Kamoliddin Behzod tomonidan chizilgan Muhammad Shayboniyxon tasviri
Samarqanddagi Shayboniylar daxmasi ruslar bosqini davrida
Registon maydonidagi Sherdor va Tillakori madrasalari o’rtasida joylashgan Shayboniy hukumdorlar daxmasi. Dastlab bu yer xalq tilida Baland Sufa deb nomlangan birinchi bo’lib bu yerga Muhammad Shayboniyxon dafn etilgan.
Sank-peterburgga olib ketilgan va Ermitaj muzeyida saqlanayotgan Muhammad Shayboniyxon qabrtoshi.
Qabrtosh yozuvi tarjimasi:
Olam hukumdori Shayboniy Muhammadxon! Uning husni, muloyimligiga falak ham xavas qilar edi. Taqdir o’zining shavqatsizligi va adolatsizligidan pushaymon bo’lmoqda. Olam vayronalikda yuz tutishiga sabab bo’lgan adolatsiz falakning bunday munofiqligidan yurak ham ingramoqda. Agar kim vafot etdi deb so’rasalar, javob beringlar: bu ming afsuskiy Muhammad Shayboniydir!
Do'stlaringiz bilan baham: |