Qarshi davlat universiteti kimyo kafedrasi noorganik kimyo fanidan


Olinishi. Nodir gazlarni olish uchun



Download 10,98 Mb.
bet157/191
Sana31.12.2021
Hajmi10,98 Mb.
#267598
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   191
Bog'liq
Ноорганик кимё мажмуа

Olinishi. Nodir gazlarni olish uchun  suyuq havo fraksion haydaladi. Qaynash haroratiga qarab  havo haydalganda uch qismga bo’linadi:

geliy(-269 oS),  neon (-246 oS)  va azot(-196 oS);

argon(-186 oS), kislorod (-183 oS);

kislorod, kripton(-153 oS) va ksenon  (-108,1 oS).

Geliy va neon ko’mirda adsorbsiya va desorbsiya qilish usulida bir-biridan ajratiladi.

Argon ikkinchi fraksiyadan rektifikatsiya yo’li bilan ajratiladi. Kripton va ksenon uchinchi fraksiyadan ajratiladi.



Kripton guruhchasi elementlari

Kripton rangsiz, hisdsiz gaz. Bir litr suvda 110 ml 0  C)  argon eriydi. Argonga o’xshash suvda, fenol, toluol, asetonda singish (klatrat) birikmalari hosil qiladi.

Bunday birikmalarga Kr*5,75H2O; 2,14Kr*12 C6H5-CH3; 2,14Kr*12C6H5OH kiradi.

Kripton va atomar ftor  elektr razryadi ta’sirida  kriton(II) ftorid hosil qiladi. Bu modda o’tkir hidli rangsiz  kristall, -30 oS da sublimatsiyalanadi. KrF2 suvda eriganida parchalanadi:

KrF2+2H2O=2Kr+4HF+O2

Erkin holda kripton elektr lampalarni to’ldirish uchun ishlatiladi. Kripton (II) ftorid esa ftorlovchi agent sifatida amaliyotda  qo’llaniladi.



Ksenon. Ksenon molekulasining qutblanuvchanligi geliyga nisbatan 20 marta yuqori. Ksenon -112 oS da suyuqlanuvchi gaz modda. Ksenonning eruvchanligi, adsorbsiya qilish xususiyati ancha yuqori. Ksenon ftoridlari ksenonga ftor ta’sir qilib olinadi.

Ksenon(II) ftorid (XeF2) kritall modda ( suyuql. harorati 140 oS), XeF4

( suyuql. harorati 114 oS), XeF6(suyuql. harorati 46 oS).

Ksenon(YI) oksidi (XeO3) – oq qattiq modda, oson portlaydi. XeF6 gidrolizlanishida hosil bo’ladi:

XeF6+H2O=XeOF4+2HF

XeOF4+2H2O=XeO3+4HF

6XeF4+12H2O=2XeO3+4Xe+3O2+24HF

Ksenon (YIII) oksidi -XeO, odatdagi sharoitda gaz modda. Suvsiz sulfat kislotaga bariy ksenat ta’sir ettirib olinadi:

Ba2XeO6+2H2SO4=2BaSO4+XeO4+2H2O

Na4XeO6*6H2O, Ba2XeO6*1,5H2O tuzlari barqaror , lekin suvda erimaydi.

Ksenon oksidlari qattiq qoldiq qoldirmaydigan portlovchi moddalar tayorlasda, atom texnikasida, shuningdek ftorlovchi  va oksidlovchi agentlar sifatida keng qo’llanilmoqda.

11.3. Geliy (lot. Helium), He—Mendeleyev davriy sistemasining sakkizinchi guruh kimyoviy elementi, tartib rakami 2, atom massasi 4,0026, rangsiz va hidsiz gaz. Tabiiy Geliy ikki izotop aralashmasidan iborat (3Ne, 4Ne). Yerda Geliy juda kam: 1 m3 havoda bor-yoʻgʻi 5—24 sm3, 1 kg yer moddasida 0,003 mg Geliy bor. Geliy fazoda eng koʻp tarqalgan elementlardan biri (vodoroddan keyin 2-oʻrinda turadi). Kosmos massasining deyarli 23% i Geliydan iborat. U hajm jihatidan yer atmosferasining 0,0005% ini tashkil etadi. Yer yuzida Geliy asosan Yer poʻstidagi radioaktiv elementlar (kleveit, monatsit va torianit) tarkibida uchraydi. Geliy sanoat miqyosida tabiiy gazlardan va neft gazlarining uglevodorodli yoki azotli birikmalaridan olinadi. Koʻpgina neft va gaz konlarida tabiiy Geliy zaxiralari bor. Yer yuzidagi Geliyning asosiy qismini 4Ne tashkil etadi. 4Ne uran, toriy kabi radioaktiv elementlarning parchalanishidan hosil boʻladi. 3Ne juda oz miqdorda uchraydi. Tarkibida 2 g uran va 10 g toriy tutgan 1 t granit radioaktiv parchalanganda 1 mg Geliy ajralib chiqadi. Atmosferada vodorodning ogʻir izotopi tritiy (T) parchalanganda 3Ne hosil boʻladi. 4Ne izotoplaridan iborat suyuq Geliyning ajoyib xossalari bor. U tarkibida Geliy boʻlgan tabiiy gazlardan olinadi. Geliyning inertlik xossasidan metallarni qirqishda, payvandlash va oziq-ovqat mahsulotlarini konservalashda foydalaniladi. Geliyning yonmasligi va zichligining kichikligi stratostatlarni toʻldirishda qoʻl keladi. Geliy yuqori issiqlik oʻtkazuvchanligi, kimyoviy inertligi, yadro reaksiyasidagi neytronlar b-n deyarli reaksiyaga kirishmasligi tufayli atom reaktorlarini sovitishda qoʻllaniladi. Suyuq holdagi Geliy yer yuzidagi eng sovuq suyuqpikdir, u turli ilmiy tekshirishlarda sovutkich sifatida ishlatiladi.



.Neon (lot. Neon), Ne — Mendeleyev davriy sistemasining 0 guruh elementi, inert gazlarga mansub. Tartib raqami 10, atom massasi 20,179. 1 m³ havoda16 sm³ ga yaqin Neon boʻladi. Uchta barqa-ror izotopi; 20Ne(90,92%), 2lNe (0,257%), 22Ne (8,82%) bor. Sunʼiy yoʻl bilan juda qisqa muddat (T’/2<200 sek.) mavjud boʻladigan radioktiv izotoplari ham olingan. 1898 yilda ingliz olimlari Neon Ramzey va Neon Travers toptan. Gaz holatdagi Neonning zichligi 0,90035 g/l (273 K, 0,1 MPa), suyuklanish temperaturasi — 248,6°; qaynash temperaturasi — 245,9° (273 K, 0,1 MPa). Suyuqholatdagi Neonning zichligi 1240 kg/m³. Neon, odatda, kimyoviy reaksiyalarga kirishmaydi. Lekin uning Ne-6H2O tarkibli gidrati, molekulyar bogʻlangan bi-rikmalari hosil qilingan. Neon sanoatda suyuq havodan ajratib olinadi. Ra-diotexnikada, elektron asboblarda, vakuum texnikasida ishlatiladi.[1]


Download 10,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish