ADOLF DISTERVEG (1790-1866) pedagoglik sohasida samarali ish olib borish bilan bir vaqtda, matematika, nemis tili, geografiya, matematik geografiya, astronomiyaga doir yigirmadan ortiq darslik va o‘quv qo‘llanmalari nashr qildi; bu darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari Germaniyada va boshqa ko‘pgina mamlakatlarda katta shuhrat qozondi. U «Nemis muallimlarining muallimi» degan faxrli unvonga sazovor bo‘ldi.
Disterveg ham xuddi Pestalotssi singari tarbiyaning eng muhim prinsipi - uning tabiatga uyg‘un bo‘lishidir, deb hisobladi. U tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishini quyidagi mazmunda talqin qildi, ya’ni tarbiya odamning tabiiy kamol topishiga qarab olib borilishi, o‘quvchining yoshi va o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinishi kerak, dedi. O‘qituvchilar o‘quvchi-talabalar diqqati, xotirasi, tafakkurining o‘ziga xos belgilarini sinchiklab o‘rganishlari kerak, deb psixologiyani «tarbiya to‘g‘risidagi fanning asosi» deb bildi. Uning katta xizmati shundaki, pedagoglik tajribasini pedagogikani taraqqiy ettirishning manbai deb hisobladi. U mohir pedagoglarning yoshlarni tarbiyalash va bu sohadagi ish tajribalarini o‘rganish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.
Disterveg tabiatga uyg‘un bo‘lish prinsipiga qo‘shimcha ravishda tarbiya madaniy uyg‘un xarakterda bo‘lishi ham kerak, deb talab qildi. U ta’limning asosiy vazifasi ta’lim oluvchilarning aqliy kuchlarini va qobiliyatlarini o‘stirishdan iboratdir, deb hisoblaydi. Lekin u formal ta’lim moddiy ta’lim bilan chambarchas bog‘langanligini ko‘rsatib, Pestalotssiga nisbatan olg‘a tomon katta qadam qo‘ydi. Disterveg, ta’lim oluvchining sof formal ta’lim bo‘lmaydi, lekin ta’lim oluvchining o‘zi mustaqil olgan bilimlari va malakalarigina qimmatga egadir, deb uqtirdi.
Ta’lim yosh avlodning har tomonlama kamolotga etishiga va uning axloqiy tarbiyasiga yordam berishi lozim. O‘qitilayotgan har bir narsa ta’lim jihatdan qimmatga zga bo‘lish bilan bir qatorda, axloqiy ahamiyatga ham egadir.
Disterveg takomillashib boruvchi ta’lim didaktikasini yaratdi, bu didaktikaning asosiy talablarini ta’limning 33 qonuni va qoidasi tariqasida bayon qilib berdi. Disterveg avvalo tabiatga uyg‘un qilib, bola idrokining xususiyatlariga muvofiq qilib, o‘qitishni talab qildi. U misollardan qoidalarga: buyumlar va bu buyumlar to‘g‘risidagi aniq tasavvurlardan shu buyumlarni ifodalovchi so‘zlarga o‘tishni taklif qildi. Disterveg o‘quvchi-talabalarni ularning sezgi organlari bevosita his qila oladigan buyumlar bilan tanishtirishga juda katta ahamiyat berish bilan bir vaqtda, shaxsning o‘z sezgi a’zolari bilan idrok qilayotgan butun materialni o‘ylab ko‘rishi va anglab olishi zarurligini uqtirib o‘tadi. Disterveg taklif qilgan ko‘rsatmali ta’lim «yaqindan uzoqqa», «oddiy narsalardan murakkab narsalarga», «osonroq narsalardan qiyinroq narsa-larga», «ma’lum narsadan noma’lum narsaga» o‘tish kerak, degan qoidalar bilan bog‘langan ta’limdir.
Disterveg o‘rganilayotgan materialni ongli o‘zlashtirishga katta ahamiyat beradi. O‘quvchi-talabalarning o‘rganilgan material mohiyatini ravshan va aniq bayon qilib bera oladigan bo‘lishi shu materialning o‘zlashtirilganligini ko‘rsatuvchi belgilarning biridir. U o‘qitilayotgan materialning mustahkam o‘zlashtirilishiga ko‘p e’tibor beradi va o‘tilgan material esdan chiqib qolmasligi uchun uni tez-tez takrorlab turishni maslahat beradi.
Distervegning haqqoniy ravishda ta’kidlashicha, muvaffaqiyatli ta’lim hamisha tarbiyalovchi xarakterda bo‘ladi. Bunday ta’lim o‘quvchi-talabalarning aqliy kuchlarinigina o‘stirib qolmay, balki uning shaxsini, irodasini, sezgilarini, xulq-atvorini ham kamol toptiradi.
Distervegning fikricha, o‘qitish chog‘ida o‘quvchi-talabalarning tashabbuskorligini o‘stirish, ularni bilimlar bilan qurollantirish o‘qituvchi rahbarlik rolini o‘ynaganidagina mumkin bo‘ladigan ishdir. U ta’limning muvaffaqiyatli bo‘lishi oqibat natijada darslik yoki metodga emas, balki o‘kituvchiga bog‘liq deb ta’kidlaydi. Uning fikricha, yaxshi o‘qituvchi o‘z fanini mukammal egallab olgan bo‘lishi hamda o‘z kasbini va bolalarni sevishi kerak. Dars chog‘ida hamma ta’lim oluvchilar tetik bo‘lib turishi, o‘qituvchi g‘ayrat bplan dars berib, o‘quvchi-talabalarning aqliy kuchini uyg‘otishi, ularning irodasini mustahkamlashi, ularning xarakterini tarkib toptirishi kerak. O‘quvchi-talabalar o‘zlarining olg‘a borayotganliklarnni hamisha sezib turishlari lozim. YAxshi o‘qituvchi, – deydi Disterveg, – o‘zining tarbiya prinsiplarini qat’iyat bilan og‘ishmay o‘tkazib boradi, bu prinsiplardan hech qaytmaydi. O‘qituvchi muttasil o‘z ustida ishlashi lozim. SHundagina u o‘quvchi-talabalarni bilimlarni egallashda matonatli bo‘lishga o‘rgatadi va ularni o‘z yo‘llarida uchraydigan qiyinchiliklarni enga oladigan qilib tarbiyalaydi. Disterveg o‘qituvchining mustahkam xarakteri va o‘tkir iroda kuchi ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. O‘qituvchi qattiqqo‘l va talabchan bo‘lish bilan birga, adolatli bo‘lishi ham kerak, faqat shundagina u o‘z o‘quvchi-talabalari orasida obro‘ qozonishi mumkin. O‘qituvchi haqiqiy inson, mustahkam e’tiqodli bo‘lishi lozim, deydi.
Distervegning fikricha, «yomon o‘qituvchi haqiqatni aytib berib qo‘ya qoladi, yaxshi o‘qituvchi esa haqiqatni topishga o‘rgatadi». U o‘qituvchilarga o‘z bilimlarini qanday qilib oshirishlari to‘g‘risida bir qancha qimmatli maslahatlar beradi, o‘qituvchilarga o‘zlari o‘qitayotgan fanga taalluqli asarlarni birinchi navbatda o‘qishni tavsiya qiladi, shunipgdek, o‘qituvchi tarix va adabiyotni bilishi, shuningdek, pedagogika, psixologiya va metodikaga doir chiqayotgan yangn asarlarni kuzatib borishi kerak, deb ta’kidlaydi. Disterveg o‘qituvchilarni amaliy pedagoglik mahorati va malakalari bilan qurollantirishga katta ahamiyat berdi.
27-Mavzu: XIX asrning 2-yarmi - XX asrda jahon pedagogika fanining rivoji. K.D.Ushinskiyning pedagogik merosi.
REJA:
1.XIX asrning oxiri - XX asrda G’arbiy Yevropa, AKSH, Rossiyada reformatorlik pedagogikasi va uning asosiy yunalishlari.
2.M.V.Lomonosov va uning rus pedagogikasi va maktablar rivojidagi o‘rni.
3. L.N.Tolstoyning pedagogik qarashlari.
4. K.D.Ushinskiy pedagogika fani va tarbiyaning ahamiyati to‘g‘risida. K.D.Ushinskiyning didaktik qarashlari va pedagogik merosi
XIX asr oxiri XX asr boshlarida G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida fan va texnika o‘sib bordi va XX asr boshlariga kelib moliya kapitalining hukmronligi o‘rnatildi. Yirik taraqqiy etgan mamlakatlar (AQSH, Angliya, Fransiya, Gemaniyada) maktab ta’limini kengaytirishga va yaxshilashga majbur bo‘ldi, chunki u ishlab chiqarishda ishlaydigan, murakkab mashinalarni ishlata oladigan savodli ishchilarga muhtoj edi. Shu bilan bir vaqtda ishchilarning soni ko‘paya bordi, uning hukmron sinflarga qarshi olib borayotgan tashkiliy kurashi mustahkamlana bordi. Ishchilar sinfi maktab va maorifni xalq manfaatlarini ko‘zlab qayta qurishni zo‘r berib talab qildi. O‘sha davrdagi sotsial-demokratlar davrning ilg‘or kishilarining ta’limotiga amal qilib, mehnatkashlarni ma’rifatli qilish va ularnig bolalariga haqiqiy bilim berish uchun faol kurash olib bordilar.
Fransuz sotsialisti P. Lafarg Parij komunasini ishchilarning birinchi hukumati deb va uning maorif sohasidagi tajribasini qizg‘in tabrikladi. U proletariatning dushmani bo‘lgan ideoliglarga qarshi, dinga qarshi maktab ta’limini to‘a ravishda dunyoviylashtirish uchun, xalq bahramand bo‘ladigan maktab uchun butun hayoti davomida kurashdi. Germanya sotsial-demokratlaridan biri bo‘lgan A.Bebel ham ishchilarning ilm olishini qattiq himoya qilgan. Bebel nazariyaga juda katta ahamiyat berib, ishchilarga chinakam ilmiy asosda keng va chuqur ilm berishni talab qildi va insoniyatning ma’lum qismi bo‘lgan xotin-qizlarning ham manfaatini himoya qildi. Atoqli sotsial-demokratiyasining mashhur arbobi Klara Setkin XIX asirning 80-yillaridan boshlab ishchilarni bilimli bo‘lishi uchun xotin-qizlarni kapitalizm kishilaridan qutqarish uchun yangi maktab uchun otashin kurashdi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida burjua pedagogik nazaariyalari juda xilma-xil bo‘lsa ham, lekin bu nazariyalarning hammasining ham vazifasi bir tomondan, ommaga ta’lim berish ishlarini burjuaziyaning manfaatlariga muofiqlashtirishni asoslab berishdan, ikkinchi tomondan esa hukmron sinf bolalariga jamiyatda va davlatda rahbarlik mavqeini egallashlariga yordamlashishdan iborat bo‘ldi. Yirik burjuaziyani qanoatlantiradigan maktablar vujudga keltirish maqsadida yangi maktablar deb ataluvchi pedagogik oqim paydo bo‘ldi va keng yoyildi. Jenvada «Yangi maktablarning» xalqaro birlashmasi tuzildi va Angliya, Fransiya, Belgiya, Shveysariya, AQSH hamda boshqa mamlakatlarda ochilgan shu tipdagi maktabga nisbatan qo‘yiladigan umumiy talablarni tariflab berdi. Internat tipidagi o‘quv yurti bo‘lgan bu yangi maktablar xususiy kishilar burjua pedagogika tashkilotlari tomonidan ochilmoqda edi Yangi maktablarnig xarajati va ularga to‘lanadigan haq odatda juda katta bo‘lganligi uchun, bu haqni to‘lash uchun faqt badavlat kishilargina qodir bo‘lar edi. Bu maktablarda ta’lim va tarbiyaning yangi»erkin va aktiv «qo‘llanilar edi. Yangi maktablarning mashhur nazaryachisi bo‘lgan Shveysarilik pedagog A.Fererning aytishicha «yangi maktablar» amaliy pedagogikaning labarotoriyasidir. Bu maktablarda bolalarning yodlab olingan bilimlar bilan to‘ldirish o‘rniga, ularning fikrlash qobilyatini umumiy o‘stirish yo‘li bilan ta’lim berishga harakat qilinadi. Ferer yangi maktablarda o‘quvchilarnig yosh xususiyatlarini sinchiklab hisobga olib borish, har bir o‘quvchiga individual ta’lim va tarbiya berish uning ijobiy sifatlarini topish va bu sifatlarini o‘stirish zarur deb hisoblaydi. Ammo bu maktablarda mavjud tartib oldida bo‘ysunishga, shovinizmga o‘rgatdilar nodon xalq uchun din kerak, diplomsiz yashash mumkin emas deb ta’lim beradilar.
XIX asrning 90-yillarida AQSH da pragmatizm falsafasi degan yangi falsafa dunyoga keldi va keng rivojlandi Pragmatizmning nazariyachilari bizning falsafamiz idealizmdan ham materializmdan ham yuqori turadi obyektiv haqiqat yo‘q va odam unga yaqinlasha olmaydi deb davo qildilar.
Pragmatizm yunonchada «ish, amal, tajriba» so‘zidan olingan bo‘lib, amaliyot falsafasi demakdir. Pragmatizm materializmni ham idealizmning ham metafizikasini masxara qilib kuldi, tajribani va faqat tajribani ko‘klarga ko‘tarib maqtadi, birdan bir kiriteriya deb tajribani oladi umuman pozitizm oqimini asos qilib oladi. Pragmatistlar haqiqatning kriteriyasi maydoni deb foydani tan oladilar shu bilan birga foydaning ahamiyati ichki qanoatlantirish yoki o‘z-o‘zini qanoatlantirish bilan belgilanadi deb ta’kidlaydilar. Djon Dyui (1859-1952) amerikalik filosof hozirgi zamon progmatizm oqimlaridan biri bo‘lgan instrumentalizmning ko‘zga ko‘ringan namoyandasidir. Dyuining pedagogika masalalaridagi qarashlari uning butun umri davomida bir necha marotaba o‘zgargan bo‘lsada, lekin uning asosi o‘zgarmasdan qolaverdi. Dyuining XIX asr oxiridagi maktabni tanqid qilib aytgan gaplarini ko‘p kishilar umuman burjua maktabiga nisbatan opazitsiya deb pedagogika sohasiga jumladan mehnat asosiga qurilgan tarbiya va maktabni turmush bilan bog‘lash sohasidagi yangi fikr deb yurdilar. Dyuining fikrlaridan ba’zilari 30-yillar boshigacha bo‘lgan sobiq sho‘ro maktabining tajribasida qo‘llanildi. Dyui bolaning o‘sishida irsiyatga katta ahamiyat beradi. Uning so‘zi bilan aytganda, indivi- dumdagi aqliy va jismooniy xususiyatlarning majmui irqning o‘ziga xosdir va nasldan naslga o‘taveradi degan qoidani irsiyat nazariyasi hamma e’tirof qilgan qoidaga aylantirdi. Djon Dyuining ta’kidlashicha tarbiya irsiyatga suyanishi hamda bolaning manfaatlaridan va amaliy tajribasidan kelib chiqishi lozim.
Tarbiya shu tajribaning kengayib chuqurlashib borishidir. Tarbiya markazidagi figura bolaning o‘zidir u bamisoli quyoshdirki pedagogik jarayon uning atrofida aylanadi. Hamma gap bolaning o‘zidadir. Uning kuchi ro‘yobga chiqishi qiziqishlari qondirilishi qobiliyati esa mashq qildirilishi kerak. Dyuining pedagogik jarayonda bolaga ko‘proq e’tibor berilishi va o‘qishni faqat bolaning manfaatlarini ko‘zda tutgan holda yo‘lga qo‘yishga dav’at etishi oqibati natijasida sistematik ta’limdan voz kechishga, bolalarni tarbiyalashda ularni jiddiy va muntazam bilimlar bilan qurollantirishga qarshi chiqishga olib keldi. Dyui sistematik bilimlarga yetarlicha ahamiyat bermay biror ish qilish vositasi bilan o‘qitshning o‘zini bolalarning turmushi bilan bog‘lashi mumkin deb hisobladi. Mehnat bilan shug‘ullanish deydi Dyui maktab hayotining ochiqdan-ochiq markazi bo‘lib qolmoqda. Madomiki turmushda mehnat xilma-xil ekan deydi Dyui o‘quvchilar ham mehnatning xilma- xil formalari bilan tanishishlari lozim. Ularning ishlari xilma-xil bo‘lishi polizda, bog‘da, oshxonada zamonaviy mashinalar bilan uskunalangan turli sanoat ustaxonalarida bajarilishi lozim. Mashg‘ulotlarni biror topshiriq bilan masalan, kichikroq uy qurish ishi bilan bog‘lab olib borishi kerak, bunday sharoitda bolalar dastlab mashtabga qarab plan chizish bilan shug‘ullanadilar arifmetika darslarida shu uyni qurish ucun kerakli materialning qiymatini hisoblab chiqadilar til darsida uyga taalluqli so‘zlarning imlosini organadilar rasm solish va loydan turli buyumlar yasash darsida har xil buyumlar yasaydilar. XIX asr oxiri XX asr boshlarida pedagogika sohasida bir qancha nazariyalar, paydo bo‘ldi, bu nazariyalar g‘arb mamlakatlaridagi pedagoglarga o‘z ta’sirini XX asrning dastlabki o‘n yillarida ham o‘tkazib keldi. Djon Dyuining fundamental g‘oyalariga bugungi kunda ham ta’lim tizimini modernizatsiya qilishda tayanilmoqda.
L.N. Tolstoyning pedagogik qarashlari
L.N.Tolstoyning pedagogika sohasidagi faoliyati 1849-yildan boshlandi. L.N.Tolstoy bu vaqtda Yasna-Polyaniyadagi dehqon bolalarini o‘qitar edi. U pedagoglik sohasidagi faoliyatini ancha faollik bilan 1859-yildan boshlab olib bordi. L.N.Tolstoy Qrim urushidan keyin Yasna Polyanaga qaytgach, u yerda maktab ochdi va yaqin atrofdagi qishloqlarda maktab ochilishiga ham yordam berdi. L.N.Tolstoy 1859-yilda ochgan Yasnaya Polyana maktabi 1861-yildan boshlab butunlay boshqa asosda qayta tuzildi. L.N.Tolstoy o‘qtuvchilar yordami asosida o‘quvchi bolalarda erkin va samarali ijod erkinligini uyg‘onishi to‘g‘risidagi fikri uning ishi uchun asos bo‘lib xizmat qildi.
L.N.Tolstoy xalq maktablarida faqat rus, slavyan tillarida savod, hisob va din darsi o‘tilshi kerak deb hisoblaydi. Nihoyat pedagogik faoliyatning so‘ngi davrda ta’limning mazmunini yoki hech bo‘lmasa, bu mazmundagi asosiy narsani belgilaydigan yo‘riq yana o‘zgardi. L.N.Tolstoy ta’limida eng asosiy narsa uning dini (tozalangan xiristianlik) ruhidagi diniy axloqiy tarbiya deydi. L.N.Tolstoy o‘qituvchi arifmetika, grammatika imloni yuzaki mexanik suratda o‘rgatish bilan chegaralanadigan maktabni befoyda quruq bir narsa deb atadi.
L.N.Tolstoyning bu davrdagi qarashlarida tarbiyani ta’limdan ajratib bo‘lmaydi, degan etiqodi to‘g‘ri edi. Ta’lim ham tarbiya ham ajralmas bir narsadir. Bilim bermasdan turib tarbiya berib bo‘lmaydi har qanday bilim esa tarbiyaviy ta’sir etadi.
L.N.Tolstoy o‘zining ilgarigi qarashlariga qarama-qarshi o‘laroq bu mutlaqo to‘g‘ri qoidani tarbiyalovchi ta’lim prinsipi (qoidasi)ni ilgari surgan edi, ammo bu qoidani reaksion mazmun bilan to‘ldirdi. L.N.Tolstoy ta’lim metodikasi to‘g‘risida juda ko‘p fikrlar aytdi o‘qitish metodini tanlaganda o‘quvchilarning ma’lum bir metodga qarshi qanday qarashlarini e’tiborga olish kerak dedi. L.N.Tolstoy o‘quvchilarga xush kelgan ta’lim uslubigina to‘g‘ri usuldir deb yozdi. U qandaydir bir metodni ushlab olish yaramaydi, chunki barcha xususiyatlarni o‘z ichiga qamrab olgan metod yo‘q ekanligini aytdi.
L.N.Tolstoy bolalar ijodkorligini o‘stirishga katta ahamiyat berib ularga mustaqil ish berishni, masalan, turli mavzuda insholar yozishni tavsiya etdi. L.N.Tolstoy ta’limning mazmuni va o‘qitiladigan fanlarning hajmini belgilashda o‘quvchilarning qiziqishi asosiy mezon bo‘lishi kerak deb hisoblaydi. U maktabda o‘n ikkita fan o‘qitilishi kerak deb ta’kidlangan. U ta’lim metodlari haqida fikr bildirib, o‘qitish metodini tanlaganda o‘quvchilarning ma’lum bir metodga nisbatan munosabatlarini e’tiborga olish zarur deydi. L.N. Tolstoy «o‘quvchilarga xush kelgan ma’lum usulgina to‘g‘ri usuldir» deb yozadi. Uning fikricha, turli o‘qitish metodlari orasida o‘qituvchining jonli so‘zi, ya’ni hikoya va suhbat metodi asosiy o‘rinni egallaydi. L.N.Tolstoyning fikricha «agar - dars ortiq darajada qiyin bo‘lsa-yu, o‘quvchi berilgan vazifani bajarish uchun bo‘lgan ishonchini yo‘qotadi, boshqa narsalar bilan mashg‘ul bo‘lib, uni bajarishga urinmaydi; agar dars ortiq darajada yengil bo‘lsa ham, shunday hol ro‘y beradi. O‘quvchining butun diqqatini berilayotgan darsga jalb etish lozim. Buning uchun o‘quvchiga shunday ish beringki, u har bir darsni bajarishda bir qadam ilgariga siljitish, deb his qilsin «.
O‘quvchilar bilimni ongli ravishda o‘zlashtiruvlari lozim; o‘quvchilarga qoida va ta’riflar ular yetarli darajada o‘zlashtirib olgan daliliy materialning xulosasi qilib berilishi lozim».
L.N.Tolstoyning o‘qish kitoblari uchun yozgan hikoyalari mazmuni boy va turli-tumandir. Ular bolalar adabiyoti uchun qimmatli merosdir. Bu hikoyalarning ko‘plari boshlang‘ich maktablar darsliklariga kiritlgan va ayrimlari hozir ham kitobchalar holida chop etilmoqda. L.N.Tolstoyning pedagogika sohasidagi jo‘shqin, har taraflama faoliyatida rus pedagogikasi sohasidagi fikrini burungi maktablarni boyitgan ko‘pgina ijobiy tomonlari ham bor edi. L.N.Tolstoy pedagogikasidagi ijobiy xususiyatlar quyidagilardan iborat; bolalarga chuqur mehr-muhabbat qo‘yish, bolaning shaxsini hurmatlash, bolalarning ijodkorligini
297
uyg‘otish va taraqqiy ettirish, har bir o‘quvchining xususiyatini psixologik jihatdan mohirlik bilan analiz qilish.
L.N.Tolstoyning pedagogika sohasidagi doimiy izlanishi, pedagoglik faoliyatiga fidokorona berilishi, pedagogik ijodkorlikka intilishi, bugungi kun o‘qituvchisining pedagogik mahoratini shakllanishida muhim rol o‘ynaydi.
K.D.Ushinskiyning didaktik qarashlari va pedagogik merosi
Mashhur rus pedagogi, rus pedagogikasi va xalq maktablarining asoschisi, Konstantin Dmitriyevich Ushinskiy 1824-yilning 19-fevralida Tula shahrida tavallud topdi.
K.D.Ushinskiyning didaktika sohasidagi qarashlari pedagogika tarixida juda katta ahamiyatga egadir. U ta’limni bolalarning psixologiya jihatidan kamol topishlarining yosh bosqichlarini hisobga olish va psixologiyaning xususiyatlarini e’tiborga olib tashkil etish kerakligini asosiy vazifa deb bildi. Jumladan, u o‘qitish vaqtida bolaning diqqatidan foydalanish to‘g‘risida qimmatli ko‘rsatmalar berdi. Ushinskiy ikki turli diqqat: faollik, ya’ni ixtiyoriy va sust, ya’ni g‘ayri ixtiyoriy diqqatning mavjudligini ko‘rsatib, bolalarning yosh xususiyatlarini e’tiborga olib, sust diqqatga oziq berish kerak, shu bilan bir vaqtda, eng muhim bo‘lgan faollik diqqatni har tomonlama taraqqiy ettirish lozim, chunki insonga kelajakda bu diqqatdan foydalanishga to‘g‘ri keladi, deb hisobladi.
Ushinskiy xotira bilan esda saqlab qolish to‘g‘risida gapirib, unutishning oldini oladigan tez-tez takrorlash yo‘li bilan tarbiya oluvchilarda o‘z xotiralariga ishonchni mustahkamlash kerak deb ko‘rsatadi.
Ushinskiyning aytishicha, ta’lim mana shu tamoyillarga asoslanishi kerak: U ham bo‘lsa, bolalarning kuchi yetadigan va izchil bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |