Masalaning qo‘yilishi
Setup dasturi orqali BIOS’ga kirib tizim soati va sanasini o‘zgartirish hamda qilingan o‘zgartirishlarni saqlagan holda BIOS’dan chiqish.
Ishni bajarish tartibi.
1. Kompyuterni ishga tushiring.
2. OS yuklanmasdan avval Setup’ga kirish vazifasini bajaruvchi klavishni bosing.
3. “Standard CMOS Features” menyusidan soat hamda sanaga taxminiy o‘zgartirish qiling.
4. “Save & Exit Setup” buyrug‘idan foydalanib BIOS’dan chiqing.
5. Kompyuter to‘liq ishga tushganda o‘zgartirilgan parametrlarga e’tibor bering.
Topshiriqlar:
1) BIOS’ning Advanced Chipset Features menyusi haqida ma’lumot tayyorlang.
2) BIOS’ning Load Fail-Safe Defaults menyusi haqida ma’lumot tayyorlang.
3) Load Optimized Defaults menyusi haqida ma’lumot tayyorlang.
LABORATORIYA ISHI №3.
KOMPYUTER QURILMALARINING ISHLASH HOLATINI TEKSHIRISH VA BOSHQARISH. DIRECTX DASTURIDAN FOYDALANISH
Ishning maqsadi.
Talabalarda kompyuter qurilmalarining ish holatini tekshirish hamda DirectX dasturidan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikma hosil qilish.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar.
Kompyuter qurilmalari haqida asosiy ma’lumotlarni beruvchi birlamchi manba – bu BIOS bo‘lib, qolgan tashxis va nazorat dasturlarining barchasi bazaviy axborotga ega bo‘lish uchun shu BIOS ma’lumotlariga tayanadi.
Kompyuter qurilmalari va ularning drayverlari qanday ishlayotganligini bilishning usullari juda ko‘p. Masalan, Windows 8.1 OS’ning maxsus tarkibiy standart dasturi orqali bunga osongina erishish mumkin. Bu dasturni ishga tushirish uchun OS bosh menyusi orqali “Администрирование” papkasiga murojaat qilib, undan “Сведение о системе” buyrug‘ini ishlatish kifoya.
Kompyuter apparat resurslari haqida ma’lumot olish uchun yana bir nechta usullar haqida to‘xtalish mumkin. Masalan:
Ish stolidagi “Мои компьютер” yorlig‘i ustida RightClick qilib, hosil bo‘lgan kontekst menyudan “Управление” yoki “Диспетчер устройств” buyruqlarini bosish orqali;
Bosh menyu orqali “Панель управления”ga kirib, undan “Система”ga kirish orqali yoki boshqa qurilmalar sahifasiga o‘tish orqali.
Kompyuter qurilmalarini nazorat qilish va boshqarish asosan, “Управление”da amalga oshiriladi. Masalan, bu yerda kompyuter qattiq diskining ikkinchi mantiqiy bo‘lagini yashirib qo‘yish yoki oshkora ko‘rsatib qo‘yish imkoni mavjud.
Kompyuter qurilmalari, yoki umuman, kompyuterning tizimli resurslari haqida batafsil ma’lumot olish uchun yuqoridagilarga o‘xshash juda ko‘plab dasturiy ta’minotlardan foydalanish mumkin. Ammo eng qulay va sodda interfeysga ega bo‘lgan DirectX dasturi bu borada istalgan foydalanuvchi uchun kerakli tezkor ma’lumotlarni bera oladi.
Rasmda ko‘rib turganingizdek, DirectX oynasida atigi to‘rtta sahifa navjud bo‘lib, bunda 1-sahifa kompyuter sistemasi (tizim bo‘yicha joriy sana, kompyuter nomi, OS nomi va hk.) haqida deyarli batafsil ma’lumot beradi.
DirectX’ning ikkinchi sahifasi ekran haqidagi ma’lumotlarga, uchinchi sahifasi esa audioqurilmalar va audioparametrlar bo‘yicha, to‘rtinchi sahifasi axborot kiritish qurilmalari, ya’ni kompyuterga joriy vaqtda ulangan klaviatura va sichqon manipulyatorining modeli haqida axborot beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |