Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti


-Mavzu: Nafs tarbiyasi. (2 soat)



Download 3,24 Mb.
bet55/107
Sana19.04.2022
Hajmi3,24 Mb.
#562280
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   107
Bog'liq
TARBIYA MAJMUA 2021-2022 yil (7) (2)

6-Mavzu: Nafs tarbiyasi. (2 soat)
Reja:
1. Nafsni tanish. Nafsning turlari. Orzu-havas. Oltin me’yor.
2. Nafs haqida tasavvuf allomalarining qarashlari. Nafs insonni dunyo bilan bog’laydigan bir zanjir.
3. Nafsning halokatli oqibatlari. Nafsga hokimlik qilish eng ulug’ amallardan.
4. Boylik va dunyo. Ochko’zlik va sahiylik. Qanday odam boy odam sanaladi?
5. Sudxo’rlik, ta’magirlik, poraxo’rlik, o’g’irlik, yolg’onchilik eng yomon illat.
6. Kibr va uning zarari. Hirs ofatlari. Mulk haqida tushuncha.


1. Inson zotiga aql bilan birga nafs ham ato etilgan. Toki jon tanani tark etmaguncha inson vujudida aql va nafs oʻrtasida kurash boradi. Aql inson maqomini farishtalar maqomiga koʻtarishni istasa, nafs uni hayvonlar maqomiga tushirishga harakat qiladi. Shu ikkisi oʻrtasidagi bahs-tortishuv tufayli inson bu dunyo sinovidan oʻtadi. Nafs tomonida shayton tursa, aql tomonida Alloh turadi. Baʼzan aql nafsning dastyoriga aylanib, u nimani buyursa, shuni soʻzsiz bajaradi. Baʼzan aql nafsdan ustun kelib, uning orzu-istagi va xohishini bajarishdan bosh tortadi. Aql nafs ustidan gʻolib kelganida inson yaxshilik yoʻlini tutadi. Agar nafs aqlni oʻziga tobeʼ qilib olsa, inson yomonlik yoʻlini tutib, razolat va qabohat botqogʻiga botadi. Ana shu vaqtda Allohning oʻzi unga yordam bermasa, yaʼni toʻgʻri yoʻlga yoʻllamasa, u hech qachon oʻzini bundan qutqara olmaydi. Nafs yaxshi-yomon, foyda-zararni farqlamaydi, xohish-istagi amalga oshsa, bas. Aql esa, uning aksi boʻlib, har bir narsaning foyda-zararini ajratishga xizmat qiladi. Shu bois, Qurʼoni karimda aql egalarining martabasi yuksak ekani koʻplab oyatlarda qayd etib oʻtilgan. Alloh taolo Qurʼoni karimda nafs nomi bilan qasam ichishi bejiz emas. Alloh taoloning ichgan qasami oddiy qasam emas:
“Qasamyod etaman Quyosh va uning ziyosi bilan, uning (Quyoshning) ortidan kelgan Oy bilan, uni (Yerni Quyosh) yoritgan paytidagi kunduzi bilan, uni (Quyoshni) qoplagan tun bilan, osmonlar va (Alloh) bino qilgan (boshqa) narsalar bilan, Yer va (U) yoyib qoʻygan (boshqa) narsalar bilan, nafs va (U yaratib) tiklagan zotlar (insonlar) bilan. Darvoqe, unga (nafsga) fisq-fujurini ham, taqvosini ham (U) ilhom qilib qoʻygan. (Mazkurlar bilan qasamyod etamanki) haqiqatan, uni (nafsni) poklagan kishi najot topur va u (nafs)ni (gunohlar bilan) koʻmib, xorlagan kimsa (Allohning rahmatidan) noumid boʻlur”. (“Shams” surasi, 1–10 oyatlar).

Demak, nafs oldida ikki yoʻl mavjud: biri fisq-fujur yoʻli va yana biri taqvo yoʻli. Inson nafsi shundan birini tanlashga mahkum etilgan, unga yuradigan boshqa yoʻl yoʻq. Qaysi birini tanlash-tanlamaslik oʻz sohibining ixtiyori va istak-xohishiga havola. Lekin biri Alloh taoloni rozi qilsa, ikkinchi biri Shaytonni rozi qiladi. Ha, inson oʻz nafsini tanimasa, hatto uni oʻziga “iloh” qilib olishdan ham toymaydi. Bu holda unga dunyo lazzati va hoyu havaslari ziynatlab koʻrsatilganidan, aqlning koʻzi koʻr boʻlib, Allohni tanimaslik darajasiga yetib boradi.


Oyati karimalarda zikr etilgan nafs juda katta kuchdir, lekin aql uni oʻziga boʻysundirishi va itoat ettirishi mumkin. Tavhid va aqida taʼlimotiga koʻra, Alloh yakkayu yagona, undan boshqa iloh yoʻq va uning sherigi ham yoʻq, deb eʼtiqod qilamiz. Inson oʻz nafsini tanimas ekan, uni hatto iloh darajasiga koʻtarib, unga sigʻinib yashashdan or qilmaydi. Moʻtabar kitoblarda nafsni but-sanamga tenglashtirilgan. Oʻz nafsini “iloh” qilib olganlar but-sanamga topinadigan mushriklarga oʻxshaydi. Kim uni but-sanamga aylantirib olgan boʻlsa, bir umr Rabbini tanimay oʻtadi va badbaxtlik botqogʻiga gʻarq boʻladi. Biroq buni oʻzi anglamaydi va nafsi nimani buyursa, shuni bajo keltirib umrini boy beradi.
Inson butun umri davomida oʻz orzu-havaslari quliga aylanib yashaydi. Alloh taolo jannat va doʻzaxni bejiz yaratmadi, inson nafs xohishi va orzu-havaslarini yengib, qalbini va nafsini poklasagina, jannatga kiradi. Agar qabohat va razolat yoʻlidan tavba qilib, Allohni tanimas ekan, jannatning yaqiniga ham bormaydi. Jannatga olib boradigan amallarni qilish baxt, unga teskari amallarni qilish badbaxtlikdir. Alloh taolo inson nafsiga bu dunyo hayotini ziynatlab, bezab qoʻyibdi. Shayton dunyoni chiroyli koʻrsatib, inson aqlini oladi va u shunga aldanadi.
Islom olamida yashagan allomalarning asarlarida nafs va uni isloh qilish masalasiga jiddiy eʼtibor berilgan. Havoyi nafs va uni qoʻllab-quvvatlab turadigan illatlar birma-bir koʻrsatib berilgan va ularni muolaja qilish yoʻllari haqida tavsiyalar berilgan. Bugungi kunda bunga jiddiy eʼtibor beradiganlar juda kamayib bormoqda. Havoyi nafs oʻz ishini qilib, dabdaba va hashamatga burkangan hayotni odamlar koʻziga chiroyli qilib koʻrsatmoqda. Agar Paygʻambarimiz alayhissalom hayotlarini sinchiklab oʻrgansak, havoyi nafsdan nechogʻlik tiyilganlaridan hayratga tushamiz. Nega u zot dunyo matolari oyoqlari tagiga toʻkilganida ham unga parvo qilmadilar? Buning sababi nima? Nega u zot oʻz nafslarini dunyo lazzati va rohatidan tiydilar, qorinlari ochganda unga tosh bogʻlab oldilar? Yo u zot dunyo matolaridan foydalanishga arzimas edilarmi? Biz moʻmin-musulmonlikni daʼvo qilamiz-u, lekin dunyo kelganda moʻmin-musulmonligimiz nega esimizdan chiqib qolyapti? Bu olamda xursandchilik va xafalik, rohat-farogʻat va azob-uqubat birga yuradi. Hech qachon faqat bittasi yolgʻiz oʻzi qolmaydi. Hatto paygʻambarlar ham havoyi nafs imtihoniga duch kelganlar, qiyinchilik va azoblarni boshdan kechirganlar. Lekin ular rohat va yaxshilik kelganda hovliqib, Allohni esdan chiqarib qoʻymaganlar, biror uqubat yoki kulfat kelganda ham Allohga itoat etib, Uning amr-buyruqlarini bajarishda bardavom boʻlganlar. Ular aql-farosat bilan ish tutib, nafs jilovini qoʻlga olganlar. Nafs har qancha oʻz yoʻliga ogʻdirishga urinmasin, ular sabr-toqat bilan uning istak-xohishidan oʻzlarini tortib turganlar. Bugun aql nafsning hammoli va quliga aylanib, nafs uni oʻz izmiga solmoqda. Nafs oʻz egasini zabun va xor etib, Allohni tanish, undan uyalish va taqvo qilishdan uzoqlashtirmoqda. Eng achinarlisi, oxirat va oʻlimni eslash va bir kuni bu dunyoda qilgan amallariga hisob berish hissini qalblardan surib chiqarmoqda. Ulugʻlar sabr-qanoat qilib yashashga ahd qilgan his-tuygʻular bizga begona boʻlib bormoqda. Muhammad ibn Voseʼ degan zot quruq nonni suvga botirib yeb shunday der ekan: “Kim shunga qanoat qilsa, biron kishiga muhtoj boʻlmaydi”. Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhu rivoyat qiladilarki: “Har kuni farishtalar: «Ey, odam bolasi, senga kifoya etadigan oz narsa seni tugʻyonga soladigan koʻp narsadan yaxshiroqdir”,– deydilar». Bu zotlar dunyo neʼmatlari oʻtkinchi ekanini yaxshi his etganlar, nafs jilovidan tortib, uning xohish-istagiga qarshi bora olganlar. Hozirgi zamonimizda nafs xohishi, hoyu havas va gunohu maʼsiyatlarga toʻla hayotimizni ularnikiga solishtirib boʻladimi? Hozir mol-dunyosi koʻpayib, boyib borayotgan kishi xayolini qanday fikrlar band etadi, deb oʻylaysiz? Shu mol-dunyosini oʻz nafsidan orttira olarmikan? Rivoyatga koʻra, Muhammad ibn Kaʼb Qurayziyning mol-dunyosi koʻpaydi. Shunda unga: “Uni oʻzingdan keyin farzandingga olib qoʻysang-chi”, deyildi. U: “Yoʻq, lekin men uni Rabbim huzuridagi nafsim uchun olib qoʻyamanki, Rabbim farzandimga yigʻib qoʻyadi”, deb javob berdi. Ha, u zotlar Alloh huzuriga borganda hisob-kitob va bu dunyoda qilgan ishlari uchun javobgarlikka jiddiy qaraganlar. Hatto oʻz farzandi kelajagi uchun mol-dunyo yigʻishni oʻylamaganlar, Rabbi taologa qattiq ishonch-eʼtiqodda boʻlganlar. Bizning zamonimizda nafsni isloh etish va oʻzini-oʻzi tergash hissi kamayib bormoqda. Aksar kishilar haqiqiy baxt nimayu, oʻtkinchi baxt nimaligini farqlamay qoʻydilar. Baʼzan hayot ogʻir, qiyin boʻlib ketdi, deb noliganlarni eshitib qolamiz. Hayot qiyin boʻlib ketdimi yoki biz oʻzimiz uni qiyin qilib oldikmi? Bu savol aql-farosat egalarining oʻziga havola. Hayot qachon yengil va oson boʻlgan. Inson nafs quliga aylanib yashar ekan, hayot hech qachon yengil boʻlmaydi. Inson yelkasidan nafs yuki bosib turar ekan, u hech qachon emin-erkin nafas ola olmaydi. Dunyo imtihon va sinov ekanini yaxshi bilamiz. Shuning uchun har bir fursat va soat gʻanimat. Shuni esda tutgan holda solih amal qiluvchilar hech qachon adashmaydi, hammamizga shunday amal qilish baxti nasib etsin.
2. Nafs tarbiyasi eng hassos mavzulardan biri hisoblanadi. Bu mavzuda koʻplab olimlar, tariqat mashoyixlari soʻz yuritganlar, qator kitoblar va risolalar bitganlar.
Darhaqiqat, nafsga boʻysunmaslikda inson uchun juda koʻp yaxshiliklar, barakalar bor. Unga ergashish esa yomonliklarning poydevori hisoblanadi. Shu kungacha oʻtgan solih bandalar barcha yaxshiliklarning asosi nafsni tarbiya qilish, barcha yomonliklarning asosi esa unga tobe boʻlishda ekanligini taʼkidlaganlar.
Nafsiga ergashmay, uni tarbiyalagan kishi yutuqqa, muvaffaqiyatga yetishadi. Unga faqat gumroh kimsalargina ergashadilar.
“Haqiqatda, kim u (nafs)ni poklasa, yutuqqa erishadi”. (“Shams” surasi, 9 - oyat).
“...Oʻz havoi nafsiga ergashgan kishidan koʻra adashganroq kimsa bormi?!”. (“Qasos” surasi 50 - oyat).
Donishmand xalqimiz “Mening nafsim balodir. Oʻtdan choʻqqa solodir” deb ham bejiz aytmagan.

Ulamolar nafs istaklariga teskari harakat qilishni ibodatning boshi, deydilar.
Tarixda oʻtgan koʻplab allomalar, mashoyixlar, ruhiy tarbiya ulamolari nafslarini isloh etish bilan oliy martabalar, maqomlarga erishganlar.
Bir kishi havoda muallaq oʻtirgan odamni koʻrib, buning sababini soʻradi. U aytdi: “Men havoni tark qilgan edim, Alloh havoni boʻysundirib qoʻydi”. Yaʼni, ichimdagi nafsim istaklariga xilof qilgan edim, Alloh tashimdagi havoni xizmatimda qildi.
Mashoyixlar aytadi:
Nafsga xilof qilishning barakasi, taʼsiri har bir insonga garchi u Islom ahlidan boʻlmasa ham oʻtadi. Rivoyat qilinishicha, Misrda mukoshafa bilan mashhur boʻlgan rohib boʻlar edi. Uning bu holati musulmonlarni fitnaga solishidan qoʻrqqan bir olim zaharlangan pichoqni olib, rohibning uyiga bordi. U eshikni taqqillatgan edi, ichkaridan: “Hoy musulmonlar peshvosi! Pichoqni tashla”, degan ovoz eshtildi. Olim pichoqni tashlab, uy ichiga kirdi. Rohibga qarab: “Senda mukoshafa nuri qayerdan paydo boʻldi? Yoki musulmonmisan”, dedi. Rohib aytdi: “Ha, musulmon boʻldim”. Imom: “Bu qanday sodir boʻldi?”, dedi. U: “Nafsga xilof qilish bilan boʻldi. Nafsimga Islomni taklif qilgandim, u bosh tortdi. Men esa unga xilof qildim”, deb javob qaytardi.
Gapni ko‘p cho‘zmay, nafsning uch muolajasiga o‘tamiz.
Alloh taolo Qur’oni karimda nafsni poklashga chaqirib, bu ishni amalga oshirgan insonni yutuqqa erishganini ta’kidlaydi.
“Haqiqatda, kim u (nafs)ni poklasa, yutuqqa erishadi” (Shams surasi, 9-oyat).
Mashoyixlar nafs tarbiyasi va isloxida asosan, uchta muhim yo‘lga urg‘u beradilar.
Nafsdan xohlayotgan narsalarini tiyish yoki kamaytirish.
Chunki asov hayvonni jilovlash va qo‘lga o‘rgatish uning yemini kamaytirish bilan bo‘ladi. Xuddi shuningdek, bebosh nafsni tarbiya qilaman degan kishi nafs xohish va istaklarini jilovlab tiyish kerak.
Nafsga og‘ir keladigan ibodatlar, yaxshi ishlarni yuklash.
Asov hayvonni bo‘yin sundirishining yana bir yo‘li, uning yemini ozaytirish bilan birga ustiga ortiladigan yukini ko‘paytirish bilan bo‘ladi. Shunda hayvon zaiflashib, o‘z-o‘zidan itoatkor bo‘lib qoladi. Nafs tarbiyasida mana shu usulni qo‘llash yaxshi samara keltiradi.
Bu yo‘lda doim Alloh taolodan tavfiq va yordam so‘rash.
Chunki nafsni Alloh taolo yaratdi. Uning holatini, qiladigan ishlarini bizdan ko‘ra yaxshiroq biladi.
Ulamolar quyidagi nabaviy duoni o‘qishni tavsiya qiladilar:
"Allohim, nafsimga taqvosini ber. Va uni pokla. Sen poklovchilarning eng yaxshisisan. Uning Egasi va Xoliqi ham O‘zingsan".
3. Inson nafsining hakalak otishiga bir qancha omillar, jumladan, boylik, amal, mavqe, martaba kabi unsurlar ta’sir qilsa-da, ammo bu jarayonda iqstisodiy jihatning o‘rni katta. Masalaga oddiy bir holat sifatida qaraydigan bo‘lsak, inson faoliyatida iqtisodning o‘rni katta. Barchamiz yaxshi yashashni, yaxshi ovqatlanishni, yaxshi kiyinishni suyamiz, unga intilamiz. Buning yomon joyi yo‘q. Ammo bunday qulayliklarga erishish uchun adolatsizlikka yo‘l qo‘ymaslik, milliy fe’l-atvor va jamiyat qonunlariga so‘zsiz amal qilish, nafsimizni jilovlay olishimiz muhim. Buyuk mutafakkir Arastu “Fazilat — me’yorni bilishdan iborat” deb ta’kidlagandi.
Shu ma’noda inson hayotida iqtisodiy faoliyat, undan keladigan foydani ham me’yorda anglash va shunday munosabatda bo‘lish o‘ta foydali. Bu narsa islom olamida iqtisodiy vasatiylik (mo‘’tadillik), deb nomlanadi. Islomda molu dunyoning ortidan tushib, unga qul bo‘lib qolishga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuningdek, mol-dunyoni tamoman inkor qilishga targ‘ib ham qilinmaydi. Mol-u mulk masalasida mo‘tadillik, afsuski, ayrim hollarda ayrim vatandoshlarimiz tomonidan buzilayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Tasavvur qilaylik, bir oiladagi ota-ona, 2 yoki 3 nafar farzand uchun nechta xonali uy kerak? Ayrim xonadonlarda mezbon maqtanish uchunmi, o‘z xonadonidagi ayrim xonalarga yillab kirmaganligini gapiradi. 
Ayrim yoshlarimizda tezroq boyish, imkoniyatlarga ega bo‘lish, o‘zining ehtiyojlarini bir zarb bilan qondirish kabi “sifat”lar paydo bo‘lmoqda. Vaholanki, moddiy jihatdan lazzatlanish har birimizda ma’naviy qadriyatlarga bo‘lgan e’tiborimizni susaytiradi, oxir-oqibat kishilarni “mol quli”ga aylantiradi. Shu ma’noda, bizning tarbiya tizimimizda ma’naviy lazzatlanishga alohida ahamiyat beriladi. Nazarimizda, “och qornim—tinch qulog‘im” degan maqol o‘zbekning o‘zbekligini, uning boy ma’naviy kuchini ko‘rsatadigan qadriyatdir. 
Qolaversa, davlat rahbarining “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, “Xalq boy bo‘lsa , davlat ham boy va qudratli bo‘ladi” kabi fikrlari, g‘oyalari, hech shubhasiz, ayrim fuqarolarimiz orasidagi nafs qulligi darajasini kamaytirishga imkon beradi. 
Nafs balosidan qutulish insonni ko‘klarga ko‘taradi, jamiyatni poklantiradi, odamlarni vijdon azobidan qutqaradi, baxtli qiladi. Bu juda og‘ir vazifa. Ammo bugungi O‘zbekiston jamiyati aynan ana shu yo‘ldan bormoqda.
5. Hamma umrida kamida bir marta "ochko'zlik" so'zini eshitgan. Bu nimani anglatadi va u qanday insoniy fazilatlarni ko'rsatadi? Dunyo dinlaridagi sarguzasht (yoki pulparastlik)-bu odamning tobora ko'proq moddiy qadriyatlarga ega bo'lish istagini boshqara olmasligidir. Shu bilan birga, u bundan ma'naviy qoniqish olmaydi. Ochko'zlik - bu foyda olishning patologik istagi.
Darhaqiqat, insoniyat mavjudligini zaharlaydigan illatlar ko'p. Ammo eng makkor va ba'zida dahshatli narsalardan biri - ochko'zlik. Bu odamda ochko'zlik, g'azab va shaxsiy qiziqish uyg'otadi. Ammo shu bilan birga, amalga oshmagan istaklarning azoblanishiga sabab bo'ladigan - bu sotib olish. Ochko'zlik odamni baxtli bo'lishiga to'sqinlik qiladi. Bu haqiqiy qadriyatlardan uzoqlashadi. Yengish qiyin, u iroda va mehrga bo'lgan istakni olib tashlaydi, nizo va suiiste'mollik sepadi.
Shunday qilib, ochko'zlik odamni ko'proq pul olish istagini qo'zg'atadi. Ba'zida shunday nuqsoni bor odamlar jamg'armalarini sarflashni umuman to'xtatib qo'yishadi. Ularni yig'adilar. Shu bilan birga, ular o'zlarini baxtsiz his qilib, tom ma'noda o'z boyliklaridan mahrum bo'lishadi. Ular o'zlariga pul keltira olmaydigan hamma narsani ko'rishni to'xtatadilar. Bundan tashqari, ochko'zlik boshqa dahshatli yomonliklarning paydo bo'lishi uchun manba hisoblanadi.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish