Bog'liq ona tili morfemika soz yasalishi morfologiya fanining oquv-uslubiy majmuasi
Ko‘rsatish olmoshlari shaxs. narsa yoki belgini ko‘rsatish uchun xizmat qiladi: u, bu, shu, o‘sha, ushbu, mana, ana, mana shu, manabu, ana u, bunday, shunday, shunaqa, shuncha kabi.
Mumtoz adabiyotda ko‘rsatish olmoshlari ul, bul, shul, o‘shal kabi ko‘rinishlarda qo‘llangan.
Ko‘rsatish olmoshlari k plik, egalik va kelishik qo‘shimchalarini olib turlanadi: bularingizni, mana shulardan, ana unisini, shunisiga kabi. Odatda, ko‘rsatish olmoshi bilan bog‘langan so‘z
ko‘plik, egalik va kelishik qo‘shimchalarini olib turlangan bo‘ladi, olmosh esa o‘zgarishsiz qoladi: bu kitobimga, shu ishlaringizdan, o‘sha odatini, shu bog‘imizning kabi.