Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti


Eringni yaqinlariga doimo chiroyli muomalada bo'l



Download 3,24 Mb.
bet53/107
Sana19.04.2022
Hajmi3,24 Mb.
#562280
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   107
Bog'liq
TARBIYA MAJMUA 2021-2022 yil (7) (2)

8.Eringni yaqinlariga doimo chiroyli muomalada bo'l.Bu narsa sening yahshi uy bekasi ekanligingni
bildiradi.
9.. Eringni sirlarini zinhor birovga aytma.Agar sirlarini atrofga yoysang, sendan ranjiydi.Bevafolik yo'liga ham kirib ketishi
mumkin.
10.Eringni hurmat qil, buyruqlarini bajar, gap qaytarib unga qarshi chiqma. Agar qarshi borib isyon qilsang,jahli chiqib ranjishiga,hatto dushman kabi harakat qilishiga sabab bo'ladi.Ering hafa bo'lganida o'zingni hursand tutma,agar ering hursand bo'lsa o'zingni hursand tutishga harakat qil.
Har bir ayol ( qiz) eriga qanchalik hurmat va itoat etsa, shunchlik suyukli bo'ladi. Qanchalik rozi qilsa shunchalik muhabbat ko'radi. Shuni ham aytib o'tish kerakki, har bir ayol bularga, faqat uning istakalrini o'z hoyu-havaslaridan, uning roziligini o'z orzularidan ustun qo'yish bilan uddalaydi. Janobi Haq bizga o'zining kuch qudratini ko'rsatish uchun yaratgan mahluqlarini dunyoda ko'paytirib qo'ydi. Shu sababdan erkak bilan ayolni bir birlariga muhtoh qildi.Aql-zakovat bialn sharafladi, ularni boshqa mahluqlardan ustun qildi.Insonlar birlashib yuzaga keltirgan jamiyatlar kuchli va mustahkam bo'lishi uchun ayol va erkakning o'zaro munosabatini nikoh vositasida shar'iy holga keltirdi. Ehtiyojlarini ta'minlashga shu yo'l bilan izn berdi.Erkak bilan ayolning birgalikdagi turmushi shar'iy nikohga asoslanadi. Bu amr olamning nizomi, insonlarning go'zal ahloqli bo'lishlari va sog'lom jamiyatning vujudga kelishi uchundir. "Tafsiri Kabir" muallifi Fahriy Roziy hazratlari " Va jaalna baynakum mavaddatan va rohmatan"oyati karimasini shunday tafsir qiladilar:" Er-hotin o'rtasidagi sevgi faqat nafsoniy lazzatdan iborat emas.U muhabbat bevosita Allohning lutfiga oid kayfiyatdir. Chunki nafsoniy lazzatsiz ham muhabbat davom etaveradi.Agar er - hotin orasidagi rishta faqat shahvatdangina iborat bo'lsaydi, shahvat bo'lmagan vaqtlarda o'zaro kelishmovchilik kuchayib,ayirilishlar yuzaga kelardi". Demak, shar'iy nikoh sevgiga, murosa ila yashashga va yahshi hayot kechirishga sabab bo'ladigan yagona bog'dir. "Nikohda karomat bordir" iborasi ham shu tajribalar tufayli maydonga kelgan haqiqatdir.O'zaro chiroyli munosabat insonlar uchun juda zarur. Dunyo hayoti ham bizdan shuni talab qiladi. Rasululloh s.a.v. hazratlari:" Siz hammani molingiz bilan o'zingizdan mamnun qilolmaysiz. Hech bo'lmasa ahloqingiz bilan mamnun eting", deya marhamat qilganlar.
Buyuk olim Abu Lays Samarqandiy bu mavzuda shunday deganlar:"Inson yumshoq so'zli, go'zal ahloqli bo'lishi kerak. Hech kimga yaltoqlanmasligi va birovni yuziga maqtamasligi kerak. Ahloqi va maslagi buzuq kishilar bilan suhbatda ehtiyot bo'lishi kerak. Ularning noto'g'ri fikrlarini ma'qullayotganga o'hshab jim turish juda katta hatodir". Bundan tashqari hamma bilan yahshi munosabatda bo'lish, yomonlikdan yiroqlashish lozim. Janobi Haq Muso va Horun a.s.ga:" Fir'avnga yumshoq so'zlar bilan gapiring", deb buyurmaganmidi? Insonlar orasidagi munosabatlarda shirinso'z va ochiq yuzli bo'lishga buyurilgach, er-hotinning bir-biriga mehr - muhabbati ortishi tabiiy. Demak, nikohlar har ikki tomon tashabbusi bilan yanada kuchayishi kerak. Er - hotin zimmalaridagi vazifalarni chiroyli bajarishlari bilan bu munosabatning yanada mustahkam bo'lishiga zamin tayyorlaydilar. Bir-birlarini arzimas kamchiliklariga ahamiyat bermasdan hayotlarini tinch - totuv o'tkazadilar. Aks holda, ya'ni, o'zaro yomon muomala-munosabat o'z haqlariga amal qilmaslik oqibatida oradagi mehr muhabbat yo'qoladi.Keyin arzimas kamchiliklar tuyadek ko'rinib, shu thlit kelishmovchiliklar yuzaga keladi.Urush-janjal kun sayin kuchaya boradi. Bunday oilada halovat ketadi, tinch - totuv yashash mumkin bo'lmay qoladi.Mana shu sababdan ayollar erlariga oid haq va vazifalarini bilib, unga amal etishlari kerak. Erlarining tabiatlarini o'rganib, uni rozi qilishlari, osoyishta hayot kechirib, dunyodan o'tgach, yahshi hotiralar bilan eslanishlari kerak.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish