Qarshi davlat universiteti «qiyosiy pedagogika»


-Mavzu. Osiyo mamlakatlarida ta ’lim-tarbiya jarayonining o‘ziga xos



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/64
Sana16.03.2022
Hajmi1,62 Mb.
#493375
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   64
Bog'liq
Мажмуа Қиёсий пед 2021-2022 (pdf.io)

5-Mavzu. Osiyo mamlakatlarida ta ’lim-tarbiya jarayonining o‘ziga xos 
xususiyatlari va ularning qiyosiy tahlili. AQSH va Yevropa mamlakatlarida 
ta’lim-tarbiya masalalarining olib borilishi va qiyosiy tahlil . Jahon 
mamlakatlari ta’limi taraqqiyotining ayrim masalalari 
Reja: 
5.1 Osiyo mamlakatlarida ta ’lim-tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari va 
ularning qiyosiy tahlili. O'zbekiston va Osiyo davlatlarida maktabgacha, 
boshlang‘ich, o‘rta, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim. Osiyo davlatlari 
ta’lim tizimining o‘ziga xos va farqli jihatlari. 
5.2.0 ‘zbekiston va AQSH ta’lim tizimining qiyosiy tahlili. Yevropa davlatlarida 
ta’lim-tarbiya jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari. Pedagogika fani 
taraqqiyotidagi o‘ziga xosliklar: umumiylik va tafovut. 
5.3.Jahon mamlakatlarida ta’limni integrasiyalashtirish va kasbga yo‘naltirish 
masalalari. Ta’limni differensiyalashtirish muammolari va maxsus maktablar 
faoliyati. Integratsion va masofaviy ta’lim 
 
5.1 Osiyo mamlakatlarida ta ’lim-tarbiya jarayonining o‘ziga xos 
xususiyatlari va ularning qiyosiy tahlili. O'zbekiston va Osiyo davlatlarida 
maktabgacha, boshlang‘ich, o‘rta, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi 
ta’lim. Osiyo davlatlari ta’lim tizimining o‘ziga xos va farqli jihatlari 
Yaponiya – Sharqiy Osiyoda, Tinch okeandagi orollarda joylashgan davlat. 
Uning hududida 6,5 mingga yaqin orol bor. Eng yirik orollari: Xokkaydo, Xonsyu, 
Sekoku va Kyusyu. Yaponlar o’z davlatlarini “Nixon”, “Nippon” deb atashadi. 
Uning ma’nosi “Kunchiqar mamlakat” deganidir. 
Maydoni 377,8 ming kv.km. Aholisi 127 mln. 960 ming kishi (2011 y). Aholisi 
bo’yicha dunyoda 10 o’rinda turadi. Poytaxti – Tokio shahri. 
1992 yilda Yaponiyaning Toshkentdagi elchixonasi o’z faoliyatini boshlagan. 
Davlat 
boshqaruvi 
konstitutsion 
parlamentar 
monarxiyaga 
asoslangan. 
Konstitutsiyaga ko’ra, Yaponiya imperatori davlatni boshqarishda Vazirlar 
Mahkamasining qarorlariga tayanadi. Barcha davlatlararo rasmiy uchrashuvlarda 
imperator davlat boshlig’i sifatida qatnashadi. 
Akixito 1989 yildan beri Yaponiya imperatori bo’lib kelmoqda. 
Iqtisodiy qudrati jihatidan Yaponiya jahonda Amerika Qo’shma Shtatlaridan 
keyin ikkinchi o’rinda turadi. Jahonning ko’zga ko’ringan ruhshunoslari va 
iqtisodchilari Yaponiya rivojlanishidagi bu ulkan parvozni mamlakatda ta’lim 
tizimlari taraqqiyotiga berilgan yuqori darajadagi e’tibor samarasi, deya qayd 
etadilar. Bu bejiz emas. Kun chiqish mamlakati deb yuritiladigan bu o’lkada ta’lim 
tizimlarini bosqichma-bosqich takomillashtirib borilishiga hukumat, xususiy 
kompaniyalar, jamoat tashkilotlari, ota - onalar qanchalik omilkorlik bilan 
yondashayotganligini guvohi bo’lamiz.
Tabiiyki, Yaponiya ta’lim tizimining yuksak parvozi o’z-o’zidan bo’lgani 
yo’q. Uning ham o’ziga xos inqirozi va muammolari bo’lgan. Buni to’liq tasavvur 


qilish uchun mamlakat pedagogik tamoyillari va taraqqiyotining tarixiy 
bosqichlariga nazar tashlash kifoya.
Zamonaviy ta’lim tizimi bosqichlari 
1. ASOS SOLISH BOSQICHI (1868-1885 yillar). Zamonaviy ta’limning ilk 
ustunlari yaratildi.
2. BIRLASHISH BOSQICHI (1886-1916 yillar). Turli xil maktab qonunlari chiqa 
boshladi, sistematik ta’lim tizimi yaratildi.
3. TARQALISH BOSQICHI (1917-1936 yillar). Ta’lim tizimi Ta’lim bo’yicha 
Favqulodda kengashning tavsiyalariga asosan rivojlantirildi.
4. HARBIY BOSQICH (1937-1945 yillar). Harbiylashgan ta’limning cho’qqisi 
davri.
5. ZAMONAVIY BOSQICH (1945 yildan hozirga qadar).
Yapon ta’limining mumtoz shakllanishi 1867 — 1868 yillardagi mamlakat 
hukmdori Meydzi tomonidan amalga oshirilgan islohotlarga borib taqaladi. Bu 
hukmdorning o’z oldiga qo’ygan ikki qat’iy shiori bo’lib, biri “Fukoku- kioxsi” — 
boyish, mamlakatni mustahkamlash va harbiylashtirish, ikkinchisi esa “Siokusan 
kogio”-ilg’or G’arb ishlab chiqarish texnologiyasi asosida mamlakat iqtisodiyotini 
rivojlantirish edi. Meydzi bu ikki maqsadni amalga oshirishning bosh omili ta’lim 
tizimlarini tubdan o’zgartirish va yangilashda deb hisoblardi.
Davlat boshlig’ining bu xulosalari Yaponiyada 1872 yilda “Ta’lim haqida 
Qonun” qabul qilinishiga olib keldi. Qonunga muvofiq tez orada eski uslubdagi 
ta’lim tizimi o’rnida mamlakat rivojlanishini ta’minlashga samarali xizmat 
qiluvchi yangi yo’nalishdagi 53750 ta boshlang’ich 256 ta o’rta maktab, 8 ta 
dorilfunun tashkil etildi. Bu o’quv yurtlaridagi ta’lim shakllari ma’rifatli G’arb 
ta’lim uslublari bilan uyg’unlashtirildi, 1890 yilga kelib ilgarigi 3-4 yillik 
boshlang’ich maktablar muntazam 4 yillikka aylantirildi va u bepul amalga oshirila 
boshlandi.
1908 yildan boshlab Yaponiyada boshlang’ich ta’lim majburiy 6 yillikka 
aylantirildi. O’quv-tarbiya ishlari bepul amalga oshiriladigan bo’ldi. 1893 yildan 
e’tiboran Yaponiyada kasb yo’nalishidagi dastlabki kollejlar paydo bo’la boshladi.
Birinchi dorilfunun 1886 yilda Tokioda tashkil etildi. Lekin bu dorilfununga 
oliy tabaqali aslzodalarning bolalari qabul qilinardi. Asr boshida mamlakatda 
ayollar uchun ham dorilfununlar tashkil etildi. Lekin bu bilim maskanlarida xotin-
kizlar uchun faqat xo’jalik yuritish, oila iqtisodiyotidangina ta’lim berilardi.
1897 yilda Kiatoda ikkinchi dorilfunun ochildi. Ikkinchi jahon urushida 
Yaponiya mag’lubiyatga uchragandan keyin mamlakat maorifi tizimlariga 
Amerika Qo’shma Shtatlari ta’lim tamoyillari kirib kela boshladi.
1946 yilda qabul qilingan Konstitutsiya Yaponiya fuqarolarining ta’lim 
sohasidagi huquq va burchlarini belgilab berdi. Unda «Layoqatiga ko’ra barcha 
fuqarolar bilim olish huquqiga ega. Barcha bolalar bepul umumiy ta’lim olishlari 
shart» ekanligi belgilab qo’yilgan.
1947 yilda qabul qilingan «Ta’lim haqida Qonun» Yaponiya konstitutsiyasi 
ruhiga uyg’un bo’lib, mamlakatda ta’limning maqsad va vazifalarini to’la ifoda 
etadi. Unda, jumladan, shunday deyiladi: «Biz shaxsiy g’ururi bor, o’zining 
qobiliyati va imkoniyatiga ishonuvchi, haqiqat va tinchlikni sevuvchi odamlarni 


tarbiyalaymiz, toki ular ko’p qirrali madaniyat sohibi bo’lsinlar». Shunday qilib, 
Yaponiya’ning Ta’lim, fan va madaniyat vazirligi boshqaruvi hozirgi kunda qat’iy 
markazlashdi, ilg’or xalqaro standartlar darajasidagi yapon ta’lim tizimlari qaror 
topdi.
Majburiy ta’lim
O’quv yili aprel oyidan boshlanadi. Boshlang’ich hamda o’rta maktab barcha 
uchun majburiy hamda bepuldir. Boshlang’ich maktab o’quvchilari (1-6 sinflar) 
uchun uyga vazifa berilmaydi. Biroq o’rta (7-9 sinflar) va oliy maktab (10-12 
sinflar) o’quvchilari uchun ko’p uy vazifasi beriladi. 
1. Boshlang’ich maktab 6 yil. 
2. O’rta maktab 3 yil. 
3. Oliy maktab 3 yil. 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish