Mavzu bayoni
Differensial psixologiya (lot.differentia-farq) psixologiyaning bir qismi
bo’lib, kishilar o’rtasidagi individual psixologik farqlarni o’rganadi.Kishilar
o’rtasidagi indviduval farq nima? SHuningdek, differensial psixologiya fakat
kishilar orasidagi farqlarnigina emas, balki guruxlar orasidagi individual
farqlarni xam o’rganadi. Psixik xodisalarning («Psixik xodisalar»-deganda
nimani tushinasiz?) individual xususiyatlari va yosh uzgarishlari differensial
psixologiyaning o’rganish ob’ekti xisoblanadi.Differensial psixalogiya kanday
fan?
Differensial psixologiya termini birdaniga paydo bo’lgani yo’q. Avval
psixologiyaning bir qismi sifatida «xarakterologiya», «etalogiya», «Individual
psixologiya», «Maxsus psixologiya» kabilar paydo bo’ldi. Keyinchalik fan
sifatida differensial psixologiya umumiy psixologiyaning qonuniyatlari paydo
bo’lgandan keyin bu xakida tortishuvlar, baxslar asosida, qonuniyatlarni
barkarorlashtirish va turli («Tipologik indvidual xususiyatlar»- deganda nimani
158
tushinasiz?) kishilarni psixologik tipalogik- individual xususiyatlarini yoritish
jarayonida paydo bo’ldi CHunki tajriba talab kiladigan psixologiya kishilarning
individual va gurux xususiyatlarini bilmasdan turib rivojlanishi mumkin emas
edi.
XIXasrning 20 yillarida paydo bo’lgan differensial psixologiyaning diqqat
markazida uzaro individual xususiyatlar, turli yoshdagi kishilarning
qobiliyatiga xos xususiyatlar, maktab dasturidagi bilimlarni uzlashtirishni
muvaffakiyati, rivojlanishi va uni tipi , turadi. temperament va xarakteridagi
farqlarni yoritib berish turar edi. Keyinchalik differensial psixologiya doirasiga
ichki uzgarishlarning individual xususiyatlarini o’rganish masalasi kiritildi.
SHuningdek, psixik funksiyalarning yosh uzgarishi bilan mashk va ta’limni
rivojlanib borishi psixologik qonuniyatlarning oshib borishi, turli
qobiliyatlarning barkarorlashuvi turli qobiliyatlarning shakllanishi, xotira
turlari, diqqat, tafakkur, sezgirlikning ortib borishi kabi masalalarni uz ichiga
ola boshladi.
Maxsus psixologiya masalalari ya’ni sinfiy, milliy,professionallikning jami
psixologik farqlari va xozirgi kunda etnopsixologiya masalalar xam
differensial psixologiya soxasiga kirib keldi.
Differensial psixologiya termini 1900 yili nemis psixologi V. SHtern
tomonidan kiritildi. Differensial psixologiyaning (asosiy vazifasi) xozirgi
kunda bolalarning, maktab o’quvchilarining individual tipologik xususiyatlarini
aniklashda xam muxim axamiyat kasb etmokda. Kupchilik pedagoglar
o’quvchilarning individual tipologik xususiyatlarini ilmiy nazariy tomondan (
ya’ni fizika- matematika, ximiya, biologiya…) tashkil etishni tavsiya etadilar.
Ba’zi bir o’qituvchilar esa o’quvchilarning ilmiy- texnik yunalishlariga karab
farqlashni maksadga muvofik kuradilir.
Xozirgi zamon differensial psixologiya fani oldida yana yangi muammolar
(Xozirgi zamon Differensial psixalogiya oldida kanday muammolar bor?)
ya’ni iktidorli bolalarni individual xususiyatlari va ularni boshka bolalardan
tipologik farqlari masalasi, ularga differensial ta’lim berish va qobiliyatlarini
shakllantirish (maxsus va umumiy qobiliyatli bolalar ), ta’limni
individuallashtirish kabilar paydo bo’ladi.
(Umumiy ta’limda bolalarning o’rtacha rivojlanishi darajasi xisobga olinar
edi. YAxshi uzlashtiruvchi, konikarli va yomon uzlashtirishning o’rtacha
mikdoriga karab tashkil etiladi). Ta’limni individuallashtirish prinsipi
o’qitishda o’quvchilarning real tiplariga tayanish zarurligiga asoslanadi. Buni
programmalashtirilgan ta’lim juda yaxshi amalga oshiradi. Lekin odatdagi
ta’lim sharoitida bu prinsipni tadbik etish mumkin. O’quvchilarning individual-
psixologik xususiyatlari ta’limning ayrim metodlari va usullarini tanlash xamda
kullash vaktida uyga berilgan topshiriklarni qismlarga bo’lishda, sinf va sinov
ishlarining variantlarini kiyinchilik darajasiga karab aniklashda xisobga olinadi.
O’quvchi tafakkurining individual xarakteristikasini, uni biron bir tipga
mansub ekanligini aniklash, (N.A.Menginskaya aytganidek), o’quvchi nimani
uzlashtirgan va nimani uzlashtirmaganligini bilish bilan emas, balki
o’quvchining fikrlash faoliyatidagi individual xususiyatlarni xam shaxsning
159
ayrim xususiyatlarini, o’qishga munosabatini, kizikishini, o’qishdagi
emosional-irodaviy soxalarining xarakterli kurinishlarini aniklab olish bilan
xarakterlanadi.
SHaxs tarkib topishi jarayonining psixologik qonuniyatlarini,(SHaxs tarkib
topishini kanday qonuniyatlari mavjud?) Axloqiy odatlar va ishonch-e’tikod
tarkib topishining qonuniyatlarini bilmay turib, psixik taraqqiyotining yosh
dinamikasi bioijtimoiy (bio-xayot), xronalogik va strukturaviy tomonini
bilmasdan turib tugri ta’lim-tarbiya berish mumkin emas. CHunki turli yosh
davrlar uzining anotomofiziologik va psixologik xususiyatlari bilan farqlanadi.
SHuningdek ular bolaning yashab to’rgan ijtimoiy xayoti, muxiti, ta’lim-
tarbiya va uning bolaga ta’siri, taraqqiyotining yosh dinamikasi, taraqqiyot
boskichlarining uziga xosligi bilan bir- biridan farqlanadi.
Individual shaxs biologik tuzilishga mansubligi; bu-muxit (qulay,
noqulay),ij,imoiy ta’lim – tarbiya, faollikka munosabat bilan xarakterlanadi.
Bogcha yoshi, kichik maktab yoshi orasidagi, o’rta maktab yoshi va katta
maktab yoshi orasidagi tipologik farqlar esa shaxs taraqqiyotida, uni
shakllanishida muxim axamiyat kasb etadi. SHunga binoan psixik
taraqqiyotning yosh dinamikasi kuyidagicha izoxlanadi.Psixik tarakiyotning
yosh dinamikasiga nimalarni kiritish mumkin?
a)bioijtimoiy- “ bio “ xayot ( ijtimoiy xayot)
b) xronologik- bosqichma- bosqich taraqqiyot
v)struktura- tuzilish.
SHtern Differensial psixologiyani turt qismga ajratadi.
1. SHaxsga psixologik xarakteristika tuzish.
2. Differensial psixologiyaning metodologiyasi va texnikani solishtirish
xakida ta’limot.
3. Olingan materiallarni psixologik xususiyatlari ishlab chikarish xakidagi
ma’lumot.
4. Tiplarga ajratish xakidagi ta’limot.
Bu ta’limotlar uziga xos mazmun va xususiyatga ega bo’lib, differensial
psixologiya mazmunini keng yoritib berish imkonini va turli yoshdagi
tipologik xususiyatlarni bir-biriga solishtirib o’rganish imkonini beradi Ular
bir-birini mazmun jixatidan tuldiradi va anik ma’lumotlar beradi
YOsh va pedagogik psixalogiyaning tatkikot usullarini (asosiy,yordamchi)
tariflab beringchi? YOsh psixologiyasi va differensial psixologiyaning tadkikot
usullari xar bir tarbiyachi, o’qituvchi va ilmiy xodim uchun axamiyatlidir. Bu
usullar fakat xususiy, ilmiy tadkikot ishlari utkazish uchungina emas, balki
amaliy ta’lim-tarbiya maksadlarida bolani chukurrok o’rganish uchun xam
muximdir.
YOsh psixologiyasida asosiy va yordamchi usullar mavjud:
Asosiy usul: kuzatish va eksperiment; yordamchi usul: suxbat, kishi
faoliyati maxsulini taxlil kilish, biografiya, test, genetik va
boshkalardan iborat.Differensial psixologiya kaysi metodga kuprok asoslanadi?
Birinchi marta Differensial psixologiyada kuzatish metodiga
asoslangan edi. Kuzatish maksad kuyib uni rejali va muntazam tekshirishdir.
160
Kuzatishni kuyidagi prinsiplar asosida tashkil etish kerak:
1. o’quvchilarni ta’lim- tarbiyaning tabiiy sharoitida kuzatish lozim;
2. o’quvchini inson shaxsining yaxlitligi prinsipiga asoslanib kuzatish;
3. shaxsni kat’iy ob’ektiv materiallar , kursatkichlar asosida tashkil etish;
4. o’quvchi shaxsining xususiyatlarini tushunish, shakllanish sharoiti va
muxitni xisobga olish;
5. o’quvchini uzok muddatda o’rganish;
6.bolani jamoa va jamoa sifatida o’rganish;
7. shaxs xususiyatlarini turli xilda namoyon bo’lishini nazarda tutish;
8. bolaning xatti – xarakat motivlarini tushunish;
9. ularning nutkini kuzatish ma’lum axamiyatga egadir.
Suxbat, faoliyat maxsulini taxlil kilish va anketa, eksperiment (uch xil)
metodlari orkali shaxs taraqqiyotining turli tomonlarini o’rganish mumkin.
II. Keyinchalik defferensial psixologiyada kuzatish usuli bilan birga, uning
rivojlanishida test metodidan foydalanildi. Bunda ingliz olimi F.Galton va
ayniksa fransuz psixologi A.Bine va T.Simon o’quvchilarning individual
farqlarini o’rganish uning muxim axamiyatga ega ekanligini kursatib berdilar.
Test yordamida tadkikot kilish eksperimental tadkikotning xususiy bir xili
bo’lib, bu metod psixologiyada 1905 yildan boshlab A.Bine tomonidan
kiritildi. U kishilarning akliy usish darajalarini yoshlarga karab ulchash va
ularni akliy iste’dod darajalariga karab taksimlash imkoniyati borligi xakidagi
goyani aytgan vaktdan boshlab keng kullanila boshladi.Test metodi orkali
nimalarni o’rganish mumkin?
Test (ing. tekshirmok) standartlashtirilgan psixologik sinov. Buning
natijasida u yoki bu xoldagi psixik jarayon baxolanadi, shaxs bir butunligicha
yoki uning ayrim xususiyatlari o’rganiladi. SHaxsning mavkei darajasini
belgilash «akliy jixatdan iste’dodli kishilarni akliy jixatdan nuksonli»
kishilardan ajratish maksadida amalga oshirilishi lozim .
Test birorta psixologik xodisani aniklashda murakkab texnik moslamalarni
talab kilmaydigan, kulga kiritilgan natijalarni mikdoriy jixatdan ifodalab
beradigan va ularni matematik jixatdan ishlash imkonini beradigan kiska,
standartlashtirilgan sinovdir. Bu esa uning afzalligini kursatadi, shuningdek,
analiz va baxolash usullarining ma’lum darajada bir xilligi, ma’lum yosh
normalariga moslashtirilganligi xam uning afzalligidir. Test uz-uzidan tula
ilmiy va joriy kilinishi mumkin bo’lgan tadkikot usulidir. Masalan: avtomobil’
760 km li masofani soatiga x km o’rtacha tezlik bilan bosib utdi. U yulni
kancha vaktda bosib utadi?-degan savolga javob topishda bola mustakil fikr
yuritadi. Bu metod xozirgi kunda o’quvchilarning uzlashtirishiga, qobiliyatiga
xos xususiyatlarni aniklashda, individual xususiyatlarni anik baxolashda katta
axamiyatga egadir.
III. Psixik funksiyalar taraqqiyotini xozirgi kunda uzunasiga va
kundalangiga kesish usuli bilan o’rganishga katta e’tibor berilmokda.
Bolaning psixik funksiyalarini rivojlantirishni o’rganish uch prinsipga
asoslanadi.
1. Bola psixikasiga ob’ektiv yondashish.
161
2. Rivojlantirishning sabablarini aniklash.
3. Bola psixikasini maksadga muvofikligini, muvofik tarkib toptirishni
o’rganish.
Bu prinsiplarga muvofik bola rivojlanishini o’rganish ikki shaklda;
A) «Uzunasiga tekshirish».
B) «Kundalang kesish» usuli bilan amalga oshiriladi.
«Uzunasiga kesish»,»Kundalangiga kesish» metod? (mazmunan bayon
kilingchi-?) «Uzunasiga tekshirish»da bola psixik xayotining bir qismini bir
bolaning uzida sistemali kuzatiladi. Bundan asosiy maksad bola psixikasining
rivojlanishida bir boskichdan ikkinchi boskichga utishdagi uzgarishlarni
aniklanadi.
“Kundalang kesish” da bolaning xamma psixik xususiyatlari emas, balki
uning aloxida xususiyatini tekshirish predmet kilib olinadi. Bunda aloxida
yoshdagi yoki turli yoshdagi bolalar bir yula tekshiriladi va kup vakt mexnat
sarflaydi .
Vakt va mexnatni tejash imkoniyatiga ega bo’lgan ilmiy tekshirish ba’zi
kamchiliklardan xoli emas. Bu kamchilikning asosiysi bolaning psixik
rivojlanishidagi burilish jarayoni bo’lib, uning bilib olishini kiyinligidir. SHu
sababli ishni rasional olib borish uchun bola psixik rivojlanishining umumiy
tendensiyasi oldin tekshirishning “kundalang kesish”usuli bilan aniklanadi,
undan keyin ba’zi muxim xususiyatlarini bilish “uzunasiga tekshirish” usuli
bilan olib boriladi.
Bu usullar yordamida psixik funksiyalar taraqqiyotini mukammal
o’rganiladi.
Aytingchi? Xozirgi zamon Differensial psixologiyasi oldida kanday nazari
va amali vazifalar bo’lishi mumkin? IV.Xozirgi zamon differensial
psixologiyaning muxim vazifasi (nazariy) avvalo;
1.Turli yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyotiga xos bo’lgan qonuniyat va
xususiyatlarni o’rganish.
2.Bolalarning individual xususiyatlarini va ular orasidagi farqlarni aniklash;
3.Iktidorli bolalarning individual psixologik va tipologik xususiyatlarini
belgilashdan iborat.
Differensial psixologiyaning muxim vazifasi fakat individual-psixologik
xususiyatlarini xarakterlab berish emas, balki ularni psixik faoliyatini tashkil
etishning eng muxim xususiyatlarini ajratish va uni sub’ektining individual
tipologik xususiyatlarini paydo bo’lishi sabablarini bilish uning neyrofiziologik
faktorlarini, nerv sistemasi xususiyatlarini bilishni takozo etadi. SHuning uchun
xam bu differensial psixologiyaning xozirgi zamon sharoitidagi muxim
vazifasidir.
Differensial psixologiyaning amaliy vazifasi bevosita uning nazariy
masalalarini xayotda kullash va uni jamoatchilik orasiga keng tarkatishdan
iboratdir.
Bu televizor va radiolar orkali chikish, ruznoma va oynomalar saxifalarida
makolalar chop etish, maktab, bolalar bogchalarida ota–onalar kengashlarida
ilmiy uslubiy ma’ruzalar orkali amalga oshiriladi.
162
Do'stlaringiz bilan baham: |