Psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalar bilan korreksion ishlar olib borishning xususiyatlari.
O ‘zbekistonda ХХ asrning 60-yillarida ilk bor psixik rivojlanishdan ortda qolgan bolalar bilan maxsus pedagogik ishlar amalga oshirilgan.
Bolalarni korreksion muassasalarga qabul qilish PTPK ning xulosasi bo‘yicha ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning roziligiga ko‘ra amalga oshiriladi. Sinf 12 nafar o‘quvchidan iborat bo‘ladi. Ular rivojlanishidagi nuqsonlarning bartaf etilishiga ko‘ra ommaviy umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga o‘tkazilishlari mumkin.
Ikkinchi bosqichda ta’lim (V-IX sinflar) ayrim o‘zgartirishlar (muayyan o‘quv mavzulari yoki ulardagi materiallar hajmini qisqartirish) bilan ommaviy umumiy o‘rta ta’lim maktablarining dasturlari asosida amalga oshiriladi. Korreksion-rivojlantiruvchi sinflarda, ta’limning 1-bosqich muddati zarur holatlarda 1 yoki hatto 2 yilga uzaytirilishi mumkin.
Ular bilan ishlashda asosiy vazifa - bolalar tomonidan atrof-muhit haqidagi bilimlarni egallab olinishiga yordam berish, ularda kuzatuvchanlik va amaliy o‘quv faoliyati tajribasini hosil qilish, mustaqil ravishda, bilimlarni egallash va amaliyotda ulardan foydalanish malakasini shakllantirishdan iborat.
Bunday o‘quvchilar individual yondashishni talab etadilar. Ularni Korreksion o‘qitish даволаш-соғломлаштириш тадбирлари билан бирга амалга оширилиши зарур. Ўқув материали ҳамда таълим методи ПРОҚ болаларнинг ривожланиш даражаларига мос ҳолда танланиши зарур.
Aqli zaiflikning psixologik-pedagogik xususiyatlari, uning paydo bo‘lishi sabablari.
Aqli zaiflikni o‘rganish bilan bog‘liq masalalar korreksion pedagogikada (defektologiyada) eng muhim masalalar qatoriga kiradi.
Aqliy rivojlanishi buzilgan bolalarni o‘qitish, tarbiyalash, ijtimoiy moslashtirish va o‘rganish muammolari korreksion (maxsus) pedagogikaning muhim sohasi - oligofrenopedagogika tomonidan o‘rganiladi. “Oligofreniya” (Yunoncha olygos – kam va phren - aql) termini XIX asrda mashhur nemis psixiatri Emil Krepelin tomonidan qo‘llanilgan.
О ligofreniyaning sabablari bosh miyani buzilishiga olib keluvchi ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) omillar bo‘lishi mumkin. Ekzogen omillar sirasiga onaning homiladorlik davrida turli infektsion kasalliklar bilan kasallanishi (virusli kasalliklar, qizilcha, qizamiq, kor, Botkin kasalligi va boshqalar), chaqaloqning ona organizmidagi turli parazitlar bilan zararlanishi (toksoplazmos) hamda turli tug‘ma shikastlar (asfiksiya) kiradi. Onaning Yurak-qon tomir tizimi, buyrak, jigar kasalliklari bilan og‘rishi, homiladorlik davrida ruxsat etilmagan dori-darmonlarni qabul qilishi, homiladorlik davrida turli jismoniy va psixik jarohatlarni olishi, ayollarning zararli ishlab chiqarishda ishlashlari, atrof-muhitning yomon sharoitlari, chekish, alkogolizm, ota-onalari giyohvand moddalarni is’temol qilishlari ham chaqaloq bosh miyasining zararlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |