Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Falsafa qonunlarining o‘zaro aloqadorligi



Download 0,67 Mb.
bet63/195
Sana17.04.2022
Hajmi0,67 Mb.
#558714
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   195
Bog'liq
Falsafa 1-kurs

Falsafa qonunlarining o‘zaro aloqadorligi. Dialektikaning asosiy qonunlari yagona rivojlanish jarayonining turli jihatlarini tavsiflab, alohida-alohida emas, balki uzviy dialektik birlikda amal qiladi. Masalan, miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi va buning aksi ziddiyatni ham, dialektik inkorni ham o‘z ichiga oladi. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi miqdor-sifat munosabatlarini va inkorni-inkorni o‘z ichiga oladi. Xuddi shuningdek inkor jarayonida yagonaning eski va yangiga ikkilanishi, ularning o‘rtasida qarama-qarshilik, shuningdek miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi yuz beradi. Boshqacha qilib aytganda, moddiy dunyoning yagonaligi qonunlar amal qilishining umumiyligini nazarda tutadi. Ammo shuni e'tiborga olish lozimki, dialektika qonunlari bir vaqtda amal qilganda, ularning har biri nisbatan mustaqil bo‘ladi, zero rivojlanish mohiyatining muayyan jihatini (manba, mexanizm, yo‘nalish) aks ettiradi, rivoshlanishning zaruriy sharti sifatida tavsiflanadi, o‘z mavjudligining avvalgi shakllarini inkor etmaydigan rivojlanish bo‘lishi mumkin emas. Inkor harakatida rivojlanishga monelik qiladigan narsalarning rad etilishi, yo‘q qilinishi yuz beradi. Umuman olganda inkor – ob'ektiv jarayon. Masalan, hozirgi zamon fani ma'lumotlariga ko‘ra, kengayib borayotgan plazmani yo‘q qilib tashlagan Katta portlashsiz biz yashayotgan Olam, uning galaktikalari, yulduzlari va sayyoralari ham, inson ham bo‘lmas edi. Ammo inkorni sof yo‘q bo‘lish sifatida talqin qilishdan ehtiyot bo‘lish lozimligini Gegel ham, boshqa faylasuflar ham qayd etadi. Bunday inkor «behuda», metafizik inkor deb e'tirof etiladi. U tabiatda ham, jamiyatda ham mavjud. Lekin oddiy yo‘q bo‘lish jamiyatni ortga uloqtirib tashlaydi, xolos. Vaholanki, tarix kultepasida jo‘yali bir narsa yuzaga kelishi mushkul.
Dialektik inkor rivojlanish omili hisoblanadi, chunki u bartaraf etishni o‘z ichiga oladi. Gegel fikricha, bartaraf etish «ikki xil ma'no kasb etadi: u asrash, saqlab qolishni va ayni vaqtda to‘xtatish, chek qo‘yishni anglatadi»34. Gegel talqinida inkor rivojlanish omili sifatida yashash qobiliyatini yo‘qotgan narsani yo‘q qilish va erishilgan rivojlanishni saqlashni nazarda tutadi. Masalan, A.Eynshteyn yangi va eski nazariyalarning o‘zaro nisbatini shunday tavsiflaydi: «Yangi nazariya eski nazariya yutuqlarini chetga chiqarib tashlaydi, deb hisoblash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Yangi nazariya eski nazariyaning afzalliklarini ham, kamchiliklarini ham namoyon etadi va bizga eski tushunchalarga teranroq nuqtai nazardan baho berish uchun imkoniyat yaratadi. Biz eski nazariya o‘rinli bo‘lgan sohada dalillar o‘rganilayotganda har safar undan foydalanishimiz mumkin»35. Ammo har qanday hodisa yaxlit bo‘lgani bois, bartaraf etish haqidagi masalaning qo‘yilishi mavxum xususiyat kasb etadi. XIX asr falsafiy ta'limotlarida bartaraf etishning tabiat va tarixdagi ko‘rinishlarini erishilgan yutuqlarni o‘zgartirilgan holda saqlash sifatida yoritib, bu tushunchani to‘ldiradi. Yangilik va eskilikning ichki ziddiyatlariga chek qo‘yish sifatidagi o‘z-o‘zini inkor dialektik inkorning muhim xususiyati bo‘lib, bu rivojlanishning hujumkorligini belgilaydi. Bu qonun dialektikaning boshqa qonunlarini umumlashtiradi, ularni sintez qiladi.

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish