Qarshi davlat universiteti pedagogika kafedrasi


IV.Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllari



Download 5,29 Mb.
bet49/208
Sana01.04.2022
Hajmi5,29 Mb.
#522866
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   208
Bog'liq
Бердиева.мажмуа миллий гоя(1)

IV.Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllari
Darslarda pedagogning o`quvchilar tomonidan uy vazifalarining halol bajarishlariga kam e’tibor berayotganliklari, ularni sinfda tekshirishga urinmasliklari, yaxshi o‘zlashtirayotgan o`quvchilarni rag‘batlantirib bormasliklari ta’lim amaliyotda keng tarqalgan kamchilik hisoblanadi. Uy vazifalarini tushuntirib berishga ko‘pincha vaqt yetmaydi, ular shoshilinch beriladi. Pedagoglar kamdan-kam hollarda o`quvchilar uy vazifasini bajarayotganda duch keladigan qiyinchiliklarini ko‘rsatib beradilar, ularni bartaraf etish yo‘lini esa ko‘rsatmaydilar. Natijasida mustaqil uy vazifalarining bajarilishi samarasiz bo‘lib qoldi.
Ta’lim jarayonida, shuningdek, darsning quyidagi yordamchi turlaridan ham foydalaniladi:

Fan to‘garaklari yo‘nalishi, mazmuni, ish metodi, o‘qish vaqti va boshqa jihatlari bilan ajralib turadi. Ular o`quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish, o‘qishga ijobiy munosabatni shakllantirishga yordam beradi.. To‘garaklar o‘qishni hayot bilan aloqasini kuchaytiradi, fanlararo bog‘liqlikni rivojlantiradi. Fan to‘garaklarida o`quvchilarning ishlari o`quv jarayonini faollashtiradi, o‘qish sifatini oshirishga yordam beradi.


Ta’limning yordamchi shakllariga ekskursiyalar ham kiradi. Ular ommaviy, guruhli va kichik guruhli bo‘lishi mumkin. O`quv ekskursiyalari alohida fanlar hamda bir qancha fanlar bo‘yicha ham rejalashtiriladi. Ekskursiyani muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun o‘qituvchi unga puxta tayyorlanishi: obyekt va mashrut bilan oldindan tanishib chiqishi, to‘la rejani ishlab chiqishi, o`quvchilarni bo‘lajak topshiriqlarni bajarishga jalb eta olishi kerak. Ekskursiya rejasida mavzu va maqsad, obyekt, u bilan tanishish tartibi, o`quvchilar idrok etish faoliyatlarini tashkil etish, topshiriqni bajarish uchun zarur bo‘lgan vositalar va uskunalar, yakun yasash ko‘rsatiladi. Ekskursiyani o‘tkazish metodikasi mavzu, didaktik maqsad, o`quvchilarning yoshi, ularning rivojlanishi hamda ekskursiya obyektiga bog‘liq bo‘ladi.
Maktab o`quv rejasi turli fakultativ va tanlovi bo‘yicha kurslarni tashkil etishni ko‘zda tutadi. Ular o`quvchilar, ularning ota-onalari istak va qiziqishlarini hisobga olish bilan ishlab chiqiladi. Amaliyotda fermerlik, iqtisod, elektro va radiotexnika, elektronika, polimerlar ximiyasi, astrofizika, psixologiya, etika, antik tarix, botanika fanlarining ayrim sohalari, shuningdek, chet tili, etnografiya, stenografiya, kutubxona ishi, rassomchilik, musiqa kabi kurslarni fakultativ sifatida o‘rganiladi. Fakultativ va fanlarni ro‘yxatini aniqlashda faqat o`quvchilar istaklari emas, balki ijtimoiy talablar va maktab imkoniyatidan kelib chiqiladi. Fakultativ va tanlovi bo‘yicha mashg‘ulotlar majburiy va umumiy o‘rta ta’lim fanlari bilan uzviy bog‘liqlikda o‘tkazilishi kerak.
Odatda o`quvchilarning ma’lum o`quv materiali yoki topshirig‘i ustida mustaqil ishlashlari ularda maslahat (konsultasiya)ga nisbatan ehtiyojni yuzaga keltiradi. Maslahatni tashkil etish vaqtida asosan o`quvchi savol beradi. To‘g‘ri tashkil etilgan konsultasiya o`quvchilarga o`quv materialini egallashda qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi. Maslahat davomida o‘qituvchi o`quvchilar faoliyatini u yoki bu masalani to‘g‘ri tushunishga mustaqil keladigan, ular uchun qiyin topshiriqni tushunib oladigan qilib, o‘rganilayotgan materialni mohiyatini ochishga o‘rganadigan qilib yo‘naltiradi. Ta’limning mazkur turi o‘qituvchiga o`quvchilar bilimlaridagi kamchiliklarni aniqlash, alohida e’tibor berishni talab etuvchi vaziyatlarga ularning diqqatini jalb etishga imkon beradi. To‘g‘ri tashkil etilgan konsultasiya o`quvchilarda o‘zini nazorat qilish, bilimlarga tanqidiy ko‘z bilan qarashni tarbiyalaydi. O‘qimishlilik darajasini to‘g‘ri aniqlashga yordam beradi.
Ta’limning darsdan tashkari boshqa shakllari. Ta’limning maktabdan tashkari shakllari xilma - xil bo‘lib, ular orsida uy vazifalari, ekskursiyalar aloxida o‘rinni egallaydi. Uy ishlari sinfda bajarilgan ishlarning tabiiy davomi bo‘lib, u o‘kuvchilarda mustakillikni tarbiyalashning yetakchi shakli sanaladi.Uy vazifalari o‘kituvchining bevosita ishtirokisiz, ammo uning ko‘rsatmalariga ko‘ra bajariladigan amaliy va nazariy topshiriklardir. Uy vazialari kuyidagi pedagogik talablar asosida tashkil etiladi:
—o‘kuvchilarda uy vazifalarini bajarishda ishtiyok, xavas, kizikishlarni oshirish. Buning uchun uy vazifalarining maksadi, ularning axamiyati tushuntiriladi, sinfda va uyda bajariladigan ishlar o‘rtasida vorislik o‘rnatiladi;
—uy vazifalarini bajarishini nazorat etish, bolalarni ragbatlantirish, eng yaxshi bajarilgan uy ishlarini namuna kitshb ko‘rsatish yo‘llari bilan bolalarda uy vazifalarini bajarishga javobgarlik xissini tarbiyalanadi;
—uy vazifalarini asta — sekin murakkablashtirib borish, ularning optimal kiyinligini ta’minlash;
—uy vazifalari turlarini o‘zgartirib turish;
—o‘kuvchilarni uy vazifalarini bajarishga tayyorlash. Buning uchun uy vazifasini bajarish maksadi tushuntiriladi, zarur ko‘rsatmalar beriladi.
—uy vazifasini bajarish uchun gigiyenik talablarga javob beradigan sharoit yaratish.
O‘quvchilarda kuzatish, fakt to‘plash va ularni taxlil qilishga oid ko‘nikmalarni rivojlantirishda o‘kuv ekskursiyasining axamiyati katta. Ukuv ekskursiyalari o‘kuv dasturlarida ko‘zda tutilgan bo‘lib, u yoki bu o‘kuv predmeti uchun ajratilgan vakt doirasida o‘tkaziladi. Ekskursiya o‘rganilgan nazariy bilimlarni amaliyotda kuzatish, ta’limning xayot, ijtimoiy ishlab chikarish bilan boglanishning yetakchi shakli sanaladi. Ekskursiyaning tarbiyaviy axamiyati xam katta, uning vositasida bolalarda jamoatchilik, vatanparvarlik, estetik tarbiya amalga oshiriladi. O‘quv ekskursiyalari to‘rt tomonlama tasnif etiladi: o‘quv predmetlariga ko‘ra, ta’lim jarayonidagi o‘rniga ko‘ra, tarkibiga ko‘ra, ajratilgan vaktga ko‘ra.
O‘quv predmetlariga ekskursiyaning kuyidagicha turlari farklanadi: ona tilidan lingvestik ekskursiya tarixdan tarixiy obidalarga ekskursiya, fizika va ximiyadan zavod va fabrikalarga ekskursiya, tabiatshunoslikdan tabiatga ekskursiya.
Ta’lim jarayoni o‘rniga ko‘ra ekskursiyaning kuyidagi turlari ajratiladi: kirish ekskursiyalari - o‘kuv predmetiga oid faktlar to‘planadi, joriy ekskursiya - o‘kuv predmetini, uning biror bo‘limini o‘rganish bilan bilan alokador ekskursiya. Ekskursiyaning bu turi o‘kuv predmetiga oid ekskursiya. Bunday ekskursiya materiallari googrfiya, biologiya, fizika kabi kator o‘kuv predmetlari bo‘yicha to‘planadi. Ajratilgan vaktga ko‘ra ekskursichning ikki turi farklanadi: kiska muddatli ekskursiya - M: biologiyadan «gulning tuzilishi» temasini o‘tishdan oldin maktab bogiga kiska muddatli ekskursiya o‘tkazish, yerga tushgan gullarni to‘plash, dars paytida ulardan jonli material sifatida foydvalaniladi: uzok muddatli ekskursiyalarga bir kun, xatgo o‘kuv xaftasi ajratilishi mumkin.
V.Darsga tayyorlanishning texnologik mohiyati.
Darsning samaradorligi uning puxta tayyorlanganligi va samarali tashkil etilganligi bilan bog‘liq. Yaxshi rejalashtirilmagan, yetarlicha o‘ylab chiqilmagan, shoshilinch tuzilgan va o`quvchilar imkoniyatlariga moslashtirilmagan dars sifatli bo‘la olmaydi. Darsga tayyorgarlik aniq sharoitlarda eng yuqori yakuniy natijaga erishishni ta’minlaydigan o`quv jarayonini tashkil etishning komleks choralarini ishlab chiqishdir.
O‘qituvchining darsga tayyorgarligida quyidagi uchta bosqich ko‘zga tashlanadi: tashxislash, bashoratlash, loyihalash (rejalashtirish). Shu bilan birga o‘qituvchi amaliy materiallarni yaxshi bilishi, o‘z fanini erkin olib borishga erishishi lozim. Darsga tayyorgarlik asosini bo‘lajak mashg‘ultning algoritmlari, samaradorligi bog‘liq bo‘lgan omillar va holatlarni hisobga olishni ta’minlovchi qadamlarni ketma-ket tartib bilan bajarish tashkil etadi.
Algoritmni amalga oshirish aniq sharoitlarni diagnostika qilish bilan boshlanadi. Tashxis didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilashdir. Unda o`quvchilarning imkoniyatlari, ularning faoliyatlari va xulqlari, motivlari, talab va layoqatlari, qiziqish va qobiliyatlari, bilimdonlik darajasi, o`quv materialining xususiyati, uning amaliy ahamiyati, dars tuzilishi, yangi axborotni o‘zlashtirish, mustahkamlash va tizimlashtirish, bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va tuzatish kabi holatlar namoyon bo‘ladi.
Bashoratlash darsni tashkil etilishining turli varianlarini baholash va ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma’qulini tanlab olish.
Loyihalash (rejalashtirish) o`quvchilarning o`quv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish bo‘lib, u darsga tayyorlanishning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Loyiha (boshqarish dasturi) qisqa va aniq, erkin tuzilgan, pedagog o‘zi uchun boshqarish jarayoni muhim vaziyatlari (kimdan va qachon so‘rash, qayerda mavzuni kiritish, mashg‘ulot keyingi bosqichiga qanday o‘tish, oldindan ko‘zda tutilmagan qiyinchiliklar yuzaga kelganida jarayonni qaysi sxema bo‘yicha qayta o‘zgartirish)ni belgilab olishga imkon beruvchi hujjatdir. Boshqarish dasturi darsning an’anaviy rejasidan boshqaruv ta’sirning aniq va tushunarli bo‘lishi bilan farqlanadi.
Maktabdan tashqari mashg‘ulotlarning asosiy va barqaror turlariga o‘qish jarayonining tarkibiy qismi sifatida qaraladigan, o`quvchilarning mustaqil uy ishlari kiradi. Mustaqil uy ishlarining asosiy maqsadi – darsda o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarini kengaytirish, chuqurlashtirish, ularni esdan chiqarishning oldini olish, o`quvchilarning individual layoqati, iste’dod va qobiliyatini rivojlantirishdan iborat. Bu ishlar o`quv dasturi talablari, o`quvchilarning qiziqish va ehtiyojlari hamda ularning rivojlanish darajalarini hisobga olib quriladi. O`quvchilarning mustaqil uy ishlari ma’lum didaktik vazifalarni bajaradi. Chunonchi, darsda o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash, sinfda ishlab chiqilgan o`quv materialini kengaytirish va chuqurlashtirish, mashqlarni mustaqil bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish, dasturli material doirasiga kiruvchi hajmda individual topshiriqlarni bajarish asosida mustaqil fikrlashini rivojlantirish, individual kuzatishlar, tajribalar, gerbariy, tabiiy namunalar, otkritkalar, rasmlar, gazeta va jurnal lavhalari statistik ma’lumotlar kabi o`quv qo‘llanmalarini to‘plash va tayyorlash va boshqalar.

Download 5,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish