Xom ashyo – Sho‘rtan konining tabiiy gazi zavod hududiga, uch parallel
4000 :- 5500 kPa bosim ostida va 75°C dan yuqori bo‘lmagan temperaturada
boyicha nazorat qilinadi. Sxemada bosimning minimal va maksimal qiymatlarida
Berilayotgan tabiiy gazning tarkibini davriy laboratoriya nazoratini amalga
oshirish uchun majmua hududida, tabiiy gaz quvur o‘tkazgichida S-1709 namuna
44
Amin yordamida tozalash qurilmasiga kirishda tabiiy gazning bosimi, uch
parallel quvurutkazgichlarga o‘rnatilgan PV-17001 A, B, S "H3" tartibga solish
klapanlariga ega bo‘lgan, PS-17001 tartiblagich bilan 3765 -: 4000 kPa orali‘ida
ushlab turiladi.
Tabiiy gazning namligi ko‘pi bilan 25-:30 g/m
3
ni tashkil etadi.
So‘ngra, tabiiy gaz uch quvurutkazgich birlashgan umumiy quvurutkazgich
orqali 373,52 t/h sarf bilan sovutish uchun, parallel ravishda ishlovchi EA-
1706A,B tabiiy gaz sovutgichlariga yuboriladi.
Tabiiy gazning sarfi avtomatik tarzda, temperatura va bosim boyicha tuzatish
kiritib, FQC-17001 tartiblagich bilan bir maromda ushlab turiladi. FV-17001 "H3"
tartibga solish klapani EA-1706A,B tabiiy gaz sovutkichlariga gaz berish
quvurutkazgichiga o‘rnatilgan.
Tabiiy gazning bosimi va temperaturasi mos ravishda, PI-17007 va TI-17007
asboblarning ko‘rsatkichlari bo‘yicha nazorat qilinadi.
Tabiiy gaz EA-1706A,B tabiiy gaz sovutkichlarida aylanma suv bilan issiqlik
almashinish hisobiga sovutiladi va FA-1702 tabiiy gaz separatoriga yuboriladi.
EA-1706A,B tabiiy gaz sovutkichlari – g‘ilof quvurli ikki yo‘lli issiqlik
almashgichlar, ularning quvurlar hududi bo‘yicha aylanma suv, quvurlararo hududi
bo‘yicha tabiiy gaz yuboriladi.
Aylanma suvning EA-1706A va EA-1706B tabiiy gaz sovutgichlaridan
chiqishdagi temperaturasi, mos ravishda, shu joyda o‘rnatilgan TW-17052A va
TW-17052B asboblarning ko‘rsatgichlari bo‘yicha nazorat qilinadi.
EA-1706A, EA-1706B tabiiy gaz sovutgichlarining quvurlar hududini himoya
qilish uchun, aylanma suv quvurutkazgichlarida, mos ravishda, PSV-17008A va
PSV-17008B
saqdovchi klapanlar o‘rnatilgan. Saqlovchi klapanlarning
belgilangan bosimi 4370 kPa ni tashkil etadi.
FA-1702 tabiiy gaz separatorida tabiiy gazdan suyuqlik tomchilari (suv va
uglevodorod kondensati), shuningdek mexanik aralashmalar ajratib olinadi.
45
FA-1702 separatordan keyin tabiiy gaz oqimining temperaturasi, TS-17001
tartiblagich yordamida, ko‘pi bilan 45 S da ushlab turiladi. TV-17001 "HO"
tartibga solish klapani EA-1706A tabiiy gaz sovutkichiga aylanma suv berish
quvuro‘tkazgichiga o‘rnatilgan.
FA-1702 tabiiy gaz separatoridagi suyuqlikning satxi ES-17001 tartiblagich
yordamida bir maromda o‘shlab turiladi. LV-17001 "H3" tartibga solish klapani,
suyuq fazani ho‘l mash`ala tashlamalarini yig‘ish tizimiga, chiqarish
quvuro‘tkazgichiga o‘rnatilgan [23].
Sxemada, LC-17001 asbobning ko‘rsatkichlari bo‘yicha, suyuqlik sathining
maksimal qiymatida signal berish ko‘zda to‘tilgan. Joyida FA-1702 separatordagi
suyuq fazaning sathi LG-17051 sath o‘lchagichning ko‘rsatgichlari bo‘yicha
nazorat qilinadi.
Separatordagi tabiiy gaz bosimi PG-17001 manometrning kursatgichlari
bo‘yicha nazorat qilinadi.
FA-1702 separatorning yuqori qismida, tomchisimon suyuqlikni tabiiy gaz
oqimi bilan olib ketilishini oldini oluvchi, to‘rsimon tomchi tutib qoluvchi
o‘rnatilgan.
Tabiiy gaz tarkibini laboratoriya nazorati uchun namuna olish S-1701 namuna
olish moslamasi orqali amalga oshiriladi.