yozyapti, deb ishonch bilan aytishi mumkin. Bu Fransiyada tarixiy merosga
aylangan xalq ta’limi tizimiga Ushinskiy tomonidan berilgan baho edi. Ushinskiy
Fransuz pedagogikasining ma’naviy tarbiyaga daxldor jihatlarini tanqidiy
baholaydi. Maktab hayotini tashkil qilishda shuhratparastlik qo’llab-quvvatlanadi.
O’quvchilar orasidagi nosog’lom raqobat hamda man-manlikni fransuz
pedagogikasi kuchli richag deb bildi va u bilan birga faoliyat yuritdi.
Bu maqsadda fransuz allomalari ko’plab qoyilmaqom vositalar o’ylab
topdilar: tarbiyalanuvchilarga orden taqdim qiladi, ularga mansab beradi, ularning
ismini gazetada chop etadi.
Shunday qilib, XIX asr va XX asr boshida xorijdagi va milliy ta’lim tizimi
ahvoli to’g’risida dalillar yig’ish tasniflash yoki birlamchi tahlilga tortishga
qaratilgan g’arb mamlakatlari va rus pedagoglarining tatqiqotlari hajmi kengayib
bordi. Ammo bu muammo bilan shug’ullangan mualiflarning aksariyati buni yo’l-
yo’lakay hisoblab, asosiy ish faoliyati sifatida ko’rib chiqmagan.
XIX asrning ikkinchi yarmida (1870-1900) jahondagi bir qator mamlakatlarda
majburiy ta’lim haqida hukumat qarori chiqdi.
Maqsad ta’lim mazmuniga ko’ra butun G’arbda bir xil bo’lgan maktablar
bilan birga mamlakatning milliy xususiyatlarini ko’qroq aks ettiradigan davlat
munisipal xalq maktablari yuzaga kela boshlaydi.
Jahonning turli mamlakatlarida maorif sistemasini muammolariga qiziqish va
maktabni qiyosiy o’rganish zaruriyati ortadi. XIX asrning oxiriga kelib qiyosiy
pedagogikaning ayrim nazariy asoslari va amaliy vazifalari, xususan chet eldagi
pedagogika tajribalari materiallarini to’plash va ishlab chiqish, nashr etishda o’z
mamlakatidagi ta’lim-tarbiya sistemasini takomillashtirish uchun foydali tajriba
olish maqsadida, turli ta’lim sistemalarining ijobiy tomonlarini qayd etish
vazifalari belgilaydi. XIX asrning ikkinchi yarmida Yevropada xalqaro tadqiqot
markazlari, muzeylari yoki institutlari vujudga kelib, ular o’z mamlakatlari va chet
eldagi ta’lim va tarbiyaga oid axborot materiallari va statistik ma’lumotlarni
to’plab, ishlab chiqadilar va tarqatadilar. XIX asrning oxirida Turkiya va Avstro-
Vengriya imperiyasi guruhiga kirgan Slavyan xalq vakillari bo’lgan
pedagoglarning tadqiqotlari o’ziga xos xarakterga ega edi. Bu pedagoglar maktab
orqali Slavyan xalqlarini birlashtirish va milliy ozod qilishga yordam bermoqchi
bo’ldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: