Umumiy o‘rta ta’lim.
Umumiy o‘rta ta’lim quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:
Boshlang‘ich ta’lim (I-IV sinflar)
Boshlang‘ich ta’limda umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim va ko‘nikmalar asoslari shakllantiriladi. Birinchi sinfga bolalar 6—7 yoshdan qabul qilinadi.
Umumiy o‘rta ta’limda bilimlarni zarur Hajmi beriladi. Bolalarda mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalari rivojlantiriladi.
Kasbga yo‘naltiradi, ta’limning navbatdagi bosqichiga yordam beradi.
Ixtisoslashtirilgan maktalar Ham tashkil etilishi va bolalar qobiliyati, iste’dodga ko‘ra bunday maktablarda ta’lim olishi mumkin.
O‘rta maxsus va kasb-Hunar ta’limi.
Har bir yigit-qiz umumiy o‘rta ta’limga ega bo‘lgandan so‘ng akademik litsey yoki kasb-Hunar kollejida o‘qishni ixtiyoriy ravishda tanlashi mumkin. Bu ta’lim muassasalarida o‘qish muddati uch yildan kam bo‘lmaydi.
Litsey va kollejlar egallangan kasb-Hunar bo‘yicha ishlash Huquqini beradi va Hamda ish yoki ta’limni navbatdagi bosqichda davom ettirishi uchun asos bo‘ladigan maxsus, kasb-Hunar ta’lim beradi.
OLIY TA’LIM
Oliy ta’limda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi.
Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash universitet, akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta’lim muassasalarida o‘rta maxsus, kasb-Hunar ta’lim asosida amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim ikki bosqichda: bakalavriat va magistraturaga ega.
Bakalavriat — oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha puxta bilim beriladigan, o‘qish muddati kamida to‘rt yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir.
Magistratura — aniq mutaxassislik bo‘yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim shartnoma asosida olinadi.
Oliy o‘quv yurtidan keyin malakali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlarga bo‘lgan eHtiyojga qarab oliy o‘quv yurti va ilmiy tadqiqot muassasalarida aspirantura, ad’yutantura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik tarzida davom ettiriladi.
Oliy ta’limdan so‘ng kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimini va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish va yangilashga qaratiladi.
Bolalar va o‘smirlarning bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun madaniy-estetik, ilmiy-texnikaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda maktabdan tashqari ta’lim muassasalari mavjud. Bunday maskanlarga bolalar, o‘smirlar, ijodiyoti saroylari, uylar, klublar va markazlar, kutubxonalar, sog‘lomlashtirish muassasalari kiradi va bu joylarda bolalar o‘z eHtiyojlari va qiziqishlariga ko‘ra shug‘ullanadilar.
Ta’lim isloHotlarida kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlarini asosan quyidagilar tashkil qiladi:
- shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim soHasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi;
- davlat va jamiyat — ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishning amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari;
- uzluksiz ta’lim — malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muHiti o‘z ichiga oladi;
- fan — yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi;
- ishlab chiqarish-kadrlarga bo‘lgan eHtiyojni, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan quyidagi talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy texnik jiHatdan ta’minlash jarayonining qatnashchisi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturda intelektual, ma’naviy-axloqiy jiHatdan tarbiyalash bilan bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali Har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish nazarda tutiladi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelida fan, jumladan, pedagogika fani, Ham yangi fundamental va bilimlarni shakllantirish orqali muHim ilmiy natijalarni jamlaydi. Oliy malakali va ilmiy va pedagogik kadrlar tayyorlashning amalga oshirilishi, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni yaratish va o‘zlashtirish orqali ilm-fanning ta’lim amaliyoti bilan aloqasini ta’minlashni amalga oshirish ko‘zda tutiladi, ilg‘or axborot va tendensiya texnologiyalarini joriy etish mexanizmlarini ishlab chiqishga e’tibor qaratildi.
4. Mustaqillik yillarida pedagogik fikr taraqqiyoti.
Mustaqillik yillarida pedagogika fanining eng dolzarb muammolari ustida doktorlik dissertatsiyalari Himoya qilindi. CHunonchi, OMusurmonova “YUqori sinf o‘quvchilarida ma’naviy madaniyatni shakllantirishning pedagogik asoslari”, S.Nishonova “SHarq uyg‘onish davri pedagogik fikr taraqqiyotida barkamol inson tarbiyasi”, U.MaHkamov “YUqori sinf o‘quvchilarining axloqiy madaniyatini shakllantirish”, M.Inomova “Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik asoslari” kabi doktorlik dissertatsiyalari shular jumlasidandir.
Hozirgi paytda Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlar ilmiy tadqiqot instituti, Hunar ta’limi ilmiy tadqiqot instituti, Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika universiteti yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda ta’lim soHasi bo‘yicha Davlat ilmiy-texnikaviy dasturining ijrochilari hisoblanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |