday psixologik tadqiqot ob’ektini o’rganish dasturini tuzishdan boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |