Qarshi davlat universiteti Kimyo-biologiya fakulteti Biologiya ta`lim yo`nalishi 2-kurs talabalari 4-semmestr uchun Gistologiya va embriologiya MA`RUZA Ma`ruza: __s Amaliy: __s Mustaqil ta`lim:__s
Qarshi - 2022
MAVZU:Gistologiya fanining qisqacha rivojlanish tarixi
1. “Gistologiya va embriologiya” fani uni biologiya fanlari tizimida tutgan o‘rni va boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi, fanning maqsad va vazifalari, fanning asosiy bo‘limlari va tarmoqlari.
2.Gistologiya fanining rivojlanish tarixi. Gistologiya fanida qo‘llaniladigan o‘rganadigan usullar. Qoplovchi to‘qima haqida ma’lumot.To‘qima klassifikatsiyasi, mikrostrukturasi.
Reja:
Adabiyotlar va elektron qr cod kitoblarga havollar
Gistologiya.pdf (jspi.uz)
Sitologiya Gistologiya va Embriologiya.pdf - Яндекс.Документы (yandex.ru)
1prez.pdf - Яндекс.Документы (yandex.ru)
https://www.youtube.com/watch?v=34PnPT2AlMk
https://www.youtube.com/watch?v=nKZLKM-rYts
Gistologiya (yunoncha hystos- to'qima, logos- fan, ta'limot) fani hujayra, to'qima va organ (a'zo)larning taraqqiyoti, tuzilishi va ularning hayot faoliyatidagi turli jarayonlarni o'rganivchi ta'limotdir.
Umumiy gistologiya tirik organizmlar tarkibidagi turli to'qimalarning taraqqiyoti, tuzilishi va vazifalarini talqin etadi. Xususiy gistologiya esa, odam va hayvonlar organizmining ayrim a'zolari sistemalarining taraqqiyoti tuzilishi va hayot faoliyatini o'rganadi. organizm bir butun bo'lib, undagi organ va sistemalar o'zaro bir-birlari bilan marfo-funksional jihatdan uzviy bog'langandlar. Organizmlarning tuzilishi va funksiyasini negizini hujayralar to'qimalarni tashkil etsa, har bir organ (a'zo) va sistemalar bir necha xil to'qimalar majmuasidan iboratdir.
Gistologiya fanining muhim vazifalari: 1. Odamlar va havonlar hujayra, to'qima va a'zolarining taraqqiyoti, differensiallashuvining umumiy qonuniyatlarini; 2. Bir butun organizm tuzilmalarining hayot faoliyatini boshqaruvchi nerv va endokrin sistemalarni; 3. Hujayra va a'zolarning tiklanishi va bu murakkab jarayonning boshqarilishini; 4. Odam va hayvonlar a'zolari tuzilmalarining yoshga qarab o'zgarishi va har-xil holatlarga moslashuvini; 5. Turli biologik, fizik va ximiyaviy omillarning hujayra, to'qima va a'zolarga ta'sirini o'rganish kabi keng miqiyosdagikuzatishlarni o'z ichiga oladi.
Gistologiya biologiya fanining bir tarmog’i bo’lib, u ham biologiyaga oid bir qator sohalar bilan bir qatorda o’qitiladi va tadqiq qilinadi. Ayniqsa keyingi yillarda o’rganishning murakkab usullari paydo bo’lishi bu bog’lanishning yanada aniqlashib, mustahkamlanishiga yordam berad. Murakkab tekshirish usullari uni tarmoqlarga bo’lib o’rganishni taqozo etadi. Natijada gistologiyaning gistoximiya, gistofiziologiya, qiyosiy gistologiya, eksperimental gistologiya, tasviriy gistologiya, evolyutsion gistologiya, ekologik gistologiya kabi sohalari yuzaga keldi
Gistoximiya to’qimalarning ximiyaviy xossalarini o’rganadi. Bu bo’limda gistologik va ximiyaviy usullar yordamida hujayra va to’qimalarning tuzilishi, ular-dagi ximiyaviy elementlarning taqsimlanishi o’rga-niladi.
Gistofiziologiya hayvonlar va odam hujayralari, to’qimalarining mikroskopik tuzilishini ularning vazifasiga bog’lab o’rganadi. Chunki hozir gistologiyada to’qimalarning faqat mikroskopik yoki ultra mikroskopik tuzilishini o’rganmasdan, balki har qaysi to’qima, hujayra, organoid va hujayra kiritma-larining oddiy tuzilishi, ularda sodir bo’ladigan har qanday o’zgarish fiziologik vazifasiga bog’lab o’rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |