Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Download 0,67 Mb.
bet42/195
Sana17.04.2022
Hajmi0,67 Mb.
#558714
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   195
Bog'liq
Falsafa 1-kurs

Sivilizatsiya. Sivilizatsiya (lot. civilis – fuqarolik, davlatga doir) atamasi har xil ma'noda ishlatiladi. Birinchidan, sivilizatsiya – insoniyat rivojlanishida varvarlikdan keyin boshlangan va sinflar, davlat vujudga kelishi, urbanizatsiya va yozuv paydo bo‘lishi bilan tavsiflanadigan tarixiy bosqich. Mazkur talqinda «sivilizatsiya» atamasi «jamiyat» tushunchasi bilan qisman mos keladi va jamiyat hayotini tashkil etishning ijtimoiy shaklini tabiiy vujudga kelgan urug‘doshlik shakllariga qarama-qarshi qo‘yishga xizmat qiladi. Hozirgi adabiyotlarda «sivilizatsiya» atamasi o‘zining varvarlikka qarama-qarshi sifatidagi dastlabki ma'nosini saqlab qolmoqda.
Ikkinchidan, sivilizatsiya – barcha madaniyatlar yaxlitligining tavsifi, ularning umuminsoniy birligi sifatida («jahon sivilizatsiyasi», «ma'rifatli hayot tarzi» va sh.k.)namoyon bo‘ladi.
Uchinchidan, sivilizatsiya – «moddiy madaniyat» atamasining sinonimi sifatida: qulay narsa, texnika yaratadigan qulaylik (turar joy, ro‘zg‘or texnikasi, transport va aloqa, xizmatlar ko‘rsatish va sh.k.)ni ifodalaydi.
To‘rtinchidan, sivilizatsiya – tarixiy jarayon birligining tavsifi sifatida xarakterlanadi. Bu tushuncha ijtimoiy boylik rivojlanishi munosabati bilan tarixning muayyan bosqichlariga qiyosiy baho berish mezoni bo‘lib xizmat qiladi. Ayni holda jamiyatning rivojlanishi «ma'rifatlilik», «sivilizatsiya rivojlanishining quyi bosqichi», «sivilizatsiyaning umumiy darajasi», «sivilizatsiyaning oraliq bosqichlari» tushunchalari bilan tavsiflanadi. Ammo sivilizatsiyaning mazkur talqini to‘liq emas, chunki uning rivojlanish darajasi yoki bosqichini aniqlash imkonini beradigan mezon yo‘q.
Ibn Xaldun (1332-1406) o‘z davrida birinchi bo‘lib, sivilizatsiyalarning yuzaga kelishi, rivojlanishi va tanazzuli haqida ilmiy asosslangan g‘oyalarni ilgari suradi. Jumladan madaniyatlar va davlatlarning paydo bo‘lishi, yashashi va inqirozi muayyan tarixiy qonuniyat ekanligini, unga tabiiy geografik va iqtisodiy omillar, turmush tarzi va dunyoqarashlar jiddiy ta'sir ko‘rsatishi mumkinligini aytadi.
XVIII asr o‘rtalarida sivilizatsiya tushunchasidan inson «tabiiy» holatining ziddi sifatida foydalanilgan, sivilizatsiya taraqqiyotining mezoni sifatida esa ijtimoiy farovonlik g‘oyasi turli ko‘rinishlarda ilgari surilgan. Kant sivilizatsiya va madaniyat o‘rtasida farq mavjudligini qayd etgan. Shpengler sivilizatsiyani madaniyatning rivojlanishidagi bir bosqich sifatida tavsiflab, bu farqni mutlaqlashtirgan. Uning (keyinchalik P.Sorokin, A.Toynbi va boshqa mutafakkirlarning) konsepsiyasida sivilizatsiya madaniyatning zavol topish bosqichi sifatida, madaniyatda mujassamlashgan tabiiy-hayotiy asosni siqib chiqaradigan texnik-mexanik elementlar saltanati sifatida tavsiflanadi.
XIX-XX asrlarda amalga oshirilgan etnografik tadqiqotlar sivilizatsiyaning mazmunini tushunishga muhim hissa qo‘shdi. Ular turli xalqlar ma'naviy dunyosi, hayoti, odatlari, iqtisodiyoti va madaniyatining ulkan boyligi va rang-barangligini yoritib berdi. XIX asrning mashhur etnograflaridan biri Ch.Teylor madaniyat va sivilizatsiya odamlar tarix jarayonida o‘zlashtiradigan bilimlar, e'tiqodlar, ma'naviy-axloqiy konsepsiyalar, yuridik qoidalar, odatlar va amaliy ko‘nikmalar majmuini ifodalaydi deb hisoblab, bu tushunchalar ayniydir degan xulosaga keldi.
I.A.Karimov “Har qanday sivilizatsiya ko‘pdan ko‘p xalqlar, millatlar, elatlar faoliyatining va samarali tar'sirining mahsulidir. Bir so‘z bilan aytganda ko‘chmanchilar, bosqinchilar kelib ketaveradi, lekin xalq boqiy qoladi, uning madaniyati abadiy yashaydi”28 deb ta'kidlaydi.
Sivilizatsiya odamlar mavjudligi va ijtimoiyligining xususiyati va yo‘nalishini belgilaydi. Ijtimoiy normalarning muhimligi ularni uzatishning tegishli usullari (kommunikatsiya vositalari)ni va ularni mustahkamlovchi institutlarni shakllantirishni taqozo etgan. Har bir sivilizatsiya ijtimoiy normalarda o‘ziga xos ifodasini topgan ijtimoiy tajribani aniqlash, saqlash va avloddan-avlodga qoldirish alohida tizimini yaratgan. Jazolar tizimi, shuningdek jamoa, ommaviy ong shakli sifatida din va uning nomidan ish ko‘ruvchi ijtimoiy institutlar ijtimoiy normalarni saqlash va ijro etish kafili hisoblangan. Din va cherkov ta'sirida sivilizatsiya qiyofa kasb etgan. Huquqiy normalarning tarmoqlangan tizimini o‘z ichiga olgan davlatdan iborat oliy hokimiyat sivilizatsiyaning uni saqlashni kafolatlaydigan oliy birlashtiruvchi asos sifatida amal qilgan. Turli sivilizatsiyalar davlat hokimiyatining turli: teokratik, tabaqaviy, huquqiy, siyosiy tizimlarini yaratgan.
Markaziy Osiyoda sivilizatsiya axloq shaklida yuzaga kelgan. U o‘zida yaxshilik va yomonlik, muhabbat va nafrat o‘rtasidagi kurashda yaxshilik va muhabbat g‘alabasi bilan bog‘liq ma'naviy axloqiy me'yorlarni mujassamlashtirgan. Inson mohiyatida aks etuvchi bu me'yorlar Sharq sivilizatsiyasining asosini tashkil qilgan.
Ijtimoiy munosabatlar, odamlar faoliyati va xulq-atvorini tartibga soluvchi normalar universal tizimining ta'sirini o‘rganish sivilizatsiyalarning rang-barangligini tushuntirish imkonini beradi. Ular, birinchidan, hukmron diniy va dunyoqarashga doir mo‘ljallarning o‘ziga xos xususiyatlari va ularning siyosiy, ijtimoiy va madaniy jarayondagi o‘rni bilan; ikkinchidan, ularning texnik-iqtisodiy rivojlanish darajasi bilan; uchinchidan, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlar sur'ati, shuningdek ularning manbalari, mexanizmlari xususiyati va uyg‘unlik darajasi bilan farq qiladi. Sivilizatsiyaning har bir tipi siyosiy tizimning o‘ziga xos xususiyatlari va o‘z huquqiy qoidalarining xususiyati bilan tavsiflanadi. Sivilizatsiyalar axborotni kodlashtirish, saqlash va avloddan-avlodga qoldirish usullari bilan ham bir-biridan farq qiladi.
Jamiyatning sivilizatsion asoslari sivilizatsiyalar tipologiyasida ayniqsa bo‘rtib namoyon bo‘ladi. Bunda sivilizatsiyalarning yevropacha va noevropacha tiplarini farqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu farqlar shu darajada kattaki, yevropacha sivilizatsiya qadriyatlari uzoq vaqt oliy qadriyatlar sifatida tavsiflangan. Xo‘sh, yevropacha va noevropacha sivilizatsiyalar o‘rtasidagi farq nimada?
Ijtimoiy-siyosiy hayot xususiyatiga ko‘ra an'anaviy, liberal va oraliq sivilizatsiyalar farqlanadi.

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish