Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Fanlararo tadqiqot metodlari



Download 0,67 Mb.
bet83/195
Sana17.04.2022
Hajmi0,67 Mb.
#558714
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   195
Bog'liq
Falsafa 1-kurs

Fanlararo tadqiqot metodlariasosan fan sohalari tutashgan joyda amal qiladigan (metodologiyaning turli darajasi elementlarini birlashtirish natijasida yuzaga kelgan) bir qancha sintetik va integrativ usullar majmui. Mazkur metodlar kompleks ilmiy dasturlarni amalga oshirishda keng qo‘llaniladi.
Falsafa metodlari. Falsafa metodlarining asoslari bevosita amaliy faoliyat bilan bog‘liq. Turli konkret vazifalarni hal qilishning zaruriy shartlaridan biri universal xususiyatga ega bo‘lgan umumiy falsafiy metodlarga murojaat qilishdir. Bu metodlar haqiqatni anglashda umumiy yo‘lni ko‘rsatadi. Mazkur metodlarga falsafaning qonun va kategoriyalari, kuzatish va tajriba, taqqoslash, analiz, sintez, induksiya, deduksiya va h.k.lar taalluqli. Agar maxsus metodlar ob'ektning qonuniyatlarini o‘rganishning xususiy usullari sifatida namoyon bo‘lsa, falsafiy metodlar shu ob'ektlarda namoyon bo‘ladigan, alohida xususiyatlardagi harakat, taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Aynan shu o‘rinda tajriba hal qiluvchi ahamiyatga ega. Har bir metod ob'ektning alohida tomonini bilishga imkoniyat yaratadi. Falsafaning eng qadimgi keng tarqalgan metodlardan biri dialektika bo‘lsa, ikkinchisi metafizikadir. Biroq falsafa metodlari bular bilan cheklanmaydi. Bugungi kunda uning sofistika, eklektika, analitik, (hozirgi zamon analitik falsafasi), intuitiv, fenomenologik, sinergetik, germenevtik (tushunish) va boshqa turlari ham mavjud. Endilikda turli metodlarni birlashtirish jarayoni ham ro‘y bermoqda (masalan, Gadamer germenevtikani ratsional dialektika bilan birlashtirishga harakat qiladi). Dialektika(yunon. dialektika — bahs, suhbat) tabiat, jamiyat va bilish taraqqiyoti qonuniyatlari hamda ularning asosida shakllanadigan umumiy tafakkur uslubi va amaliy faoliyat haqidagi ta'limotdir. U grek tilida bahs va suhbatlashish san'ati, degan ma'noni anglatadi. Antik dunyo faylasuflari uni haqiqatga erishish yo‘li va usuli sifatida talqin etganlar. Hozirgi davrga kelib dialektika olamdagi narsa va hodisalar doimo o‘zgarishda, o‘zaro aloqadorlik va bog‘liklikda, taraqqiyot va rivojlanishda, deb tushunishga asoslanadi. Unga ko‘ra, olamda o‘z o‘rniga va joyiga, yashash vaqti va harakat yunalishiga ega bo‘lgan barcha narsalar va voqyealar bir-birlari bilan bog‘liq va aloqador tarzda, bir-birlarini taqozo etadigan, doimiy va takrorlanib turadigan bog‘lanishlar orqali namoyon buladi.Masalan, insoniyat tarixida bu usulga yondashilganida, u uzluksiz tarzda ro‘y beradigan avlodlar o‘rin almashuvi, birining o‘rniga ikkinchisi kelishi, muayyan qadriyatlarni meros qoldirishi va yangilikning eskilikni inkor kilishidan iborat doimiy va takrorlanib turadigan jarayondir. Bashariyatning muayyan davrida esa, shu vaqtning ijtimoiy manzarasini belgilaydigan turli urug‘ yoki qabilalar, davlat, millat va xalqlar, oqim va yo‘nalishlar, g‘oya va mafkuralarning xilma-xil shakllarini ko‘rish, ularning bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda namoyon bo‘lishini kuzatish mumkin.
Taraqqiyot jarayonida avlodlar, davrlar, siyosiy tuzumlar, umuman ijtimoiy voqyea va hodisalar o‘z-o‘zidan avtomatik tarzda codir bo‘lib, nom-nishonsiz yo‘qolib ketmaydi. Balki ularning barchasi insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa va munosabatlarning xosilasi, ijtimoiy jarayonlarning natijasi, biror sababning oqibati sifatida namoyon buladi. Bir davr ikkinchisining o‘rniga, bir avlod oldingisidan keyin, bir voqyea boshqasining ortidan sodir bo‘lib turadi. Ana shu abadiy va azaliy uzluksizlik, doimiy alokadorlik, vaqtning orqaga qaytmasligi va voqyealarning ketma-ketligi tarzidagi bog‘lanishlar, rivojlanish va taraqqiyot, olamning rang-barangligi va uyg‘unligi dialektikaning asosiy tamoyillarini tashkil qiladi.Falsafada mazkur tamoyillarga asoslangan tafakkurni — dialektik tafakkur, ana shunday dunyoqarashni — dialektik dunyoqarash, yondashuvni — dialektik yondashuv, metodni — dialektik metod deb atash an'anaga aylangan. Shu bilan birga, u yoki bu olimning ushbu tamoyillarga asoslanadigan dunyoqarashi, falsafiy ta'limotlari ham bor. Masalan, Demokrit va Geraklit, Kant yoki Gegel dialektikasi deyilganda ana shunday hol nazarda tutiladi.
Dialektika taraqqiyotining keyingi imkoniyatlari Gegel falsafasida o‘z ifodasini topdi.
Gegel dialektikani falsafa taraqqiyotining umumiy nazariyasi sifatida asoslab bergan. Ma'lumki, o‘rta acp ratsionalizmi tajribaning ahamiyatini va nazariyaning empirik paydo bo‘lishini tan olishi bilan xarakterlangan. Gegel fikrlari boshqacha xarakterga ega. U falsafa o‘z xususiyatlarini asoslovchi metodga ega bo‘lmas ekan, fan bo‘la olmaydi, deb hisoblaydi.Gegel dialektik metodni mukammallashtirish mumkinligini va u yagona haqiqiy metodligini ta'kidlaydi. Falsafa metodi tabiat va ruh taraqqiyotini ifodalovchi fikr harakatiga adekvat bo‘lishi lozim. Gegel o‘z metodida shunday adekvatlikka erishilganligiga ishonadi. Gegel dialektikasini tushunish uchun dastavval, gegelcha dialektikaning rezonans, salbiy, pozitiv dialektika kabi shakllarini tahlil qilish lozim.
Rezonans (sub'ektiv) dialektika — sub'ekt tafakkuri bo‘lib, u predmetdagi ziddiyatlarni ifodalaydi, biroq mavjud ziddiyatlardan ilgarilab ketadi. Sub'ekt faqat buni izohlash bilan kifoyalanadi, xolos.Salbiy (ob'ektiv) dialektika rezonans dialektikadan ba'zi ustuvorlikka ega, chunki u boshlanishidan ancha ilgariroq harakat qiladi. "U tomon", "Bu tomon" kabi izohlashlar mutlaq butunlikni inkor qiladi. Salbiy dialektika mustahkam narsalarni sindirishga intiladi. Uning kuchi aynan shundadir. Ojizligi esa, ularning o‘zidagi cheklanganlikni izohlar ekan, judayam kam maqsadga erishiladi. Uning natijasi nol, salbiy, tasdiqlash unda hali namoyon bo‘lgan emas.Dialektikaning rezonans va salbiy shaklidan farq qiluvchi yuqoriroq shakli ichki (immanent) dialektikadir. Bu nafaqat rezonans va inkor qiluvchi, balki yaratuvchi dialektikadir. Chunki immanent dialektika predmetning immanent harakat birligidagi taraqqiyot mantig‘i sifatida namoyon bo‘ladi. Shunga binoan, fan predmetni immanent o‘rganadi. Predmetni immanent o‘rganmoq nima? Bu mazmunni sof tushunchada isbotlamoq, ya'ni predmetning mohiyatini isbotlamoqdir. Gegel fikricha, dialektik ziddiyatlar — ruhning ziddiyati. Pirovard natijada mazkur ziddiyatlar real borlikdagi ziddiyatlarni aks ettiruvchi sub'ekt tafakkuridagi ziddiyatlar bo‘lib, Gegel uni g‘oyaning o‘z-o‘zini namoyon qilishidagi ziddiyatlar sifatida aks ettiradi. Gegel fikricha, dialektika mutlaqlikdan boshlanadi va u bilan tugaydi. Dialektik nuqtai-nazardan faqat mutlaqlik real bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, Gegel dialektikasi mutlaq aql faoliyatining nazariyasi, mantig‘i va metodi sifatida namoyon bo‘ladi. Ta'kidlash joizki, idealistik dialektika bo‘lgani singari materialistik dialektika ham bor. U moddiylikning yashash tamoyillari, kategoriyalar va qonunlarining yagona, bir butun tizimini ifodalaydi.Umuman olganda, dialektik metodga ko‘ra, agar ob'ektiv olamda doimiy rivojlanish, paydo bo‘lish va yo‘qolish, hodisalarning o‘zaro bir-biriga o‘tishi bo‘lar ekan, unda tushuncha, kategoriya va tafakkurning mavjud shakllari, harakatchan, o‘zaro bog‘liqlikda, ziddiyatlar birligida bo‘lib, rivojlanuvchi real haqiqatni to‘g‘ri aks ettirishi kerak. Shuning uchun dialektikaning asosiy tamoyili tarixiylik bo‘lib, u predmetning doimiy rivojlanishda, o‘zgarishda va harakatdaligini ifodalaydi.
Bizni o‘rab turgan olam yagona bir butunlik, aniq tizim bo‘lib, bir-biri bilan uzviy bog‘liq predmetlar xilma-xilligi yagonalikda, bir-biri bilan o‘zaro ta'sir va o‘zaro uzviy bog‘liqliqda namoyon bo‘ladi. Shunga mos ravishda dialektikaning yana bir tamoyiliga ko‘ra, har qanday narsani faqat undagi ichki va tashqi tomonlar mujassamligini tadqiq qilgandagina, to‘g‘ri tushunish mumkin. Dialektikaning ob'ektivlik, konkretlik, determinizm va boshqa tamoyillari ham mavjud.

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish