Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti



Download 3,24 Mb.
bet70/107
Sana19.04.2022
Hajmi3,24 Mb.
#562280
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   107
Bog'liq
TARBIYA MAJMUA 2021-2022 yil (7) (2)

Do‘stlik va sadoqat tushunchalari bir-biriga ma'nodosh va bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lgan so‘zlardir. To‘g‘rirog‘i, sadoqat bu – do‘stlik degani, do‘stlik esa sadoqat demakdir. Zero, arab tilidan kirib kelgan sadoqat so‘zi do‘stlik ma'nosini ifoda qiladi. Chunki haqiqiy do‘st sadoqatli bo‘ladi. Sodiq do‘st degan so‘z ham shundan kelib chiqqan. Sadoqat - do‘stlik kishi uchun nasib qilishi mumkin bo‘lgan ne'matlarning eng yaxshilaridan biridir, deb aytsak xato qilmagan bo‘lamiz. Bu ne'matni faqat haqiqiy do‘sti bor odamgina to‘laqonli his qila oladi.
Sadoqat - do‘stlik “sidq” so‘zidan olingan. “Sidq” esa rostgo‘ylik, samimiyat va vafodorlikni anglatadi. Zero, do‘st do‘stiga nisbatan rostgo‘y, samimiy va vafodor bo‘ladi. 
Do‘stlik tushunchasining mazmun mohiyati haqida donishmand kishilar, olimu fozillar tomonidan ko‘plab so‘zlar aytilgan bo‘lib, ularning ba'zilarini siz azizlar bilan baham ko‘ramiz. 
- Do‘stlik shunday bir daraxtdirki, urug‘i vafo, shohlari umid, yaproqlari saodatdir. 
- Do‘stlik bir shahardirki, kaliti vafo, aholisi esa vafodorlardir. 
- Do‘stlik usiz inson yashay olmaydigan kuch-quvvat manbaidir. 
- Do‘stlik ikki shaxsning go‘yoki bir shaxs sifatida birlashib ketishi va yagona fikrni o‘zida tashimog‘idir. 
- Do‘stlik u orqali kishi o‘z dardini chiqarib yuborib, yengil nafas oladigan bir tuynukdir. 
- Do‘stlik o‘zga uchun o‘z manfaatlarini qurbon qilish, fidokor bo‘lish hamda xudbinlik illatidan ozod bo‘lishdir. 
Do‘stlik va sadoqat vafodorlik va fidokorlik tushunchalariga tutash bo‘lgan tuyg‘udir. Xiyonat unga butkul begona. Haqiqiy do‘st do‘stiga hech qachon xiyonatda bo‘lmaydi. 
Do‘stning, yaqin kishining xiyonati juda og‘ir va alamli bo‘ladi. Uni qalbdan butkul o‘chirib yuborish mushkul. Do‘st tomonidan yetkazilgan kichik aziyat ham zohiran kichik bo‘lib ko‘ringani bilan aslida katta bo‘lib, qalbda chuqur jarohat qoldiradi. Chunki, do‘stdan jafoning kattasi ham, kichigi ham kutilmaydi. Nainki jafo, balki, qandaydir e'tiborsizlik, bemehrlik ham do‘st bilinuvchi kishidan sodir bo‘lishi ko‘ngilga og‘ir botadi. Donishmandlardan biri shunga ishora qilib: "dushmanlarim tosh otdi, parvo qilmadim. Do‘stlarim otgan guldan boshim yorildi", degan ekan. Demak inson o‘ziga yaqin bo‘lmagan, do‘st hisoblamagan odamlardan yetadigan aziyatlarga ular harchand katta va og‘ir bo‘lmasin, bardosh berishi mumkin. Ammo, do‘st deb bilgan insondan sodir bo‘ladigan kichik aziyatni o‘ziga qattiq olar ekan. 
Do‘st, og‘a - ini shunisi bilan ham do‘stki, u do‘stining ahvolini aytmasa ham sezadi, uning ehtiyojini o‘z ehtiyojidan ustun qo‘yadi. Do‘stining dardi bilan o‘z dardidan ko‘ra ko‘proq og‘riydi. Uning tashvishi bilan yashaydi. Haqiqiy do‘stlik quyosh botishi kabi g‘oyib bo‘lmaydi, qorning erishidek erib ketmaydi. U hechqachon o‘lmaydi. Illo, qalbdagi muhabbat o‘lsagina o‘lishi mumkin. Do‘stlik bu iymon alomati. U vijdonni maskan tutadi, hech qanday mezonda o‘lchanmaydi. Uni moddiy qiymat bilan baholash mumkin emas. 
Haqiqiy do‘st biror o‘tirishga kelib qolsangiz, darrov sizga joy beradi. Ko‘rishganda birinchi bo‘lib salom beradi. Mabodo, ishingiz tushsa quvonch va shodlik bilan hojatingizni ravo qilish yo‘lida yelib-yuguradi. U o‘ziga yaxshi ko‘rgan narsasini sizga ham yaxshi ko‘radi. Hatto sizni o‘zidan ustun qo‘yadi. Doim sizga yaxshilikni ravo ko‘radi. Haqiqiy do‘st biror moddiy yoki ma'naviy manfaatni ko‘zlamagan holda sizni Alloh uchun yaxshi ko‘radi. U hayotingiz to‘kin-sochinligida ham, mashaqqatli paytida ham, shodlikda ham, qayg‘uda ham, kengchiligu torchilikda ham yoningizda turadi. Haqiqiy do‘st aybingni ko‘rsa, tanholikda nasihat qiladi. Yaxshi ishingizni ustidan chiqsa, shijoatlantiradi. Ezgu ishlarni amalga oshirishingizda ko‘makchi bo‘ladi. Chin do‘st siz haqingizda doimo yaxshi fikrda bo‘ladi. Bordiyu unga nisbatan xatolikka yo‘l qo‘ysangiz ham buning uchun uzr topadi. Kechirib ketadi. 
Ona zamin faqat ma'lum mavsumlardagina meva bersa, do‘stlik mevasi har lahzada teriladi. Hakimlardan biri do‘stlikni shamsiyaga (zontik) mengzatadi. Yomg‘ir kuchaygan sari soyabonga ehtiyoj ortganidek, musibat va mushkilot yomg‘irlari boshingiz uzra shiddatli tus olgani sari do‘stlik shamsiyasiga ham ehtiyojingiz kuchayaveradi. “Yomg‘ir”dan soyabon bo‘lmagan do‘st do‘st emas. U shunchaki, tanish -bilishlardan biridir. 
Haqiqiy do‘st shunday kishiki, u bilan birga bo‘lsangiz, xuddi yolg‘iz holda bo‘lganingizdek o‘zingizni betakalluf tutasiz. U qaysidir kamchiligingiz tufayli sizdan yuz o‘girib ketmaydi. Yig‘ingiz uchun yig‘laydi, shodligingiz uchun quvnaydi. Uzringizni qabul qiladi, xatoingizni kechiradi va yo‘qligingizda ham sizga vafodorlikni saqlaydi, kam - ko‘stingizni to‘ldiradi. 
Lotin tilidan dushmandushmanlik hisoblanadi dushmanlik sifati bu boshqa hech qanday tirik mavjudotga nisbatan hech qanday sababsiz provokatsion va qarama-qarshi munosabatni bildiradi. 
Dushmanlik, a tajovuzkor va tajovuzkor xatti-harakatlar aks ettirilishi mumkin zo'ravonlik hissiy yoki jismoniy, bitta odamning, kichik guruhning yoki ko'p sonli odamning qo'li bilan va xuddi shu tarzda bitta yoki bir nechta mavzularga yo'naltirilishi mumkin. Bir odamning boshqasiga dushmanligi bor, bu ikki sub'ekt o'rtasidagi qarama-qarshilikni, shuningdek, bir mamlakatning boshqasiga dushmanligini anglatadi (vaziyatni keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan vaziyat urush).
Ulugʻvorlik — estetika tushunchalaridan biri. Hajm va salmoqb-n bogʻliq boʻlgan narsahodisalarning bir qarashda ilgʻab olinmaydigan botiniy jihatlarini, ulkan qudrat va miqyosga ega voqelikning estetik koʻrinishini anglatadi. U. kundalik hayotda istisnoli voqelik sifatida namoyon boʻlib, odatiy voqea-hodisalardan oʻzining favquloddaligi bilan ajralib turadi. U. obʼyektiv va subʼyektiv asosga ega. Yulduzli osmon, vulqon, suv toshqini, ulkan dengiz toʻlqinlari kabi tabiatdagi narsa va hodisalar, fidoyilik, qahramonlik, buyuk tarixiy shaxslarning ijobiy faoliyati kabi jamiyatdagi voqeliklar U.ning obʼyektiv asoslari hisoblanadi. Favqulodda yoki odatiy tasavvurlardan tashqaridagi voqea-hodisalarni estetik idrok etayotgan inson qalbining moyilligi U.ning subʼyektiv asosi sanaladi; koʻpchilikni hayratga solgan voqelik baʼzilarni qayratga solmasligi va aksincha boʻlishi ham mumkin. U. oʻzining har tomonlama ijodiy ifodasini sanʼatda topadi, sanʼatning barcha tur, xil va koʻrinishlari uchun asosiy tasvir obʼyektlaridan biri boʻlib xizmat qiladi. U.ning sanʼatda namoyon boʻlishi axloqiylik va ijtimoiylik bilan bogʻliq. Insoniyat va jamiyat taraqqiyotida roʻy beradigan muhim voqealar, ulkan tarixiy shaxslar faoliyati, qahramonliklari, fidoyiliklari kishilarda hayrat va ularga ta(ushd qilish tuygʻularini uygʻotadi. Sanʼatdagi U. badiiy mazmun va shakl vositasida ifodalanadi, bunda gʻoya hal qiluvchi rol oʻynaydi. U. meʼmorlikda alohida ahamiyat kasb etadi. Misr ehromlari, Samarqand, Buxoro, Xiva sh.laridagi meʼmorlik obidalari oʻzining salobati, ulugʻvorligi bilan kishini hayratda qoldiradi. U. faqat miqyos bilan belgilanmaydi, undagi nafislik, atrof muhit bilan uzviy qoʻshilib ketganlik aloxida ahamiyatga ega. U. insonni olijanoblikka, yuksaklikka, buyuklikka undaydi, tabiat hodisalarini estetik anglash va baholash imkonini beradi, shaxe, jamiyat va millat estetik tarbiyasida muhim rol oʻynaydi.
JINOYAT — jinoyat qonunida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish. Muayyan qilmishni Jinoyat deb hisoblash masalasi har bir davlatda oʻzining ijtimoiy tuzumi, aholining turmush tarzi, milliy xususiyatlari, urf-odatlari, anʼanalari va h. k. ga muvofiq xalqaro huquq meʼyorlari eʼtiborga olingan holda hal etiladi. Qilmish Jinoyat ekanligini aniqlash uchun quyidagi umumiy belgilar nazarga olinadi:
1) qilmishning ijtimoiy xavfliligi;
2) aybning mavjudligi;
3) jazoga sazovorligi. Har qanday jinoiy qilmishda mazkur belgilarning barchasi birdaniga mavjud boʻlishi shart, ulardan biri mavjud boʻlmasa, qilmishni Jinoyat emas, deb hisoblashga asos topiladi. Jinoyatlar oʻz xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga koʻra: ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan; uncha ogʻir boʻlmagan; ogʻir; oʻta ogʻir Jinoyat larga boʻlinadi. Jinoyatlar tajovuz obyektiga koʻra, shaxsga qarshi J., iqtisodiyot sohasidagi Jinoyat, jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi Jinoyat, davlat hokimiyatiga qarshi Jinoyat, ekologiya sohasidagi Jinoyat, harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi Jinoyat, tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi Jinoyatga boʻlinadi. Aybning shakliga koʻra esa qasddan sodir etilgan Jinoyat va ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan Jinoyatga boʻlinadi. Shaxs oʻz harakati yoki harakatsizligini va bundan kelib chiqadigan jinoiy oqibatni anglagan, oʻz harakatlarini boshqara oladigan boʻlsagina qilmishi Jinoyat hisoblanadi. Subyekt yoshiga yetmagan va aqli noraso shaxslar tomonidan sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish Jinoyat sanalmaydi va ularga nisbatan Jinoyat qonunida nazarda tutilgan majburlov choralarini qoʻllash mumkin emas. OʻzR Jinoyat kodeksida qilmishning jinoiyligini istisno etadigan holatlarning quyidagi 6 turi belgilangan:
1) kam ahamiyatli qilmishlar; 2) zaruriy mudofaa;
3) oxirgi zarurat; 4) ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish;
5) buyruq yoki boshqa vazifalarni ijro etish;
6) kasb yoki xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq asosli tavakkalchilik (36—41-moddalar). Mazkur harakatlar tufayli kelib chiqqan oqibatlar jinoiy oqibat xisoblanmaydi, qilmish ham Jinoyat sanalmaydi. Alohida olingan muayyan bir Jinoyat va umuman jinoyatchilik sodir etilishiga taʼsir koʻrsatuvchi ijtimoiy omillar, xrdisalar, jarayonlar boʻladi. Jinoyat sabablari oʻrganilayotganda ana shular hisobga olinadi. Jumladan, birinchidan shaxsning oʻzi, uning dunyo qarashi, qiziqishlari, jamiyat va davlatga, yon atrofidagi kishilar va oilaga munosabati, unda salbiy sifatlarning shakllanishi va kuchayishi; ikkinchidan — shaxs tarbiyalangan, voyaga yetgan oilaviy va ijtimoiy muhit; uchinchidan — J. sodir etilgan vaqtdagi sharoit, vaziyatga eʼtibor beriladi.
Jazo (huquqda) — huquqbuzarlik sodir etishda ayblangan shaxslarga nisbatan qoʻllanadigan maʼnaviy, moddiy yoki jismoniy cheklashlar bilan bogʻliq boʻlgan majburlov chorasi. J. huquqiy tartibot sifatida davlat va huquq, shuningdek, bunday huquqni qoʻllash vakolati boʻlgan maxsus organlar vujudga kelgan paytdan boshlab paydo boʻlgan. J. ijtimoiy adolatni tiklash, jinoyat sodir etgan shaxsni axloqan tuzatish, huquqbuzarlik va jinoiy faoliyat davom etishiga toʻsqinlik qilish, yangi huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish maqsadida qoʻllaniladi. Sodir etilgan huquqbuzarlikning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab, J.lar intizomiy, maʼmuriy va jinoiy boʻlishi mumkin. Ana shu J.lardan qaysi biri qoʻllanilmasin, huquq buzishda ayblanayotgan shaxsga nisbatan qonun va normativ hujjatlarda belgilangan tartibda maʼnaviy, moddiy yoki jismoniy harakterdagi cheklash qoʻllaniladi. Shu bilan birga huquq buzish sodir etishda foydalanilgan qurol, vosita, huquq buzish orqali qoʻlga kiritilgan narsalar musodara qilinishi mumkin. Intizomiy J. — mulkchilik shaklidan qatʼi nazar har qanday yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan korxona, muassasa, tashkilotda belgilangan ichki mehnat intizominn buzgan shaxsga nisbatan ish beruvchilar tomonidan qoʻllanadigan majburlov chorasi boʻlib, xayfsan berish, jarima solish, mehnat shartnomasini bekor qilish (ishdan boʻshatish) tarzida boʻlishi mumkin. Intizomiy J. shaxslarni ishga qabul qilish huquqi berilgan shaxs (organ) tomonidan, maʼmuriy jazo — maʼmuriy ishlar boʻyicha tuman (shahar) sudyasi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoshidagi maʼmuriy komissiyalar, voyaga yetmaganlar ishlari bilan shugʻullanuvchi tuman (shahar) komissiyalari, ichki ishlar (militsiya) organlarining , davlat inspeksiyasi organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek, maʼmuriy J. qoʻllash vakolati berilgan boshqa organlarning mansabdor shaxslari tomonidan, jinoiy jazo esa — davlat nomidan sud hukmi bilan beriladi.
Jinoiy jazo - jinoyat sodir etganlikda ayblangan shaxsga nisbatan davlatning majburlov chorasi. Sud hukmi bilan qoʻllaniladi. J. j.ning qatʼiy roʻyxati faqat jinoyat qonunida beriladi va JKda koʻrsatilmagan boshqa birorta chora J. j. chorasi hisoblanmaydi. Jinoyat sodir etishda ayblanayotgan shaxsga nisbatan tayinlanadigan J. j.ning turi va ogʻirlik darajasi sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavfliligi darajasiga bogʻliqdir. J. j.ning boshqa majburlov choralaridan farqi uning davlat nomidan sud tomonidan tayinlanishi, jazolash (maʼnaviy, moddiy, jismoniy cheklash) darajasining ancha yuqori boʻlishi, mahkumning huquq va erkinliklari qonunda belgilangan tartibda jiddiy cheklanishidadir. Oʻzbekiston Respublikasining JKga koʻra, J. j. choralari quyidagilardan iborat: jarima, muayyan huquqdan maxrum qilish, axloq tuzatish ishlari, xizmat boʻyicha cheklash, qamoq, intizomiy qismga joʻnatish, ozodlikdan mahrum qilish, oʻlim jazosi, harbiy yoki maxsus unvondan mahrum etish
Jazo choralari jinoyatchilikka qarshi kurashda, jamiyatni jinoiy tajovuzlardan himoya qilish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Jazo Jinoyat kodeksi Maxsus qismi normasida javobgarlik belgilangan, sodir etil-gan jinoyatning huquqqa xiloflilik belgisidir. Jinoyat va jazo tushun-chalarining o‘zaro bog‘liqliligi sodir etilgan jinoyatga nisbatan qo‘lla-niladigan qonuniylik va ayb uchun javobgarlik prinsiplarida ifodalanadi.
Jazo — sud hukmi bilan jinoyat sodir etishda aybdor deb topil-gan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan va sudlanuvchini ozodlikdan mahrum qiluvchi yoki uning huquq va erkinliklarini cheklovchi majburlov chorasidir.
Мавлоно Жалолиддин РУМИЙ
«ҚАЛБ КЎЗИНГНИ ОЧ»
КИТОБИДАН ҲИКМАТЛАР
АВЛИЁЛАР ҲАҚИДА
• Аллоҳ мардларининг оёқлари остида тупроқ бўл. Сен ҳам биздек ҳасадинг бошига тупроқ соч!
• Ёғоч қилични жангга олиб борма, оху фиғонга туншмаслик учун уни бир бор назардан ўтказ: агар ёғоч бўлса, бор, бошқасини қидир; агар олмос бўлса, қувонч билан олға бос! Олмос қилич авлиёларнинг аслаҳахоналаридандир.
• Комил тупроқ олса, олтин бўлади, нокас олтинни қўлига олса тупроққа айланади. У ҳақиқий эран (авлиё) Аллоҳга маъқул бўлгандир, барча ишларда унинг қўли Аллоҳнинг қўлидир.
• Авлиёларда Аллоҳ берган шундай қудрат бор-ки, отилган ўқни қайтара оладилар.
• Авлиёлар эслатиш ва унуттиришга қодирдирлар, шу ҳолда ҳар кишининг кўнглига ҳокимдирлар. Авлиё унуттириш қудрати билан бир кишининг зеҳнини банд қилдими. у одам ҳеч нарса қила олмайди.
• Огоҳ бўлки, авлиёлар замоннинг Исрофилларидирлар. Ўликлар улардан жон топадилар, тириладилар.
• Шунинг учун юмшоқми-қаттиқми, авлиёларнинг сўзларини тинглашдан қочма, уларга қулоқ ос, у сўзлар динингга қувват бўлади.
• Уларнинг қаҳраболари бор, чиқарсалар сенинг сомон чўпидек борлиғингни девона қилади, ўзларига тортади. Қаҳраболарини яширсалар. сен йўлдан озасан. Инсон мартабасининг ҳам Аллоҳнинг авлиёлари қўлида ҳайвондек мағлуб бўлганини англа, эй йўқсил!
• Ўзинг билган, неча марталаб ўтган йўлда ҳам йўлбошловчи бўлмаса адашасан. Ўзингга кел! Юрмаган йўлингдан ёлғиз борма, йўл кўрсатувчидан асло юз ўгирма!
• Йўловчиларнинг йўлдан адашганлари, ёвуз руҳли шайтоннинг уларга нималар қилганини “Қуръон”дан ўқи! Уларни асосий йўлдан юз минглаб йил узоқ бўлган йўлга элтди, фалокатга йўлиқгирди, қип-яланғоч қолдирди. Уларнинг суякларига, улардан қолган нишоналарга қара ва ибрат ол: эшагингни уларнинг йўлига бошлама.
• Йўл билувчи идрокли пир нафс қули боғларига арик қазувчидир. Ирмоқ ўзини қандай поклайди? Инсоннинг билими Аллоҳ илми билан бирга наф беради. Қилич қинини кеса оладими? Бор, бу жароҳатни жарроҳга кўрсат. Агар бу ярага пир малҳам кўйсагина дардингдан қутуласан, фарёд-у фиғонинг битади.
• Ҳазрат Пайғамбар (с.а.в.): “Умматларим ичида шундайлари бор-ки, улар мен билан бир хил яратилганлар, мен билан тенг ҳиммат соҳибилар. Мен уларни қайси нур билан кўрсам, уларнинг қалблари ҳам мени айнан шу нур билан кўради”, дедилар.
• Ёлғизликдан умидсизликка тушгач қуёшдек бир севгилининг сояси остига кир. Бор, тезда бирор Аллоҳ дўстини қидир. Шундай кил, Аллоҳ сенинг дўстинг бўлади.
• Тупрокдан ҳам ожизмисан? Тупроқ севгилини топгач бир баҳор туфайли юз минглаб гулларга етишди.
• Пирлар шундай кишилар-ки, ҳали бу дунё яралмаганида ҳам уларнинг жонлари карам денгизида бор эди. Бу танга тушишдан олдин неча бор яшадилар. экишдан олдин мевалар сараладилар.
DARD Bu tojikcha ot koʻp maʼnoli boʻlib, 'ogriq', 'kasallik', 'qaygu' kabi maʼnolarni anglatadi. Bu otdan oʻzbek tilida dardlash- feli hosil qilingan, tojik tilidan shu ot bilan tuzilgan dardi bedavo izofa birikmasi ham olingan,kasallik; ozor, alam; ruhiy azob
Jismoniy azob; ogʻriq, kasallik. Ogʻir dard. Dard koʻrmok Dardga chashnmok Dardni yashirsang, isitmasi oshkora kiladi.  Dard chekmagan dori qadrini bilmas. Tanasi boshqa dard bilmas. Dard koʻrma yoki qoʻling dard koʻrmasin, Qoʻli gul ijrochiga, oʻz kasbining ustasiga yaxshilik tilab aytiladigan ibora.Ruhiy azob, gʻam-gʻussa, alam-hasrat. Ayriliq dardi. Dardida yonmoq (kuymok). Dardini ichiga yutmok . Kishining borligʻini, butun fikri-yodini band etgan narsa, ish, tashvish, orzu, xayol va sh.k.
Fikru xayol; armon, ezgu maqsad. Ishq, muhabbat.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish