Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Asosi ѐki xulosa tushirib qoldirilgan sillogizm qisqartirilgan sillogizm ѐki entimema (grekchadan - xotirada), deyiladi



Download 0,67 Mb.
bet148/195
Sana17.04.2022
Hajmi0,67 Mb.
#558714
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   195
Bog'liq
Falsafa 1-kurs

Asosi ѐki xulosa tushirib qoldirilgan sillogizm qisqartirilgan sillogizm ѐki entimema (grekchadan - xotirada), deyiladi.
Sodda qat’iy sillogizmning entimemalari, ayniqsa birinchi figura bo‘yicha xulosalar keng qo‘llaniladi. Masalan: “N. jinoyat sodir qilgan va shuning uchun jinoiy javobgar bo‘lishi kerak”. Bu yerda “Jinoyatni sodir qilgan shaxs jinoiy javobgar bo‘lishi lozim”, degan katta asos tushirib qoldirilgan. U shakllantirilishi shart bo‘lmagan umumiy ma’lum qoidadir.
To‘liq sillogizm 1-figura bo‘yicha quriladi:
Jinoyatni sodir qilgan shaxs (M) jinoiy javobgar bo‘lishi lozim.
N. (S) jinoyat (M) sodir qilgan.
N. (S) jinoiy javobgar bo‘lishi (R) kerak.
Nafaqat katta asos, shu bilan birga kichik asos va xulosa ham tushirib qoldirilishi mumkin: “Jinoyatni sodir qilgan shaxs jinoiy javobgar bo‘lishi lozim, demak N. jinoiy javobgar bo‘lishi kerak”. Yoki: “Jinoyatni sodir qilgan shaxs jinoiy javobgar bo‘lishi lozim, N. esa jinoyatni sodir qilgan”. Sillogizmning tushirib qoldirilgan qismlari gipoteza qilinadi.
Sillogizmning qaysi qismi tushirib qoldirilganligiga qarab entimemaning uch turi: katta asosi tushirib qoldirilgan, kichik asosi tushirib qoldirilgan va xulosasi tushirib qoldirilgan entimemalar farqlanadi.Entimema shaklidagi xulosa 2-figura bo‘yicha ham qurilishi mumkin; u 3-figura bo‘yicha juda kam quriladi.Shuningdek, shartli va ajratuvchi hukmlar asos bo‘ladigan xulosalar ham entimema shaklini qabul qilishi mumkin.Katta asosi tushirib qoldirilgan shartli-qat’iy sillogizm: “Jinoiy ish qo‘zg‘atilishi mumkin emas, chunki jinoyat hodisasi yuz bermagan”. Bu yerda katta asos “Agar jinoyat hodisasi yuz bermagan bo‘lsa, jinoiy ish qo‘zg‘atilishi mumkin emas”, degan shartli hukm tushirib qoldirilgan. U Jinoyat-protsessual kodeksining gipoteza qilinadigan ma’lum qoidasini o‘z ichiga oladi.Katta asosi tushirib qoldirilgan shartli-qat’iy sillogizm: “Mazkur ish bo‘yicha oqlov hukmi chiqarilishi mumkin emas, hukm ayblov hukmi bo‘lishi kerak”.Katta asos - “Mazkur ish bo‘yicha ѐ oqlov hukmi, ѐ ayblov hukmi chiqarilishi mumkin” ajratuvchi hukmi ifodalanmaydi.
Xulosa tushirib qoldirilgan shartli-qat’iy sillogizm: “O‘lim ѐ qotillik natijasida, ѐ o‘zini o‘zi o‘ldirish natijasida, ѐ baxtsiz hodisa natijasida, ѐ tabiiy sabablar sababli yuz bergan. O‘lim baxtsiz hodisa natijasida yuz bergan”.Boshqa barcha alternativalarni inkor etadigan xulosa odatda ifodalanmaydi.
Qisqartirilgan sillogizmlarning qo‘llanilishi shu bilan bog‘liqki, tushirib qoldirilgan asos ѐki xulosa ѐ og‘zaki ѐki ѐzma baѐn qilishga muhtoj bo‘lmagan ma’lum qoidani o‘z ichiga oladi, ѐ u xulosaning ifodalangan qismlari kontekstida osonlik bilan gipoteza qilinadi. Aynan shuning uchun mulohaza, odatda, entimemalar shaklida kechadi. Lekin entimemada xulosaning hamma qismlari ham ifodalanmaganligi sababli unda pinhon bo‘lgan xatoni topish to‘liq xulosadagi xatoni topishga nisbatan qiyinroqdir. Natijada mulohazaning to‘g‘riligini tekshirish uchun xulosaning tushirib qoldirilgan qismlarini topish va entimemani to‘liq sillogizm qilib qayta tiklash kerak bo‘ladi.

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish