Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti


Ota-onalarning huquq va majburiyatlari



Download 3,24 Mb.
bet24/107
Sana19.04.2022
Hajmi3,24 Mb.
#562280
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   107
Bog'liq
TARBIYA MAJMUA 2021-2022 yil (7) (2)

2. Ota-onalarning huquq va majburiyatlari - oila huquqi sohasi. Avvalo, ota-onalar oʻz bolalariga nisbatan teng huquq va majburiyatlarga egadirlar. Bu Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida nazarda tutilgan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqligidan kelib chiqadi. Bola haqida gʻamxoʻrlik qilish, unga taʼlimtarbiya berish ota-ona uchun faqat axloqiy qoida boʻlib qolmay, balki konstitutsiyaviy xuquq va burchdan ham iborat.
O.-o.h. va m. 2 turga boʻlinadi: shaxsiy huquq va majburiyatlar; mulkiy ququq va majburiyatlar. OʻzR oila qonuniga koʻra, O.-o.h. va m.ga oʻz farzandlari bilan birga yashash, ularning tarbiyasi bilan shugʻullanish, ota-onalik huquklarini mustaqil ravishda amalga oshirish, bolalarning sogʻligʻi, jismoniy, ruhiy, maʼnaviy va axlo-qiy kamoloti haqida gʻamxoʻrlik kilish, bolalarning qonun hujjatlarida belgilangan zarur darajada taʼlim olishini taʼminlash, bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish kabilar kiradi. Oilaviyhuquqiy munosabatlarda qonunchilik bolalar manfaatining ustuvorligini belgilaydi. Ota-ona va bolalar oʻrtasida kelish-movchiliklar mavjud boʻlganda, vasiylik va homiylik organi bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun vakil tayinlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga etgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar.
Ota va ona o‘z bolalariga nisbatan teng huquq va majburiyatlarga egadirlar.
Farzand to‘la muomalaga layoqatli bo‘lsa, uning majburiyatlari bo‘yicha, xususan, u etkazgan zarar oqibatida kelib chiqqan majburiyatlar bo‘yicha ona-onalar javobgar bo‘lmaydilar.
Shaxs quyidagi hollarda to‘la muomalaga layoqatli deb topiladi:
voyaga etganda (18 yoshga to‘lganda);
voyaga etmagan shaxsni to‘la muomalaga layoqatli deb topish (emansipatsiya)
voyaga etmagan shaxs qonuniy nikoh munosabatlariga kirishganda.
Ota-ona, farzandlikka oluvchilar va homiy emansipatsiya qilingan voyaga etmaganning majburiyatlari bo‘yicha, xususan, u etkazgan zarar oqibatida kelib chiqqan majburiyatlar bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar.
Ota-ona o‘z bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi shart.
Ota-ona o‘z bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir. Ular o‘z bolalarining sog‘lig‘i, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va axloqiy kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilishlari shart.
Ota-ona o‘z bolalarini tarbiyalashda boshqa barcha shaxslarga nisbatan ustun huquqqa ega.
Ota-ona bolalarining qonun hujjatlarida belgilangan zarur darajada ta’lim olishini ta’minlashi shart.
Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga etmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik jarimaga sabab bo‘ladi.
Bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish ularning ota-onasi zimmasiga yuklatiladi.
Ota-ona o‘z bolalarining qonuniy vakillari hisoblanadilar hamda har qanday jismoniy va yuridik shaxslar bilan bo‘lgan munosabatlarda, sudda alohida vakolatsiz ularning huquq va manfaatlarini himoya qiladilar.
Vasiylik va homiylik organi tomonidan ota-ona va bolalar manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik borligi aniqlanganda, ota-ona o‘z bolalarining manfaatlarini himoya qilishga haqli emas.
Ota-ona va bolalar o‘rtasida kelishmovchiliklar mavjud bo‘lganda vasiylik va homiylik organi bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun vakil tayinlashi shart.
Ota-ona bolani qonunga asoslanmasdan ushlab turgan har qanday shaxsdan uning qaytarilishini talab qilishga haqli. Nizo chiqqan taqdirda, ota-ona o‘z huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilishga haqli. Bu talablarni ko‘rishda sud bolani ota-onasiga qaytarish uning manfaatlariga zid degan xulosaga kelsa, bolaning fikrini hisobga olgan holda ota-onaning da’vosini rad qilishga haqli.
Agar sud ota-ona ham, bolani o‘z qaramog‘iga olgan shaxs ham bolaga lozim darajada tarbiya berishni hamda uni kamolotga etkazishni ta’minlay olmaydilar, deb topsa, bolani vasiylik va homiylik organi qaramog‘iga olib beradi.
Muqaddas Islom dini insonlarni doimo yaxshilikka chaqiradi va yomonlikdan qaytaradi. Insonlarning huquqiga nisbatan bo‘ladigan har qanday tajovuzni man qiladi. Huquqlar ichida eng muhimi ota-onaning o‘z farzandi zimmasidagi haqlari, farzandning o‘z ota-onasi oldidagi burchidir.
Ota-ona har bir inson uchun juda mo‘’tabar va e’zozlik kishilardir. Dinimiz ota-ona qanday bo‘lishidan qat’iy nazar ularni hurmat-ehtirom qilishga buyuradi. Dunyoda islom dinichalik ota-onaning hurmatini yuqori qo‘ygan ta’limot yo‘qdir.
Ma’lumki, ota-onalar o‘z farzandlarini cheksiz mehr-muhabbat va shafqat bilan tarbiya qilib o‘stiradilar. Binobarin, har bir farzandning zimmasiga ham aqlan, ham shar’an o‘z ota-onalariga nisbatan behisob burch va vazifalar yuklanadi. Jumladan Qur’oni karimning bir qancha oyatlarida ota-onalarimizga yaxshilik qilishga buyuriladi.
Alloh taolo ota-onaga zinhor ozor bermaslik va ularning so‘zlari-yu fe’llarini hech bir malol olmaslikka buyurib, quyidagicha xitob qiladi:
“Rabbingiz, Uning O‘zigagina ibodat qilishingizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. (Ey inson!) Agar ularning biri yoki har ikkisi huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularga “Uf!”dema va ularni jerkima! Ularga (doimo) yoqimli so‘z ayt!” (Isro, 23).
Ularga yoqimli so‘z ayt!” deganda ota-onani nomi bilan chaqirmaslik, balki “otajon”, “onajon” kabi so‘zlar bilan yosh go‘daklarga xos muomala qilish, ularni ranjitadigan gaplarni gapirmaslik, ular oldida o‘zini kichik bir kishidek tutish kabilarni tushunish kerak.
Janobi Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam ham ko‘p hadisi shariflarida ota-onalarga yaxshilik qilish, ularning roziliklarini topish uchun harakat qilishga buyurganlar. Jumladan: “Parvardigorning roziligi ota-onaning roziliklariga bog‘liq. Uning g‘azabi ham ota-onaning norozigiga qarab bo‘ladi”.
Demak, har qanday farzand o‘z ota-onasining xizmatini ado qilish bilan jannatni, ularga ozor berish bilan do‘zaxni qo‘lga kiritishi mumkin.
Ota-ona vafot etgandan so‘ng ham farzandning burchi tamom bo‘lmaydi. Balki ularning do‘st va qarindoshlari bilan yaxshi aloqada bo‘lishi lozim.
Rasululloh sollallohg‘u alayhi vasallam: “Yaxshiliklarning eng afzali bir kishi otasi vafot etgandan so‘ng uning do‘stlari bilan aloqa qilishidir”, deb marhamat qilganlar.
Alloh taolo barchamizni ota-onalarimizning xizmatlarini qilib, ularning haqlarini ado etib borishga muvaffaq aylasin!.
Farzand har qancha ota-onasini hizmatini qilsa ham baribir ularni oldidagi burchlarini ado eta olmaydi. Har bir farzand ota-onasi oldidagi burchini bilishi zarur.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish