Qo‘shimcha o‘zgarishlar uslubi ilmiy induksiya uslubi sifatida Uslub bundan oldingi holatlardan biri tadqiq qilinaѐtgan harakat-ning ham turini o‘zgartiradigan holda o‘zgaradigan hollarning tahlil qilinishida qo‘llaniladi.
Bundan oldingi induktiv uslublar muayyan holatning takrorlanuvchanligi ѐki bo‘lmasligiga asoslanar edi. Biroq hamma sababli bog‘langan hodisalar ham ularni tashkil qiladigan ayrim omillarning neytrallashtirilishi ѐki almashtirilishiga yo‘l qo‘yavermaydi. Masalan, ishqalanishning jism harakati tezligiga ta’sirini tadqiq etishda amalda ishqalanishning o‘zini istisno etib bo‘lmaydi. Xuddi shunga o‘xshab, Oyning dengizdagi suv toshishlarining kattaligiga ta’sirini belgilashda Oyning massasini o‘zgartirib bo‘lmaydi.
Bunday sharoitda bundan oldingi va keyingi hodisalar dagi qo‘shimcha o‘zgarishlarni kuzatuv jaraѐnida qayd qilish sababli aloqalarni aniqlashning yagona usuli hisoblanadi. Bunday holda bundan oldin yuz bergan va o‘zgarish intensivligi ѐki darajasi tadqiq qilinaѐtgan harakatning o‘zgarishi bilan mos tushadigan holat sabab bo‘ladi. Agar bundan oldin sodir bo‘lgan va hech biri tushirib qoldirilishi ѐki almashtirilishi mumkin bo‘lmaydigan holatlarni A, V, S ramzlari bilan; ushbu holatlarning o‘zgarish darajasini 1, 2, ..., n indekslari
bilan; bizni qiziqtiradigan harakatni - d ramzi bilan ifodalaydigan bo‘lsak, unda mulohaza qo‘shimcha o‘zgarishlar uslubi bo‘yicha quyidagi shaklni qabul qiladi:
ABC1 d2 ni keltirib chiqaradi;
ABC2 d2 ni keltirib chiqaradi;
…………….
ABCn dn ni keltirib chiqaradi.
Aftidan, C d ning sababchisidir.
Quѐshdagi dog‘larning yerdagi magnitli bo‘ronlarning paydo bo‘lishiga
ta’siri haqidagi xulosa xuddi shu yo‘l bilan chiqarilgan. Kuzatuvlar magnitli bo‘ronlarning Quѐshdagi dog‘larning 11 yillik sikl bilan paydo bo‘lishi va dog‘larning kattalashuvi magnitli bo‘ronlarning kuchayishi bilan davom etishiga shunday mos kelishini ko‘rsatdi.
Qo‘shimcha o‘zgarishlar uslubini qo‘llanish shuningdek bir qator shartlarga rioya etilishini ham nazarda tutadi.
Tadqiq qilinaѐtgan hodisaning barcha ehtimol tutilgan sabablarini bilish zarur.
Keltirilgan holatlardan sababli aloqaning bir xildagi ma’noliligi xususiyatiga to‘g‘ri kelmaydigan holatlar eliminatsiya qilinishi lozim.
Bundan oldingi holatlar ichidan o‘zgarishi harakatning o‘zgarishiga qo‘shilib ketadigan yagona holat ajratib olinishi kerak. Qo‘shimcha o‘zgarishlar bevosita va teskari bo‘lishi mumkin.
Bevosita bog‘liqlik: bundan oldingi omilning namoѐn bo‘lishi qanchalik intensivroq bo‘lsa, tadqiq qilinaѐtgan hodisaning ham o‘zini shunchalik faolroq namoѐn qilishi va aksincha - intensivlik pasayishi bilan shunga tegishli ravishda harakatning namoѐn bo‘lishi faolligi ѐki darajasining ham pasayishini anglatadi. Masalan, havo harorati ko‘tarilishi bilan simobning kengayishi yuz beradi va uning gradusnikdagi darajasi ham ko‘tariladi, harorat pasayishi bilan simob ustuni ham tegishlicha pasayadi. Xuddi shunga o‘xshab, Quѐshning faolligi kuchayishi ѐki susayishiga qarab yer sharoitidagi radiatsiya darajasi ham tegishlicha ko‘payadi ѐki pasayadi. Teskari bog‘liqlik shunda ifodalanadiki, bundan oldingi holatning intensiv namoѐn bo‘lishi tadqiq qilinaѐtgan hodisaning faolligini susaytiradi ѐki uning o‘zgarishi darajasini kamaytiradi. Masalan, ishqalanish qanchalik ko‘p bo‘lsa, jismning harakat tezligi ham shunchalik kamroq bo‘ladi ѐki mehnat unumdorligi qanchalik yuqori bo‘lsa, mahsulotning tannarxi ham shunchalik past bo‘ladi.
Xulosaning natijadagi asoslanganligi qo‘shimcha o‘zgarishlar uslubi bo‘yicha ko‘rib chiqilgan holatlar soni, bundan oldingi holatlar haqidagi bilimning aniqligi, shuningdek bundan oldingi holat va tadqiq qilinaѐtgan hodisadagi o‘zgarishlarning adekvatligi bilan belgilanadi.
Natijaning asoslanganligi ko‘p jihatdan bundan oldingi omil va harakatning o‘zidagi o‘zgarishlarning muvofiqligi darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Har qanday o‘zgarishlar emas, balki faqat proporsional oshib boruvchi ѐki kamayuvchi o‘zgarishlar e’tibor uchun qabul qilinadi. O‘zaro bir xil ma’nodagi muntazamliligi bilan ajralib turmaydigan o‘zgarishlar ko‘pincha nazorat etilmaydigan, tasodifiy omillar ta’siri ostida paydo bo‘ladi va tadqiqotchini chalkashtirishi ham mumkin.