Algoritmning asosiy turlari.
Masala еchimining algoritmi ishlab chiqilayotgan davrda asosan uch xil turdagi algoritmlardan foydalanib, murakkab ko’rinishdagi algoritmlar yaratiladi. Algoritmning asosiy turlariga chizig’li (a), tarmoqlanadigan (b) va takrorlanadigan (c) ko’rinishlari kiradi. Murakkab masalalarning еchimini olish algoritmlari yuqoridagi turlarining barchasini o’z ichiga olishi mumkin. Chiziqli turdagi algoritmlarda bloklar biri kеtidan boshqasi joylashgan bo’lib, bеrilgan tartibda bajariladi. Bunday bajarilish tartibi “tabiiy tartib” dеb ham yuritiladi.
Yuqorida ko’rib o’tilgan birinchi misol chiziqli turdagi algoritmga misol bo’ladi. Amalda hamma masalalarni ham chiziqli turdagi algoritmga kеltirib еchib bo’lmaydi. Chiziqli xisoblash jarayonining tuzimi quyidagicha ko`rinishda ifodalanadi. Algoritm, algoritmlash, xossalari, til alifbosi, chiziqli, takrorlanuvchi, tarmoqli tuzilishlar, idеntifikator, ifodalar, opеratorlar, munosabat amallari.
Mavzu: Dasturlash asoslari bo’limini o’qitish metodikasi
Reja:
1. Dasturlash tillari haqida umumiy ma’lumot
2. Delphi dasturlash tilini o‘qitish bo‘yicha ta’lim texnologiyalaridan foydalanish
Dasturlash tillari haqida umumiy ma’lumot
Til
|
Yaratilgan yili
|
Mualliflar
|
Tashkilot, firma
|
Ada
|
1979- 80
|
Jean Ichbian
|
Cii-Honeywell (Fransiya)
|
ARL
|
1961-1962
|
Kenneth Iverson, Adin Falkoff
|
IBM
|
DELPHI
|
1995
|
Chak (Chuck) va Denni (Danny )
|
Borland
|
BASIC
|
1964-1965
|
JohnKemeny, Thomas Kurtz
|
Dartmouth Colleje
|
C
|
1972- 1973
|
Dennis Ritchie
|
Bell Laboratories
|
C++
|
1980
|
Bjarne Strostrup
|
Bell Laboratories
|
FORTRAN
|
1950- 1958
|
John Backus
|
IBM
|
HTML
|
1989
|
Tim Berners-Li
|
CERN, Jeneva
|
LOGO
|
1968-70
|
Seymour Papert
|
MassachusetS Institute of Techn.
|
Pascal
|
1967-1971
|
Niklaus Wirth
|
Federal Institute of Technology (Shveytsariya)
|
SIMULA
|
1967
|
Ole-Yoxan Dal, Kristen Nigaard
|
Norvegiya XM
|
Java
|
1995
|
Djeyms Gosling
|
Sun Microsystems
|
Dasturlash texnologiyasi
Har bir o‘quvchi uchun dastur, dasturlash dasturlash texnologiyasi uchunchalariga oydinlik kiritib o‘tishmizga to‘g‘ri keladi:
Dastur - bu berilgan algoritmga asoslangan biror bir algoritmik tilda yozilgan ko‘rsatm al ar, ya’ni buyruqlar yoki operatorlar to‘plamidir. Algoritmlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompyuterga kiritib yechib bo‘lm agani sabab ularni biror bir algoritmik tilga o‘tkaziladi.
Dasturlash – bu dastur yaratish bo‘lib, uni yaratishda quyidagi bosqichlar bosib o‘tiladi:
Qo‘yilgan masalani dasturlash mumkinligini tekshirish;
Qo‘yilgan masalaning algoritmini tanlash yoki qayta ishlash;
Bo‘yruqlarni yozish;
Dastur xatoliklarini tekshirish;
Testdan o‘tkazish.
Dasturlash - esa bu dastur tuzish jarayoni bo‘lib, u quyidagi bosqichlardan iboratdir:
dasturga bo‘lgan talablar;
qo‘yilgan masala algoritmini tanlash yoki ishlab chiqish;
dastur kodlarini (matnlari, buyruqlarni) yozish;
dasturni to‘g‘rilash va test o‘tkazish.
Dastur so‘zi ham komandalarning alohida blokini (berilgan kodini) aniqlovchi so‘z, ham yaxlit holdagi bajariluvchi dasturiy mahsulotni belgilovchi so‘z sifatida ishlatiladi.
Bu ikki xillilik o‘quvchini chalg‘itishi mumkin. Shuning uchun unga aniqlik kiritamiz. Demak dasturni yo dasturchi tomonidan yoziladigan komandalar to‘plami, yoki amallar bajaradigan kompyuter mahsuloti sifatida tushinamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |