Ijtimoiylashuv agentlari. Insonning voyaga yetishida va shakllanishi jarayonida u bilan bevosita munosabatda bo‘lgan kishilar muhim o‘rin tutadilar. Ularni ijtimoiy pedagogikaga oid adabiyotlarda “ijtimoiylashuv agentlari deb hаm nomlanadi. Turli yosh davrlarida agentlarning tarkibi turlicha buladi. Bolalar va o‘smirlar uchun ota-ona, aka-uka, opa-singillar, qarindoshlari, tengdoshlari, qo‘shnilar agent bo‘lishlari mumkin. Yoshlik davriga kelib, agentlar qatoriga turmush o‘rtog‘i va hamkasblari ham qushilishlari mumkin. Ijtimoiylashuvdagi tutgan o‘rniga, inson uchun ahamiyatiga qarab agentlar faol ta’sir etuvchi va faol ta’sir ko‘rsatmaydigan agentlarga farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |