III.NAZORAT QILISH-BAHOLASH BLOKINING
vazifasi qo’yilgan
maqsadni amalga oshirishning borishi haqida joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni
o’tkazish, ya‘ni muntazam ravishda teskari aloqani ta‘min etish va axborotga qayta
ishlov berishdan iborat. Olingan axborotni tahlil qilib, zarur hollarda kelgusida
harakatlarga o’zgartirishlar kiritiladi va nihoyat, qo’yilgan maqsad va olingan
24
natijalarning mosligi haqida xulosa chiqariladi. Har qanday maqsadga erishishda
vaziyat bevosita natijalarning mosligi xaqida xulosa chiqariladi [20].
Mashg’ulotlarni zamonaviy pedagogic texnologiya asosida loyihalashda ta’lim
metodlarini tanlash alohda ahamiyat kasb etadi.
Bitiruv ishida “Tikuvchilik ishlab chiqarish texnologiyasi” fani bo’yicha amaliy
mashg’ulotlarning modulli tuzilmasi va shu metod asosida ayrim mavzularni
o’qitish loyihasini ishlab chiqdik.
25
2.3 Modulli ta’lim texnologiyasi va uni amaliy mashg’ulotlarni tashkil
etishdagi afzalliklari.
Ta’lim islohatlarining zamonaviy bosqichi jamiyatda yuz berayotgan
yangilanishlariing tezkorligi, ta’lim muassasalariga qo’yilayotgan yangi, yanada
yuqori talablarga tezroq moslashish bilan bog’liq dolzarb vazifalarni ilgari
surmoqda. Bunday sharoitlarda ta’lim muassasasini rivojlantirish va zamon
talablari darajasida faoliyat ko’rsatishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar salmog’i
uzluksiz ortib boradi. Qo’yilayotgan vazifalarning deyarli barchasi, tamoyil
jihatidan, yangi talablarni keltirib chiqaradi va ularni hal qilishda jamoaning
faqatgina mavjud tajriba asosida ish ko’rishi yetarli bo’lmay qoladi. Ta’lim-tarbiya
sohasidagi asosiy masalalardan biri - o’quvchilarda ijodiy fikrlashni tarbiyalash,
ularni komil inson bo’lib ulg’ayishlarini ta’minlovchi mezonlardan biridir. Bundan
tashqari, o’quvchilarda ijodiy fikrlashni shaklantirish ularni o’z Vatani va xalqiga
sadoqatli, mustaqil va ijodiy fikrlovchi, axloqli, vijdonli irodali inson bo’lib
yetishishlaridagi muhim omillardan biri bo’lib hisoblanadi.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol usullar, innovatsion texnologiyalar,
pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan
qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Buning sabablaridan biri, shu
vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchi va o’quvchilar faqat tayyor bilimlarni
egallashga qaratilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan
bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib tahl1il qilishlariga, hatto
xulosalarni ham o’zlari chiqarishlariga o’rgatadi .
O’qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va
tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik,
yo’naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida o’quvchi va o’quvchi
asosiy shaxsga aylanadi. Shuning uchun kasb-xunar kollejlari kichik
mutaxassislarida ijodiy fikrlashni shakllantirishda zamonaviy o’qutish usuli
hisoblangan innovatsion texnologiyalarning va ularning tarkibiy qismi bo’lgan
interfaol metodlarning ahamiyati benihoya kattadir. Pedagogik texnologiya va
pedagogik mahoratga oid bilim, tajriba va interfaol usullar o’quvchi,
26
o’quvchilarning bilimli, yetuk malakaga ega bo’lishlarini, ularning ijodiy
faolliklarini shaklantirishni ta’minlaydi [6].
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qutuvchi va o’quvchi
faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosiy
interfaol usullardan to’lik foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |